• Tayanch so`z va iboralar
  • -mavzu. TRANSPORT VOSITALARIDA ISHLATILADIGAN SINTETIK  YELIMLAR VA JIHOZLASH MATERIALLARI.  Reja




    Download 3.23 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet26/64
    Sana13.05.2023
    Hajmi3.23 Mb.
    #59264
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   64
    Bog'liq
    transport vositalarida ishlatiladigan nometal materiallar
    guruh mustaqil ishlar ro\'yhati 2, 4 - kurs, Issiqlik elektr stansiyasi.pdf, Tarmoq xizmatlari, 8, Thin film 1, Заковат учун саволлар-01, 11, Oybegim mening (Oybekka hujum), Andijon mashinasozlik instituti mashinasozlik texnologiyasi fakulteti iqtisodiyot yonalishi, 1 savol javobi, Mustaqil ish topshiriqlari, rentgen spektraskop, 202-, Mustaqil ta\'lim
    6-mavzu. TRANSPORT VOSITALARIDA ISHLATILADIGAN SINTETIK 
    YELIMLAR VA JIHOZLASH MATERIALLARI. 
    Reja. 
    1. Elimlar haqida umumiy ma`lumot 
    2. Smolalar asosidagi yelimlar. 
    3. Kauchuk asosidagi yelimlar. 
    4. Qoplama materiallar. 
    5. Qistirma va zichlovchi materiallar. 
    6. Elektroizolyatsion materiallar. 
    7. Yog’och materiallari. 
    Tayanch so`z va iboralar 
    Elimlar. Yelim turlari. Fenolfomaldegid smolalar asosidagi yelimlar. Epoksidli 
    smolalar asosidagi yelimlar. Poliuretan smola asosidagi yelimlar. Poliefirakrilatli 
    yelimlar. Qoplama materiallar. Polivinilxloridli plenka materiallar. To`qima, qoplama 
    materiallar. Suniy teri. Avtomobil polini qoplash uchun materiallar. Qistirma va 
    zichlovchi materiallar. Elektroizolyasion materiallar. Yogoch materiallar. 


