-jadval. Kauchuklarning asosiy xususiyatlari va ishlatilish sohasi  Kauchuk




Download 3.23 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/64
Sana13.05.2023
Hajmi3.23 Mb.
#59264
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   64
Bog'liq
transport vositalarida ishlatiladigan nometal materiallar
guruh mustaqil ishlar ro\'yhati 2, 4 - kurs, Issiqlik elektr stansiyasi.pdf, Tarmoq xizmatlari, 8, Thin film 1, Заковат учун саволлар-01, 11, Oybegim mening (Oybekka hujum), Andijon mashinasozlik instituti mashinasozlik texnologiyasi fakulteti iqtisodiyot yonalishi, 1 savol javobi, Mustaqil ish topshiriqlari, rentgen spektraskop, 202-, Mustaqil ta\'lim
3.1-jadval. Kauchuklarning asosiy xususiyatlari va ishlatilish sohasi 
Kauchuk 
Asosiy xususiyatlari 
Ishlatilish 
sohasi 
Tabiiy (TK) 
o’zilishda yuqori mustahkamlik va elastiklikka 
ega. 60
o
S dan 100
o
S gacha haroratlarda 
ishlatishga yaroqli. 
3,6,8,10,12 


Butadienstirolli 
(SKS) 
o’zilishda yuqori mustahkamlikka ega va 
eskirishga chidamli. 100
o
S gacha haroratda 
ishlatishga yaroqli. Yuqori haroratdagi sovuq 
ta’siriga chidamli (75
o
S gacha). 
11,12,13 
Butadienmetil- 
stirolli (SKMS) 
3,6,10,12,14 
Izoprenli (SKI) 
2,6,8,12,14 
Butadienli (SKD) Juda yuqori mexanik mustahkamlikka ega, 
yemirilish va sovuq ta’siriga chidamli. 
6,8 
Xlorprenli (niatrit) Yuqori elastiklikka ega, eskirishga chidamli. 
120-130
o
S gacha haroratda neft mahsulotlari 
muhitida ishlatishga yaroqli. Xom ashyosiz 
vulkanizatsiyalanadi. 
1,4,5,7,9,11 
Butadiennitrilli 
(SKN) 
Nairitga 
o’xshash. 
Issiqlik 
ta’siriga 
chidamliligi yaxshilangan. 
4,5,7,9,11,13 
Dimetilsiloksanli 
(SKT) 
Issiqlik ta’siriga chidamli, 60
0
S dan 300
0

gacha haroratldarda uzoq muddat ishlatish 
mumkin. Yuqori dielektirik xususiyatga ega. 
Neft mahsulotlarida tez eriydi. 

Ftorkauchuk 
(SKF) 
SKT ga o’xshash, ammo neft mahsulotlarida 
erimaydi. 
4,5 
Etilenpropilenli 
(SKEP) 
50
0
S dan 130
o
S gacha haroratlarda ishlatishga 
yaroqli, yuqori elektroizolyatsion xususiyatga 
ega. 

