O`zbekiston respublikasi




Download 300 Kb.
bet1/3
Sana30.12.2019
Hajmi300 Kb.
#6417
  1   2   3

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI


OLIY VA O`RTA MAXSUS TAHLIM VAZIRLIGI

NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI


FIZIKA KAFEDRASI



«TASDIQLAYMAN»

O’quv ishlari bo’yicha prorektor v.b ____________ b.f.n. D.B.Dexqonov

«____» ______________2019 yil




Taolim yonalishi: 5640100 – Hayotiy faoliyat xavfsizligi

UMUMIY FIZIKA FANINING
ISHCHI O'QUV DASTURI

2019/2020 o`quv yili kunduzgi ta`lim shakli, 1-kurslari uchun

Bilim sohasi: 600000 – Xizmat sohasi

Tа’lim sohasi: 640000 – Hayotiy faoliyat xavfsizligi

Tа’lim yo`nalishi: 5640100 –Hayotiy faoliyat xavfsizligi


NAMANGAN – 2019

Fanning ishchi o`quv dasturi O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining 2019 yil “____”-avgustdagi ____-sonli buyrug`i bilan tasdiqlangan namunaviy fan dasturi asosida tuzilgan.



Tuzuvchi: N.Xolboyeva


Fanning ishchi o`quv dasturi __________ kafedrasining 2019 yil __- avgustdagi 1–sonli yig`ilishida muhokamadan o`tgan va fakulteti Kengashida ko`rib chiqish uchun tavsiya etilgan.

Kafedra mudiri: B.X.Qo`chqarov

Ishchi o`quv dastur __________ fakultetining 2019 yil __-avgustdagi 1-sonli Kengashida ko`rib chiqilgan va foydalanishga tavsiya etilgan.




Fakultet Kengashi raisi: D.Boytillaev
Kelishildi:

O`quv- uslubiy boshqarma boshlig`i v.b Z.Mo`minov

O`quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta`limdagi o`rni
Umumiy fizika, boshqa tabiiy fanlar kabi, bizni o’rab olgan moddiy dunyoning obektiv xossalarini o’rganadi. Fizika so’zi grekcha bo’lib, tabiat demakdir. Fizika materiya ҳarakatining eng umumiy (mexanik, issiqlik, elektromagnit va x.k.) formalarini va ularning bir-birlariga aylanishlarini o’z ichiga qamrab oladi. Xarakatning fizikada o’rganiladigan formalari xarakatning oliy va ancha murakkab bo’lgan xamma formalarida (geofizik, biologik va boshqa jarayonlarda) ishtirok etadi va ularning ajralmas qismidir.

Ushbu dastur umumiy fizikaning asosiy xodisalari, qonunlari, qonuniyatlarini o’rganish, ularning texnikada va xayotda qo’llanishi, tabiatdagi jarayonlarni xayotga ta’sirini qamraydi.


O`quv fanining maqsadi va vazifalari
Fanining maqsadi - Umumiy fizika kursini o’qitishning asosiy maqsadi talabalarda tabiatdagi hodisa va jarayonlarga ilmiy nuqtai nazaridan qarash madaniyatini shakllantirish, shuningdek, nazariy va eksperimental materiallar asosida fizik qonunyatlarning ob’ektiv ekanligini, o’zlashtirish imkoniyatining mavjudligini isbot etishdir.

Fanning vazifalari talabalarda tabiat va texnikadagi fizik hodisalar mohiyatini fizika fanidagi fundamental tushunchalar orqali tushuntirish bo’lsa, ikkinchi tomondan nazariy bilimlarni talabalar kelgusida oladigan mutaxassisliklari bo’yicha yuzaga keladigan muammolarning, jumladan texnologik tsikllarda modda va issiqlik balansini hisoblash, materiallarning issiqlik, elektr o’tkazuvchanligi, elastiklik modullarini aniqlash, kimyoviy reaktsiyalar kinetikasini hisoblash kabi masalalarni yechish uchun ularning fizik modelini yaratish yo’lidagi uquvlarni shakllantirishdir.
Fan bo`yicha bilim, ko`nikma va malakaga qo`yiladigan talablar

Fan bo’yicha talabalarning bilimi ko’nikma va malakasiga qo’yiladigan talablar:

  • voqelik to’g’risida materialistik dunyoqarash shakllanadi;

  • mexanik, elektromagnit va yadro kuchlari to’g’risidagi tushunchalar shakllanadi;

  • issiqlik jarayonlarini molekulyar kinetik nazariya asosida tushuntira oladi;

  • murakkab bo’lmagan elektr zanjirlarni hisoblash usullarini egallaydi;

  • turli optik effektlarni elektromagnit to’lqin nazariyasi asosida tushuntira oladi;

  • moddalarning tuzilishini va ularning fizik – kimyoviy xossalarini zamonaviy atomistik va kvant nazariyasi asosida tushuntira oladi.

