|
Loyihaviy tayyorgarlik bosqichlariBog'liq Hujjatlarning ekspertizasi 4-amaliy mashg‘ulot. ELEKTROMAGNIT KATTALIKLARINI O‘LCHASH USULLARI, шаблон, Документ Microsoft Word, portal.guldu.uz-Kimyo tarixi, Лекция №1. Вычисление определителей второго и третьего порядков., Документ Microsoft Word, sifat bosh stasitik Kalendar reja 7 semestr - MA\'RUZA, 4-амалий машғулот, HISOBOT YUZI (UNIVERSITET), Mavzu, 111, нейрон, 7777777666666, Suxrobbek Fayzullayev Muminov, Ulugbek993. Loyihaviy tayyorgarlik bosqichlari
Buyurtmachi (korxona) buyurtmachi topshirig„iga ko„ra loyihalash
tashkiloti tomonidan tuziladigan loyiha (texnik) topshirig„i yangi
mahsulotni
loyihalashtirishda
boshlang„ich hisoblanadi. Loyiha
topshirig„ida mahsulot nomi, uning belgilanishi, qo„llash sohasi, ishlab
chiqarish jarayoni va foydalanishda texnik-iqtisodiy ko„rsatkichlari
ko„rsatiladi. Loyiha topshirig„i darajasida yangi qurilma yoki
buyumning ilgari ishlab chiqarilganlariga nisbatan prinsipial farqlari
aniqlangan bo„lishi, original buyumlar zarurligining asoslari va ro„yxati
keltirilgan bo„lishi iste‟molchi uchun ham, ishlab chiqaruvchi uchun
ham hisoblangan samaradorlikni hisobga olgan holda yangi mahsulot
samaradorligining batafsil hisob-kitoblari keltirilgan bo„lishi lozim.
Buyurtmachi loyiha topshirig„ining tahlili va buyum yechimining
mumkin bo„lgan turli xil variantlarini taqqoslash, amalda bo„lgan va
ishlab chiqilayotgan buyumlarning qurilmaviy va foydalanishdagi o„ziga
xosligini hisobga olgan holda yechimlarni solishtirma baholash,
shuningdek patent materiallari asosida texnik taklif tuziladi.
Texnik taklif - bu loyihani kelgusida ishlab chiqish maqsadga
muvofiqligini texnik va texnik-iqtisodiy jihatdan asoslab beruvchi loyiha
hujjatlarining to„plamidir.
Texnik taklif belgilangan tartibda kelishilib, tasdiqlangandan keyin
xomaki (texnik) loyihani ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi.
Xomaki loyiha – buyumning tuzilishi va ishlash prinsipi haqida
umumiy tasavvurlarni beruvchi prinsipial qurilmaviy yechimlar,
shuningdek, ishlab chiqilayotgan buyumning belgilanishi, asosiy
parametrlari va gabarit o„lchamlarini beruvchi loyiha hujjatlari
to„plamidir. Xomaki loyihani ishlab chiqishda yangi buyumning
prinsipial tavsiflari aniqlanadi, uning texnik, texnologik, ekspluatatsion
parametrlari va nisbatan samarali yechimlari tanlab olinadi.
Xomaki loyiha har doim keyinchalik ulardan birini tanlab olish
uchun bir necha variantda tuziladi. Xomaki loyiha belgilangan tartibda
kelishilib, tasdiqlangandan keyin texnik loyiha yoki ishchi loyihalash
hujjatlarini ishlab chiqish uchun asos bo„lib xizmat qiladi.
|
| |