Izoh. Uchinchi ustundagi raqamlar kauchukning ishlatish sohasini bildiradi: 
ya’ni, 1-kabina oynalari va boshqa detallarni zichlash uchun ishlatiladi; 2-kabina 
eshiklari va boshqa detallarni zichlash uchun ishlatiladi; 3-havo, suv, kislota va 
ishqorlarning kuchsiz eritmalari muhitida ishlatishga yaroqli zichlagichlar (halqalar, 
qistirmalar, manjetlar va boshqalar) tayyorlashda ishlatiladi; 4-neft mahsulotlari
muhitida ishlatishga yaroqli zichlagichlar tayyorlashda ishlatiladi; 5-neft mahsulotlari 
muhitida ishlatishga yaroqli klapan detallari tayyorlashda ishlatiladi; 6-havo, suv, 
amortizatorlar tayyorlashda ishlatiladi; 7-neft mahsulotlari muhitida ishlatishga 
yaroqli amortizatorlar tayyorlashda ishlatiladi; 8-havo muhitida ishlatishga yaroqli 
kuch uzatuvchi detallar (disklar, vtulkalar, bloklar) tayyorlashda ishlatiladi; 9-neft 
mahsulotlari muhitida ishlatishga yaroqli kuch uzatuvchi detallar tayyorlashda 
ishlatiladi; 10-havo, suv, kislota va ishqorlarning kuchsiz eritmalari muhitida 
ishlatishga yaroqli himoya detallari (ustquymalar, muftalar va boshqalar) 
tayyorlashda ishlatiladi; 11-neft mahsulotlari muhitida ishlatishga yaroqli himoya 
detallari tayyorlashda ishlatiladi; 12-havo, suv, kislota va ishqorlarning kuchsiz 
eritmalari muhitida ishlatishga yaroqli umumiy maqsadlar uchun ishlatiladigan 
yordamchi detallar tayyorlashda ishlatiladi; 14-shinalar tayyorlashda ishlatiladi. 
Rezina materiallar olish. Tabiiy va sintetik kauchuklardan toza holda 
foydalanish chegaralangandir (elimlar tayyorlashda, izolyatsiyalovchi lentalar, 
zichlovchi qistirmalar tayyorlashda qo’llaniladi). chunki ular bir qator kamchiliklarga 
ega: jumladan mustahkamligini yetarli emasligi. TK larning mustahkamligi 1,0-1,5 


MPa, SKB va stirolli SK lar uchun 0,5 MPa dan ortmaydi. Kauchuklarning 
mustahkamligini oshirishning samarali usullaridan biri vulkanizatsiyalashdir. 
Vulkanizatsiya - kauchuk molekulalarini oltingugurt atomlari bilan bog’lash. 
Vulkanizatsiya natijasida (masalan, TK) uzilish mustahkamligi 25 MPa atrofida 
bo’lgan vulkanizatsiyalangan kauchuk olinadi, bu jarayon 140-150 
o
S haroratda 
nisbatan samarali bo’ladi. Vulkanizatsiya jarayonida kauchuk mustahkamligini 
oshirishga asosiy sabab, kauchuk molekulalari orasida valent bog’lanish («oltingugurt 
ko’priklari») hosil bo’lishidir. 
Kauchukka uni mustahkamligini va elastikligini oshirish uchun zarur bo’lgan 
miqdorda oltingugurt qo’shiladi. Bunda polimerning uzun makromolekulalari 
to’rsimon strukturaga aylanib, rezinaga elastiklik beruvchi karkas hosil bo’ladi. 
Misol, avtomobil shinalari va pokrishkalari tayyorlanadigan rezinalarda kauchuk 
