• Mavzu bo’yicha nazorat savollari
  • 3-amaliy mashg’ulot. Odam gavdasning tuzilishi. Kiyim loyihalash uchun dastlabki ma’lumotlar. Kiyim loyihalash uchun o’lchovlarni gavdadan olish.
  • ). Turli xildagi kiyimlarni loyihalashda ishlatiladigan




    Download 9.08 Mb.
    bet22/71
    Sana24.02.2023
    Hajmi9.08 Mb.
    #43395
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   71
    Bog'liq
    a41f4405bf5212879f03b4e20f31e1c0 KIYIMLARNI LOYIHALASH VA MODELLASHTIRISH
    Методичка 1й курс, Besh tashabbus, ish reja yangi matematika tug\'risi, Mexatronika fani haiqda umumiy ma’lumot. Mexatronikaning maqsad -fayllar.org, 2-Mavzu. Mexatronika va robototexnika asoslari haqida tushunchal, Mexatronika va mikrokontrollerlar haqida, Mexatronika va robotlarn-kompy.info, X. N. Nazarov robotlar va robototexnik tizimlar, Amaliy mashg’ulot №1 avtomatlashtirilgan zamonaviy mexatronika v, 1-Doiraviy elastik sterjenning buralma tebranishi masalasi, Parametric Random Excitation of a Damped Mathieu Oscillator, 5-son aniq-2021 (2)
    4). Turli xildagi kiyimlarni loyihalashda ishlatiladigan
    qo’shimchalar turlarining qiymatlari.
    Тurli xildagi kiyimlarni loyihalashda ishlatiladigan qo‘shimchalar
    turlarining qiymatlari 1, 2, 3, 4-jadvallarda keltirilgan.






    Mavzu bo’yicha nazorat savollari:
    1). Kiyimlarni loyihalashning qanday usullarini bilasiz?
    2). Loyihalashning mulyaj usuli qachon qo’llaniladi?
    3). Loyihalashning o’lchab-hisoblash usuli qayerda qo’llaniladi?
    4). Kiyimlarni loyihalashda ishlatiladigan qo’shimchalar deb nimaga aytiladi?
    5). Loyihalashda ishlatiladigan qo’shimchalarning qanday turlari bor?
    3-amaliy mashg’ulot. Odam gavdasning tuzilishi. Kiyim loyihalash uchun dastlabki ma’lumotlar. Kiyim loyihalash uchun o’lchovlarni gavdadan olish.
    Reja:
    1). Odam gavdasining tuzilishi.
    2). Kiyim loyihalash uchun o’lchovlarni gavdadan olish.
    1). Odam gavdasining tuzilishi. Figurani o‘lchash. Yaxshi yotuvchi kiyimning asosiy sharti figurani aniq o‘lchamlarini olish asosida amalga oshiriluvchi aniq bichishdir. Proporsional gavda tuzilishli ayollarda kiyim tayyorlash bilan muammolar paydo bo‘lmaydi, ular moda jurnallarida beriluvchi andazalardan bemalol foydalanishlari mumkin. Figurasi me’yorlardan ma’lum og‘ishlarga ega bo‘lgan kishilarga qiyinroq. Bu holda figuradan o‘lchamlar asosida me’yordan og‘ishlarni hisobga olga holda konstruksiya chizmasini tuza olish yordam beradi. Figuraning hamma xususiyatlarini hisobga olish uchun hamma o‘lchamlarni diqqat bilan, katta aniqliklarda olish zarur. O‘lchamlar ichki kiyim ustidan olinadi, santimetr tasmasi ortiqcha tortilmaydi va bo‘shatilmaydi. «Figura» tushunchasiga shunday omillar kiradi: qomat (gavda holati, yelkalar balandligi), bo‘yin, orqa, ko‘krak qafasi shakli, ko‘krak bezlari o‘lchami va holati, bel, qorin, bo‘ksalar shakli, semizlik darajasi gavda proporsiyalari va hokazo. Figura tuzilishi xususiyatlarini o‘lchamlar olish jarayonida aniqlanishi nafaqat aniq konstruksiya olishga, balki mahsulot shakli va fasonini to‘g‘ri tanlashga ham yordam beradi. Model shakli ichki kiyim (byustgalter va belbog‘ ichi) dan ham bog‘liqligini hisobga olish zarur, ko‘pincha ayollar bunga e’tibor bermaydi. Chizmani tuzish va andaza tayyorlash uchun quyidagi o‘lchamlari kerak:
    R – B – bo‘y;
    O – A – to‘liq aylana, qamrash;
    S – YaA – yarim aylana, qamrash;
    Sh – K – kenglik;
    D – U – uzunlik, masofa;
    V – B – balandlik;
    TS – M – markazlar orasidagi masofa.
    To‘liq aylana, uzunlik, yelka balandligi va kengligi kattalik o‘lchamlari to‘liq yoziladi, yarimaylanalar, kengliklar esa yarim o‘lchamda yoziladi, chunki chizma odatda mahsulot yarmiga yasaladi.
    Keyin o‘lchamlarni olamiz (2.3-rasm, 2.1-jadval).

