“Swap” turidagi amallar. Mazkur atama iqtisodiy adabiyotda
tez-tez foydalaniladi. Oltin bozoriga nisbatan qoʻllanilganda u bir
vaqtda teskari bitimni amalga oshirish bilan metallni oldi-sotti qilish
kabi talqin qilinishi mumkin. Mazkur bitimlarning hajmi spot turidagi
amallar hajmidan ortadi, chunki oltin svoplar qimmatbaho metallar
bozorining holatiga spot bitimlari kabi uncha kuchli taʼsir qilmaydi.
Bu amallar boʻyicha standart bitim 32 ming unsiyani (1 tonnani) oʻz
ichiga oladi.
Amalda oltinli svoplarning uch turini ajratish qabul qilingan:
- vaqt boʻyicha svop (moliyaviy svop);
- metallning sifati boʻyicha svop;
- joylashgan joyiga koʻra svop.
Vaqt boʻyicha svop (moliyaviy svop) svoplarning klassik turidir.
U naqd va shoshilinch kontrbitimning qoʻshilishidan iborat: aynan bir
xil miqdordagi metallni spot shartida xarid qilish (sotish) va forvard
sharti bilan sotish (xarid qilish). Ancha yaqin bitimning ijro etilish
sanasi valyutalash sanasi deb aytiladi, muddati boʻyicha ancha
uzoqlashtirilgan ijro etish sanasi esa - svopni tugatish sanasi deb
aytiladi. Bitim amalda istalgan muddatga tuzilishi mumkin: bir kundan
bir necha yilgacha boʻlgan muddatga. Svop bitimining odatdagi
muddatlari 1, 3, 6 oy va bir yil hisoblanadi. Operatsiyaning mohiyati
svop muddati oʻtishi bilan oltinni sotib olish huquqini saqlab qolgan
holda oltinni valyutaga konvertatsiya qilish imkoniyatidan iborat.
Shartnomaning amal qilish muddati oxirida tomonlar bitimning
muddatini uzaytirish yoki teskari hisob-kitoblarni amalga oshirib
svopni bekor qilish toʻgʻrisida kelishib olishlari mumkin. Keyingi
yillarda svop operatsiyalari keng ommalashdi. Dastavval, shu usulda
mablagʻlarni jalb qilish dollarli depozitlarni jalb qilishga qaraganda
foydali ekanligi ravshan, chunki svoplar boʻyicha foizli stavkalar
ancha past. Bundan tashqari, oltinni zararsiz jalb qilish imkoniyati
yaratilib, bundan bank, masalan, metall hisob-varaqlari boʻiycha
qoldiqlarni boshqarish uchun foydalanish mumkin. Nihoyat, bu
operatsiyalar markaziy banklar oʻrtasida ommabopdir. Bu hol, oʻz
oltin zaxiralarini konvertatsiya qilishni istab, ular oʻz harakatlari oltin
144
bozoriga jiddiy taʼsir qilmasligidan xavotir olmasalar ham boʻladi;
bevosita sotuvlar oʻrniga bozorda oltin kontragentlar oʻrtasida koʻchib
yuradi.