18
loyihani iqtisodiy jihatdan asoslab berish imkoniyatini beradi. Texnik
loyiha belgilangan tartibda kelishilib, tasdiqlangandan keyin ishchi
loyihaviy hujjatlarni ishlab chiqish uchun asos bo„lib xizmat qiladi.
Ilgari ishlab chiqilgan loyihaviy hujjatlar
yangi loyihalarni ishlab
chiqishda yoki ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni modernizatsiya
qilish bo„yicha loyihalar ishlab chiqishda qo„llaniladi, bu esa loyihalash
muddatlarini qisqartirishga olib keladi.
Ishlab chiqarishning loyihaviy tayyorgarligida texnik hujjatlar
(chizmalar, yo„riqnomalar va hokazo) va tashkilot standartlarini ishlab
chiqish yakuniy bosqich hisoblanadi.
Sinovlar va tajriba partiyasi me‟yoriga yetkazilgandan so„ng
tugallangan ko„rinishda ishlab chiqarishning
texnologik tayyorgarligiga
beriladigan ishchi loyiha aniqlashtirib olinadi. Loyihalashning barcha
bosqichlarida buyumning barcha texnik va iqtisodiy tavsiflari
aniqlashtiriladi,
muayyanlashtiriladi
va
nihoyasiga
yetkaziladi,
mahsulotni
takomillashtirishning
dastlabki
tanlangan
yo„lidan
foydalanishning maqsadga muvofiqligi aniqlab olinadi va uni ishlab
chiqarish bo„yicha qaror qabul qilinadi.
Buyum loyihaviy tayyorgarligining yuqorida ko„rib
chiqilgan va
belgilangan tartibi faqatgina to„liq hajmda ommaviy va yirik seriyali
ishlab chiqarishlar, murakkab profilli mahsulotlar (avtomobillar,
traktorlar, stanoklar va hokazo) uchun xosdir. Kichik seriyali va bittalik
ishlab chiqarish uchun, buyumning texnik murakkabligidan qat‟iy nazar,
ulardan har biri bo„yicha bosqichlar soni va ish hajmi kamayadi.
Metallurgiya va kimyo sanoati tarmoqlarida, qishloq xo„jalik
mahsulotlarini qayta ishlash, shuningdek, qazib chiqaruvchi tarmoqlarda
mahsulotni loyihalash
asosan amaliy tadqiqotlar, izlanishlar va ishlab
chiqarishlar, shuningdek, ishlab chiqarishning texnologik tayyorgarligi
yordamida bajariladi. Ishlab chiqarishning loyihaviy tayyorgarligi uchun
o„tkazish, rasmiylashtirish va loyiha hujjatlari bilan ishlash bo„yicha
o„zaro bog„langan yagona qoidalar va nizomlarni o„rnatuvchi, mos
ravishda loyiha hujjatlarining yagona tizimi (LHYAT)
nomini olgan
sanoat, ilmiy-tadqiqot, loyiha-konstruktorlik tashilotlari va korxonalari
tomonidan ishlab chiqiluvchi va qo„llaniluvchi Davlat standartlari
majmuiga muvofiq ravishda amalga oshiriladi.
Loyiha
hujjatlarining
yagona
tizimini
qo„llash
ishlab
chiqarilayotgan mahsulotning raqobatbardoshliligini
kafolatlaydigan,
loyihalash vaqtini qisqartiruvchi, iqtisodiyotning turli tarmoqlaridagi
turli xil korxonalarda bu jarayonning zarur bo„lgan birxilligini
ta‟minlaydigan, ishlab chiqarishning ilmiy-texnik tayyorgarligini yuqori