• 1. Me‟yoriy nazoratchining majburiyatlari va huquqlari
  • O’zbеkistоn rеspublikаsi




    Download 1.4 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet19/66
    Sana02.08.2023
    Hajmi1.4 Mb.
    #77891
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   66
    Bog'liq
    Hujjatlarning ekspertizasi
    4-amaliy mashg‘ulot. ELEKTROMAGNIT KATTALIKLARINI O‘LCHASH USULLARI, шаблон, Документ Microsoft Word, portal.guldu.uz-Kimyo tarixi, Лекция №1. Вычисление определителей второго и третьего порядков., Документ Microsoft Word, sifat bosh stasitik Kalendar reja 7 semestr - MA\'RUZA, 4-амалий машғулот, HISOBOT YUZI (UNIVERSITET), Mavzu, 111, нейрон, 7777777666666, Suxrobbek Fayzullayev Muminov, Ulugbek99
     
     
    Nazorat savollari 
    1. Me‟yoriy nazoratni o„tkazish tartibini keltiring?
    2. Standartlashtirish sohasida hujjatlarni me‟yoriy nazoratdan 
    o„tkazishning
    texnologik sxemasini tushuntirib bering? 
    3. Me‟yoriy nazoratning vazifalari nimalardan iborat?
    4. Me‟yoriy nazoratni o„tkazish bosqichlarini keltiring? 
     
    6– amaliy mashg„ulot 
    Me‟yoriy nazoratni o„tkazuvchining vazifalari 
    Reja:
     
    1. Me‟yoriy nazoratchining majburiyatlari va huquqlari 
    2. Me‟yoriy nazoratchining ko„rsatma
    va takliflarini 
    rasmiylashtirish 
    1. Me‟yoriy nazoratchining majburiyatlari va huquqlari 
     
    Konstruktorlik hujjatlarini me‟yoriy nazoratdan o„tkazishda 
    me‟yoriy nazoratchi faqatgina nazoratni o„tkazish momentida amalda 
    bo„lgan standartlar va boshqa me‟yoriy-texnik hujjatlarga asoslanishi 
    shart. 


    29 
    Yangidan ishlab chiqilgan me‟yoriy nazoratni o„tkazish momentida 
    hali kuchga kiritish muddati yetib kelmagan standartlar va me‟yoriy-
    texnik hujjatlarning talablariga rioya qilish masalasi har bir konkret 
    holatda loyihalanadigan mahsulotlarni ishlab chiqish va ishlab 
    chiqarishda o„zlashtirish muddatlariga bog„liq ravishda standartlashtirish 
    organining rahbariyati tomonidan hal qilinadi.
    Me‟yoriy nazoratchi konstruktorlik bo„linmalarining rahbariyatiga 
    konstruktorlik hujjatlarida standartlar va boshqa me‟yoriy-texnik 
    hujjatlarning talablariga rioya qilinishi, konstruktiv qo„l keluvchanlik 
    tamoyillaridan 
    foydalanilishi, 
    tahririy-grafik 
    rasmiylashtirish 
    to„g„risidagi ma‟lumotlarni tizimli ravishda taqdim qilishi shart.
    Me‟yoriy nazoratchi quyidagi huquqlarga ega: 
    a) quyidagi hollarda konstruktorlik hujjatlarini ko„rib chiqmasdan 
    ishlab chiquvchiga qaytarish: 
    - belgilangan jamlanganlik buzilganda, 
    - bo„lishi shart bo„lgan imzolar bo„lmaganda, 
    - tegishlicha bajarilmaganda; 
    b) konstruktorlik hujjatlarini ishlab chiquvchidan tekshirish paytida 
    vujudga kelgan savollar bo„yicha tushuntirishlar va qo„shimcha 
    materiallarni talab qilish. 
    Me‟yoriy nazoratchi tomonidan ko„rsatilgan va amaldagi standartlar 
    va boshqa me‟yoriy-texnik hujjatlarning buzilishi bilan bog„lanadigan 
    tuzatishlar va o„zgartirishlar konstruktorlik hujjatlariga albatta kiritilishi 
    shart. 
    Me‟yoriy nazoratchi original ishlangan detallar va yig„ish 
    birliklarini boshqalardan olingan va tiplashgan detallar va yig„ish 
    birliklari bilan almashtirish, buyumlarning qo„llaniladigan tipo„lchamlari 
    va konstruktorlik elementlarini qisqartirish bo„yicha takliflarini 
    hujjatlarni ishlab chiquvchi bilan kelishgan holda hujjatlarga kiritadi.
    Me‟yoriy nazoratchi bilan hujjatlarni ishlab chiquvchi o„rtasidagi 
    kelishmovchiliklar konstruktorlik bo„linmasining rahbari bilan kelishgan 
    holda standartlashtirish organining rahbari tomonidan hal qilinadi. 
    Standartlashtirish organi rahbarining amaldagi standartlar va me‟yoriy-
    texnik hujjatlarning talablariga rioya qilish bo„yicha qarorlari yakuniy 
    bo„lib hisoblanadi. Agar ilgari ishlab chiqilgan mahsulotlarni qo„llash, 
    almashtirish, tipo„lchamlarni birlashtirish va hokazo masalalar bo„yicha 
    kelishmovchiliklar hal qilinmagan bo„lsa, ularni konstruktorlik 
    hujjatlarini ishlab chiqadigan korxona yoki tashkilotning rahbariyati hal 
    qiladi.


    30 
    Me‟yoriy nazoratchi konstruktorlik hujjatlarida amaldagi standartlar 
    va boshqa me‟yoriy-texnik hujjatlarning talablariga rioya qilinishiga 
    konstruktorlik hujjatlarini ishlab chiquvchi bilan teng darajada javobgar 
    bo„ladi.

    Download 1.4 Mb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   66




    Download 1.4 Mb.
    Pdf ko'rish