• 1-mavzu.
  • Tayanch so‘z va iboralar
  • O'zbekiston respublikasi




    Download 3.23 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet13/64
    Sana13.05.2023
    Hajmi3.23 Mb.
    #59264
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   64
    Bog'liq
    transport vositalarida ishlatiladigan nometal materiallar
    guruh mustaqil ishlar ro\'yhati 2, 4 - kurs, Issiqlik elektr stansiyasi.pdf, Tarmoq xizmatlari, 8, Thin film 1, Заковат учун саволлар-01, 11, Oybegim mening (Oybekka hujum), Andijon mashinasozlik instituti mashinasozlik texnologiyasi fakulteti iqtisodiyot yonalishi, 1 savol javobi, Mustaqil ish topshiriqlari, rentgen spektraskop, 202-, Mustaqil ta\'lim
     
     
     
    Toifali sharhini tuzish qoidalari 1. Toifalar bo‘yicha ma’lumotlarni taqsimlashning 
    yagonausuli mavjud emas. 2. Bitta mini-guruhda toifalarga ajratish boshqa guruhda 
    ajratilgan toifalardan farq qilishi mumkin. 3. O‘rganuvchilarga oldindan tayyorlab 
    qo‘yilgan toifalarni berish mumkin emas: bu ularning mustaqil tanlovi bo‘la qolsin.
    4. Toifali sharhni yaratish yakuniy mahsul sifatida emas, balki jarayon sifatida 
    muhim. 




    Bunda: – muhokama ishtirokchilari familiyasi; D – darajali baho (1-chi o‘rindan – 
    eng muhim taklif, noxirgi o‘ringacha – muhimligi kam, ikkilamchi taklif); B – 
    alternativlarni baholash, ballarda (1 – Yuqori ball, 10 – eng kam ball); K D * B 
    ko‘paytirish.


    III. NAZARIY MATERIALLAR 
     
    1-mavzu. KIRISH. TRANSPORT VOSITALARIDA ISHLATILADIGAN 
    ISHLATILADIGAN KIMYOVIY MATERIALLAR. KOMPOZISION MATERIAL 
    VA ULARDAN FOYDALANISHNING ISTIQBOLLARI. 
    Reja: 
    Kirish. 
    1.Avtomobilsozlikda ishlatiladigan kimyoviy materiallarni kelib chiqish tarixi va 
    rivojlanish istiqbollari. 
    2. Kompozision materiallar.
    3. Kompozision materiallardan foydalanishning istiqbollari. 
    Tayanch so‘z va iboralar: Avtomobilsozlikda ishlatiladigan kimyoviy 
    materiallar. Kompozision materiallar. Kompozision materiallarning turlari.
    Fanning maqsad va vazifalari, Zamonaviy kompozitsion materiallar, Istiqbolli 
    kompozitsion materiallar, Avtomobillarda ishlatiladigan kimyoviy materiallarning 
    rivojlanishi. 
     
    Mamlakatimiz mutaqillikka erishgandan so`ng o`zining avtomobil sanoatiga ega 
    bo`ldi. Hozirgi kunda Asaka shahrida «GM Uzbekiston avto» va Samarqand shahrida 
    “ISUZU”, “MAN” qo`shma korxonalarini tashkil etilishi zamonaviy engil, yuk 
    avtomobillari va avtobuslar ishlab chiqarilishi mustahkam, bikr konstruktsion 
    materiallarga bo`lgan talabni oshirib yubordi. 
    Zamonaviy konstruktsion materiallardan foydalanish ishlab chiqarilaetgan 
    avtomobillarning sifati va harakat havfsizligi jihatidan sezilarli darajada Yuksalisha 
    zamin yaratdi.
    Konstruktsion materiallarning yangi avlodi ilk marotaba Amerika Qo`shma 
    Shtatlarida ishlab chiqarilgan. Dastlab bunday materiallardan uchish apparatlarida 
    foydalanilgan. Konstruktsion materiallarning yangi avlod kompozitsion material deb 
    nomlanib ularning yaratilishi materialshunoslik sohasini sifat jihatdan Yuksaltirdi. 
    Kompozitsion materiallardan avtomobilsozlik sanoatida foydalanish transport 
    vositalarini xizmat muddatini av ishonchliligini oshirishga, ogirligini kamaytirish 
    hisobiga ularning yonilgi sarfini kamaytirishga va IYODlari quvvatidan samarali 
    foydalanish imkoninin yartdi. Kompozitson materiallarga bhlgan ehtiyoj shu darajada 
    tezlik bilan hsmoqdaki, bu ehtiyojni qondirish uchun millionlab tonna mahsulot 
    ishlab chiqarilmoqda.
    Bunday materiallarning ba`zilarini shishaplastiklar va polimer birikmalar 
    asosida olingan boshqa ko`pgina kompozitlardir. Bu kristallarning strukturasi va sirti 
    takomillashganligi tufayli nihoyatda puxtaligi bilan xarakterlanadi. Tolalar 
    bilan 
    mustahkamlangan metallarga nisbatan kompozitlar sinfi ancha kengdir. 
    Sinchlangan yoki dispers fazalar bilan to`ldirilgan plastiklar ajoyib xossalarga 
    ega bo`ladi: ximiyaviy barqarorligi bilan birga nisbiy mustahkamligi yuqori, issiq 
    o`tkazuvchanligi kam va detal’ hamda konstruktsiyalar tayyorlashda texnologik 
    jihatlari qulay bo`ladi. Maxsus to`ldiruvchilar qo`shilgan sinchlangan plastiklar 
    kosmik texnika ob`ektlarini issiqdan himoya qiluvchi sifatida, shuningdek bo`ylama 
    mustahkamligi Yuqori bo`lgan konstruktsiyalarda ishlatiladi. 


