Bog'liq Moliya-bozori-va-moliyaviy-texnologiyalar-26.01.2022
Yevroobligatsiyalarning afzalliklari va kamchiliklari № Afzalliklari Kamchiliklari 1
Jalb qilinadigan mablagʻ miqdorining
yuqoriligi (muomalaga chiqarishning
oʻrtacha qiymati – 300 million AQSH
dollari)
Axborotlarni oshkor etish boʻ-
yicha qarz oluvchiga nisbatan
jiddiy talablarning mavjudligi
2
Muomala muddatining uzoqligi (3
yildan – 30 yilgacha)
Yevroobligatsiya muomalaga
chiqarish jarayonining yuqori
miqdorda xarajatlar talab qilishi
3
Foiz stavkalarining juda pastligi (yillik
5%)
Qimmatli qogʻozlarni tayyorlash
va joylashtirishning koʻp vaqt
talab qilishi (4–6 oy)
4
Taʼminot va garov boʻyicha
talablarning mavjud emasligi
Valyuta riskining yuzaga kelishi
va boshqalar
5
Xalqaro miqyosda kredit tarixi yuzaga
kelishi
Davlat moliyaviy siyosati bilan
bogʻliq risk
Yuqori miqdordagi xarajatlar va koʻp vaqt talab qilishiga qara-
masdan 500 million dollarlik yevroobligatsiyani 5 yil muddatga joy-
lashtirish bugungi xalqaro amaliyotda oʻzini oqlamoqda. Bundan
tashqari xalqaro bozorlarda IPO oʻtkazish uchun yaxshigina repititsiya
vazifasini ham oʻtamoqda.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda xalqaro moliya bozorlaridan
kapitalni jalb qilish masalalariga doir quyidagi xulosalar shakllan-
tirildi:
Birinchidan, xorijiy bank kreditlarini jalb qilish boʻyicha qoʻyilgan
talablarning murakkabligini alohida qayd etib lozim. Mamlakatimizda
faoliyat koʻrsatayotgan korporativ tuzilmalarning aksariyati uchun
moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini baholash uchun dunyoga mashhur
auditorlik kompaniyalarini jalb qilish qimmatlik qiladi. Chunki eng
yirik yuzta auditorlik kompaniyalari tahlil qilinganda ularning xizmat
haqlari 2,8 million AQSH dollaridan 86,5 million AQSH dollarigacha
ekanligini koʻrish mumkin.
38
Ikkinchidan, yevroobligatsiyalarni muomalaga chiqarish boʻyicha
ham xalqaro reyting agentliklarining kredit reytingi talab qilinishi,
38
https://big4auditorcarousel.wordpress.com/category/audit-fees/
129
tashkiliy xarajatlarning yuqoriligi mahalliy aksiyadorlik jamiyatlari
korporativ obligatsiyalarining xalqaro darajada joylashtirilishiga
toʻsqinlik qilmoqda.