Oʻzbekiston respublikasi




Download 4,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet188/225
Sana23.06.2024
Hajmi4,09 Mb.
#265242
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   225
Bog'liq
Moliya-bozori-va-moliyaviy-texnologiyalar-26.01.2022

 
 
 


360 
22.2 Kraudfanding moliyalashtirish. 
O‘zbekistonda keyingi 3-4 yil davomida, jumladan, iqtisodiy 
islohotlarning yanada chuqurlashuvi, eng avvalo, kichik biznes va 
xususiy tadbirkorlik sektorining moliyalashtirish mexanizmlarini isloh 
qilishni taqozo etmoqda. Shuningdek, kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlikda muqobil moliyalashtirish va ulardan foydalanishda 
muammolarning mavjudligi ham uni isloh qilish zarurligini 
ko‘rsatmoqda. Fikrimizcha, ushbu muammoni hal etishda jahonning 
rivojlangan 
mamlakatlarida 
muqobil 
moliyalashtirish borasida 
to‘plangan tajribalarni chuqur tahlil etish va ulardan O‘zbekistonda 
foydalanish imkoniyatlarini aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi. Shu 
o‘rinda, AQSH, Yevropa Ittifoqi va Osiyo mamlakatlari tajribasini 
o‘rganish va tahlil qilish alohida ahamiyatga ega. 
Butun dunyoda investitsion resurslarga ega bo‘lish bilan bog‘liq 
bo‘lgan murakkabliklarning oldini olish yoki ularni hal qilish 
maqsadida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari 
moliyalashtirishning muqobil manbalariga murojaat qilishga majbur 
bo‘lishmoqdaki, ular, o‘z navbatida, iqtisodiy taraqqiyotni 
ta’minlashda tobora muhim rolni o‘ynamoqda . Ijtimoiy 
tarmoqlarning keng tarqalishi bilan internet-texnologiya-larning 
rivojlanishi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari uchun 
yangi imkoniyatlarni ochmoqda. Ularni moliyalashtirish sohasida 
tarkibiy o‘zgarishlarning sodir bo‘lishi, an’anaviy kreditlash bilan 
taqqoslaganda, pul mablag‘larini tez, oddiy va shaffof jalb qilishga 
imkon beradigan onlayn-instrumentlarga kirish imkonini bermoqda. 
Ana shunday muhim muqobil moliyaviy instrumentlardan biri 
kraudfanding hisoblanadi. Kapitalni jalb qilishga ehtiyoj sezuvchi 
tadbirkorlar, uni jalb qilish manbai bo‘lgan omonatchilar va 
vositachilarning hamkorligiga kraudfanding deyiladi. Hozirgi paytda 
butun dunyoda kraudfandingning bozor moliyaviy tizimi sifatida faol 
shakllantirilishi sodir bo‘lmoqda. Amalga oshirilgan xorijiy 
tadqiqotlarda 2020 yilning o‘rtalariga kelib muqobil moliyalashtirish 
manbalarining, shu jumladan, kraudfandingning kichik va o‘rta 
korxonalarni moliyalashtirishda ahamiyatining keskin oshishini 
tasdiqlovchi bashoratlar mavjud .
Kraudfanding salohiyatining sezilarli bo‘lganligi uning rivojla-
nishi uchun tegishli muhitni yaratishni taqozo etadi . Ko‘plab 
mamlakatlarda kraudfanding, bir vaqtning o‘zida shaffoflik 


361 
muammosini hal etish va investorlar manfaatlarini himoya qilish bilan 
birgalikda, moliyalashtirish instrumentini joriy etish nuqtai-nazaridan,
tartibga soluvchi organlar tomonidan e’tiborni jalb qilmoqda. 
Kraudfandingga nisbatan qiziqishning ortib borayotganligi yana shu 
bilan belgilanadiki, hukumatlar darajasida u yangi ish o‘rinlarini 
yaratish va makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash usuli sifatida 
qaralmoqda. 
Kembrij universiteti qoshidagi “Muqobil moliyalashtirish markazi” 
ma’lumotlariga ko‘ra 2013-2017 yillarda Amerika qit’asi muqobil 
moliyalashtirish bozorining hajmi 10 barobardan ko‘proqqa ortgan, 
ya’ni 4,6 mlrd. AQSH dollaridan 44,3 mlrd. AQSH dollariga yetgan 
(22.2-rasm). 

Download 4,09 Mb.
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   225




Download 4,09 Mb.
Pdf ko'rish