|
). Maktabgacha yoshdagi qiz bolalar ko’ylagini loyihalash
|
bet | 27/71 | Sana | 24.02.2023 | Hajmi | 9.08 Mb. | | #43395 |
Bog'liq a41f4405bf5212879f03b4e20f31e1c0 KIYIMLARNI LOYIHALASH VA MODELLASHTIRISH Методичка 1й курс3). Maktabgacha yoshdagi qiz bolalar ko’ylagini loyihalash.
Qiz bolalar ko‘ylaklari turli-tuman ko‘rinishlarda bo‘lib, ularning barchasida qulaylikka, sho‘xchanlikka va chiroyli bo‘lishiga ko‘proq e’tibor qaratiladi (18-rasm).
Quyida qiz bolalar ko‘ylagini modellashtirish keltirilgan (19-rasm).
Ko‘ylak etak qismiga kengaygan, yengi fonarik, bo‘yin o‘mizi bo‘ylab yotadigan yoqa va taqilmasi ko‘ylakning orqa bo‘lagida joylashgan. Ko‘ylakda aylana shaklda koketkalar bor bo‘lib, ko‘ylakni paxta tolali gazlamalardan tikish kerak.
Model chiziqlari quyidagicha kiritiladi. Ko‘ylak old va ort asosi qog‘ozga tushirib olinadi. Old va ort bo‘lak o‘rta chiziqlaridan koketkaning uzunligi belgilab olinadi. Uning uzunligini ko‘p hollarda yelka uzunligiga tenglashtiriladi. Yelka nuqtalaridan pastga yeng o‘mizi bo‘ylab 3—4 sm qo‘yiladi va koketkaning pastki qirqimi ravon egri chiziq bilan tutashtiriladi. Old va ort bo‘lakdagi koketkaning pastki chiziqlari 4 bo‘lakka bo‘linadi. Bu nuqtalar orqali ko‘ylakning etak chizig‘i bilan kesishguncha chiziqlar o‘tkaziladi. Bu kesish chizig‘I hisoblanadi. Koketka qismi qirqib olinadi. Shu chiziqlar orqali etak qismi koketka chizig‘iga 0,1—0,3 sm yetmasdan qirqiladi va har bir bo‘lak orasi 4—6 sm ga kengaytiriladi.
18-rasm. Qiz bolalar ko’ylagi modellari. 19-rasm. Qiz bolalar ko’ylagini
modellashtirish.
Modellashtirish natijasida quyidagi detallar hosil bo‘ldi:
1 — ort etak qismi;
2 — old etak qismi;
3 — ko‘ylakning yengi;
4 — ort bo‘lak koketkasi;
5 — old bo‘lak koketkasi;
6 — ko‘ylak yoqasi.
2-ilovada qiz bolalar ko‘ylagini modellashtirish bo‘yicha namunalar keltirilgan.
Mavzu bo’yicha nazorat savollari:
1). Bollar gavdasining o’ziga xos qanday xususiyatlari bor?
2). Chaqaloq Yoshi deganda nechi yoshgacha bo’lgan bolalarni tushunamiz?
3). Chaqaloqlar kiyimini loyihalashni o’ziga xos xususiyati bormi?
4). Texnik modellashtirish deganda nimani tushunasiz?
5). Maktabgacha yoshdagi qiz bolalar ko’ylagini modellashtirishning qanday usullari mavjud?
|
| |