|
O’zbekiston respublikasi va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti
|
bet | 10/71 | Sana | 24.02.2023 | Hajmi | 9.08 Mb. | | #43395 |
Bog'liq a41f4405bf5212879f03b4e20f31e1c0 KIYIMLARNI LOYIHALASH VA MODELLASHTIRISH Методичка 1й курсKlassik uslubda — rasmiy ko‘rinishda ko‘chalik kiyimlar tushunilsa, sport uslubida faqat sport mashg‘ulotlari uchungina emas, balki harakat qilish uchun, turli ishlar uchun, aktiv dam olish uchun qulay kiyimlar, fantaziya uslubda esa bayram, tantanali
kiyimlar ko‘zda tutilgan. 70-80-yillarda ko‘proq erkin uslubdagi kiyimlar kiyish paydo bo‘lib, ularda klassik, fantaziya uslublari o‘z ko‘rinishini beradi. 50-60-yillardan boshlab yangi xususiyatli materiallar assortimenti kiyim loyihalashsiga va shakliga katta o‘zgarishlar kiritdi. 70-80-yillarda kiyim bichimi va shakli murakkablashib, uning konstruktiv tuzilishiga ko‘proq ahamiyat berildi. Shunday qilib, avval insonni iqlimiy ta’sirlardan muhofaza qilish uchun yaratilgan kiyimning, keyinchalik, turli tarixiy o‘zgarishlar, ijtimoiy va iqtisodiy sharoitlar, milliy xususiyatlar va jamiyatdagi estetik tasavvur evolyusiyasi ta’siri ostida shakli va xillari o‘zgarib, kiyim amaliy san’at obyektiga aylandi.
3). Kiyim kompozitsiyasi haqida tushuncha. Kostumni tashkil etuvchi mahsulotni loyihalashtirish o‘z ichiga bir necha bosqichni oladi:
– mahsulot assortimentini aniqlash;
– ularning funksionalligi, estetik, texnik va boshqa talablar
nuqtayi nazaridan bu mahsulotlarni tahlil qilishi;
– tanlangan mahsulot assortimenti rivojlanishi istiqbollarini aniqlash;
– rivojlanish istiqbolini hisobga olgan holda ushbu assortimen mahsulotlarini ishlab chiqish: estetik konsepsiyasi (shak kompozitsiyasi, material xarakteri, kolorit); texnik yechim (konstrukti yechim, jihozlarni tanlash va tayyorlab chiqarish texnik davrini aniqlash).
Mahsulotning estetik kontseptsiyasini ishlab chiqish mahsulo kompozitsion tuzilishini izlashdan boshlanadi.
Kompozitsiya (lotincha com’ositio – tuzish, birlashish) – badii asar qismlarining ma’noli nisbati. Bu tushuncha amaliyotda bir necha ma’noda qo‘llanadi. Kompozitsiya – bu xalq asarining o‘zi (musiqali, abstrakt rassomchilik, bezakli amaliy san’at va hokazo), kompozitsiya – bu ham ijodiy faoliyat jarayoni bo‘lib,
uning natijasida asar yaratiladi Aniq bir kostum kompozitsiyasi haqida gapirganda biz kishining kostumda badiiy-timsoliy ifodaliligini ta’minlovchi uning alohida hajmlari, detallari va elementlarining xarakteri, tashkil yetilish xususiyatlarini ko‘zda tutamiz. Kishi timsoli ijtimoiy-iqtisodiy me’yorlar o‘zgarishi bilan o‘zgaradi. Rassom bu o‘zgarishlar tendensiyasini darhol sezib oladi va o‘z san’ati vositalari orqali «yangi» kishini aks ettiradi. Shu sababli kostum o‘z davri, uning estetik va ijtimoiy qiymatlari aksidir Rassom ishi murakkab kechadi. G‘oyalar va timsollar emotsional intuitiv darajada tug‘ilib qog‘oz yoki maket materialida eskizlard aks ettiriladi. Eskizlarni mantiqiy tahlili ulardan eng yaxshisini keyingi ishlanish uchun tanlab olish imkonini beradi.
Bu ish kompozitsiyaning turli vositalari bilan amalga oshiriladi shakl va siluet xarakteriga ta’sir etuvchi shaklning plastik
ishlanishi; ma’lum xususiyatlar va faktura materiallarini tanlash; shaklning kalorik tashkil etilishi; shaklning eng muhim uchastkalarini ajratish.
Shunday qilib, maqsadga yo‘naltirilgan ijodiy faoliyat jarayonida ishlab chiqilgan shakl kompozitsiyasi bu faoliyat mahsulotidir va ma’lum xususiyatga ega bo‘ladi. Kompozitsiya statik yoki dinamik bo‘la oladi; elementlarning bir-biriga ma’lum bog‘liqligi kompozitsion muvozanatga olib kelishi mumkin, umumiy tuzilishning
qat’iy to‘g‘rilanishi va kostum elementlarini nozik ishlab chiqilishi uning shaklining uyg‘un yaxlitligiga olib keladi. Eskizda tasviriy vositalarning ifodaliligi uning emotsional qabul qilinishining asosiy shartidir. Eskizni ifodalashning tasviriy vositalari – bu dog‘ chizig‘i (rang yoki siyoh bilan, shtrix yoki faktura bilan qoplangan yuza). Yo‘l, qanday materialda tasvirlanishiga qarab, turlicha bo‘ladi: yengil yupqa gazlamadan tayyorlangan mahsulotni mayin pero chizig‘i
bilan; sinuvchan kapron gazlamada – «notekis» sinuvchan chiziq bilan; jun gazlamada yumshoq qalam orqali qalin chiziq bilan, tukli gazlamada esa nam qog‘ozda chiziq yoki «quruq» tekis mo‘yqalam bilan tasvirlash mumkin. Faol tasviriy vositalarning kostumning qiziqarli o‘ylanishi bilan qo‘shilishi kishining kostumdagi ifodali timsolini yaratishga yordam beradi. Eskizning timsoliy ifodaliligini baholashda grafik til ifodaliligi va qog‘oz kompozitsiyasi, kostum mazmundorligi va kishi xususiyatlari o‘rtasida yuzaga kelgan organik bog‘lanish ko‘zda tutiladi. Eskiz badiiy-timsoliy ifodaliligiga kostum o‘ylanishi mukammalligi va uning kishi timsoliga to‘liq mos kelishini yuqori mahorat bilan bajarish orqali erishiladi.
|
| |