    Yelimli birikmalardan foydalaniladigan sohalar muntazam kengayib bormoqda. 
    Bunga sabab shuki, ular payvand va boshqa birikmalarga nisbatan qator afzalliklarga 
    ega, chunonchi, ular bilan turli xil materiallarni biriktirish mumkin, bunda buyum 
    konstruktsiyaning massasi kamayadi, atmosfera ta’sirlariga chidamli. Bundan 
    tashqari yelimlar biriktirish texnologiyasiga juda oddiy. Sanoatda ishlab 
    chiqariladigan yelimlar bilan materiallar, qotishmalar, shisha keramika, plastmassa, 
    yog’och va boshqa ko’pgina materiallarni biriktirish mumkin. Yelimli birikmalardan 
    foydalanilganda mablag’ va mehnat sarfi ancha kamayadi, konstruktsiyani 
    korroziyaga chidamliligi ortadi, birikmalardagi zo’riqish kamayadi.
    Avtomobilsozlikda yelimlardan dastlab shovqinni izolyatsiyalovchi va salonni 
    bezash materiallarini yopishtirishdagina foydalanilgan. Bunda asosan tabiiy kauchuk 
    va bitum asosidagi yelim va germetiklardan foydalanilgan. XX asrning 60-yillarida 
    esa tormoz kalodkalarini yopishtirishda fenolli yelimlardan foydalanila boshlandi. 
    Zamonaviy avtomobillar ishlab chiqarila boshlanishi natijasida avtomobilsozlikda 
    yelim va germetiklardan foydalanish sezilarli darajada ortdi. Avotomobil sanoati 
    uchun maxsus 15 nomlanishdagi yelimlar va 10 nomlanishdagi germetiklar ishlab 
    chiqarila boshlandi. Hozirgi kunga kelib yelim va germetiklarning assortimenti 
    yanada kengaydi. So’nggi yangiliklardan biri avtomobillarni saloniga o’rnatiladigan 
    orqani ko’rish ko’zgusini avtomobilning old oynasiga yopishtirishda akril 
    yelimlardan foydalanishdir. 
    Elimlar yordamida biriktirish quyidagi afzalliklarga ega: 
    - xususiyatlari, elastiklik moduli va qalinligidan har xil bo’lgan turli 
    materiallardan tayyorlangan buyumlarni biriktirish mumkin; juda yupqa listlarni ham 
    biriktirish mumkin (yupqa listlarni boshqa usullarda biriktirilganda yuklanish 
    kontsentratsiyasining yuqoriligi tufayli detal ishdan chiqishi mumkin); 
    - boshqa usullar asosida tayyorlash mumkin bo’lmagan murakkab shaklli 
    buyumlar tayyorlash mumkin; 
    - konstruktsiyani kam xarajat qilgan holda va tezlik bilan yig’ish imkoniyati 
    mavjudligi, shuning bilan bir paytda konstruktsiyaning bir necha elementlarini 
    biriktirish mumkinligi; 
    - yelim asosida hosil qilingan birikmalarning mustahkamligi bir qator hollarda 
    boshqa usullarda hosil qilingan birikmalarning mustahkamligidan yuqori, tannarxi 
    esa past bo’ladi; 
    - yuklanish yelimli birkmalarda yuza bo’yicha teng taqsimlanadi, yuklanish 
    kontsentratsiyasi minimal bo’ladi; 
    - boltli va parchin mixli birikmalar o’rniga yelimli birikmalardan foydalanish 
    konstruktsiya massasini kamaytiradi. 
    Yelimlar qotganida biriktiriladigan sirtlarga yaxshi yopishadigan parda hosil 
    qiluvchi moddadir. Yelim kompozitsiyasi tarkibiga asosiy yelimlovchi komponentdan 
    tashqari qotirgichlar, qotishni tezlatgichlar, plastifikatorlar, to’ldirgichlar, erituvchilar 
    (ishlatish oson bo’lishi uchun) kiradi. yelim, odatda, yuqori haroratda qotirgichlar 
    ta’sirida qattiq holatga o’tadi. 
    Yelimli birikmalarning ish harorati uncha yuqori emas kamdan-kam holda 350
    0
    C dan ortadi. Bu ularning asosiy kamchiligidir. Lekin 500
    0
    C va undan Yuqori 
    haroratda ham ishlay oladigan yelim-tsementlar yaratilgan. Yelim tarkibidagi 
    erituvchilar yelim qotganida bug’lanadi. Buning natijasida yelim kirishib, 
    birikmalarning mustahkamligi pasayadi. Shuning uchun bug’lanmaydigan, balki 


    parda bilan reaktsiyaga kirishadigan erituvchi qo’shilgan yelimning xossalari ancha 
    yaxshi bo’ladi. To’ldirgichlar (kvarts changi, chinni changi, metall oksidlar) ham 
    yelimning kirishishini kamaytiradi va ayni vaqtda pardaning mustahkamligini, 
    issiqlik o’tkazuvchanligini oshiradi. Yangi polimer materiallardan foydalanilganda 
    yelimli birikmalarga xos kamchiliklar bo’lmaydi hamda ular ishlatiladigan sohalar 
    ko’payadi. 
    Parda hosil qiluvchi asosiy modda turiga ko’ra barcha yelimlar tabiiy va sintetik 
    yelimlarga bo’linadi. Tabiiy yelimlarga hayvonot yelimlari (kazein, allbumin, glyutin 
    yelimlari) va o’simlik yelimlari (kraxmal, dekkstrin, tabiiy kauchuk, guttapercha 
    asosida tayyorlangan yelimlar) kiradi. Ular texnikada kam ishlatiladi. 
    Smolalar asosidagi yelimlar.
    Sanoat miqiyosida ishlatiladigan yelimlar 
    termoplastik yoki termoreaktiv sintetik smolalardan olinadi. Termoplastik yelimlar 
    etilen, propilen, metilmetakrilat va hokazolar polimerlari asosida tayyorlanadi. Ular 
    asosan kam Yuklanish tushadigan birikmalarda ishlatiladi. Kengroq tarqalgan 
    termoreaktiv yelimlar (fenolformalüdegid, karbomid, epoksid yoki boshqa yelimlar) 
    issiq holda va sovuqlayin qotadigan xillarga bo’linadi. Sovuqlayin qotadigan yelimlar 
    xona haroratida qotadi. Ularga qotirgich bevosita ishlatish oldidan qo’shiladi. Qaynoq 
    holda yelimlaganda, odatda, ancha mustahkam birikma hosil bo’ladi, yopishish 
    jarayoni tezlashadi. Yelimlar asosiy xillarining tavsifi va ular yordamida hosil 
    qilinadigan birikmalarning xossalari 5.1-jadvalda keltirilgan. 
    Fenolformalüdegid smolalar asosidagi yelimlar. Fenolformalüdegid smolalar 
    asosida olinadigan BF tipidagi yelimlar ancha keng tarqalgan. Yelimlab biriktirish 
    ishlari 140-200
    0
    C haroratda bajariladi. Bunda biriktiriladigan Yuzalar 0,1-2 MPa (1-
    200 kgk sm
    2
    ) bosim ostida 0,5-1,0 soat tutib turiladi. Ularni metallarni o’zaro va 
    plastmassalar bilan biriktirishda ishlatiladi. BF-6 yelimida plastifikatorlar ko’p 
    bo’lganligi uchun ulardan gazlamalarni, terini o’zaro, shuningdek metallarga 
    yopishtirishda foydalaniladi. BF tipidagi yelimlarning qovushoqligi 30-60 s oralig’ida 
    bo’ladi. yelimning qurishidan keyin qoladigan quruq qoldiq yelimning massasiga 
    nisbatan 10-20 foizni tashkil etadi. Ish harorati minus 60 dan 60
    0
    C gacha. Hosil 
    qilingan birikmaning siljishga bo’lgan mustahkamligi 12-15 MPa ga yetadi. Bu 
    smolalar asosida yanada issiqqa chidamliroq (ish harorati minus 60 dan 300
    0

