• 3-mavzu. AVTOMOBILSOZLIKDA ISHLATILADIGAN PLASTMASSALAR. Reja
  • O'zbekiston respublikasi




    Download 3.23 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet16/64
    Sana13.05.2023
    Hajmi3.23 Mb.
    #59264
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   64
    Bog'liq
    transport vositalarida ishlatiladigan nometal materiallar
    guruh mustaqil ishlar ro\'yhati 2, 4 - kurs, Issiqlik elektr stansiyasi.pdf, Tarmoq xizmatlari, 8, Thin film 1, Заковат учун саволлар-01, 11, Oybegim mening (Oybekka hujum), Andijon mashinasozlik instituti mashinasozlik texnologiyasi fakulteti iqtisodiyot yonalishi, 1 savol javobi, Mustaqil ish topshiriqlari, rentgen spektraskop, 202-, Mustaqil ta\'lim
    Nazorat savollari.
    1. Vinilkarbon kislotasining murakkab diefirlari asosidagi smolalar qanday xossalari. 
    2. Polibutadienli smolalar qanday xossalarga ega. 
    3. Epoksid smolalar qanday xossalarga ega. 
    4. Epoksid smolalarvft qanday sohalarda qullaniladi. 


    3-mavzu. 
    AVTOMOBILSOZLIKDA 
    ISHLATILADIGAN 
    PLASTMASSALAR. 
    Reja: 
    1. Plastmassalar haqida umumiy ma’lumotlar. 
    2. Termoplastlarning asosiy turlari va ularning xossalari. 
    3. Reaktoplastlarning asosiy turlari va ularning xossalari. 
    4. Termoplastlardan buym olish texnologiyasi. 
    5. Reaktoplastlardan buym olish texnologiyasi. 
     
    Tayanch so`z va iboralar: Plastmassa.Termoplast. Reaktoplast. To`ldirgich. 
    Plastifikator. Antioksidlovchi. Pigmentlar. Polietilen. Polipropilen. Ftoroplast. 
    Poliakrilat. Polivinilxlorid. Poliamid. Smolalar. Qatlamli plastmassalar. Tekstolit.
    Plastmassalar haqida umumiy ma’lumotlar. Bugungi kunda transport vositalari 
    va avtomobillar konstruktsiyalarini plastmassa materiallarisiz tasavvur qilish qiyin. 
    Bu materiallarni ishlatish texnika vositalarining konstruktsiyalarini ixchamlash, 
    massalarini kamaytirish, ishonchliligini oshirish bilan bir qatorda ishlab chiqarish 
    tannarxini va mehnat sarfini kamaytirish imkoniyatini yaratdi. Plastmassalarni keng 
    ko’llanishiga ularni qimmatbaho metall va yog’och materiallarining o’rnini bevosita 
    almashtira olishi, ko’p hollarda o’zini xususiyatlari bilan ulardan ustun turishi sabab 
    bo’lmoqda. 
    Plastmassalar tabiiy yoki sun’iy smolalar asosida olinadigan yuqori molekulyar 
    birikmalardir. Plastmassalar qizdirish va bosim ta’sirida plastik deformatsiyalanib 
    ma’lum shakl olishi va bu shaklni turg’un saqlab turishi mumkin. Plastmassalar 
    ishlab chiqarish muntazam ko’payib, ulardan foydalanish sohalari kengayib 
    bormoqda. 
    Avtomobillarning konstruktsiyasini polimer materialsiz tasavvur qilish qiyin. 
    Ularni ishlatish iqtisodiy jihatdan ham foydalidir, chunonchi, materiallarga sarf 
    qilinadigan xarajatlar, detallar tayyorlashning mehnat sarfi kamayadi, detallar ancha 
    yengillashadi, kapital 
    mablag’ sarfi va ekspluatatsion sarflar (moylashga, 
    ta’mirlashga) kamayadi va hokazo. Plastmassadan buyumlar tayyorlashda materiallar 
    isrofi 5-10 %dan oshmaydi, metallardan tayyorlashda esa isrof ancha ko’p (60-70 %) 
    bo’ladi. Plastmassadan olingan mahsulotlar metalldan tayyorlanganlarga nisbatan 
    ikki-uch marta arzon bo’ladi. Plastmassalar murakkab tarkibga ega. Ularning asosiy 
    qismini tabiiy yoki sun’iy smolalar (polimerlar) dan iborat bo’lgan bog’lovchi 
    moddalar tashkil etadi. Ular molekulalari bir necha marta qaytariladigan kimyoviy 
    bog’langan zvenolardan tashkil topgan moddalardir. Plastikligi, ya’ni kerakli shaklni 
    olishi va uni saqlab qolishi polimerlarning o’ziga xos xossasidir. Ba’zi polimer 
    birikmalarda atomlarning qo’shni guruppalari bikr karkas tarzda bog’langan bo’ladi. 
    Bunday materiallar eruvchan bo’lmaydi. Plastmassa tarkibiga bog’lovchi moddadan 
    tashqari yana quyidagilar kiradi: 
    To’ldiruvchilar(yog’och uni, qurum, shisha momiq, qog’oz, asbest, gazlama, 
    metall kukunlari va hokazo). To’ldiruvchilar qimmat turadigan asoiy bog’lovchi 
    modda sarfini kamaytirish, shuningdek buyumning mustahkamligini oshirish, 
    kirishishini kamaytirish uchun mo’ljallangan. Asbest tolalar materiallarning issiqqa 