ulushining 1-3 foizi oltingugurt bo’ladi. Kauchuk tarkibida oltingugurt miqdorining 
ortib borishi uning mustahkamligini oshirish bilan bir vaqtda elastikligini 
kamaytiradi. Kauchukka 50 foiz atrofida oltingugurt qo’shish mumkin, bunda juda 
mustahkam (cho’zlishdagi mustahkamligi 52-54 MPa) bo’lgan va umuman elastik 
bo’lmagan (qattiq), kimyoviy jihatdan inert bo’lgan material-ebonit olinadi. 
Ebonitdan elektrotexnik maqsadlarda foydalaniladigan detallar, shu jumladan 
akkumulyatorlar bankasi tayyorlanadi. 
Rezinaning komponentlari. Har qanday rezina materialning tarkibida kauchuk 
va oltingugurtdan tashqari boshqa komponentlar - ingredientlar ham bo’ladi.
Vulkanizatsiyalash 
jarayonini 
tezlashtirish 
uchun 
kauchuk 
va 
vulkanizatsiyalovchi vosita aralashmasiga vulkanizatsiya tezlatgichlari (tiuram, 
kaptaks va boshqalar), mustahkamligini oshirish uchun esa to’ldirgichlar qo’shiladi. 
Eng ommaviy bo’lgan kuchaytirgich sifatida qurumdan foydalaniladi. Qurum kukun 
holidagi uglerod bo’lib qismlari o’lchami 0,03-0,25 mkm bo’ladi. Qurum boshqa 
kuchaytirgichlar kabi rezina materiallariga rezina tarkibidagi kauchukka nisbatan 20-
70 foiz miqdorida qo’shiladi. 
To’ldirgich sifatida qurumdan tashqari rux, magniy, kremniy oksidlaridan, bir 
qator tuzlar (bo’r, gips), sintetik smolalar va boshqalardan foydalaniladi. Bir qator oq 
rangdagi to’ldirgichlar (oq qurum, rux oksidi va boshqalar)dan rangli rezinalar 
olishda foydalaniladi, oddatdagi qurumdan u qora rangda bo’lganligi tufayli 
foydalanib bo’lmaydi, chunki u buyumlarga qora rang beradi. 
To’ldirgichlar SKB, SKS va SKN larga nisbatan juda ham samaralidir. Bu SK 
larning to’ldirgichlar bilan aralashmasini vulkanizatsiyalaganda, tarkibida to’ldirgich 
bo’lmagan vulkanizatlarga nisbatan mustahkamligi 10-12 marta yuqori bo’ladi va 
uzilishdagi mustahkamligi esa 10-30 MPa ga yetadi. 
Yuqorida keltirilgan komponentlardan tashqari, rezina tarkibiga ko’p bo’lmagan 
miqdorda pigmentlar (rang berish uchun), plastifikatorlar (unga ishlov berishni 
yengillatuvchi va uning sovuqqa chidamliligini oshiruvchi), antioksidlovchilar 
(eskirishga qarshi), g’ovak hosil qiluvchilar (g’ovaksimon rezinalar olishda) va 
boshqalar qo’shiladi. 
Vulkanizatsiyalanmagan kauchuk, oltingugurt, to’ldirgichlar va boshqa 
ingredientlar (umumiy soni 15 tagacha bo’lishi mumkin) aralashmasi xom rezina 
yoki rezina aralashmasi deyiladi. Xom rezinadan turli xil usullar asosida turli-tuman 
shakldagi buyumlar ishlab chiqariladi va bu rezinalar uchun oxirgi ishlov berish 
operatsiyasi 
bo’lib 
vulkanizatsiyalash 
xizmat 
qiladi. 
Bu 
buyumlar 


