|
Metrologik ekspertizaning natijalarini rasmiylashtirishBog'liq Hujjatlarning ekspertizasi 4-amaliy mashg‘ulot. ELEKTROMAGNIT KATTALIKLARINI O‘LCHASH USULLARI, шаблон, Документ Microsoft Word, portal.guldu.uz-Kimyo tarixi, Лекция №1. Вычисление определителей второго и третьего порядков., Документ Microsoft Word, sifat bosh stasitik Kalendar reja 7 semestr - MA\'RUZA, 4-амалий машғулот, HISOBOT YUZI (UNIVERSITET), Mavzu, 111, нейрон, 7777777666666, Suxrobbek Fayzullayev Muminov, Ulugbek99
Metrologik ekspertizaning natijalarini rasmiylashtirish
Qoidaga ko„ra konkret obyektga nisbatan o„tkazilgan metrologik
ekspertizaning natijalarini rasmiylashtirishning ko„proq samarali usuli
ekspert xulosasini shakllantirish hisoblanadi. Bu hujjatda obyekt va unga
ilova qilinadigan hujjatlarning aniqlangan barcha xususiyatlari
ko„rsatiladi, shuningdek
bu hujjatlarni qo„shimcha ishlab chiqish
bo„yicha ekspertlik tahlilining natijalari bo„yicha ilgari surilgan takliflar
va tavsiyalarning to„liq ro„yxati keltiriladi.
Korxonada metrologik ekspertizani o„tkazish zarurati muntazam
ravishda vujudga keladigan, tegishli tadqiqotlarga tortilishi lozim
bo„lgan obyektlarning soni yetarlicha katta bo„ladigan taqdirda bunday
sinovlardan o„tkazish natijalarining hisobini yuritishni tashkil qilish
maqsadga muvofiq bo„ladi. Bunday holda ekspert xulosasining to„liq
matni asosiy hujjat bo„lib hisoblanadi, uning asosiy holatlari va
xulosalarini esa maxsus jurnal yoki hisobni yuritish kitobiga qayd qilish
lozim bo„ladi, bu korxonada o„tkazilgan metrologik ekspertizalar
to„g„risidagi ma‟lumotlarni tizimlashtirish, zarur bo„lgan hollarda
konkret obyekt bo„yicha talab qilinadigan ma‟lumotlarni tezda topish
imkonini beradi.
Nazorat savollari
1. Standartlashtiruvchi
ekspertizadan
o„tkaziladigan obyektning
parametrlarini keltiring?
2. O„lchash obyektlarining xususiyatlarini tavsiflaydigan hujjat turlari?
3. Metrologik ekspertizaning natijalarini rasmiylashtirishni
tushuntiring.
4. Me‟yoriy nazoratchining javobgarligi nimadan iborat?
|
| |