    B – bo‘y vertikal bo‘ylab poldan boshning ustki nuqtasigacha masofa o‘lchanadi.
    Ssh – bo‘yin yarim aylanasi. Santimetr tasmasi bo‘yin asosi bo‘ylab, orqadan yettinchi umurtqa o‘tkir bo‘rtmasi ustidan, yon va oldindan bo‘yin asosi bo‘ylab v bo‘yin chuqurchasida tugashi kerak. Sg I – birinchi ko‘krak yarim aylanasi. Santimetr tasmasi orqa tomondan gorizontal, ustki cheti qo‘ltiq osti chuqurlar orq burchaklariga tegilib, oldindan – ko‘krak bezlari asosi ustidan o‘tishi kerak. Sg II – ikkinchi ko‘krak yarim aylanasi. Santimetr tasmasi gavda atrofidan ustki cheti qo‘ltiq osti chuqurlarning orqa burchagiga, oldindan ko‘krak bezlarining chiqib turuvchi nuqtalari bo‘ylab o‘tishi kerak. Ko‘krak bezlari pastga tushib turuvchi figuralarni o‘lchashda santimetr tasmasini oldindan ko‘krak chiqishi uchun haq qo‘yishni hisobga olgan holda gorizontal joylashtirish zarur. Sg III – uchinchi ko‘krak yarim aylanasi. Gorizontal bo‘ylab gavda atrofida chiqib turuvchi ko‘krak bezlari nuqtalari orqali o‘lchanadi. St – bel yarim aylanasi. Bel chizig‘i darajasida gavda atrofida gorizontal bo‘ylab o‘lchanadi. Sb – bo‘ksalar yarim aylanasi. Gorizontal bo‘ylab eng chiqib turuvchi dumba nuqtalari bo‘yicha, oldinda qorin chiqib turishini hisobga olgan holda o‘lchanadi. Shg I – birinchi ko‘krak kengligi. Gorizontal bo‘ylab ko‘krak bezlari asosi ustidan qo‘ltiq osti chuqurlarining oldingi burchaklaridan xayolan yuqoriga o‘tkazilgan vertikallar orasida o‘lchanadi Shg II – ikkinchi ko‘krak kengligi. Gorizontal bo‘yla qo‘ltiq osti chuqurlarining oldingi burchaklaridan pastga xayola o‘tkazilgan vertikallargacha chiqib turuvchi ko‘krak bezlari nuqtalar orqali o‘lchanadi
    Dts II – ikkinchi belgacha orqa uzunligi. Bel chizig‘idan bo‘yin asosi oldida loyihalashtiriluvchi chok yuqori nuqtasigacha o‘lchanadi.
    Dtp II – belgacha old uzunligi. Bo‘yin asosi oldida loyihalashtiriluvchi yelka choki eng yuqori nuqtasidan bel chizig‘igacha chiqib turuvchi ko‘krak bezlari nuqtasi orqali o‘lchanadi.
    Vg II – ikkinchi ko‘krak balandligi. Bo‘yin asosi oldida loyihalashtiriluvchi yelka choki yuqori nuqtasidan ko‘krak bezi markazigacha o‘lchanadi.
    Vprz II – qo‘ltiq osti chuqurlari orqa burchagi balandligi. Bo‘yin oldida loyihalashtiruvchi yelka choki yuqori nuqtasidan umurtqaga parallel qo‘ltiq osti chuqurlar orqa burchaklari darajasida o‘tuvchi gorizontal bo‘yicha o‘lchanadi.
    Vpk II – yelka balandligi egri. Bel chizig‘ining umurtqa bilan kesib o‘tish nuqtasidan loyihalashtiriluvchi yelka choki oxirgi nuqtasigacha o‘lchanadi (santimetr tasmasi tortib turiladi).
    Km – ko‘krak nuqtalari orasidagi masofa. Ko‘krak bezlarining chiqib turuvchi nuqtalari o‘rtasidagi gorizontal bo‘yicha o‘lchanadi.
    Shs – orqa kengligi. Santimetr tasmasi kuraklar bo‘ylab gorizontal qo‘ltiq osti chuqurlar orqa burchaklari o‘rtasidan o‘tishi kerak.
    Di – mahsulot uzunligi. Orqa o‘rtasida yoqa ulanish chizig‘idan istalgan uzunlik darajasigacha o‘lchanadi.
    Shp – yelka qiyalanish kengligi. Bo‘yin asosi oldida loyihalanayotgan yelka choki yuqori nuqtasidan uning oxirgi nuqtasigacha o‘lchanadi.
    Dr – yeng uzunligi. Loyihalanayotgan yelka choki oxirgi nuqtasidan yelka va yelka oldining tashqi yuzasi bo‘ylab istalgan uzunlik darajasigacha o‘lchanadi.
    Op – yelka aylanasi. Erkin tushirilgan qo‘llarda yelka o‘qiga perpendikular santimetr tasmasi ustki cheti bilan qo‘ltiq osti chuqurining orqa burchagiga tegib o‘lchanadi.

    Download 9.08 Mb.
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   71




    Download 9.08 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    ). Turli xildagi kiyimlarni loyihalashda ishlatiladigan

    Download 9.08 Mb.