    Shisha plastiklar-tipik konstruktsion materiallar bo`lib, ularda boglovchi 
    materiallar sifatida termoreaktiv smolalar, to`ldiruvchi sifatida esa turli shisha tolali 
    materiallar ishlatiladi. Shisha plastiklar mustahkamligi jihatdan po`latdan 
    qolishmaydi, zarba ta`siridagi va dinamik nagruzkalarga yaxshi bardosh beradi va 
    konstruktsion elementlarining tebranishlarini so`ndiradi. Ximiyaviy barqaror shisha 
    plastiklar ishlatilishi 150
    o
    S dan Yuqori bo`lmagan haroratlarda agressiv muhitlar 
    ishlatish bilan boglik bo`lgan keng miqyosli texnologik protsesslarni (masalan, sul’fat 
    kislota, xlor, mineral o`gitlar va kaustik soda ishlab chiqarish) ancha ratsional amalga 
    oshirishga imkon beradi. Bular orasida eng muhimi ko`p qatlamli shisha plastiklardir. 
    Ularning 2-3 mm qalinlikdagi dastlabki ikki qatlamida massasi jihatdan tegishlicha 
    10 va 25% shisha tola bo`lib, tarkibida 60-65% shisha to`ldiruvchi bo`ladigan 
    konstruktsion qatlamga (kuch qatlamiga) agressiv Suyuqlikning o`tishiga to`sqinlik 
    qiladi, ya`ni u termik to`siq rolini bajaradi. Molekulalar tartibga solinib, parallel 
    joylashtirilgan shisha tolalardan boglovchi modda (termoreaktiv smola) qo`shish 
    yo`li bilan olinadigan shisha tolali anizotrop material nihoyatda mustahkam bo`ladi 
    va yirik omborlar, truboprovodlar, estakadalar va hokozolar qurishda ishlatiladi.
    Ma`lumki, metall materiallari bilan metalmas materiallari chegarasi shartlidir. 
    Metall va metallmas materiallarning eng yaxshi birlashmasi kompozitlarda bo`ladi: 
    ular xamiyaviy jihatdan har xil jinsli komponentlarni aniq ajratish chegarasi 
    bo`ladigan qilib biriktirish orqali hosil qilinadi. Kompozitda turli jinsli moddalarning 
    birlashtirilishi katta samara beradi: u go`yo xossalari sifatida va miqdor jihatdan 
    tashkil etuvchi komponentlarda har birining xossalaridan farq qiladigan yangi 
    material yaratilishiga o`xshaydi. Odatda kompozitsion materiallar plastik asos 
    (matritsa) bilan to`ldiruvchidan- kukun, tola qirindi yoki istalgan boshqa shakldagi 
    zarrachalardan tarkib topadi. Qo`shimchalar kompozitsiyaning puxtaligi va 
    qattiqligini, boglovchi materiallar esa tashkil etuvchi komponentlar orasidagi 
    adgeziyani, kuch ta`sir etganda puxta va plastik bo`lishini ta`minlaydi. Ba`zi xollarda 
    boglovchi material to`ldiruvchini atrof muhitning agressiv ta`siridan muhofaza qiladi. 
    Kompozitlarning xossalari ularning tarkibi bilangina emas, balki turli fazalarning 
    o`zaro joylashuvi va zarrachalarning o`lchamlari qo`shimcha – asos chegarasidagi 
    boglanishlar puxtaligi bilan ham aniqlanadi.
    Kompozitsion materiallarni sinchlash orqali yuqori mustahkamlikka erishildi. 
    Yuqori mustahkamlikdagi sinchlangan kompozitsion materiallar 1940 yilda ishlab 
    chiqarila boshlangan. XX asrning 50 - yillaridan sinchlangan kompozitsion 
    materiallar boshqa konstruktsion materiallar bilan raqobatlashadigan darajaga etdi. 
    Sinchlangan kompozitsion materiallar ishlab chiqarish sanoati taraqqiy etishi 
    natijasida hozirda mashinasozlik, avtomobilsozlik, kemasozlik, samolyotsozlik va 
    kosmonavtika sohalarida keng miqyosda foydalanilmoqda. 
    Kompozitsion materiallar olishda asosan sun`iy va tabiiy polimerlardan 
    foydalanilib kelinadi. Plastmassalar olishda termoplastik va termoreaktiv 
    boglovchilardan foydalaniladi. 
    Yangi kopozitsion material ishlab chiqarish va tayyorlashda, shuningdek 
    ulardan konstruktsiyalar yaratishda bu materialni qhllanilish sohasini hisobga olish 
    lozim. Iqtisodiy jixatdan tejamli loyihalash qulay bhlgan kompozitsion materiallardan 
    keng khlamda foydalanilmoqda.
    Hozirda ishlab chiqariladigan plastmassalarning 50 turidan 36 xili termoplastlar 
    (qaytar holda yumshaydi va harorat o`zgarganda qotadi) va 14 xili 


