• Yon chok tushadigan chiziq.
  • Yelka qiyaligi.
  • Yelka chizig‘i va vitochka.
  • Yeng o‘mizi.
  • Ko‘ylakning oldingi lifining balandligi




    Download 9.08 Mb.
    bet42/71
    Sana24.02.2023
    Hajmi9.08 Mb.
    #43395
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   71
    Bog'liq
    a41f4405bf5212879f03b4e20f31e1c0 KIYIMLARNI LOYIHALASH VA MODELLASHTIRISH
    Методичка 1й курс, Besh tashabbus, ish reja yangi matematika tug\'risi, Mexatronika fani haiqda umumiy ma’lumot. Mexatronikaning maqsad -fayllar.org, 2-Mavzu. Mexatronika va robototexnika asoslari haqida tushunchal, Mexatronika va mikrokontrollerlar haqida, Mexatronika va robotlarn-kompy.info, X. N. Nazarov robotlar va robototexnik tizimlar, Amaliy mashg’ulot №1 avtomatlashtirilgan zamonaviy mexatronika v, 1-Doiraviy elastik sterjenning buralma tebranishi masalasi, Parametric Random Excitation of a Damped Mathieu Oscillator, 5-son aniq-2021 (2)
    Ko‘ylakning oldingi lifining balandligi. G3 nuqtadan yuqoriga 17,7 sm o‘lchab, Sh nuqta qo‘yiladi G3Sh=AG+2=15,7+2=17,7 sm. Sh nuqtadan chapga, G2 nuqtadan chiqqan tik chiziq bilan kesishadigan qilib, gorizontal chiziq chiziladi va ularning kesishgan nuqtasi P1 bilan belgilanadi.
    Yon chok tushadigan chiziq. G1 nuqtadan o‘ngga 3 sm o‘lchab, G4 nuqta qo‘yiladi. G4 nuqtadan pastga yordamchi chiziq tushirilib, yordamchi chiziqning etak chizig‘i bilan kesishgan nuqtasi T2 bilan belgilanadi.
    Ko‘ylak orqasini chizish
    Yoqa o‘mizi. A nuqtadan o‘ngga 5,2 sm o‘lchab R qo‘yiladi AR=Ssh:3+0,5=14:4+0,5=5,2 sm. Bu nuqtadan 1,5 sm yuqoriga Sh1 nuqta o‘yiladi RSh1=1,5 sm. A nuqta Sh1 nuqtaga botiq egri chiziq yordamida tutashtiriladi.
    Yelka qiyaligi. P nuqtadan pastga 2 sm o‘lchab 2 raqami qo‘yiladi.
    Yelka chizig‘i. Sh1 nuqtadan o‘ngga yelka qiyaligidan 2 nuqta tomon 10 sm uzunlikda chiziq tortib, uchiga P2 nuqta qo‘yiladi Sh1P2=Shp+1=9+1=10 sm.
    Yeng o‘mizi. G1 nuqtadan, burchakni o‘rtasidan bo‘ladigan qilib 2 sm uzunlikda chiziq chiqariladi. O‘miz chizig‘i P2 nuqtani G4 nuqtaga tutashtiradi, bu chiziq PG1 chizig‘iga urinib 2 nuqta orqali o‘tadi.
    Yon chok tushadigan chiziq. T2 nuqtadan 1 sm o‘ngga 1 raqami qo‘yiladi. G4 va 1 nuqtalari orqali pastga NN1 chizig‘igacha to‘g‘ri chiziq tushirilib, uning NN1 chizig‘i bilan kesishgan nuqtasi N3 bilan belgilanadi.
    Etak chizig‘i. N3 nuqtadan 1 sm yuqoriga 1 raqami qo‘yilib, N nuqta 1 nuqtasiga tutashtiriladi.
    Ko‘ylakning oldini chizish
    Yoqa o‘mizi. Sh nuqtadan chapga 5,2 sm o‘lchab Sh2 nuqta qo‘yiladi
    ShSh2=Ssh:3+0,5=14:3+0,5=5,2 sm. Sh nuqtadan pastga 6,2 sm o‘lchab Sh3 nuqta qo‘yiladi ShSh3=Ssh:3+1,5=14:3+1,5=6,2 sm. Sh2 nuqta Sh3 nuqta bilan punktir chiziq yordamida tutashtirilib, punktir chiziq teng ikkiga bo‘linadi va bo‘lish nuqtasidan 1,5 sm pastga 1,5 nuqtasi qo‘yiladi. O‘miz chizig‘i Sh2, 1,5 va Sh3 nuqtalari orqali o‘tadi.
    Yelka chizig‘i va vitochka. Sh2 nuqtadan 3 sm chapga P3 nuqtasi qo‘yiladi. G3 nuqtadan chapga 7,2 sm o‘lchab, G5 nuqta qo‘yiladi Sh2P3=ShSh2+3-1=7,2 sm. P3 nuqta G5 nuqtaga tutashtiriladi. G5 nuqtadan yuqoriga 4 sm o‘lchab, V nuqta qo‘yiladi. P3 nuqtadan 1 sm pastga V1 nuqta qo‘yilib, V1 nuqta Sh2 nuqtaga tutashtiriladi va P1 nuqtadan o‘ngga 2 sm o‘lchab, P4 nuqta qo‘yiladi. P4 nuqta V nuqtaga tutashtirilib, V nuqtadan yuqoriga P4 nuqta tomon VV1 chiziq uzunligiga teng chiziq chiqariladi va uchiga V2 nuqta qo‘yiladi. Vitochkaning ikkala chizig‘i o‘zaro teng bo‘lishi lozim. V2 nuqta G nuqtaga chiziq yordamida tutashtiriladi. V2
    nuqtadan chapga 6 sm o‘lchab (yelka kengligidan barcha razmerlar uchun 3 sm ayriladi 9-3=6), 6 raqami qo‘yiladi. Bu nuqtadan pastga 1 raqami qo‘yiladi. 1 nuqtasi V2 nuqtaga tutashtiriladi.
    Yeng o‘mizi. G2 nuqtadan 3 sm yuqoriga 3 raqami qo‘yiladi. 3 nuqtasidan yelka chizig‘idagi 1 nuqtasiga punktir chiziq bilan tutashtiriladi, punktir chizig‘i teng ikki qismga bo‘linib, bo‘lish chizig‘idan o‘ngga 1 sm chiqariladi va 1 raqami qo‘yiladi. G2 nuqtadan burchakni teng bo‘ladigan 1,5 sm uzunlikda chiziq chiqaramiz va uchiga 1,5 raqamini qo‘yamiz. Yeng o‘mizi chizig‘i 1, 1,3, 1,5 va G4 nuqtalari o‘zaro tutashtiriladi.

    Download 9.08 Mb.
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   71




    Download 9.08 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ko‘ylakning oldingi lifining balandligi

    Download 9.08 Mb.