Xalqaro obligatsiyalar va ular




Download 4,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/225
Sana23.06.2024
Hajmi4,09 Mb.
#265242
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   225
Bog'liq
Moliya-bozori-va-moliyaviy-texnologiyalar-26.01.2022

8.2. Xalqaro obligatsiyalar va ular
muomalasini tashkil etish 
Bugungi kunga kelib davlatlar tomonidan suveren obligatsiyalarni, 
yirik korporativ tuzilmalar tomonidan korporativ obligatsiyalarni xori-
jiy valyutada xorijiy davlatlarda joylashtirish amaliyotining muntazam 
ravishda amalga oshirilib kelinayotganligi xalqaro obligatsiyalar 
bozori rivojlanishiga xizmat qilmoqda. Bu oʻz navbatida emitentlar-
ning xalqaro moliya bozoridan katta miqdorda kapital jalb qilish orqali 
zarur sohalarni rivojlantirishga imkon bermoqda.
“Xalqaro obligatsiyalar bozorida xorijiy obligatsiyalar anʼanaviy 
instrumentlar hisoblanadi. Xorijiy obligatsiyalar xorijiy davlat tomoni-
dan unga nisbatan xorijiy boʻlgan valyutada sotilgan obligatsiyalar-
dir”.
37
Bunday obligatsiyalar yevroobligatsiyalar tushunchasi bilan 
ham qoʻllaniladi va bunga sabab birinchi maxsus xalqaro obligatsiya-
lar AQSH kompaniyalari tomonidan Yevropa fond birjalarida sotish 
uchun chiqarilganligi bilan izohlanadi. 
Yevroobligatsiyalar muomalaga chiqarish maʼlum bir tayyorgarlik 
ishlarini va xarajatlarni talab qiladi. Lekin boshqa tomondan nisbatan 
past foizlarda uzoq muddatli yuqori miqdordagi moliyaviy resurslar 
jalb qilish imkonini beradi. 
Odatda yevroobligatsiyalar kamida 3 yilga chiqariladi, eng keng 
tarqalgan muddat sifatida 5 yillik muddat keltiriladi. Dunyoga mashhur 
36
Frederic S.Mishkin, Stanley G.Eakins. Financial markets and institutions. 7th ed. USA: Pearson, 2012. P. 20. 
37
Frederic S.Mishkin, Stanley G.Eakins. Financial markets and institutions. 7th ed. USA: Pearson, 2012. P. 20. 


127 
kompaniyalar tomonidan muomalaga chiqariladigan yevroobligatsi-
yalar 15 yildan 30 yilgacha boʻlgan muddat boʻyicha amal qiladi. 
Yuqorida qayd etib oʻtganimizdek, yevroobligatsiyalar bozoriga 
chiqish aniq dastur asosida tayyorgarlik koʻrish va emissiya qilish, 
chet eldan moliyaviy konsultantlar va anderrayterlar jalb qilish, 
xalqaro investorlar uchun taqdimotlar oʻtkazish, huquqiy xizmat uchun 
toʻlovlar va boshqalar bilan bevosita bogʻliq boʻlgan yuqori 
miqdordagi xarajatlarni talab qiladi. Yevroobligatsiyalarni muomalaga 
chiqarish bilan shugʻullanuvchi dunyoga mashhur tashkilotchilar 
sifatida Deutche Bank, ABN Amro, CSFB, UBS, DrKW, Citigroup, 
J.P.Morgan kabilarni keltirish mumkin. 
Rivojlangan mamlakatlar hukumati tomonidan yevroobligatsiyalar 
bozorini tartibga solishning biror bir mezoni oʻrnatilmaganligiga 
qaramasdan emitentlar odatda Xalqaro obligatsiyalar birlamchi bozori 
ishtirokchilari assosiatsiyasi Xalqaro qimmatli qogʻozlar bozori 
ishtirokchilari assotsiatsiyasi standartlari va talablari asosida boshqarib 
boriladi. Mazkur qimmatli qogʻozlarning asosiy savdo markazi tarixan 
London hisoblanadi. Shundan kelib chiqqan holda yevroobligatsiyalar 
muomalasi Angliya moliya xizmatlari agentligi tomonidan ham 
tartibga solinadi va bu agentlik tegishli hujjatlarni tayyorlash boʻyicha 
talablar bajarilishining qatʼiy nazoratini amalga oshiradi. Bunda 
xalqaro standartlar boʻyicha tuzilgan uch yillik ijobiy auditorlik 
hisoboti, S&P, Fitch, Moodyʻs va boshqa yetakchi agentliklarning 
kredit reytingi majburiy talablar sifatida belgilangan. Shuningdek, 
kompaniya egalari haqidagi axborotlarning toʻliq ochiqligi, qarz 
oluvchining asosiy aksiyadorlari pasport nusxasigacha talab qilinadi.
Yevroobligatsiyalarni muomalaga chiqarish jarayonida yuristlar 
xizmatlari boʻyicha xarajatlar miqdori 600 mingdan 1 million AQSH 
dollarigacha tashkil etishi kuzatiladi. Anderrayterning oʻrtacha 
komissiya haqi esa odatda muomalaga chiqarilgan yevroobligatsiya 
umumiy summasining 0,5 – 0,7 foizini tashkil etadi. 
Yevroobligatsiyalar odatda London yoki Lyuksemburg fond 
birjalarida sotiladi. Lekin ular savdosining kattagina qismi birjadan 
tashqari bozorlar hissasiga toʻgʻri keladi. 
Moliyalashtirish manbasi sifatida yevroobligatsiyalarning ham 
oʻziga xos afzalliklari va kamchiliklari mavjud boʻlib, ular quyidagilar 
(8.1-jadval). 


128 
8.1-jadval 

Download 4,09 Mb.
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   225




Download 4,09 Mb.
Pdf ko'rish