    gacha) VS yelimlari ishlab chiqariladi. Ta’mirlash ishlarida ulardan tormozlarning 
    friktsion kolodkalari va tishlashish disklarining ustquymalarini yelimlab biriktirishda 
    foydalaniladi (140-180
    0
    C gacha qizdirilganda qotadi). VS yelimlarining 
    qovushoqligi 50-120 s, quruq qoldiq ulushi 20-30 foiz va siljishga bo’lgan 
    mustahkamligi 17 MPa ni tashkil etadi. BF va VS yelimlari tayyor holda yetkazib 
    beriladi. ¨piq idishda keltirilgan bunday yelimlarni xona haroratida 6-8 oy saqlash 
    mumkin. 
    Keyingi yillarda tormoz ustquymalarini po’lat kalodkalarga yopishtirish uchun 
    GIPK 11-10 (ish harorati minus 40 dan 330
    0
    S), antifriktsion gazlamalarni metallarga 
    yopishtirish uchun GIPK 11-12 (ish harorati minu 70 dan 280
    0
    C gacha) tipidagi 
    fenolformal degid smola asosidagi yelimlar ishlab chiqarilmoqda. 
    So’nggi yillarda fenolformal degid smolalar asosidagi yelimlarni epoksidli va 
    poliuretanli yelimlar siqib chiqarmoqda. 
    Epoksidli smolalar asosidagi yelimlar. Bu yelimlar sovuqlayin va qaynoq holda 
    qotadigan turlarga bo’linadi va bu yelimlar asosida fizikaviy-mexanikaviy 
    xususiyatlari juda yaxshi bo’lgan birikmalar hosil qilinadi. Epoksidli yelimlar asosida 


