21
tanlangan texnologiyasi barcha variantlar bilan solishtirganda mahsulot
tannarxining
nisbatan
pastroq
bo„lishi bilan birga mehnat
unumdorligining oshishi, ishlab chiqariladigan mahsulot sifatining talab
darajasida bo„lishini ta‟minlashi lozim. Texnologik jarayonning eng
yaxshi varianti ishlab chiqarishning berilgan sharoitlarida, boshqa
istiqbolli variantlar ishlab chiqilgunga qadar bo„lgan
muayyan vaqt
oralig„i uchun rasmiy sifatda namunaviy deb qabul qilinadi.
Namunaviy texnologik jarayonlarning qo„llanilishi texnologik
operatsiyalar sonining cheklanishiga olib keladi. Ular bir tipdagi
mahsulotlarga ishlov berish uslublari va bunda qo„llaniladigan
texnologik jihozlarning birxillashuvini amalga oshirish imkoniyatini
beradi, xarajatlar va texnologiyalarni loyihalashtirish davomiyligiga
chek qo„yuvchi shart-sharoitlarni yaratadi. Namunaviy texnologik
jarayonlarni ishlab chiqish quyidagi bosqichlarni nazarda tutadi:
berilgan guruhdagi mahsulotga ishlov berishning texnologik yo„nalishini
aniqlash, operatsiyalar bo„yicha texnologik jarayonni tanlash,
berilgan
guruhdagi mahsulot uchun alohida elementlarga ishlov berish usullarini
belgilash (bajarilishi lozim bo„lgan texnologik operatsiyalar).
Ishlab chiqarishning texnologik tayyorgarligi, shuningdek, yangi
(modernizatsiyalashtirilgan) mahsulotni ishlab chiqarish uchun zarur
bo„ladigan maxsus texnologik asbob-uskunalar, texnologik jihozlar
loyihalarini ishlab chiqish, tayyorlash va o„rnatishni ham ko„zda tutadi.
Bu juda mehnat talab va qimmat turadigan ishdir, chunki bir qator yangi
modellarni o„zlashtirishda (masalan, avtomobillar va boshqa mashinalar)
bir
necha minglab qoliplar, moslamalar, modellar, o„nlab avtomatik
liniyalar tayyorlanadi. Shu sababli, texnologik murakkab profilli
mahsulotlar ishlab chiqaruvchi yirik seriyali va ommaviy ishlab
chiqarishlarda yangi mahsulot ishlab chiqarishga o„tish
korxonani
rekonstruksiya qilish va texnik qayta jihozlash yo„li bilan amalga
oshiriladi.
Ishlab chiqarishning texnologik tayyorgarligi bo„yicha ishlarni
amalga oshirish paytida shuni ham hisobga olish lozim-ki, yangi turdagi
mahsulot ishlab chiqarishni tashkil qilish, mahsulot va ishlab chiqarish
jarayonlarni modernizatsiya qilish moddiy va tashkiliy jihatdan
tayyorgarlikni talab qiladi. Ishlab chiqarishning moddiy tayyorgarligi
yangi
asbob-uskunalar sotib olish, o„rnatish va ishga tushurish, zarur
jihozlar va moslamalarni sotib olish yoki tayyorlash, xomashyo va
materiallar sotib olish, ya‟ni ishlab chiqarishni barcha material-texnik
manbalar bilan ta‟minlashni ko„zda tutadi. Ishlab chiqarishning tashkiliy
tayyorgarligi
ishlab
chiqarish
va
mehnatni
tashkil
qilishni
22
takomillashtirish, ularni yangi
mahsulot ishlab chiqarishga, yangi
texnika va texnologiyalarga moslashtirishni o„z ichiga oladi. Bunga,
shuningdek, ishlab chiqarishning yangi xarakteriga muvofiq ravishda
kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo„yish, boshqaruv apparati tuzulishiga,
mehnatning vazifaviy va shajaraviy taqsimlanishiga tuzatishlar kiritish
ham kiradi.