tarqatmadagi «yakka baho» kolonkasiga belgilash kerakligi tushuntiriladi. Bu
bosqichda vazifa yakka tartibda bajariladi.
2. Navbatdagi bosqichda trener-o‘qituvchi ishtirokchilarga uch kishidan iborat
kichik guruhlarga birlashtiradi va guruh a’zolarini o‘z fikrlari
bilan guruhdoshlarini
tanishtirib, bahslashib, bir-biriga ta’sir o‘tkazib, o‘z
fikrlariga ishontirish, kelishgan
holda bir to‘xtamga kelib, javoblarini «guruh bahosi» bo‘limiga
raqamlar bilan
belgilab chiqishni topshiradi. Bu vazifa uchun 15 daqiqa vaqt beriladi.
3. Barcha kichik guruhlar o‘z ishlarini tugatgach, to‘g‘ri
harakatlar ketma-
ketligi trener-o‘qituvchi tomonidan o‘qib eshittiriladi, va o‘quvchilardan bu
javoblarni «to‘g‘ri javob» bo‘limiga yozish so‘raladi.
4.«To‘g‘ri javob» bo‘limida berilgan raqamlardan «yakka baho» bo‘limida
berilgan
raqamlar taqqoslanib, farq bulsa «0», mos kelsa «1» ball qo‘yish so‘raladi.
SHundan so‘ng «yakka xato» bo‘limidagi farqlar yuqoridan pastga qarab qo‘shib
chiqilib, umumiy yig‘indi hisoblanadi.
5. Xuddi shu tartibda «to‘g‘ri javob» va «guruh bahosi» o‘rtasidagi farq
chiqariladi va ballar «guruh xatosi» bo‘limiga yozib, yuqoridan pastga qarab
qo‘shiladi va umumiy yig‘indi keltirib chiqariladi.
6. Trener-o‘qituvchi yakka va guruh xatolarini to‘plangan umumiy yig‘indi bo‘yicha
alohida-alohida sharhlab beradi.
7. Ishtirokchilarga
olgan baqolariga qarab, ularning mavzu bo‘yicha
o‘zlashtirish darajalari aniqlanadi. «Kasbiy maslahat bosqichlari» ketma-ketligini
joylashtiring. O‘zingizni tekshirib ko‘ring!