    hosil qilingan birikmalar suv, moy va benzin ta`siriga chidamli bo’ladi. 
    Avtomobillarni ta`mirlashda sovuqlayin qotadigan epoksidli yelimlardan nisbatan 
    keng foydalaniladi. Epoksid kompozitsiyalar 1 dan 21 gacha raqam bilan 
    ifodalanadigan tarkibda ishlab chiqariladi. 4, 13-16 va 19 raqamli tarkiblarning 
    asosini ED-20 smolasi tashkil etadi, qolgan tarkiblarning asosini esa ED-16 smolasi 
    tashkil etadi. Bu epoksidli kompozitsiyalarning tarkibida 10 foizdan 25 foizgacha 
    plastifikator - dibutilftalat (20 va 21 raqamli tarkiblarda mos ravishda 60 va 50 foiz) 
    bo’ladi. Bu kompozitsiyalar epoksidli smolaga 10-12 foiz qotirgich qo’shib 
    tayyorlanadi. Qotirgich sifatida polietilenpoliamindan foydalaniladi. Epoksidli 
    kompozitsiyalarga to’ldirgich sifatida alYuminiy kukuni, maydalangan slYuda, grafit, 
    cho’yan kukuni, temir oksidi va gaz qurimidan foydalaniladi. 
    Avtomobillar ishlab chiqarishda qaynoq holda qotadigan UP-5-207 epoksidli 
    yelimdan keng foydalaniladi. Ularni eshiklarni ichki va tashqi panellarini, kapot va 
    Yukxona qovurg’alarini biriktirishda ishlatiladi. Shuningdek epoksidli smolalar 
    asosidagi yelimlardan tsilindrlar blokidagi, tsilindrlar kallagidagi, ilashish muftasi va 
    uzatmalar qutisi karterlaridagi, moy va suv radiatorlaridagi, yonilg’i bakidagi darz 
    ketgan joylarni va teshiklarni ta`mirlashda foydalaniladi. 
    Qaynoq holda qotadigan yelimlar ishlatiladigan joyning o’zida 90-93 % epoksid 
    smolaga 7-10 % qotirgich qo’shib tayyorlanadi. Tayyorlangan yelimni 1-2 soat ichida 
    ishlatib Yuborish zarur, aks holda ular foydalanishga yaroqsiz bo’lib qoladi. Yelimli 
    birikmalar uchun ruxsat etilgan haroratlar chegarasi 60-150
    0
    S. Xona haroratida 
    qotadigan yelimlar yordamida mustahkam birikma hosil qilish uchun taxminan bir 
    sutka kerak bo’ladi. Biriktirilgan detallarni bir-biriga bosmasa ham bo’ladi (ularning 
    o’z massasi yetarli). 
    6.1-jadval. Yelimlarning tavsifi va ishlatiladigan sohasi 
    Markasi 
    Asosi 
    Biriktiriladigan 
    materiallar 
    Eng Yuqori 
    harorat, 
    0

    Birikmalar tavsifi 
    BF-2 
    BF-4 
    BF-6 
    BFR-2 
    Fenolo-
    formalü-
    degid smola 
    Metallar, 
    qotish-
    malar, 
    keramika, 
    plastmassalar, 
    organik 
    shisha, 
    yog’och, 
    gaz-
    lamalar, 
    teri, 
    rezinalar 
    80 
    60 
    200 
    Suv, neft mahsulotlari 
    ta’siriga chidamli, elektr 
    izolya-tsiyalash xossalari 
    yaxshi
    VS-10T 
    VS-350 
    Fenolo-
    formalü-
    degid smola 
    Qotishmalar, 
    po’latlar, alYuminiy 
    nikelü, 
    rux, 
    keramika, tekstolit 
    200 300 
    (qisqa mud-
    datga (350
    o

    gacha) 
    Suv, neft mahsulotlari 
    ta’siriga chidamli, elektr 
    izolyatsiyalash xossalari 
    yaxshi 
    Öiakrin 
    Poliefir-
    akrilat 
    Istalgan materiallar 
    150 
    Suv va atmosfera ta’siriga 
    chidamliligi yomon 
    VK-3 
    VK-32 
    VK-13M 
    FRAM-30 
    Fenol-
    kauchuk 
    Metallar, 
    plastmassalar 
    250-300 
    Suv, neft mahsulotlari va 
    erituvchilar 
    ta’siriga 
    chidamliligi yaxshi 
    PU-2 
    VK-5 
    VK-11 
    Poliuretan 
    smola 
    Metallar, 
    plastmassalar, 
    keramika 
    200 
    Suv va neft mahsu-lotlari 
    ta’siriga chidamli 