    chidamliligini oshirsa, metall kukunlari yoki grafit unga elektr va issiqlik o’tkazish 
    xossalarini beradi; 
    Plastifikatorlar (moylar, fosfor va ftal kislotalarining hosilalari); ular 
    polimerlarni plastik va oson ishlanadigan qiladi; 
    Antioksidlovchilar - plastmassalarning havodagi kislorod, quyosh nuri ta’siriga 
    chidamliligini oshiruvchi moddalar; 
    Bo’yoqlar, moylar, g’ovak hosil qilgichlar va ba’zi boshqa moddalar. 
    Plastmassalarning xossalari ularga qo’shilgan moddalarning tarkibi va miqdoriga 
    bog’liq. Bu moddalar miqdorini o’zgartirib, turli-tuman, hatto, oldindan belgilangan 
    xossali birikmalar olish mumkin. Ko’pgina plastmassalarning suvga chidamliligi, 
    ko’pgina agressiv moddalar va neft mahsulotlari ta’siriga qarshi tura olishi ularning 
    eng muhim ijobiy xossalaridir. Kimyo yutuqlari past haroratda ham, yuqori haroratda 
    ham ishlay oladigan plastiklar olishga imkon beradi. Ko’pgina plastmassalar yaxshi 
    elektr izolyatorlari (dielektriklar) bo’lganligidan ulardan avtomobil va traktorlarning 
    elektr jihozlarini tayyorlashda foydalanish mumkin. Issiqqa uncha chidamli emasligi, 
    shuningdek, vaqt o’tishi bilan o’z xossalarini o’zgartirishi, ya’ni eskirishga moyilligi 
    plastmassaning kamchiligidir. Lekin bu kamchiliklardan holi bo’lgan materiallar 
    tobora qo’proq yaratilmoqda.
    Plastmassalarning avtomobil transporti xo’jaligida ishlatiladigan sohalari va 
    ularning afzalliklari quyidagilardan iborat: 
    - friktsion detallar (mufta disklarning ustquymalari, tormoz lentalari, kolodkalari 
    va boshqalar) - katta va barqaror ishqalanish koeffitsenti ta’minlanadi, yeyilishga 
    chidamliligi ortadi; 
    - antifriktsion detallar (sirpanish podshipniklari) - ishqalanish koeffitsenti 
    kichrayadi, yeyilishga chidamliligi kamayadi, xizmat qo’rsatish xarajatlari ortadi, 
    shovqin pasayadi; 
    - past va o’rtacha bosimli trubalar sistemasi (yonilg’i, moy trubalari, sovutish 
    sistemalar va hokazo) - korroziyalanmaydi, rangli metallar ishlatilmaydi; 
    - qistirma va zichlamalar (rangli metallar va probkalar o’rniga) zichlamalarning 
    xizmat muddati uzayadi hamda ish samaradorligi ortadi; 
    - yirik gabaritli konstruktsion detallar (kabina tom, bak, qanot, kapot va katerlar 
    elementlari) - mashinalarga kam metall sarflanadi va ularning massasi kamayadi
    korroziyalanish kamayadi, xizmat muddati uzayadi, ish sharoiti yaxshilanadi. 
    Plastmassalar ikkita asosiy katta guruhga bo’linadi: termoplastik va termoreativ 
    plastmassalar. Qiziganda 
    yumshab, juda plastik bo’lib qoladigan, oson 
    deformatsiyalanadigan, soviganda esa yana qotadigan va qayta yumshatsa bo’ladigan 
    plastmassalar termoplastik plastmassalar deb ataladi. Bunday materialni ko’p marta 
    bir holatdan boshqa holatga o’tkazish mumkin. Ular turli erituvchilarda eriydi. Bu 
    polimerlardan tayyorlangan detallar uncha yuqori bo’lmagan haroratda (60-70 
    0

    gacha) ishlay oladi, ba’zilari esa 160-200 
    0
    S gacha chidaydi. 
    Qiziganda avval sumshaydigan va qisman suyuqlanadigan, so’ngra esa 
    Suyuqlanmaydigan va erimaydigan holatga o’tuvchi plastmassalar termoreaktiv 
    plastmassalar deb ataladi. Ular erituvchilarda erimaydi yoki bir oz shishadi. 
    Termoreaktiv plastiklarni qayta ishlash qaytmovchan jarayondir. 
    Vazifasiga ko’ra plastmassalar quyidagicha tasniflanadi: 
    -konstruktsion plastmassalar - yuqori, o’rtacha va past mustahkamlikka ega 
    bo’lgan, issiqlik va sovuq ta’siriga chidamli, dekorativ-ishlov beriluvchi; 


    -elektr va radiotexnik plastmassalar - elektroizolyatsion, elektr o’tkazuvchi;
    -amartizatsion, tovush va issiqdan izolyatsiyalovchi; 
    -friktsion va antifriktsion; 
    -antikorrozion va agressiv muhit ta’siriga chidamli (atmosfera, kislota, ishqor, 
    neft mahsulotlari, erituvchilar va boshqalar ta’siriga). 
    Ko’pchilik plastmassalar bir necha sohalarda foydalanish mumkin bo’lgan 
    koppleks xossalarga ega bo’ladi. Masalan, polipropilendan murakkab shaklli detallar, 
    tishli g’ildiriklar, moylash va sovutish sistemasi filtrlari, probkalar, elektr jihozlari 
    ishlab chiqarishda foydalaniladi. Polivinilxlorid esa - turli maqsadlarda ishlatiladigan, 
    trubkalar, akkumuliyatorlar bankalari, nasos va ventilyatorlar detallari, o’rindiq 
    materiallar, qistirmalar ishlab chiqarishda foydalaniladi.
    Termoplastik plastmassalarning asosiy turlari. Polietilen xalq xo’jaligining 
    ko’pgina sohalarida keng ishlatiladi. Undan turli plyonkalar, trubalar, ventillar, 
    detallar nasoslar, filütrlar korpusi sim va kabellarning izolyatsiyasi tayyorlanadi, 
    shunigdek, metall sirtlarini korroziyalanishdan saqlash uchun qoplama sifatida 
    foydalaniladi. Polimerning molekulalari yon tarmoqlarga ega bo’lgan chiziqli 
    tuzilishga ega. Jarayonning qanday sharoitda kechishishiga qarab yuqori, o’rta va 
    past bosimli polietilenlar bo’ladi. O’rta va past bosimli polietilenlarning zichligi eng 
    yuqori bo’lib, mexanik xossalari yuqoriligi (uzilishga chidamliligi va nam 
    o’tkazmasligi) bilan boshqa polimerlardan farq qiladi. Eskirishga moyilligi 
    polietilenning katta kamchiligidir. Bu jarayonni sekinlatish maqsadida unga 
    ko’pincha 2-3 foiz qurum qo’shiladi. 
    Polietilenning isiqqa chidamliligi uncha yuqori emas, undan 60-80 
    o
    S dan yuqori 
    bo’lmagan haroratlarda uzoq muddat foydalanish mumkin. Past haroratda (taxminan 
    -70 
    o
    S da) polietilen mo’rt bo’lib qoladi. Material ko’pgina organik 
    eritmalarning ta’siriga chidamli, lekin neft mahsulotlarida shishadi. U yaxshi elektr 
    izolyatsiyalash xossasiga ega, xona haroratida ko’pgina kislota va ishqorlar ta’siriga 
    chidamli, deyarli nam yutmaydi. Polietilen plyonkalar ulütrabinafsha nurlarini 
    o’tkazadi. Lekin suvni o’tkazmaydi. 
    Avtomobil va traktorlarni ta’mirlashda polietilen turli buyumlar hamda 
    plyonkalar ko’rinishida keng ishlatiladi. Polietilen kukuni metall sirtiga gaz alangasi 
    yordamida, uYurma, vibratsiya va boshqa usullar bilan sepiladi. 
    Polipropilen propilen gazini polimerlash yo’li bilan olinadi. Polietilenga 
    nisbatan issiqqa chidamliligi yuqori bo’lib, 150
    o
    S gacha haroratda ishlashi mumkin, 
    ancha elastik va kimyoviy ta’sirlarga chidamli. Trubalar, avtomobillarning 
    konstruktsion detallarini, plyonkalar tayyorlashda ishlatiladi. Uning dielektrik 
    xossalari polietilennikiga taxminan o’xshash bo’lib, muhitning namligiga deyarli 
    bog’lik emas shuning uchun elektr uskunalarining detallarini tayyorlashda ishlatiladi. 
    Polietilendan bosim ostida quyish usuli bilan barcha suyuqliklar uchun 
    mo’ljallangan avtomobil va traktor baklari, kuzovni isitish sistemasining havo 
    trubalari, trubali apparatlar, ventilyatorlar parraklari va qoplamalari, filutrlar kabi 
    katta sirtli detallar tayyorlash mumkin. Polipropilendan birinchi marta avtomobilning 
    yonilg’i baki tayyorlangan. Bu esa kelgusida ming-minglab tonna qo’rg’oshinli po’lat 
    listlarni tejash va xizmat muddatini uzaytirish imkonini beradi. 
    Polistirol stirolni polimerlab olinadi. U list, sterjen kukun ko’rinishda 
    chiqariladi. Uning dielektrik xossalari juda yuqori, suvga chidamli, shaffof yaxshi 
    bo’yaladi, unga ishlov berish oson, kislotalar (shu jumladan, plavik kislotalar) va 


