• KIYIMLARNI LOYIHALASH VA MODELLASHTIRISH fanidan O’QUV USLUBIY MAJMUA Tuzuvchi
  • Kafedra mudiri
  • O’zbekiston respublikasi va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti




    Download 9.08 Mb.
    bet1/71
    Sana24.02.2023
    Hajmi9.08 Mb.
    #43395
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71
    Bog'liq
    a41f4405bf5212879f03b4e20f31e1c0 KIYIMLARNI LOYIHALASH VA MODELLASHTIRISH
    Методичка 1й курс, Besh tashabbus, ish reja yangi matematika tug\'risi, Mexatronika fani haiqda umumiy ma’lumot. Mexatronikaning maqsad -fayllar.org, 2-Mavzu. Mexatronika va robototexnika asoslari haqida tushunchal, Mexatronika va mikrokontrollerlar haqida, Mexatronika va robotlarn-kompy.info, X. N. Nazarov robotlar va robototexnik tizimlar, Amaliy mashg’ulot №1 avtomatlashtirilgan zamonaviy mexatronika v, 1-Doiraviy elastik sterjenning buralma tebranishi masalasi, Parametric Random Excitation of a Damped Mathieu Oscillator, 5-son aniq-2021 (2)

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI VA O’RTA MAXSUS
    TA’LIM VAZIRLIGI
    SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
    Maktabgacha ta’lim
    “Umumtexnika fanlari va texnologiyalar” kafedrasi
    TASDIQLAYMAN”
    Ro’yxatga olindi: Samarqand Davlat Universiteti
    №_____________ o’quv ishlari prorektori:
    2020-yil. “__”_______ __________ prof. A. Soleev
    “___” ____________2020-yil.
    Bilim sohasi: 100 000 – GUMANITAR
    Ta’lim sohasi: 110 000 – PEDAGOGIKA
    Ta’lim yo’nalishi: 5 112 100 – TEXNOLOGIK TA’LIM
    KIYIMLARNI LOYIHALASH VA MODELLASHTIRISH
    fanidan
    O’QUV USLUBIY MAJMUA


    Tuzuvchi: SamDU Maktabgacha ta’lim fakulteti
    “Umumtexnika fanlari va texnologiyalar” kafedrasi
    katta o’qituvchisi: M. N. RAsulova


    Kafedra mudiri: dots. S. Elmonov
    Fakulteti uslubiy kengashi raisi: dots. T. Q. Ostonov
    Fakultet dekani: prof. B. Haydarov
    O’quv uslubiy boshqarma boshlig’i: dots. B. Aliqulov


    SAMARQAND-2020






















    Kirish
    Ta’lim va tarbiya sohasidagi chuqur islohotlarni amalga oshirish “Kadrlar tayyorlash milli dasturi” vazifalarini ro’yobga chiqarish, yuqori malakali kadr, barkamol shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazishda barcha ta’lim muassasalari oldiga murakkab, ko’p qirrali va mas’uliyatli vazifalar yuklangan.
    O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da tayyorlanadigan mutaxassislarning sifatiga qo’yiladigan talablar, pedagog kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish kabi masalalarga alohida e’tibor berilgan. Bu masalalarni hal etishda Oliy ta’lim muassasalarida ishlab chiqarish ta’limini tashkil etish, ta’lim metodlarini tanlash va yangilarini ishlab chiqish davr talabi bo’lib qolmoqda.
    Respublikamizda tikuvchilik korxonalari, qo’shma korxonalar va yakka buyurtma asosida tikish korxonalari ishlab chiqaradigan mahsulotlar aholining kiyimga bo’lgan ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi. Shuning uchun Oliy ta’lim yurtlarida, Kasb-hunar kollejlarida, Umumta’lim maktablarida, maktabdan tashqari muassasalarda talaba, yoshlarni tikuvchilik korxonalarda xizmat qilishga tayyorlash hamda ta’lim muassasalarida olgan bilimlarini amalda qo’llashga katta e’tibor berilmoqda.
    Hozirgi kunda boshqa iste’mol mahsulotlari kabi kiyimga nisbatan yanada yuqori talablar qo’yilmoqda. Kiyimlarni loyihalash jarayonida ishlab chiqilayotgan kiyimning zamonaviyligi, shakli, detallari, ularning mutanosibligi hamda buyum chizmasini chizishda foydalaniladigan hisoblash formulalari, kiyimning tayyor holda kerakli shaklni ta’minlovchi detallarining grafik usullari yordamida qurish nazarda tutiladi.
    “Kiyimlarni loyihalash va modellashtirish” fani bolalar, ayollar va erkaklar kiyimlarini loyihalash, modellashga oid masalaalarning bayoni bo’lib, Oliy ta’lim talabalari, maktab o’qituvchilari, pedagogika kasb-hunar kolleji o’qituvchilari, maktabdan tashqari muassasalarining, tikuvchilik to’garaklarining rahbarlariga amaliy yordam sifatida mo’ljallangan.
    “Kiyimlarni loyihalash va modellashtirish” fanida quyidagi masalalar ko’rib chiqilgan:
    Fanning maqsadi va vazifalari, kiyimlarni loyihalash asoslari, gavdaning antropometrik chiziqlari va nuqtalari, kerakli o’lchovlar va ularni gavdadan olish qoidalari, kiyimlarni loyihalash usullari, loyihalashda ishlatiladigan qo’shimchalar, bolalar kiyimlarini asoslari, maktabgacha yoshdagi qiz bolalar va o’g’il bolalar ko’ylagini loyihalash, turli xil yubkalarni loyihalash va texnik modellash, ayollar bluzkasini loyihalash va o’zbek milliy ko’ylaklarini texnik modellashtirish masalalari ko’rib chiqilgan. Xuddi shuningdek, yuqoridagi keltirilgan masalalarni amaliyotda qo’llash uchun amaliy mashg’ulotlar ham berilgan.



    Download 9.08 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71




    Download 9.08 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti

    Download 9.08 Mb.