    K-17 
    M-1,M-70 
    Karbomid 
    smola 
    Yog’och 
    80-100 
    Suvga chidamliligi 
    past 
    VK-15M 
    KT-30 
    VKT-2 
    K-30061 
    (sovuqlayin 
    qotadi) 
    Kremniy-
    organik 
    birikma-lar 
    Metallar, keramika, 
    plastmassalar, rezina 
    250-400 
    Suv va neft mahsulotlari 
    ta’siriga chidamli 
    BÎV-1 
    KËI-1 
    Ë-4 
    K-153 
    VK-9 
    (sovuqlayin 
    qotadi) 
    Epoksid 
    smola 
    Istalgan materiallar 
    100 
    125 
    Mexanik mustahkamligi 
    Yuqori, neft mahsulotlari, 
    erituvchilar 
    ta’siriga 
    chidamli, 
    elektr 
    izo-
    lyatsiyalash 
    xossalari 
    yaxshi 
    VK-32M 
    Epoksid 
    P, PR 
    (qaynoq 
    holda 
    qotadi) 
    Epoksid 
    smola 
    Istalgan materiallar 
    150 
    mexanik xossalarini yaxshilash uchun qotirgich qo’shishdan oldin epoksid 
    smolaga ko’pincha to’ldirgichlar (metall kukunlar, grafit, maydalangan slyuda, talük 
    va boshqalar) qo’shiladi. Qo’shiladigan to’ldirgichning miqdori uzelning turi va 
    ishlash sharoitiga bog’liq. To’ldirgichli va qotirgichli, qaynoq holda qotadigan 
    epoksid smolalar asosida olingan birikmalarning mustahkamligi ancha yuqori 
    bo’ladi. Qotish jarayoni 120-200
    0
    C haroratda 0,5-4,0 soat mobaynida kechadi. 
    Poliuretan smola asosidagi yelimlar. Poliuretan smola asosidagi yelimlarning 
    adgezion xususiyati yaxshi bo’lib, xona haroratida va qaynoq holda ishlatish 
    mumkin. yelim tayyorlashda poliefir va poliizotsianatlarning gidroksillaridan 
    foydalaniladi. Poliuretan smolalar asosidagi yelimlarni metall va nometall 
    materiallarni 
    yelimlashda 
    ishlatiladi. 
    Hosil 
    qilingan 
    birikmalar 
    quyidagi 
    xususiyatlarga ega bo’ladi: neft mahsulotlari ta`siriga chidamli, titrash va zarb 
    ta`siriga mustahkamligi Yuqori, haroratni tezlik bilan o’zgarishiga chidamli. 
    Poliuretan smola asosidagi yelimlar Vilad 11K-1, Vilad 13-2M, GPK 24-11, 
    KLM-1, PU-2, VK-5, VK-11 kabi markalarda ishlab chiqariladi. Bu yelimlar asosida 
    hosil qilingan birikmalarning siljishdagi mustahkamligi 3-20 MPa oralig’ida bo’ladi. 
    Ularni minus 60 dan 200
    0
    S gacha ishlatish mumkin. yelimlarni 6 oygacha (ba`zi bir 
    markalari 12 oygacha) muddatda saqlash mumkin.
    Poliefirakrilatli yelimlar. Poliefirakrilatli yelimlar (masalan, tsiakrin)ning 
    yopishtirish xossalari juda Yuqori bo’lib, u bilan istalgan materialni biriktirish 
    mumkin. Xona haroratida bir daqiqada qotadi. Uning suvga chidamliligi past 
    bo’lganligidan kam ishlatiladi. Fenolkauchuk asosida olingan, qaynoq holda 
    qotadigan yelimlarni yopishtirish xossalari yaxshi. 130-200
    0
    S haroratda va 0,5-1,2 
    MPa (5-12 kgk/sm
    2
    ) bosim ostida 1-4 soat mobaynida qotadi. Xona haroratida 24 