    ishqorlar ta’siriga kimyoviy chidamli. Polistirolning kamchiliklariga issiqqa (80 
    o

    gacha haroratda ishlay oladi) va benzin ta’siriga uncha chidamli emasligi, 
    shuningdek, yonuvchanligi, yorilishi va eskirishga moyilligi kiradi. Polistirollarning 
    elektr izolyatsion buyumlar uchun, shuningdek texnik maqsadlar va keng iste’mol 
    buyumlari (akkumulyator bankalar, oynalar) uchun mo’ljallangan ikki xil markasi 
    ishlab chiqariladi. 
    Soyabonlar, rangli yorug’lik signallari, podfarniklar va shu kabilar ishlab 
    chiqarishda foydalanilgan modifikatsiyalanilgan MSN, MS-2, MS-3 polistirollarning 
    xossalari (elastikligi, issiqqa, neft mahsulotlari ta’siriga chidamliligi) yaxshilangan. 
    10-15 % sintetik kauchuk qo’shish yo’li bilan zarbga chidamli politristollar olinadi. 
    Ulardan korpus detallari, kimyoviy materiallar va suv solish uchun mo’ljallangan 
    idishlar tayyorlanadi. Polistirol elektr, issiqlik va shovqindan izolyatsiyalash uchun 
    ham ishlatiladi. 
    Ftoroplastlar etilenning ftorli hosilasi asosida olinadigan polimerlardir. 
    Ularning issiqka chidamliligi va kimyoviy chidamliligi yuqori, antifriktsion va elektr 
    izolyatsiyalash xossalari yaxshi. Bu plastiklarning molekulalarida vodorod atomlari 
    uglerod bilan emas, ftor bilan bog’langan. Ftoroplastlardan trubalar, zichlash 
    qistirmalari, manjetlar, elektr uskunalar detallari, vkladishlarning antifriktsion 
    qoplamalari, podshipniklar, himoya plyonkalari tayyorlanadi. Bu polimerlarning ikki 
    xil: ftoroplast-3, ftoroplast-4 markalari chiqariladi. 
    Ftoroplast-4 tolasimon Yumshoq kukun bo’lib, presslash yo’li bilan undan zich 
    tabletkalar olish mumkin. Bu tabletkalar 360-380 
    o
    S da sirpanchiq sirtli oq massaga 
    aylanadi. Bizga ma’lum materiallar ichida eng kimyoviy chidamli bo’lib, unga 
    erituvchilar, kislotalar, ishqorlar va oksidlovchilar ta’sir qilmaydi. U deyarli kimyoviy 
    yemirilmaydi. Eng yaxshi elektr izolyatorlardan biri hisoblanadi. Past haroratda (120 
    o
    S gacha) uzoq muddat ishlashi mumkin. O’z o’zidan moylanish xossasiga ega, uning 
    ishqalanish koeffitsenti taxminan 0,04 ga teng. Bu sirpanish podshipniklari, vtulkalar 
    va boshqa ishqalanish sirtlari tayyorlashda ishlatiladigan istiqbolli materialdir. 
    Ftoroplast-4 ga grafit va molibden desulüfid qo’shib o’z o’zidan moylanadigan 
    antifriktsion material AFGM olinadi. Bu material sirpanish podshipniklari, 
    kompressorlarning zichlovchi va yo’naltiruvchi halqalarini tayyorlash uchun 60-600 
    mm diametrli tsilindrik zagotovkalar qo’rinishida chiqariladi. Yuqori haroratda 
    ftoroplastdan zaharli ftor ajralib chiqishi mumkin. Yuqori solishtirma Yuklanish va 
    tezliklarda yemirilishga moyilligi bu polimerning katta kamchiligidir. 
    Ftoroplast-3 ancha elastik bo’lsada, lekin uning elektr izolyatsiyalash xossalari, 
    issiqqa chidamliligi va kimyoviy mustahkamligi bir muncha past. -150 dan 

    70
    o

    gacha haroratda ishlay oladi. Modifikatsiyalangan polimer hisoblangan ftoroplast - 
    3M 150-170
    o
    S haroratda ishlay oladi. Bu materiallar asosan 30-60 foizli suv yoki 
    spirt suspenziyalari ko’rinishida ishlatiladi: ular antifriktsion va elektr izolyatsiyalash 
    qoplamalari, shuningdek lok shisha to’qima hosil qilish uchun mo’ljallangan. 
    Poliakrilatlar juda shaffof va yoruqqa chidamli plastmassalar guruhidir. 
    Poliakrilat shisha 0,8-24 mm qalinlikdagi listlar ko’rinishida ishlab chiqariladi. U 
    oddiy mineral shishaga nisbatan ikki martadan yengil, ulütrabinafsha nurlarini 75 
    foizgacha o’tkazadi (mineral shishalar ularni deyarli o’tkazmaydi). Organik 
    shishaning texnik mustahkamligi va zarbiy qovushqoqligi yuqori (sinmaydi), suv, 
    kislota va erituvchilar ta’siriga chidamli. Shisha uncha qattiq emas, u osongina 


    tirnaladi va shaffofligini yo’qotadi. 80
    o
    S haroratda polikrilatlar yumshay boshlaydi, 
    105
    o
    S dan yuqori haroratda plastik bo’ladi va undan turli shakldagi detallar olish 
    mumkin. Sirtning mustahkamligi va issiqqa chidamligini oshirish maqsadida organik 
    shishaga stirol qo’shiladi (MS, MS-2, MS-3 markali organik shishali), yupqa shaffof 
    parda bilan yelimlab yopishtirilgan ko’p qatlamli shishalar (tripleks) ishlatiladi. 
    Ulardan avtomobillarga oynalar o’rnatishda, priborlarning shaffof detallarini 
    tayyorlashda ishlatiladi. Avtomobil va traktorni ta’mirlashda qotirgich hamda 
    bo’yoqlar qo’shilgan organik oyna asosida olinadigan o’z-o’zidan qotadigan 
    plastmassalar ishlatiladi. 
    Polivinilxlorid och jigarrangdan to’q jigarrangacha bo’lgan xira plastik 
    materialdir. Uning elektr izolyatsiyalash xossalari yaxshi, kimyoviy chidamliligi 
    Yuqori, neft mahsulotlari va spirtlarda erimaydi, yonmaydi. Qattiq va elastik material 
    bo’lib, unga ishlov berish oson (shtamplash, parmalash, frezalash, jilolash, unga 
    naqsh berish, yelimlab yopishtirish, payvandlash mumkin). U qalinligi 20 mm gacha 
    bo’lgan plastina va listlar, chiviqlar, trubalar, shakldor buyumlar va kukun 
    ko’rinishida ishlab chiqariladi. Suvda shishadi shuningdek sovuqqa chidamliligi 
    cheklanganligi ( - 20 
    o
    S gacha) bu plastik materialning kamchiligidir. 150-160 
    o

