27
2. Me‟riy nazoratning maqsadlari va vazifalari
Me‟yoriy nazorat konstruktorlik hujjatlarini
ishlab chiqishning
yakunlovchi bosqichi bo„lib hisoblanadi. Shu bois hujjatlarning asl
nusxalarini texnik hujjatlar bo„limiga yoki uning o„rnini bosuvchi
bo„linmaga topshirishni me‟yoriy nazoratchining
zimmasiga yuklash
tavsiya qilinadi.
Tashkilotda ishlab chiqiladigan konstruktorlik hujjatlarining soni va
mazmuniga bog„liq ravishda me‟yoriy nazoratni bitta me‟yoriy
nazoratchi yoki quyidagilarga ixtisoslashgan bir nechta me‟yoriy
nazoratchi o„tkazishi mumkin:
a) konstruktorlik hujjatlari o„z ichiga oladigan ma‟lumotlarning
xarakteri bo„yicha. Bunda ixtisoslashgan me‟yoriy nazoratchilar har bir
hujjatda rasmiylashtirish, tasvirlash qoidalariga rioya qilinishi,
materiallarning
belgilanishi
va
sortamenti,
unifikatsiya,
ilgari
loyihalangan
mahsulotlarning
qo„llanilishi,
cheklaydigan
nomenklaturalarga
rioya
qilinishi
va
hokazolarni
birin-ketin
tekshiradilar;
b) hujjatlarning turlari bo„yicha. Bunda me‟yoriy nazoratchilar
hujjatlar,
chizmalar, sxemalar, spetsifikatsiyalar, vedomostlar va
hokazolarning alohida turlarini tekshirishga ixtisoslashadi.
Me‟yoriy nazoratni ikkita bosqichda o„tkazish tavsiya qilinadi:
I bosqich – asl nusxalarni tayyorlash va ko„paytirishga
berishdan
oldin konstruktorlik hujjatlarining originallarini tekshirish. Bu
materiallar me‟yoriy nazoratchiga “Ishlab chiquvchi” va “Tekshiruvchi”
grafalariga imzo qo„yilgan holda taqdim qilinadi;
II bosqich – tashkilot yoki korxona rahbarining tasdiqlovchi
imzosidan tashqari konstruktorlik hujjatlarini bajarish va uning mazmuni
uchun mas‟ul bo„lgan barcha shaxslarning imzosi bo„lgan taqdirda
konstruktorlik hujjatlarining asl nusxalarini tekshirish.
Konstruktorlik hujjatlari me‟yoriy
nazoratga, qoidaga ko„ra,
jamlangan tarzda taqdim qilinadi:
– loyiha hujjatlari uchun (texnik taklif, eskizli va texnik loyihalar)
tegishli bosqichda ishlab chiqiladigan barcha hujjatlar;
– ishchi hujjatlar uchun – yig„ish birligiga ishlab chiqilgan hujjatlar
(detallarning chizmalari, yig„ish chizmalari,
spetsifikatsiyalar va
hokazolar).
Me‟yoriy nazoratchi tomonidan tekshirilgan konstruktorlik
hujjatlarini imzolash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
28
a) agar hujjatni barcha ko„rsatkichlar bo„yicha bitta me‟yoriy
nazoratchi tekshirsa, u me‟yoriy nazoratchining imzosi uchun ajratilgan
joyga imzo qo„yadi;
b) agar hujjatni bir nechta ixtisoslashgan me‟yoriy nazoratchilar
birin-ketin tekshirsa, u holda bu hujjatga me‟yoriy nazoratchining
imzosi uchun ajratilgan joyga imzo qo„yish eng yuqori lavozim toifasiga
ega bo„lgan (me‟yoriy nazoratchilar guruhida) ijrochi tomonidan amalga
oshiriladi. Qolgan me‟yoriy nazoratchilar hujjatni
tekshirib chiqqandan
keyin hoshiyalarga o„zlarining vizalarini qo„yadilar;
d) tashkilot yoki korxonaning rahbari tomonidan tasdiqlanadigan
hujjatga me‟yoriy nazoratchi tasdiqlashga berishdan oldin viza qo„yadi
va hujjat tasdiqlangandan keyin belgilangan joyga imzo qo„yadi.
Me‟yoriy nazoratchi tomonidan imzolangan,
biroq texnik hujjatlar
bo„limiga (byurosiga) topshirilmagan hujjatlarga uning ruxsatisiz
tuzatishlar va o„zgartirishlar kiritishga yo„l qo„yilmaydi.