    soat, qizdirilganda esa 4 soat mobaynida qotadigan poliuretan asosida tayyorlangan 
    yelimlar zaharliligi tufayli kam ishlatiladi. 
    Polivinilxlorid polimerlari va sopolimerlari asosidagi yelimlar. Polivinilxlorid 
    organik erituvchilarda yomon eriydi, shuning uchun ular plastizol deb ataluvchi 
    plastifikatordagi pastasimon dispersiya ko’rinishida ishlatiladi. Plastizol tarkibida 
    polivinilxloriddan tashqari stabilizatorlar, to’ldirgichlar, pigmentlar, adgezion 
    qo’shilmalar va boshqa moddalar bo’ladi. Polivinilxlorid polimerlari va sopolimerlari 
    asosidagi yelimlar D-1A, D-4A, D-7A, GIPK-133, PF-1A kabi markalarda ishlab 
    chiqariladi. Bu yelimlar asosida hosil qilingan birikmalarning siljishdagi 
    mustahkamligi 1,5-10 MPa oralig’ida bo’ladi. Ularni minus 60 dan 130
    0
    C gacha 
    ishlatish mumkin. yelimlarni 1-3 oygacha muddatda saqlash mumkin. Ularni havo fil 
    trlari qopqoqlarini quyishda, payvand choklarini jipslashda, moy fil trlari kartonli 
    elementlarini yelimlashda, antikorrozion va shovqinga qarshi himoya vositasida 
    ishlatiladi. Shuningdek polivinilxlorid polimerlari va sopolimerlari asosida 
    avtomobillarni ta`mirlashda ishlatiladigan Mars, Feniks, MTS-1, PED-B kabi 
    yelimlar ishlab chiqariladi. Ularni minus 40 dan 80
    0
    C gacha haroratlarda ishlatish 
    mumkin. Ularni saqlash muddati 3 oydan 1 yilgacha. Bu yelimlardan asosan 
    avtomobil salonlari va kabinalarini pardozlashda foydalaniladi. 
    Yog’och buyumlarni biriktirish uchun yelimlar. Yog’och buyumlarni biriktirish 
    uchun 
    karbomid 
    yelimlaridan 
    foydalaniladi. 
    Biriktirish 
    qotirgichlaridan
    foydalanilgan holda xona haroratida (16-24 soat) yoki bir oz qizdirib bajariladi. 
    Biriktiriladigan detallar bir-biriga 0,05-0,5 MPa (0,5-5,0 kgk/sm
    2
    ) bosim bilan 
    siqilishi kerak. Kirishishni kamaytirish uchun to’ldirgichlar qo’shiladi. 
    Yuqori haroratlarda ishlatiladigan yelimlar. Yuqori haroratlarda ham ishlay 
    oladigan birikmalar hosil qilish uchun kremniyorganik birikmalar asosida 
    tayyorlangan yelimlardan foydalaniladi. Ular ichida issiq holda ham, sovuqlayin ham 
    qotadigan yelimlar bor (sovuqlayin qotadigan yelimlarning issiqqa chidamliligi past) 
    VK-8, VK-15 yelimlari bilan hosil qilingan birikmalarni qisqa muddat 1000-1200
    0

    gacha qizdirish mumkin. So’nggi yillarda epoksid yelimlar va pastalar keng tarqaldi. 
    Ular yordamida istalgan materiallarni o’zaro va boshqa materialga mustahkam 
    biriktiriladi. Ular bilan sovuqlayin ham, issiq holda ham biriktirish mumkin. 
    Kauchuk asosidagi yelimlar. Rezinalarni o’zaro (masalan, avtomobil 
    kameralarini ta’mirlashda), shuningdek rezinani shisha, metall, va boshqa 
    materiallarga biriktirishda sovuqlayin qotadigan rezina yelimlaridan (VKR-15,16,17, 
    KLM-1,4508 va boshqalar) foydalaniladi. Ular tabiiy yoki sintetik kauchuklarni 
    organik erituvchilarda, ko’pincha «Galosha» benzinida (benzinning 80-120
    0

    haroratlar oralig’ida qaynab bug’lanadigan tor fraktsiyasi) eritib tayyorlanadi. Xona 
    haroratida yelimlab biriktirish uchun 24 soat kifoya. Lekin sovuqlayin yopishtirilgan 
    birikmaning mustahkamligi, issiqqa chidamliligi past (60-80
    0
    C) bo’ladi (VKR-16,17 
    yelimlarniki 150
    0
    C). Qaynoq holda vulkanizatsiya qilish jarayoni 140-150
    0

    haroratda bajariladi. Bunda olinadigan birikmalarning mustahkamligi ko’pincha 
    asosiy materialnikidan qolishmaydi. Vulkanizatsiya qilinmaydigan kauchukdan 
    tayyorlangan buyumlarni po’latlar, alYuminiy, latunga mustahkam yopishtirish uchun 
    qaynoq leykonat yelimidan foydalaniladi. Birikma 150
    0
    C gacha haroratda ishlay 
    oladi. Tayyor yelimni 1,5 yil saqlash mumkin. Bu yelim elastik, neft mahsulotlari 
    ta’siriga chidamli birikma hosil qiladi. 