vulkanizatsiyalangandan so’ngina ishlatishga yaroqli bo’ladi. Xom rezina 
vulkanizatsiyalangandan keyin oddiygina qilib, rezina deb yuritiladi. 
Vulkanizatsiyalash jarayoni qaytmas jarayondir, shuning uchun rezina 
tarkibidagi kauchukni sof holda ajratib olish mumkin emas. Ish muddatini o’tab 
bo’lgan rezinalarni regeneratga aylantirish, ya`ni devulkanizatsiya jarayoniga 
to’xtalamiz. Rezina regenratlarini olish uchun eski rezina buyumlar turli xil 
Suyuqliklar muhitida 150-190
0
S haroratgacha qizdiriladi. Bunda rezina tarkibidagi 
uglerod atomlarining valent bog’lanishlari uziladi va oltingugurt ko’priklari buziladi. 
Natijada molekulyar massasi past bo’lgan (6000-12000) plastik material olinadi. Bu 
materialni qayta vulkanizatsiyalash va tarkibiga ingredientlar qo’shish mumkin 
bo’ladi. Regenerat tarkibiga xom rezina qo’shish mumkin bo’ladi, bunda kauchukni 
tejashga imkon yaratiladi. Bu regeneratlar asosida shinalarning to’g’in lentalari va 
rezinala to’shamalar ishlab chiqariladi. 
Regenerat sifatida eski rezina buyumlarini qayta ishlash mahsulotlari va rezina 
ishlab chiqaradigan korxonalarning chiqindilaridan foydalanish mumkin. Ular 
rezinani arzonlashtiribgina qolmasdan, uning eskirishga moyilligini kamaytiradi, 
shuningdek neft mahsulotlari ta’siriga chidamliligini oshiradi. 
Ishlatish sohasiga ko’ra rezinalar umumiy ishlarga mo’ljallangan va maxsus 
turlarga bo’linadi. Birinchi guruhga kiruvchi rezinalar havoda, suvda, kislota va 
ishqorlarning kuchsiz eritmalarida ishlay oladi. Ularni tabiiy kauchukdan ham, 
sintetik kauchukdan ham olinishi mumkin. Ulardan shinalar, tasmalar, transportyor 
lentalari va hakozolar tayyorlanadi. Alohida xossalarga ega bo’lgan (nefü 
mahsulotlari ta’siriga chidamli juda yuqori va juda past haroratda ishlay oladigan va 
hokazo) rezinalar maxsus rezinalar deb ataladi. 
Tabiiy kauchukdan olinadigan texnik rezinalarning cho’zilishga mustahkamligi 
va elastikligi Yuqoridir. Tabiiy kauchukdan olinadigan xom rezina yelim yordamida 
yaxshi yopishadi. Ular 60 dan 100
0
S gacha haroratda ishlay 
oladi. Bundan ortiq 
qizdirilganda kauchuk yumshaydi va ekspluatatsion xossalarini yo’qotadi, past 
haroratda esa mo’rt bo’lib qoladi. 
Umumiy ishlarga mo’ljallangan rezinaning asosiy qismi traktor va avtomobil 
shinalarini tayyorlashga sarflanadi. Butadienstirol (SKS, SKMS) va izopren 
kauchuklari (SKI) asosida olingan rezinalar yaxshi xossalarga ega. Ular cho’zilishga 
mustahkamligi, yemirilishga chidamliligi bilan farq qiladi. 80-100
o
S haroratda ishlay 
oladi, sovuqqa chidamliligi yuqori (minus 75
o
S gacha). Kauchuklarning mexanik 
xossalari (ayniqsa, elastikligi) tabiiy kauchuklarnikiga yaqin bo’lgani uchun kordga 
mustahkam birikadi. Mexanik mustahkamligi, yeyilishga va sovuqqa chidamliligi 
quyiladigan talablarga javob beradigan maxsus shinalar divenil kauchuklar (SKD) 
asosida olinadigan rezinalardan tayyorlanadi. Bu kauchuklar yuqorida aytilgan 
xossalari bo’yicha tabiiy kauchuklardan ancha ustun turadi. 
Kameralar, shuningdek kamerasiz shinalar germetiklovchi qatlamini tayyorlash 
uchun gaz o’tkazmaydigan va kislorod ta’siriga chidamli rezinalar kerak bo’ladi. 
Butilkauchuklar (SKB) bu talabga javob beradi. Ularning mexanik mustahkamligi 
yaxshi bo’lishi bilan birga issiqqa chidamliligi yuqori (120
o
S gacha). Poliuretan 
kauchuklar ham yuqorida keltirilgan xossalarga ega, bundan tashkari ozon va neft 
mahsulotlariga 
chidamlidir. 
Ulardan 
almashtiriladigan 
protektorli 
shinalar 
tayyorlanadi. 