    gacha haroratda ishlay oladi, bundan ortiq haroratda qo’ngir yoki to’q jigarrang tusga 
    kiradi, o’zidan vodorod xlorid ajratib chiqaradi. Quyosh nuri ta’sirida parchalanishi 
    mumkin. 
    Polivinilxloriddan akkumulyator bankalari, nasoslarning, ventilyatorlarning 
    detallari, suv, yonilg’i, moy trubalari, idishlar (masalan, shamolni to’sadigan oynani 
    Yuvgichning bakchasi), moldinglar o’rindiq qoplamalari tayyorlanadi, undan kuzovni 
    qoplashda foydalaniladi va hokazo. Vinplast asosida olingan plyonkabop 
    materiallardan simlarni izolyatsiyalash va dvigatellarni konservatsiyalashda 
    foydalaniladi. 
    Poliamidlar (chiziqli tuzilishdagi polimerlar) keng tarqalgan plastik materiallar 
    bo’lib, ularga kapron, neylon ba’zi boshqa materiallar kiradi. Ular qattiq zarbga, 
    yeyilishga chidamli polimerlar bo’lib, 150-220 
    o
    S haroratda Suyuqlanadi, taxminan 
    300 
    o
    S da parchalanadi. Ishqorlar, neft mahsulotlari ta’siriga chidamli, mineral va 
    organik kislotalar ta’siriga chidamli emas. Uzoq muddat atmosfera ta’sirida 
    bo’lganida mustahkamligini yo’qotadi (eskiradi). Poliamidlarning ishqalanish 
    koeffitsenti 0,05 dan kichik, shuning uchun ulardan o’z-o’zini moylash xususiyatiga 
    ega bo’lgan buyumlar tayyorlash mumkin. Ularni moylanmaydigan joylarda ham, suv 
    va moy bilan moylanadigan joylarda ham ishlatish mumkin. Grafit, molibden 
    disulofid, taluk va boshqalar qo’shilgan poliamidlarning antifriktsion xossalari yaxshi 
    va yeyilishga chidamliligi yuqori bo’ladi. 
    Poliamidlardan avtomobil hamda traktorlarning podshipniklari, vtulkalari, 
    qistirmalari, tishli g’ildiraklari va boshqa detallar tayyorlanadi. Ular metall detallarga 
    nisbatan qator afzalliklarga ega. Masalan kapron vtulka cho’yan vtulkaga nisbatan 
    uch martadan ko’proq arzon, lekin o’n martadan ko’proq xizmat qiladi. Kapron 
    detallar 100 
    o
    S haroratda ham ishlay oladi. Bundan tashqari poliamidlardan 
    karbYuratorning, eshik qulflarining detallari, ventilyator paraklari, havo filütrlarining 
    korpusi, roliklar va mexanik nagruzka tushadigan qo’pgina boshqa detallar, shu 
    jumladan, rulü tortqisi sharsimon barmog’ining vkladishlari tayyorlanadi. 
    Mayda dispersiyali kukunsimon poliamidlar: kapron, P-65, P-A-K7 (A va B) 
    chiqariladi. Kukunlardan faqat buyumlar tayyorlashdagina emas, balki metallarning 


    ishqalanuvchi sirtlariga izolyatsion, antifriktsion yeyilishga chidamli qoplama sifatida 
    ham foydalanish mumkin. Poliamidlarning talük bilan to’ldirilgan P-68G, grafit bilan 
    to’ldirilgan P-68DM, grafit bilan to’ldirilgan K-G-70 (kapron) markalari chiqariladi. 
    Dvigatellarning 160 
    o
    S gacha haroratda ishlay oladigan detallari armaturalangan
    (metall yoki shisha tolasidan qilingan karkaslar bilan mustahkamlangan) poliamidlar 
    tayyorlanadi. 
    Plastmassalarni qayta ishlashning texnik usullariga quyidagilar kiradi: bosim 
    ostida quyish, ekstruzitsiyalash, kalandrlash, pigmentlarni polimerlarga aralashtirish, 
    polimer plyonka Yuzasini modifika-tsiyalash va boshqalar. 
    Kalandrlash haqida tushuncha. Kalandrlash uzluksiz polimer material olishdan 
    iborat jarayondir. Buning uchun polimer yumshatilib, aylanib turgan kalandr vallari 
    orasidan o'tkaziladi. Kalandrlash usulida o'ramli va list ko'rinishidagi materiallar 
    olinadi. Bu usul faqat termoplastik polimer materiallarda qo'llaniladi. Kalandrlashda 
    yumshatilgan polimer bir marta har bir juft val oralig'idan o'tkaziladi. Bu jarayonda 
    olinayotgan tasma yoki polotnoning kengligi ortadi, hamda yupqalashib boradi. 
    Kalandrlash natijasida kengligi va qalinligi belgilangan qiymatdagi polotno olinadi. 
    Kalandrlash jarayoni uch va undan ortiq ichi bo'sh vallardan iborat kalandr deb 
    ataluvchi mashinalarda olib boriladi.
    Kalandr mashinaning vallariga yaxshi ishlov berilgan bo'lib, ular ko'pincha 
    gorizontal holatda birining ustida ikkinchisi joylashgan bo'ladi. Vallar polimer 
    materiallarning Yumshash haroratigacha bug' bilan qizdiriladi. 
    1-rasm. Kalandrlash usulida PVX plyonkasini ishlab chiqarish texnologik 
    sxemasi: 1-plastirlangan massani uzatish uchun transportyor; 2, 18-mahalliy havoni 
    so'rish moslamasi; 3-valeslar; 4-transportyor; 5-metal zarrachalarini ushlab qolish 
    moslamasi; 6-massani qo'llash moslamasi; 7-kalandr; 8-tortuvchi moslama; 9-
    plyonka yuzasiga shakl beruvchi moslama; 10-sovitgich; 11-plyonka qalinligini 
    aniqlovchi asbob; 12-plyonka chetlarini qirquvchi moslama; 13-plyonka tiniqligini 
    aniqlovchi moslama; 14-plyonkani uzunasiga qirquvchi moslama; 15-uzatgich; 16-
    statik elektr zaryadini yo'qotuvchi moslama; 17-plyonkani o'rash uchun moslama. 
    Sxemadan ko'rinib turibdiki, retseptga binoan kompozitsiya tarkibiga kiruvchi 
    komponentlar dastlab uzluksiz (yoki uzlukli) ishlaydigan aralashtiruvchiga tushadi. 
    Olingan aralashma valslarda, ma'lum haroratda gomogenlashtiriladi va transportyor 
    orqali uzluksiz tasma holida kalandrga uzatiladi. Kalandr vallari yuzasining 
    silliqligini saqlash maqsadida transportyorda metall zarrachalarining borligini 
    aniqlash va ularni ajratib olish uchun maxsus moslama o'rnatilgan. 
    Material yuqorigi vallar orasidan o'tib Yumshaydi va polotno holiga kelgach
    o'rta va pastki vallar orasiga kiradi. Vallar orasidan chiqayotgan polotno odatda 