    O’z-o’zidan vulkanizatsiyalanadigan 88N va 88NP yelimlaridan amalda 
    foydalanish 
    qulay 
    (elim 
    tarkibida 
    vulkanizatsiyalanishni 
    tezlatgich 
    va 
    aktivlashtirgich bo’lgani sababli u xona haroratida bir sutka davomida 
    vulkanizatsiyalanadi) olingan birikma ancha mustahkam chiqadi. Agar biriktirish 
    yelimini 50
    0
    S gacha qizdirib bajarilsa, birikmaning mexanik mustahkamligi yanada 
    ortadi. Neft mahsulotlari ta’siriga chidamaliligini pastligi bu yelimlarning 
    kamchiligidir. Agar kremniyorganik kauchukdan olingan issiqqa chidamli rezinalarni 
    metallarga biriktirish lozim bo’lsa, KT-25,KT-30 va boshqa yelimlarni ishlatish 
    mumkin. Bu yelimlar kremniyorganik smolalar asosida tayyorlanadi, 200
    0

    haroratgacha chidash beradi. 
    Yelimlab biriktirish jarayoni sirtlarni ma’lum darajada tayyorlashni talab qiladi. 
    Mustahkam birikma olish uchun sirtlar bir xil g’adir-budurlikka ega bo’lishi kerak. 
    Buning uchun alYuminiy, qalay, keramika, chinni, rezina kartonga jilvir kog’oz bilan, 
    qora metallar, qattiq qotishmalar, ba’zi plastmassalarga pitra bilan ishlov beriladi. 
    Yog’och buyumlar egov bilan tozalanadi. Ba’zi metall va qotishmalar (alyuminiy, 
    magniy, mis, xromlangan buyumlar) uchun sirtlarni kislota yoki ishqorli vannalarda 
    xurushlashga va boshqa operatsiyalarni bajarishga to’g’ri keladi. Polietilen va ba’zi 
    boshqa plastmassalardan tayyorlangan buyumlarga sulüfat kislota eritmasi bilan 
    ishlov beriladi. Yopishtirishdan oldin detallar benzin, atseton, yuvish vositalari bilan 
    yog’sizlantiriladi. Yelimlab biriktirilgan detallarni ta’mirlanayotganda ulardagi eski 
    yelimni qirib tashlash zarur. 
    Bo’yalgan sirtlar yuvish vositalari bilan yuviladi va jilvir qog’oz bilan 
    ishqalanadi (kuch tushmaydigan konstruktsiyalar-ni sirtlari) yoki bo’yoq qatlami 
    butunlay qirib tashlanadi. Tayyorlangan sirtga yelim, odatda, cho’tka bilan kamdan 
    kam hollarda pulüverizator yoki shpatelü bilan yelim pastalari surtiladi. Bu jarayonni 
    mexanizatsiyalashtirish uchun ko’pincha yelim surtadigan jihozlardan foydalaniladi. 
    Hajmiy detallarga yelimlarni eletrostastik maydonda surtish qo’llanila boshlandi. 
    Îdatda, biriktiriladigan sirtlar va yelim pardasining issiqdan chiziqli kengayish 
    koeffitsenti turlicha bo’ladi. Shu sababli yelimni sirtga mumkin qadar yupqa qilib 
    surtish zarur. Faqat shundagina birikma mustahkam chiqadi. Yelim pardasining 
    qalinligi 0,25 mm dan oshmasligi kerak. 
    Yopishqoq lentalardan foydalanish sohasi ancha kengaydi: ular izolyatsiyalarni 
    ta’mirlashda, metallarning korroziyalanishdan saqlashda, sirtlarni bo’yash yoki 
    galüvanik qoplamalar hosil qilishda ishlatiladi. Bundan tashqari, ular buyumlarni 
    markalashda, o’rashda ham ishlatiladi. Lentalar qog’oz, tselofan, polietilen, lavsan, 
    polivinilxloriddan tayyorlanadi va ularga yelim surtiladi. Ularning afzalligi shundaki 
    ular deyarli barcha sirtlarga yaxshi yopishadi, yopishtirish uchun maxsus uskuna 
    talab qilmaydi. Tayyor holda chiqariladi. 

    Download 3.23 Mb.
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   64




    Download 3.23 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -mavzu. TRANSPORT VOSITALARIDA ISHLATILADIGAN SINTETIK  YELIMLAR VA JIHOZLASH MATERIALLARI.  Reja

    Download 3.23 Mb.
    Pdf ko'rish