Moy, benzin ta’siriga chidamli rezinalar erituvchilarga tegib ishlaydigan 
tasmalar, shlanglar, zichlash qistirmalari, manjetlar va boshqa detallar tayyorlanadi. 
Ular yonilg’i va moyda ko’pi bilan 1-3 foiz shishadi. Nairitdan olingan moy, 
benzinga chidamli rezinalar (xloropren kauchuk) keng tarqalgan. Bu rezina 
oltingugurtsiz harorat ta’sirida vulkanizatsiyalanadi. Nairit asosida olingan rezinalar 
neft mahsulotlari muhitida 120-130
o
S gacha haroratda ishlay oladi. Ular elastik, tezda 
eskirmaydi. 
Butadiennitril 
kauchuk 
(SKN) 
dan 
tayyorlangan 
rezinaning 
ekspluatatsion xossalari yanada yaxshiroq. Bundan tashqari, ular suyultirilgan kislota 
va ishqorlar ta’siriga chidamli hamdir. 
Ko’pgina hollarda yuqori harorat ta’siriga yaxshi chidash beradigan rezinalar 
kerak bo’ladi. Ular asosan minus 60 
o
S dan +300 
o
S gacha uzoq muddat ishlay 
oladigan kremniyorganik kauchuklardan (SKT) olinadi. Yuqori dielektrik xossalarga 
ega, ularning o’ziga xos xususiyatlari shundan iboratki, sernam sharoitda ham 
ekspluatatsion xossalari o’zgarmaydi. Shuning uchun ulardan tropik iqlimda 
ishlatiladigan buyumlar tayyorlanadi. Ularning neft mahsulotlarida tez erishi katta 
kamchiligidir. Bu kamchilikni kauchuk molekulasiga ftor atomini qo’shib yo’qotish 
mumkin. Bunda SKF kauchuk olinadi. Bu kauchuk yonmaydi, issiqqa chidamli 
(300
o
S gacha), gidrotizim shlanglar birikmalarini ishonchli, samarali zichlash uchun 
ishlatiladi. Pnevmatik shlanglarni ta’mirlashda vulkanizatsiyalanmagan materiallar 
chiqariladi. Ularga protektorli profillangan rezinalar kiradi. Ular yurish yo’li yoki 
to’la profilli protektor hosil qilish uchun mo’ljallangan. Bu materiallarga qatlamli, 
germetiklovchi kamerabop rezina listlar ham kiradi. Ular kamerasiz shinalar va 
kameralarni ta’mirlashda ishlatiladi. Xom rezinadan elastik rezina olish uchun uni 
140-150 
o
S haroratgacha qizdirish (yaxshisi, bosim ostida) kifoya. 
Rezina buyumlarni sinchlash. Rezina detallarni mustahkamligini oshirish uchun 
ularni boshqa puxtaroq (gazlama, simli karkas, metall tolalari) elementlar 
(armaturalar) bilan sinchlanadi. Buning natijasida olinadigan rezina buyumning 
mustahkamligi asosan rezina tarkibidagi armirlovchi elementning mustahkamligiga 
asosan aniqlanadi. Sinchlangan rezina detallarning cho’zilishdagi elastikligi sof 
rezinaning elastikligidan sezilarli darajada kam bo’ladi, ammo ularni egilish va 
siqilishdagi talab etilgan chegaradagi deformatsiyalanish xususiyatlarini saqlab 
qoladi. 
Avtomobillarda ishlatiladigan muhim armirlangan rezina buyumlar jumlasiga 
rezina-gazlamali shlanglar, uzatish tasmalari va boshqalar kiradi.
Avtomobil pokrishkalari avtomobillarda ishlatiladigan qimmatbaho va juda katta 
talablar qo’yiladigan armirlangan buyum bo’lib, ularni tayyorlashda maxsus 
gazlamalar - kord, chefer va boshqalardan foydalaniladi. 
Karkasning, pokrishkalar bortining shikastlangan joylarini ta’mirlash, 
karkasning shikastlangan joylarni kuchaytirish uchun rezina qo’shilgan kort, rezina 
qo’shilgan chefer va plastirlar kabi materiallardan (rezina qo’shilgan korddan 
tayyorlangan krestsimon yamoqlardan) foydalaniladi. Ta’mirlanadigan pokrishka 
karkasi tayyorlangan korddan foydalanish tavsiya etiladi. Eng yaxshisi kapron 
tolalardan tayyorlangan korddan foydalangan ma’qul, chunki u mustahkam bo’lgani 
uchun yamoqni qalinligi va massasini kamaytirish mumkin bo’ladi, g’ildiraklarning 
titrashi kamayadi. 
Rezinaning 
fizikaviy-mexanikaviy 
xossalari. Rezinaning cho’zilishdagi 
mustahkamligi, nisbiy va qoldiq uzayishi. Rezianing asosiy deformatsion va 