Fizika kursini o’rganishda talabalar tomonidan olinadigan asosiy bilimlar:

  • qattiq jism mexanik harakatining qonunlari;

  • molekulyar fizika va termodinamika qonunlari;

  • elektromagnetizm qonunlari;

  • optika, atom va kvant fizikasi qonunlari;

  • qattiq jism fizikasi qonunlari.

Fizika kursini o’zlashtirish asosida olinadigan ko’nikmalar:

- qattiq jismlarning mexanik xossalarini (zichligi, elastikligi) aniqlashda fizik usullarini qo’llay oladi;

- suyuqliklarning ichki ishqalanish koeffitsientini Stoks usulida aniqlay oladi;

- o’tkazgichning qarshiligi va elektr sig’imini Uitson ko’prigi yordamida aniqlay oladi;

- suyuqliklarning yorug’lik yutish koeffitsientini va eritmalarning
kontsentratsiyasini aniqlashda optik usullarni qullay biladi;


  • shaffof jismlarning sindirish ko’rsatkichini mikroskop yordamida aniqlay oladi;

  • yorug’likning to’lqin uzunligini difraktsion panjara yordamida aniqlay oladi.

Fizika fanini o’zlashtirgan talabalar quyidagi talablarga javob berishlari lozim:

  • kelgusida oladigan mutaxassisliklari bo’yicha yuzaga keladigan masalalarda voqeaning fizik mohiyatini ajrata bilishlari;

  • hozirgi zamon fizik tajriba asboblari (mikroskop,spektrograf kabilar) bilan yaqindan tanish bo’lib, turli fizik tajribalarni o’tkazishda yetarli ko’nikmaga ega bo’lishlari;

fizik qonunlarning qo’llanilish chegarasini ajrata bilishlari va bunda fizika fanining turli qismlariga nazariy yondoshishning umumiyligini hisobga ola bilishlari kerak.
Umumiy va o`quv ishlari turlari bo`yicha hajmi

Fanga umumiy 106 soat ajratilgan bo`lib, shundan auditoriya mashg`ulotlari 66 soat bo`lib, semestr davomida haftasiga 6 soatdan o`tiladi.


Semestr(lar) bo`yicha mashg`ulot turlariga ajratilgan soatning taqsimoti


Semestr

Yuklama

Auditoriya mashg`ulotlari turi bo`yicha o`quv yuklamasi taqsimoti (soat)

Mustaqil ta`lim

Jami

Ma`ruza

Amaliy mashg`ulot

Laboratoriya mashg`uloti

I

109

72

36

18

18

37

II

109

72

36

18

18

37

Jami

218

144

72

36

36

74

Katalog: Ishchi%20dasturlar -> Fizika%20kafedrasi -> Ishchi%20dasturlar%20%20%20pdf%20holati%202019-2020 -> холбоева%20Н
Ishchi%20dasturlar -> Texnogen risk va texnik tizimlarning ishonchliligi
Ishchi%20dasturlar -> Namangan davlat universiteti
Ishchi%20dasturlar -> O’zbekiston respublikasi
Ishchi%20dasturlar -> Namangan davlat universiteti
Ishchi%20dasturlar%20%20%20pdf%20holati%202019-2020 -> Namangan davlat universiteti «tasdiqlayman»
Ishchi%20dasturlar%20%20%20pdf%20holati%202019-2020 -> O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti
Ishchi%20dasturlar%20%20%20pdf%20holati%202019-2020 -> Fizik a fani bo`yicha ishchi o’quv dasturi 2019/2020 O’quv yili kunduzgi ta’lim shakli, 1-kurslari uchun
холбоева%20Н -> O’zbekiston Respublikasi Oliй va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

Download 300 Kb.
  1   2   3




Download 300 Kb.