    harorati yuqori bo'lgan valga yopishgan bo'ladi. O'rta va pastki vallar qo'zg'aluvchan 
    o'qqa o'rnatilgan bo'lgani uchun ular orasidagi masofani keraklicha o'zgartirib turish 
    mumkin. 1-rasmda kalandrlash usulida plyonka olish sxemasi berilgan. 
    Kalandrning pastki validan chiqayotgan tayyor plyonka sovitish barabaniga o'tib 
    (sovitish harorati shu plyonkani o'rab olishi mumkinligiga qarab belgilanadi) maxsus 
    bobinalarga o'raladi. Kalandr mashinalaridan chiqayotgan polotnoning kengligi 
    vallarning uzunligiga teng bo'ladi. 
    Plyonkaning notekis chetlari maxsus moslamalar yordamida qirqiladi, so'ng 
    plyonka maxsus asbob - kompensatorga o'tadi, uning vazifasi kalandr tezligi bilan 
    o'rash bobinasi o'rtasidagi aloqani moslashdan iborat. 
    Ekstruziya. Termoplastik polimerlarni har xil profilga ega bo'lgan teshiklar 
    orqali uzluksiz siqib chiqarish va uni sovitish ekstruziyalash deb ataladi. Bu usul 
    bilan quvurlar, pardalar, list, plyonka, shlanglar, kabel simlarining ustini qoplash 
    uchun polimerlar va uzunasiga o'lchanadigan turli xil buyumlar olinadi. 
    Ekstruziya jarayoni ekstruder deb ataluvchi mashinalarda amalga oshiriladi (2-
    rasm). Ekstruderlar har xil: bir chervyakli, ikki cher-vyakli, diskli va kombinirlangan 
    bo'ladi. 
    Ekstruder, asosan, quyidagi qismlardan iborat: stanina, unda isitiladigan silindr 
    joylashtiriladi; silindr, uning ichki qismida bitta yoki ikkita chervyak o'rnatiladi, -
    chervyaklar elektr dvigatelga ulangan; silindrda isitish va sovitish sistemasi mavjud. 
    Shakllash uchun maxsus qolipdan foydalaniladi. Masalan, quvur olish uchun 
    mundshtuk va dorndan iborat profil beradigan qo'shirncha uskuna yasaladi. 
    Ekstruziyalash uchun material granula holatida mashina bunkeri orqali 
    isitiladigan silindrga tushadi. U yerdan oquvchan holatga o'tgan issiq material aylanib 
    turuvchi shnek vositasida oldinga surilib, mashinaning bosh qismiga o'rnatilgan qolip 
    orqali siqib chiqariladi. 
    Demak, ekstruderning vazifasi polimerni silindr bo'ylab siljishi, uning 
    yumshashi va gomogenlashishga o'tishini ta'minlash, undan tashqari silindr ichida 
    gidrostatik bosim paydo qilishdan iborat. Bosim polimer oqishi va uning kallak orqali 
    shaklga aylanishi uchun xizmat qiladi. 
    2-rasm. Ekstruder sxemasi 


    3-rasm. Chervyakning zonalarga bo'linishi. 
    Isitiladigan silindr, chervyak singari, shartli ravishda uch zonaga bo'linadi (3-
    rasm). 
    1-zona - granulaning silindrga tushishi hamda uni oldinga siljishi va zichlashish 
    zonasi. 
    2-zona - siqish zonasi, bu zonada polimer sekin-asta issiqlik ta'sirida yumshaydi 
    va plastiklanadi. Jarayon berilayotgan issiqlik va materialning ichki ishqalanishi 
    natijasida. hosil bo'ladigan issiqlik tufayli amalga oshadi. 
    Polimerlar Suyuqlanganda hajmi kamayadi, shu tufayli bu zonada chervyak 
    kanalining chuqurligi kamayib borishi rejalashtirilgan. 
    Oxirgi 3-zona - me'yorlash deb ataladi. Bunda butun chervyak-vint kanali 
    bo'ylab suyuqlangan polimer bo'ladi va bu Suyuqlanma qolipga siqib chiqarib 
    beriladi. 
    Ekstruziyalashning texnologik parametria. Bularga quyidagilar kiradi: silindrda 
    va kallakdagi suyuqlanmaning harorati; suyuqlanmaning kallakdagi bosimi, 
    shnekning aylanish tezligi (chastotasi). 
    Optimal rejimni belgilashda termoplastning turi, uning molekular massasi, 
    kompozitsiya tarkibi, buyumning o'lchami va shakli, foydalanilayotgan uskuna turlari 
    va hokazolami hisobga olish kerak. 
    Quvur va shlanglar ishlab chiqarish uchun halqasimon to'g'ri oqimli kallaklardan 
    foydalaniladi. Uning tuzilishi 4-rasmda keltirilgan. 
    4-rasm. Halqasimon to'g'ri oqimli kallak sxemasi: 1-siqilgan havoni kiritish 
    shtutseri; 2- korpus; 3-rostlanadigan vintlar; 4-mustahkamlovchi moslama; 5-
    siljuvchi tiqinni ushlab turish uchun tross (kalibrlash moslamasida); 6-quvur 
    zagotovkasi; 7-quvur ichiga siqiigan havo yuborish uchun kanal; 8-matritsa; 9-
    dornni ushlab turuvchi moslama; 7-dorn. 


