|
O’zbekiston respublikasi va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti
|
bet | 44/71 | Sana | 24.02.2023 | Hajmi | 9.08 Mb. | | #43395 |
Bog'liq a41f4405bf5212879f03b4e20f31e1c0 KIYIMLARNI LOYIHALASH VA MODELLASHTIRISH Методичка 1й курсYeng quyi chizig‘i. N nuqtasidan yuqoriga 2 sm, N3 nuqtasidan 1 sm, N4 nuqtasidan 3 sm, N1 nuqtasidan 2 sm o‘lchanadi. Quyi chiziq 2, N2, 1,3,2 nuqtalar bilan tutashtiriladi. Fasonga qarab yeng kalta qilinadi, buning uchun kalta yeng uzunligi o‘lchanib, belgilab olinadi, misolda 2-2 gorizontal chiziq kalta yeng chizig‘i hisoblanadi.
2). Texnik modellashtirish jarayoni haqida ma’lumot. Modellash — bu turli shakl va bichimdagi kiyim modelining loyihalashsini ishlab chiqaradigan murakkab ijodiy jarayondir. Тurli shakl va bichimdagi modalar loyihalashsini tuzmoqchi bo‘lgan asosiy loyihalash bazasidan olish mumkin. Bu jarayon amaliy
modellash yoki odatda aytilishiga binoan texnik modellash deb ataladi.
Тexnik modellash loyihalash asosini yangi model loyihasiga aylantirishdan iborat.
Modelning fasoni modalar jurnalidan olinadi yoki ijrochining rasm chizib ko‘rsatgan taklifiga ko‘ra tanlanadi. Kiyimning modelga xos xususiyatlari ya’ni vitochkalar koketkalar bo‘rtma choklarning holati; bo‘ksa bel etak bort taqilma chiziqlari; cho‘ntaklar yoqa burma chiziqlari tegishli detallar loyihalashsi asosining chizmasiga ko‘chiriladi. Model chiziqlarining hammasini loyihalash asosining chizmasida xuddi model rasmidagidek joylashtirilishi kerak. Bunda ayolning gavda tuzilishining xususiyati uning mutanosibligi albatta hisobga olinishi kerak. Bu loyihalash asosining chizmasiga tushirilgan fason chiziqlari gavdaning haqiqiy mutanosibligini buzib qo‘ymasligi uchun kerak. Fason chiziqlarini bichimi mos keladigan loyihalash asosining chizmasiga tushiriladi. Masalan modelning yenglari old va ort bo‘laklar bilan yaxlit bichiladigan bo‘lsa bunda texnik modellash yenglari old va ort bo‘laklar bilan yaxlit bichiladigan loyihalash asosining chizmasida bo‘lishi kerak va hokazo. Ishlash uchun hamma asosiy detallar loyihasining baza bo‘ladigan asosini qog‘oz yoki karton andaza — shablon tarzida
tayyorlab olinadi. Bu andazalarga zarur bo‘lgan simmetriya chiziqlari — ko‘krak chizig‘i, bel chizig‘i, bo‘ksa chizig‘i tushiriladi. Fasonga binoan detalning yangi shaklini detal andazani shartli bo‘laklarga bo‘lib keyin u bo‘laklarni surib asosiy vitochkalarni berkitish va ularni yangi holatga ko‘chirish yo‘li bilan hosil
qilinadi.
|
| |