Xalqaro aksiyalar va ular muomalasini




Download 4,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/225
Sana23.06.2024
Hajmi4,09 Mb.
#265242
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   225
Bog'liq
Moliya-bozori-va-moliyaviy-texnologiyalar-26.01.2022

8.3. Xalqaro aksiyalar va ular muomalasini 
tashkil etish 
Bugungi kunga kelib xalqaro amaliyotda yirik korporativ tuzilma-
lar oʻz faoliyatlarini moliyalashtirish maqsadida milliy moliya bozori 
bilan bir vaqtda xalqaro moliya bozorlaridan ham kapital jalb qilishga 
intilmoqdalar. Bunda yuqorida koʻrib chiqqanimiz yevroobligatsiyalar 
bilan bir qatorda yevroaksiyalar, yaʼni xalqaro aksiyalar muomalasiga 
ham eʼtibor qaratilmoqda. Shundan kelib chiqqan holda quyida xalqaro 
aksiyalar va ular muomalasini tashkil etish masalalariga toʻxtalib 
oʻtamiz. 
Xalqaro aksiyalar bozoriga chiqish faoliyatni moliyalashtirish 
imkoni bilan birga quyidagilarda ham muhim ahamiyat kasb etadi 
(8.2-rasm): 
- kompaniyalar aksiyalari birja listingiga kiradi va turli 
mamlakatlardagi xalqaro sindikatlarda sotiladi; 
- kompaniyalarning aksiyalari savdosi mamlakatdagi birja bilan 
bir vaqtda boshqa mamlakatlardagi bitta yoki bir nechta birjalarda ham 
amalga oshiriladi;
- xalqaro aksiyalar chiqarilishi xorijiy valyutada kapital jalb qilish 
imkonini beradi. Bunda ham aksiyalar milliy va xalqaro fond 
birjalarida listingdan oʻtadi.
Aksiyalarning milliy fond birjalari bilan bir vaqtda xalqaro fond 
birjalarida ham listingdan oʻtish va savdosi yoʻlga qoʻyilishi depozitar 
tilxatlar orqali amalga oshiriladi. Aksiyalarning xalqaro bozorlarga 
chiqarilishi katta miqdorda kapital jalb qilishga imkon beradi, 
kompaniya nufuzining oshishiga xizmat qiladi. 
Xalqaro aksiyalarni muomalaga chiqarish ham oddiy aksiyalar 
birlamchi va ikkilamchi chiqarilishlar asosida amalga oshiriladi. 
Bunda birlamchi xalqaro aksiyalar muomalaga chiqarilishi natijasida 
kompaniya qoʻshimcha kapitalga ega boʻladi. Ikkilamchi chiqarilishida 
esa bevosita aksiyadorlar tarkibida oʻzgarishlar yuzaga keladi.


130 
Xalqaro aksiyalar chiqarilishi va muomalasini tashkil etish 
jarayoni yevroobligatsiyalar chiqarilishiga oʻxshash. Bunda ham 
anderrayterlar faoliyati muhim va ular aksiyalarni bevosita 
joylashtirishga masʼul hisoblanadi. Bundan tashqari xalqaro aksiyalar 
chiqarishdan oldin yetakchi reyting agentliklari va auditorlik 
tashkilotlaridan xulosalar olish ham oʻziga xos reklama vazifasini 
bajaradi. Shuningdek bunday aksiyalarni joylashtirishda xalqaro fond 
birjalarining listing talablarini chuqur oʻrganish asosida qaror qabul 
qilish talab etiladi. Chunki malum bir talablar oʻtish iqtisodiyoti 
mamlakatlaridagi emitentlar uchun ogʻirlik qilishi mumkin. 
Xalqaro aksiyalar bozori xorijiy aksiyalar bozori va yevroaksiyalar 
bozoriga boʻlinadi. Xorijiy aksiyalar kompaniyalar tomonidan boshqa 
mamlakatlar fond bozorida joylashtiriladigan aksiyalardir. 
Xorijiy aksiyalarning afzalliklari va kamchiliklari quyidagi 
jadvalda keltirilgan (8.2-jadval). 
8.2-jadval 

Download 4,09 Mb.
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   225




Download 4,09 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Xalqaro aksiyalar va ular muomalasini

Download 4,09 Mb.
Pdf ko'rish