    Kabellar, elektr tokini o'tkazuvchi simlarni izolatsiya qilishda ekstruderlarni 
    shakllovchi kallagi boshqacha konstruksiyaga ega, ya'ni vkladishli bo'ladi. 
    Murakkab profilga ega bo'lgan buyumlarni olishda suyuqlanmaga katta qarshilik 
    ko'rsata oladigan kallaklar qo'llaniiadi. 
    Polivinilxlorid asosida tayyorlangan kompozitsiyadan ikki shnekli ekstruder 
    yordamida qattiq quvurlar oiinadi. Bu quvurlar viniplast quvurlar deb ham aytiladi. 
    PoJietilenga nisbatan PVX kompozitsiyasidan olinadigan quvurlarda ekstruziya 
    harorati boshqacha bo'lishi bilan ham farq qiladi. Shuni ham eslatib o'tish kerakki, 
    viniplast quvurlaraing issiqlik o'tkazuvchanhgi po'lat quvurlarnikiga qaraganda 400 
    marta kam. Shuning uchun ham bunday quvurlaming tashqi devorlarida suv 
    tomchilari hosil bo'lmaydi. 
    Agar polietilendan olinadigan quvurlarni ekstruderdan chiqayotgan qovushqoq-
    oquvchan holatda 200°C dan ortiq ushlab turish mumkin bo'lsa, PVX dan olinadigan 
    quvurlar uchun 170— 180°C dan ortmasligi kerak, chunki PVX ning termik 
    turg'unligi poli-etilenga nisbatan ancha past. 
    Polietilen va poliprolipendan quvurlar olishda (ayniqsa, tashqi vodoprovod 
    tarmoqlari uchun ishlatiladigan quvurlar) tarkibiga (granulaga) 2-2,5% miqdorida 
    yorug'lik stabilizatorlari - qurum qo'shiladi. 
    Bosim ostida quyish texnologiyasi. Bosim ostida quyish usuli, asosan, 
    termoplastik polimerlardan buyumlar olishda qo'llaniladi. Bu usul bilan buyum 
    olishda avvalo polimer harorat ta'sirida qovushqoq-oquvchan holatga keltiriladi va 
    uni yopiq quyish qolipiga uzatiladi.
    Bu usul bilan og'irligi bir necha grammdan bir necha qilogrammgacha bo'lgan, 
    devorining qalinligi 1-20 mm bo'lgan buyumlar olish mumkin. 
    Bosim ostida quyish usuli maxsus avtomatlashtirilgan shnekli quyish 
    mashinalarida amalga oshiriladi. Quyish mashinalariga har xil konstruksiyaga ega 
    bo'lgan maxsus quyish qoliplari o'rnatiladi. 
    Quyish mashinasining silindriga (5-rasm) bunkerdan granula holidagi polimer 
    tushadi. Silindr doim isitib turilganligi uchun polimer avval yumshab, so'ngra 
    qovushqoq-oquvchan suyuqlikka aylanadi. Shneklar yordamida bosim tufayli 
    soplodan (konussimon naycha) o'tib, sovitilib turadigan qolipga keladi. Qolip 
    ichidagi bo'shliqni to'ldirib polimer tezda qotadi va shnek orqaga qaytishi bilan qolip 
    ochilib, avtomatik ravishda buyum undan chiqib ketadi. Shundan so'ng bosim ostida 
    quyish sikli yana takrorlanadi. Demak, bosim ostida quyish usulini uzlukli jarayon 
    deb hisoblash mumkin. Bu usul unumli bo'lib, yuqori natijalari bilan xarakterlanadi, 
    chunki materiallar qolipdan tashqarida qizdiriladi. Bunda quyilgan mahsulot eng 
    Yuqori va aniq o'lchamlarda olinadi. 


    5-rasm. Quyish mashinasining sxemasi: a-ochiq qolib, b-yopiq qolip.
    Bu usul bilan olingan buyumlar qo'shimcha ishlov berishni talab qilmaydi. 
    Qolipdagi kataklar soniga qarab bir vaqtning o'zida bir qancha buyum quyilishi 
    mumkin. Shuning uchun ham quyish mashinalarining ish unumdorligi juda yuqori 
    bo'ladi. 
    Bosim ostida quyish mashinasi asosan ikki qismdan iborat: 
    plastikatsiya mexanizmi; 
    shakl berish mexanizmi. 
    Birinchi qism materiallarni dozalash uchun, ikkinchi qism esa quyilish shaklini 
    barpo qilish uchun xizmat qiladi. 
    Quyish mashinasining asosiy klassifikatsiya parametrlarigauning quwati yoki 
    yuboriladigan hajmi kiradi, hajm bitta quyilmaga ketadigan material sm
    3
    birligida 
    belgilanadi. 
    Eng ko'p tarqalgan termoplastlarda mexanizmlar o'qi, material yuborish qismi va 
    qoliplar gorizontal holatda joylashgan bo'ladi. 
    Texnologik jarayonning asosiy parametrlariga quyidagilar kiradi: 
    - Suyuqlanmaning harorati (T
    s
    ); 
    -qolip harorati (T
    s
    ); 
    -quyish bosimi (P
    q
    ); 
    -qolipdagi bosim (P
    q
    ); 
    -buyumning shakllanishida bosim ostida ushlab turish vaqti (T
    it
    ), sovitish vaqti 
    (T
    sov
    ) yoki termoreaktiv materiallarni qolipda qotish vaqti (T
    qot
    ). 
    Bosim ostida quyish jarayonini analiz qilish uchun quyidagilarni bilish lozim: 
    - polimerning oquvchan holatga o'tishi
    - uni me'yorsh zonasiga uzatish suyuqlanmaning yig'ilishi 
    -suyuqlanmaning «soplo-qolip» sistemasida oqishi
    - suyuqlanmaning shakl beruvchiva shakl bo'shlig'i kanallari orqali oqishi
    - buyum strukturasiningshakllanishi. 
    Termoreaktiv plastmassalarning asosiy turlari. Avtomobil detallarini tayyorlash 
    va ta’mirlashda ishlatiladigan ko’pgina plastmassalar termoreaktivdir. Ular yelimlash 
    xossalari, issiqqa va kimyoviy ta’sirga chidamliligi yuqoriligi, uzilishga 
    mustahkamligi yetarli darajada bo’lishi kerak bo’lgan turli smolalar asosida olinadi. 