mustahkamlik xossalariga plastiklik va elastiklik xossalari, cho’zilishga qarshi 
mustahkamligi, cho’zilishdagi nisbiy uzayishi, cho’zilishdagi qoldiq uzayishi, 
berilgan uzayishdagi nisbiy kuchlanish va boshqalar kiradi. 
Rezinadan tayyorlangan buyum va materiallarda cho’zuvchi kuchlar eng xavfli 
bo’lgani uchun, ularning mustahkamligi cho’zish orqali xarakterlanadi. Rezina 
buyumlar vaqt o’tishi bilan o’z mustahkamligini yo’qotib boradi (statik toliqish 
paydo bo’ladi) va nihoyat ular ishga yaroqsiz bo’lib qoladi. 
Rezina buyumlarga o’zgarmas kuchlanish ta`sir etishdan boshlab buyumning 
yaroqsiz bo’lishigacha (buzilishi) ketgan vaqt uning shu vaqt ichidagi mustahkamligi 
yoki uzoqqa chidamliligi deyiladi. Kuchlanish miqdori ortib borishi bilan uzoqqa 
chidamlilik keskin kamayadi. Rezina cho’zilgan vaqtda uning o’z shaklini saqlab 
qolish xususiyati deformatsiya tezligi, harorat, rezina tarkibi va uning tuzilishiga 
bog’liq. 
Cho’zish tezligi qancha yuqori bo’lsa, rezina materialni buzish uchun shunchalik 
kam kuch talab etiladi. Deformatsiya vaqtida haroratning o’zgarishi mustahkamlik 
ko’rsatkichiga ta`sir qiladi. Odatda, harorat ortishi bilan rezina mustahkamligi 
kamayadi va aksincha. Sinash ishlarini solishtirish mumkin bo’lgan namunalar olish 
uchun, Davlat standarti yoki texnik shartlarda keltirilgan ma`lum tezlik va haroratda 
o’tkaziladi. 
Rezina mustahkamligi ularning tarkibiga qo’shiladigan aktiv to’ldiruvchilar 
hisobiga ham keskin ortadi. Ammo, me`yordan ortiq miqdorda plastifikator qo’shish 
ham rezina mustahkamligini pasaytirib Yuboradi. 
Kauchuklar ichida TK, SKI-3, xlorprenlarning elastikligi yuqori. SKN, BK, SKF 
va akril kauchuklarning elastikligi esa kamroq.
Rezinaning cho’zilishdagi nisbiy uzayishi deganda, rezina materialni uzilish 
paytidagi uzunligini dastlabki uzunligidan nisbiy uzunligini materialning dastlabki 
uzunligiga nisbati tushuniladi. 
Avtomobilning eng muhim rezina detallarini ta`mirlashda keng ishlatiladigan 
uch turdagi rezina materiallarining ba`zi-bir standart ko’rsatkichlari 3.2-jadvalda 
keltirilgan. 
Rezina materialning nisbiy va qoldiq uzayishi birgalikda rezinaning elastiklik 
xususiyatini tavsiflab beradi. Nisbiy va qoldiq uzayishlar orasidagi farq qanchalik 
katta bo’lsa, rezina materialning elastiklik xususiyati shunchalik yaxshi bo’ladi. 
Kauchuk va rezinalar mexanik xosslariga ko’ra elastik (egiluvchan) jismlar va
suyuqliklardan farq qiladi. Ular nisbatan kichik kuchlanishlarda ham yuqori qator 
deformatsiya xususiyatiga ega bo’lgan yuqori molekulali birikmalardir. Bu xildagi 
deformatsiya Yuqori elastik deformatsiya, materialning o’zi esa elastomerlar deb 
ataladi.

Download 3.23 Mb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   64




Download 3.23 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-jadval. Kauchuklarning asosiy xususiyatlari va ishlatilish sohasi  Kauchuk

Download 3.23 Mb.
Pdf ko'rish