8
O„lchashlarni rejalashtirish chog„ida va ularning natijalarini to„g„ri
izohlash uchun o„lchash obyektining qabul qilingan fizik modeli katta
ahamiyatga ega. O„lchanadigan kattalik
sifatida modelining ushbu
o„lchov maqsadlariga ko„proq mos keladigan va o„lchanayotgan
kattalikning turlicha talqin qilinishiga yo„l qo„ymaydigan parametri
tanlab olinishi lozim. Agar o„lchanadigan kattalikning nomlanishi bir
qiymati bo„lmasa, unda o„lchanadigan kattalikni aniqlab olish zarur.
Masalan: suyuqlik sarfini o„lchash paytida uning qay yo„sinda
sarflanishi - og„irlik bo„yichami yoki hajm bo„yicha sarfni o„lchash
lozimligi ko„rsatilgan bo„lishi zarur. Agar o„lchanayotgan
kattalik
makonining alohida nuqtalarida har xil qiymatga ega bo„lsa, u holda
makonning aniq bir muayyan sohasi ko„rsatiladi, masalan; havoning
xonadagi temperaturasini o„lchash.
O„lchanayotgan kattalikni qat‟iy tartibda
aniqlash obyektining real
o„ziga xos xususiyatlarini hisobga oladi. Masalan: valning diametrini
o„lchashda to„g„ri dumaloq silindr uning modeli hisoblanadi. Val
uzinasiga ham ko„ndalangiga ham ma‟lum bir chetga og„ishlarga ega
bo„ladi (yuzasi bo„ylab). Bunday holatda valning o„rtacha diametri yoki
uning qirqma bo„yicha val yuzasidagi nuqtalar orasidagi eng katta
masofa o„lchanadigan kattalik hisoblanadi.
O„lchanadigan kattalik obyektining har xil holatida har xil qiymatga
ega bo„lishi mumkin. Mashinasozlikda odatda
detallarning chiziqli
o„lchamlarini o„lchash 20°C temperaturada amalga oshiriladi. Agar
o„lchashlar boshqa temperaturada amalga oshirilsa, u holda natijalar
formulalar yordamida 20°C
temperaturaga keltirilib, qayta hisoblab
chiqiladi.
Fizikaviy kattalikning nomlanishi obyektning u aks ettirayotgan
xususiyatlarining mohiyatini yoki voqea-hodisa
va jarayonlarning
parametrini aniq va bir qiymatda aks ettirilishi lozim. Har bir fizikaviy
kattalik uchun bitta atama qo„llaniladi. Fizikaviy kattaliklarning ГОСТ
8.417-81, RX 50-160-79 ga yoki fanlar akademiyasining
ilmiy texnik
atamalar qo„mitasining tavsiyalariga va qabul qilingan atamalar
bo„yicha standartlarga kiritilgan nomlanishidan foydalanish tavsiya
qilinadi.
Kattaliklarning fizikaviy ma‟nosi birliklarni tanlashga bog„liq bo„lib
qolmasligi uchun kattaliklarning birliklarini eslatishga yo„l qo„ymasligi
lozim.