    Smolalarga (bog’lovchi moddalarga) to’ldiruvchilar, qotiruvchilar, plastikligini 
    oshiruvchi birikmalar (plastifikatorlar) qo’shiladi. Bog’lovchi moddalar va 
    to’ldiruvchilarning issiqdan kengayish koeffitsenlari taxminan bir xil bo’lishi zarur. 
    Faqat shundagina mexanik xossalarga ega bo’lgan material olish mumkin. Îdatda 
    plastmassalar 120-150 
    o
    S gacha haroratda ishlay oladi. Agar bog’lovchi modda 
    sifatida kremniyorganik smolalar ishlatilsa, termoreaktiv plastmassalar uzoq muddat 
    300-350 
    o
    S haroratga, hatto 400 
    o
    S haroratgacha (qisqa vaqt) chidash berishi mumkin. 
    Tolalar bilan toldirilgan qatlamli plastmassalar. Ular anchagina nagruzka 
    tushadigan konstruktsiyalarni tayyorlashda ishlatiladi. Qatlam-qatlam qilib 
    yotqizilgan to’ldirgich listlari ularning mustahkamligi va egiluvchanligini oshiradi. 
    qatlamli plastmassalar, listlar plitalar, trubalar ko’rinishida chiqariladi. Ularning 
    massasi katta bo’lmagani holda mustahkamligi Yuqori bo’lgani uchun texnikada 
    keng ishlatiladi. Kelgusida bu plastmassalardan avtraktorlarning qopqoqlar, panellar, 
    kabina va kapotlar, yoqilg’i baklari, suv radiatorining kollektorlari kabi yirik
    gabaritli yupqa devorli detallar tayyorlanishi mumkin, chunki ularning mustahkamligi 
    metall buyumlarniki bilan bir xil, lekin tannarxi uch-etti marta arzon. 
    Shisha tekstolitlar yuqori bikrlik va mustahkamlikka ega bo’lgan 
    plastmassalardir. Ularda to’ldiruvchi sifatida shisha tola ishlatiladi. Epoksid smolalar 
    asosida olingan shisha tekstolitlarning mexanik xossalari eng yaxshi. Ulardan 
    tayyorlangan detallarning mustahkamligi po’lat detallarnikidan qolishmaydi, lekin 
    ulardan uch marta yengil bo’ladi. Shisha buz epoksid va poliefir smolalar asosida 
    olingan shisha tekstolitlar yirik kuzov detallarini tayyorlashda ishlatiladi. Yuqori 
    haroratda (suvda 120 
    o
    S gacha, dizelü yoqilg’isida 80 
    o
    S gacha) va past haroratda (-60 
    o
    S gacha) o’z xossalarini o’zgartirmaydi. Shisha tekstolitdan tayyorlangan suv 
    radiatorlarining kollektorlarida cho’kindi (o’trindi) hosil bo’lmaydi, material elastik 
    deformatsiyalanishi tufayli suv muzlaganda ham detallar yorilmaydi. 
    Yog’och qatlamli plastiklar (DSP) rezol smolalar shimdirilgan yog’och shponni 
    presslab olinadi. Uning ishqalanish koeffitsenti kichik. Bunga yog’och tolalarini list 
    qatlamida turlicha joylashtirib erishiladi. DSP podshipniklar tayyorlashda ishlatiladi. 
    Bunday podshipniklardan foydalanilganda metall valning sirti tirnalmaydi, balki 
    jilvirlanadi. DSP dan tayyorlangan shesternyalar metalldan yasalgan shesternyalar
    bilan birgalikda ishlatilganda shovqin ancha kamayadi, ular uzoq muddat 
    buzilmasdan ishlaydi. DSP dan Yuk avtomobillari va pretseplarining pol, hamda 
    bortlari ham tayyorlanadi. Plitalar bir va uch qatlamli (o’rtasida oddiy qirindi 
    joylashadi) hamda shpon, faner, qog’oz bilan qoplangan bo’lishi mumkin. 
    Kukunsimon plastmassalar. Kukuksimon to’ldirgichli plastmassalar avtomobil 
    transportini va qishlok xo’jalik texnikasini ishlab chiqarish va ta’mirlashda kam 
    ishlatiladi, chunki ularni mexanik mustahkamligi uncha yuqori emas. Ularni olishda 
    to’ldirgich sifatida yog’och uni, tsellyuloza, maydalangan kvarts, tsement talükdan 
    foydalaniladi. Karbolit, aminoplast kabi bunday plastmassalardan dastalar, o’t 
    oldirish priborlarini detallari, priborlar korpusi va katta mexanik nagruzka 
    tushmaydigan boshqa detallar tayyorlanadi.
    O’z o’zidan moylanadigan podshipniklardan ko’proq foydalanilmoqda. 
    Ulardan foydalanilganda vaqti-vaqtida moylab turishga xojat qolmaydi, shuni 
    hisobiga texnik xizmat ko’rsatishga kam mehnat sarflanadi. Paxtachilik, oziq-ovqat 
    mashinalarida bunday podshipniklarni boshqa podshipniklar bilan almashtirib 
    bo’lmaydi, chunki bu mashinalarda mahsulotlarga mineral moylar tegishiga yo’l 


    qo’yilmaydi. Ular antifriktsion plastmassalar (polikarbomit, ftoroplast va boshqalar) 
    va to’ldirgich (grafit, molibden, silüfid) dan tayyorlanadi. Bunday materiallardan
    tayyorlangan podshipniklar moylanmaydi, lekin ularni xizmat muddati ikki marta 
    ortiq. Moylangan holda ishqalanish koeffitsentining juda kichikligi (taxminan 0,002) 
    bimetall materiallaridan tayyorlangan podshipniklardan foydalanishni ta’minlaydi. 
    Ular ftoroplast va molibden sulüfid aralashmasi shimdirilgan bronza qatlami bilan 
    qoplangan po’lat asosida tashkil topgan. So’ngi yillarda g’alla va boshqa 
    kombaynlarga bukdan yasalgan sirpanish podshipniklari o’rniga antifriktsion yog’och 
    plastik DKV - A-FB25 dan yasalgan podshipniklar qo’yilmoqda. 
    Gaz to’ldirilgan yengil plastmassalar. Avtomobilsozlikda, ta’mirlash 
    korxonalari, sanoat va turmushda plastiklarning alohida guruhi gaz to’ldirilgan yengil 
    plastmassalardan keng foydalaniladi. Ular termoplastik smolalar asosida ham, 
    termoreaktiv smolalar asosida ham olinadi. Tashqi ko’rinishidan ular ichi gaz bilan 
    to’ldirilgan g’ovak kataklardan iborat qotib qolgan ko’pikni eslatadi. Ular 
    Suyuqlantirilgan smolani Yuqori bosim ostida havo, azot bilan yoki ba’zi kimyoviy 
    moddalar parchalanganda hosil bo’ladigan gazlar bilan to’yintirib olinadi. Qayta 
    qizdirilganda (90-120 
    o
    S) gazlar kengayadi va plastmassani ko’pirtirib, katakli 
    struktura hosil qiladi. Gaz to’ldirilgan plastmassalarni xossalari turlicha ularning 
    ba’zilari juda qattiq, yetarli darajada mustahkam, boshqalari yumshoq, elastik 
    bo’ladi. Ularning hajmiy massasi kichik, shovqin va issiqlikdan izolyatsiyalash 
    xossasi yuqori bo’ladi. Qattiq plastmassalar suvga chidamli, bug’, gaz o’tkazmaydi, 
    suvda cho’kmaydi. Gaz to’ldirilgan plastmassalar strukturasiga ko’ra ikki guruhga 
    bo’linadi: 1) penoplastlar gaz pufakchalari bir-biridan va atrofdagi muhitdan yupqa 
    polimer qatlamlari vositasida ajratilgan, 2) proplastlar ularda o’zaro tutashgan 
    kataklar bo’ladi. 
    Termoreaktivlardan buymlar olish. Presslash - texnologik jarayondir. Bu usul 
    orqali polimer materiallardan buyum ishlab chiqariladi. Bu usulda bosim ta'sirida 
    material plastik deformatsiyaga uchrab, qolip shaklini egallaydi. Agar shakl 
    berilayotgan material isitmasdan turib plastik deformatsiyalanish xususiyatiga ega 
    bo'lsa, u holda jarayon sovuq qolipda olib borilib, sovuqlayin presslash deb, issiq 
    qolipda shakllash issiqJayin presslash deb ataladi. 
    Ikkinchi usul, agar shakllash uchun presslanayotgan material qovushqoqligini 
    kamaytirish lozim bo'lsa yoki shakllash vaqtida choklanish reaksiyasi ketishi uchun 
    unga yuqori harorat ta'sir etish kerak bo'lsa qo'llaniladi. Keltirilgan jarayon bosim 
    ostida ketadi. Issiqlayin presslash jarayonda ishlatiladigan uskunalarga qarab 
    kompression (to'g'ridan to'g'ri) yoki quyib (transfernыy) presslash deyiladi. 
    Shunday qilib, termoreaktiv polimer materiallardan buyum olish materialning 
    plastik deformatsiyalanishiga asoslangan bo'lib, bu deformatsiya bosim va harorat bir 
    paytda ta'sir etganda amalga oshadi. Bu paytda shakllanish turg'unligi bog'lovchi 
    kimyoviy reaksiyasining choklanishi tufayli vujudga keladi (uch o'lchamli struktura 
    hosil bo'ladi). 
    Presslash usuli ko'pincha fenol-formaldegid, melamin for-maldegid, epoksid, 
    to'yinmagan poliefir smolalar asosida tayyor-langan kompozitsiyalardan buyumlar 
    olishda qo'llaniladi. 