    reaktoplastlardir(qizdirilganda Yumshamaydi). Polimerlarni ishlab chiqarishda 
    termoplastlarning ulushi to`xtovsiz ortib bormoqda va yaqin yillarda u 75% ga etishi 
    kutilmoqda. Termoplastlarni bosim ostida quyish, vakuumda qoliplash, muayyan 
    shakllarda preslash yoki oddiy qoliplash yo`li bilan ishlov berish va qayta ishlash 
    mumkin. Bunday plastmassalarga polietilen, polivinilxlorid, polistrol plastmassalar 
    kiradi.
    Materiallar sifatida ishlatiladigan plastmassalarning tarkibi odatda murakkab 
    va kamida uch gruppa moddalardan iborat bo`ladi: 1) asos yoki qovushtiruvchi 
    materiallar (sun`iy polimer smolalar); 2) materialning xamirsimon holatiga o`tishiga 
    yordam beradigan plastifikatorlar; 3) mexanik mustahkamlash, qattiqlik va termik 
    barqarorlikni hosil qiladigan to`ldiruvchi (yogoch qipigi, maydalangan asbest, shisha 
    tola, grafit).
    Plastik materiallarning metallardan afzalliklari agressiv muhitlarda nihoyatda 
    barqarorligi, zichligi kamligi, edirilishga juda chidamliligi dielektrik va issiqlik 
    izolyatsiya xossalarining yaxshiligi, vibratsiyani yutish va so`ndirish xususiyati, 
    ulardan murakkab konstrustsiyali detallar tayyorlashning osonligidir. Ko`pgina 
    Yuqori molekulyar birikmalarning eskirishga va jumladan, destruktsiyaga, zanjirlar 
    uzunligining va makromolekulalar o`lchamining qisqarish protsessiga moyilligi 
    ularning kamchiligidar. 
    Kompozitsion materiallarning tarkibiy qismi bo`lgan rezina buyumlar xalq 
    xhjligining barcha soxalarida, ayniqsa avtotransport sanotida keng qhllaniladi, chunki 
    rezinaning asosiy tarkibiy qismi hisoblangan kauchuk juda elastik bhlib, juda kuchli
    (1000 foizgacha) deformatsiyalanishi mumkin, lekin yuklanish olgandan keyin rezina 
    avvalgi holatiga deyarli butunlay qaytadi. Bundan tashqari, rezinaning kimyoviy 
    chidamliligi, eyilishga qarshilik khrsatish qobidiyati yuqori, yaxshi elektr izolyatsion 
    xossalarga ega, zichligi uncha kata emas. Hozirgi zamon avtomobillarida bir necha 
    Yuz xil rezina detallar mavjud. Ishlab chiqarildigan kauchukning 60% qismi 
    avtotransort texnikasi uchun shinalar ishlab chiqarishga sarflanadi.
    Avtomobillarga sarflanadigan rezina materiallarining umumiy massasi 
    avtomobil massasining 8-9 foizini tashkil etadi, shu bilan birga avtomobilning 
    umumiy tannarxini 10-40 % Inin tashkil etadi, bundan khrinadiki rezina qimmatbaho 
    va kamyob materialdir. 
    Avtomobillarni tashqi ko`rinishini ko`rkam qiluvchi va detallarni korroziyadan 
    saqlovchi lokgbqyoh qoplamalri ham avtomobilsozlik sonoatida muhim o`rinni 
    egallaydi. Avtomobillarni, qishloq xhjlik texnikalari va turli texnologik uskunalarni 
    85 foizdan ortiq qismi lokgbhyoqlar bilan bhyaladi. Bundan tashqari bhyalgan 
    buyumlar elektr izolyatsiyalash va issiqdan saqlash xossalariga xam ega bhladi.
    Hosil qilingan qatlamlar ularga qhyilgan talablarga javob berishi va uzoq 
    muddat ishlashi uchun DAST talablariga javob berishi lozim. Lok- bo`yoq 
    materiallari sifatli chidamli bhlishi uchun khpchilik hollarda qoplam khp qatlamli 
    qilib tayyorlanadi.
    Xar bir polimerdan qanday buyum yoki maxsulot ishlab chiqarish kerakligini 
    vash u maxsulotga bhlgan talabni yaxshi hrganish lozim. Polimerlardang plastmassa, 
    rezinagtexnika buyumlar, lokgbhyoq materiallari va tolalar olish uchun qayta 
    ishlashda xom ashyoni thgri tanlay olish va buning uchun polimerlarning xossalarini, 
    tuzulishini va ularni qayta ishlash jarayonidagi hzgarishlarni yaxshi bilsh kerak.


