• Fantaziyali“ yubka
  • O’zbekiston respublikasi va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti




    Download 9.08 Mb.
    bet40/71
    Sana24.02.2023
    Hajmi9.08 Mb.
    #43395
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   71
    Bog'liq
    a41f4405bf5212879f03b4e20f31e1c0 KIYIMLARNI LOYIHALASH VA MODELLASHTIRISH
    Методичка 1й курс, Besh tashabbus, ish reja yangi matematika tug\'risi, Mexatronika fani haiqda umumiy ma’lumot. Mexatronikaning maqsad -fayllar.org, 2-Mavzu. Mexatronika va robototexnika asoslari haqida tushunchal, Mexatronika va mikrokontrollerlar haqida, Mexatronika va robotlarn-kompy.info, X. N. Nazarov robotlar va robototexnik tizimlar, Amaliy mashg’ulot №1 avtomatlashtirilgan zamonaviy mexatronika v, 1-Doiraviy elastik sterjenning buralma tebranishi masalasi, Parametric Random Excitation of a Damped Mathieu Oscillator, 5-son aniq-2021 (2)
    4). Yubkalarni texnik modellash.
    Yubkalarni texnik modellashtirishda ham ko‘ylakni yuqori qismini modellashtirishdagi qoidalariga rioya qilinadi. Yubkaning etak tomoni beldagi vitochkalarni etak chizig‘iga ko‘chirish, taxlamalar hosil qilish, gode singari juda ko‘p usullar bilan kengaytiriladi. Vitochkani beldan etak chizig‘iga ko‘chirish yo‘li
    bilan yubkaning etak tomonini kengaytirish eng ko‘p tarqalgan usullardan hisoblanadi.
    To‘g‘ri yubkalarni etak qismiga kengaytirishning usullaridan yana biri uning old va ort bo‘laklarida ayrim qismlarni ajratib olib, shu qismlarni etak tomonga kengaytirishdir (27-rasm, a).
    To‘g‘ri yubkaning loyiha asosi chizmasining old va ort bo‘laklarida bo‘ksa chizig‘ida ovalsimon va etak tomoniga to‘g‘ri ketgan qism ajratib olib, unda shu qismning yuqorigi egriligidan yubka etagigacha qirqiladigan chiziq o‘tkaziladi, keyin shu chiziq bo‘ylab yuqori egri chizig‘iga 0,3—0,5 sm qolguncha qirqib, yubkaning etak chizig‘i bo‘ylab surib kengaytiriladi. Hosil bo‘lgan detallarni
    qog‘ozga to‘g‘nog‘ich bilan to‘g‘nab bo‘rlanadi, etak qismining kengayish o‘rni belgilanadi, yangi andoza qirqib olinadi. Bunday modeldagi yubka bo‘ksa qismida gavdaga yopishib, etak qismi chiroyli burmalanadi. Bichishda yubkaning shu qismi old va ort bo‘laklari simmetriya chiziqlarini gazlama asos iрi bo‘ylab yoki asos iрiga 45° burchak ostida joylashtiriladi.
    Etak tomoni kengaytirilgan yubkaning shunday yo‘l bilan olingan loyihasi quyosh yubka, „yoysimon“ yubka, beli burma yubka va etak tomoni bo‘ylab kengaytirilgan yubkalar loyihasini tuzishga asos bo‘ladi.
    Bu yubkalarning loyihasini hosil qilish uchun, yuqorida aytib o‘tilgan to‘g‘ri yubka asosi chizmasiga qo‘shimcha qirqish chiziqlari o‘tkaziladi. Shu belgi chiziq bo‘ylab qirqib, har qaysi bo‘lakni uning yon qirqimi simmetriya chizig‘iga nisbatan turli burchak ostida bo‘lib qolguncha soat mili yo‘nalishida suriladi.
    Fantaziyali“ yubka
    „Fantaziyali“ yubkalarda turli simmetrik, asimmetrik burmalar, qirqmalar, taxlamalar bo‘ladi, shuningdek, ular ko‘p qavatli ham bo‘lishi mumkin. Bunday yubkalarning loyihasi tegishli bichimli (to‘g‘ri, etak tomoni kengaytirilgan, gode, etak tomoni toraytirilgan va hokazo) yubka loyihasi asosida ishlab chiqiladi.
    „Fantaziyali“ yubkaning ko‘pgina variantlaridan birining texnik
    modellash tartibi 27-rasm, b da ko‘rsatilgan.
    Asos chizmasida murakkab shakldagi qirqma chiziqlari, ya’ni fason chiziqlarining joylanishi belgilab olinadi. Rasmdagi modelda yubkaning old bo‘lagi o‘rta chizig‘iga burchak ostida o‘tkazilgan koketka chizig‘i va yon tomondagi cho‘ntak o‘rni chiziqlari, keyin burmalar o‘rnining belgi chiziqlari o‘tkaziladi. So‘ngra koketka va cho‘ntak qismi qirqib olinadi (27-rasm, b da 2 va 3 detallar).
    Beldagi vitochkalarni bekitib, ularni qirqma yoki burma chizig‘iga ko‘chiriladi (27-rasm, b). Belgilangan burma chiziqlari bo‘ylab yon chiziqda 0,3—0,5 sm qolguncha qirqiladi-da, yon qirqim chizig‘ining uzunligini saqlab qolib, surib burma ochiladi. Hosil bo‘lgan detallarni qog‘ozga to‘g‘nog‘ich bilan to‘g‘nab bo‘rlanadi, burma o‘rni belgilanadi, yangi andoza qirqib olinadi. Burma, taxlamalarning yo‘nalishi hamda chuqurligi va boshqalar ixtiyoriy aniqlanadi.

    27-rasm.
    Tayyor modeldagi burma va taxlama tashqi ko‘rinishi va uning eskizining bir-biriga mosligining loyihasi tayyorlovchining tajribasiga bog‘liq. Shuning uchun olingan andozani oldin maket gazlamada tekshirib ko‘rib, keyin modelni asosiy gazlamadan bichishga o‘tilgani ma’qul (Yubkalarni modellashtirish 3-ilovada ham berilgan).

    Download 9.08 Mb.
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   71




    Download 9.08 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti

    Download 9.08 Mb.