    6-rasm. Compression presslash operatsiyalari sxemasi 
    Kukunsimon polimer va plastizollardan buyum shakllash. Rotatsion shakllash - 
    ichi bo'sh buyumlar ishlab chiqarish usulidir. Buning uchun termoplast polimer 
    kukun yoki pasta holida bo'lishi kerak. 
    Shakllash quyidagi operatsiyalardan iborat: aniq bir miqdordagi polimer 
    metalldan yasalgan ichi bo'sh qolipga solinadi, uning og'zini bekitib, aylantiriladi. 
    Qolip polimerning suyuqlanish haroratigacha qizdiriladi. Metall qolip 
    aylanganda polimer material bir tekisda ichki yuzaga taqsimlanadi, zichlashadi va 
    aniq qalinlikda monolit qoplama hosil qiladi. Bunda Suyuqlanma markazdan qochma 
    kuch va adgeziya tufayli qolipga yopishadi. Sovitilgandan keyin qolip ochiiadi va 
    ichi bo'sh tayyor buyum olinadi. Ikki o'qli rotatsion shakllash moslamasi 7-rasmda 
    keltirilgan. 
    Buyumni sovitish bir yoki ikki tomonlama bo'lishi mumkin. Bu shakllash usuli 
    va buyum konstruksiyasiga bog'liq. Siqib havo yuborish orqali buyum sovitiladi. 
    Sovitish sekin-asta amalga oshirilishi kerak, aks holda buyum qiyshayishi 
    mumkin. Sovitish jarayonida ma'lum darajada buyum kirishadi va bu jarayon polimer 
    molekulasining oriyentatsiyalanish darajasiga bog'liq.Ikkinchi darajali o 'q 


    7- rasm. Ikki o'qli rotatsion shakllash moslamasi. 
    8-rasm. Rotatsion shakllash operatsiyalari: a - qolipni xomashyo bilan to'ldirish; 
    b - buyumni shakllash; d-buyumni sovitish; e - buyumni qolipdan chiqarib olish. 
    Rotatsion shakllash usuli bilan ichi bo'sh buyum olish (8-rasm), boshqa 
    usullarga qaraganda quyidagi afzalliklarga ega: 
    katta o'lchamli buyumlar olish mumkin; 
    buyum qalinligi deyarli bir xil;
    chiqindi deyarli chiqmaydi; 
    buyumda qoldiq kuchlanish beradi; 
    moslama va uskuna narxi arzon;
    iqtisodiy samaradorligi Yuqori. 
    Bu usulning kamchiliklari quyidagilardan iborat: 
    shakllash vaqti uzoq; 
    buyum materialining zichligi kam; 
    buyum o'lchamlari to'la aniq emas. 
    Bu usul bilan buyum olish uchun quyidagi termoplastlar (pasta holida): 
    poliviniklorid, past va yuqori zichlikka ega bo'lgan polietilen va ularning aralashmasi; 
    uglerod kukuni bilan to'ldirilgan polietilen, poliamidlar ishlatiladi. 
    Olinadigan buyumlarning eng katta hajmi 500 L, devorining qalinligi 16 mm 
    gacha bo'lishi mumkin. Puflash orqali shakllash. Termoplastlardan ekstruziyalash 
    (yoki bosim ostida quyish) orqali «yeng» qolipda zagotovka olib, uni puflash orqali 
    ichi bo'sb buyum olish - puflab shakllash deb ataladi (9-rasm). 


    Bu usulda asosan quyidagi polimer materiallar qo'llaniladi: polietilen polistirol, 
    polietilentereftalat, polivinilxlorid va boshqalar. Bu materiallardan har xil idishlar: 
    butilkalar, kanistrlar, hajmi 0,005 dan 500 L gacha bo'lgan idishlar olish mumkin. 
    Mashinaning asosiy qismlari quyidagilardan iborat: ekstruziya mashinasi, 
    kallak, shakl beruvchi qolip, qolipni yopib-ochish mexanizmi va puflash uchun 
    pnevmosistema. 
    Asosiy jarayon ekstruziyaiash usuli bilan termoplastlardan buyum olishda sodir 
    bo'ladigan jarayonlardan deyarli farq qilmaydi. 
    Asosiy mohiyati - kallakdan chiqayotgan zagotovkaning old qismi birmuncha 
    sovisa, kallakka yaqin qismi issiqroq bo'ladi, shu sababli zagotovkani uzunasiga 
    nisbatan puflash har xil bo'lishi mumkin. 
    Bu usul ikki xil bo'lishi mumkin: 
    Quvur-qolipdagi zagotovkani ekstruder yordamida olib, unga siqilgan havoni 
    puflash. 
    Quyish mashinasida qolip-zagotovka olib, uni shu mashinada puflash. 
    9-rasm. Ekstruziya usulida puflab ichi havol idishlar olish sxemasi: a - 
    ekstruziya usuli bilan quvursimon zagotovka olish; b - zagotovkani puflash va buyum 
    shakllash; d - buyumni olish. 1 - shnek; 2 - ekstrudersilindri; 3 - siqilgan havo
    Yuborish uchun jo'mrak; 4 - dorn; 5 - mundshtuk; 6 - quvursimon zagotovka; 7 - 
    yarimta qolip; 8 - yarimtaqolipni yopish va ochish moslamasi; 9 - press qirrasi; 10 - 
    buyum. 
    Shuning uchun iloji boricha, zagotovka uzilib ketmasligi uchun zagotovkaning 
    qovushqoqligi Yuqori darajada ushlanadi. Agar suyuqlanmaning oqish tezligi 
    oshirilsa, unda polimer destruksiyaga uchrashi mumkin. 
    Nazorat savollari: 
    1. 
    Termoplastik va termoreaktiv materiallardan bosim ostida quyish usuli bilan 
    buyum olishda ularga qanday talablar quyiladi? 
    2. 
    Bosim ostida quyish texnologik parametrlari buyum sifatiga qanday tasir 
    kursatadi? 
    3. 
    Bosim ostida quyish mashinalari qaysi kursatkich buyicha sinflarga ajratiladi? 
    4. 
    quyish qolipini konstruktiv jihatdan tushuntirib bering. 
    5. 
    Sovitish vaqti, sikl vaqti qanday omillarga bogiiq? 
    6. 
    Kompressda va transfer presslash usullari bir-biridan nimasi bilan farq qiladi? 
    7. 
    Presslashda bosim ostida ushlab turish vaqti qanday omillarga bog’liq? 
    8. 
    Asosan qaysi plastmassalardan presslash usuli bilan buyum olinadi? 
    9. 
    Rotatsion usulda buyum olish uchun materialning holati qanday boiishi kerak? 



    Download 3.23 Mb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   64




    Download 3.23 Mb.
    Pdf ko'rish