    Metall materiallar bilan plastik materiallar orasidagi «kurashni» ko`pincha 
    matbuotda ko`rsatiladigan avtomobilni plastmassadan yasash mumkinmi - degan 
    masalani xal qilish misolida juda yaqqol kuzatish mumkin. Shunday qilinganda 
    metall tejalishidan tashqari yonilgini ham anchagina tejash mumkin bo`lardi. yalpi 
    avtomobil ishlab chiqarishga polimer materiallarni tadbiq etish yo`lida turli xildagi 
    tusiq bo`luvchi fikrlar ham mavjud. Ulardan biri – sof psixologik to`siq. Ikkinchisi – 
    ishlatilayotgan plastmassalarning uncha ko`p vaqtga chidamasligi. Ma`lumka, 
    ko`pchilik polimerlarning xossalari 10-15 yildan keyin anchagina yomonlashadi. 
    Lekin keyingi vaqtlarda ahvol birmuncha o`zgardi, chunki yaqin vaqtlarda 
    avtomobillar o`z egasiga 20 yil va undan ko`proq vaqt xizmat qilar edi, hozir esa 
    yalpi avtomobillashtirish davriga kelganda esa bu muddat anchagina qisqardi. Bu hol 
    biror yangi modelning afzalliklarini targib qiladigan reklama kompaniyasi, obro`-
    e`tiborni oshirish fikrlari va transport vositalarining ma`naviy eskirishi bilan 
    tushuntiriladi. Nihoyat plastmassalar ishlatish yo`lidagi uchinchi to`siq yozilmagan 
    qoida-material qancha qimmat bo`lsa, u shunchalik yaxshidir, degan qoida bilan 
    boglik. Dunyoda birinchi marta ko`plab ishlab chiqarilgan plastmassa kuzovli engil 
    avtomobil «Trabant» (Germaniya) bo`lgan. Uning korpusi Yuqori bosim va tegishli 
    haroratda kukunsimon fenol va krezolformal’degid smolalari bilan birga presslangan 
    tolasimon ko`p qatlamli paxta massasidan yasalgan edi. Butunlay plastmassadan 
    yasalgan avtomobil «Baer» (Germaniya) firmasi tomonidan tajriba maqsadlarida 
    yasalgan edi. U epoksid smola qatlami qoplangan, shisha tola bilan sinchlangan qattiq 
    poliuretan penoplastdan yasalgan. Poleuretan penoplastlar asosida olingan materiallar 
    avtomobilsozlik 
    materiallariga 
    qo`yiladigan 
    talablarga 
    javob 
    beradigan 
    materiallardandir.
    Avtomobil sanoatining rivojlanishida zamonaviy kompozitsion materiallardan 
    foydalanish bir tomondan avtomobillarning xizmat muddatini, ishonchliligini 
    oshirishga, tannarxini arzonlashtirishga, ikkinchi tomondan ichki va tashqi bozorda 
    raqobatbardoliligini oshirishga xizmat qiladi.

    Download 3.23 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   64




    Download 3.23 Mb.
    Pdf ko'rish