• Bluzka asosining to‘r qismi
  • O’zbekiston respublikasi va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti




    Download 9.08 Mb.
    bet48/71
    Sana24.02.2023
    Hajmi9.08 Mb.
    #43395
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   71
    Bog'liq
    a41f4405bf5212879f03b4e20f31e1c0 KIYIMLARNI LOYIHALASH VA MODELLASHTIRISH
    Методичка 1й курс, Besh tashabbus, ish reja yangi matematika tug\'risi, Mexatronika fani haiqda umumiy ma’lumot. Mexatronikaning maqsad -fayllar.org, 2-Mavzu. Mexatronika va robototexnika asoslari haqida tushunchal, Mexatronika va mikrokontrollerlar haqida, Mexatronika va robotlarn-kompy.info, X. N. Nazarov robotlar va robototexnik tizimlar, Amaliy mashg’ulot №1 avtomatlashtirilgan zamonaviy mexatronika v, 1-Doiraviy elastik sterjenning buralma tebranishi masalasi, Parametric Random Excitation of a Damped Mathieu Oscillator, 5-son aniq-2021 (2)
    2). Ayollar bluzkasini loyihalash.
    Ayollar bluzkasini loyihalash
    Bluzkalar bichim, shakli jihatidan ko‘ylakning yuqori qismiga o‘xshaydi. Bluzkalar taqilmasi old tomonda yoki ort bo‘lakda bo‘lishi mumkin. Ularning yenglari uzun yoki kalta, yeng uchlari manjetli, manjetsiz, rezinkali bo‘lishi mumkin. Bluzkalar yubka ustiga tushirib yoki yubka ichiga kiritib kiyiladi.
    Yubka ichiga kiritib kiyiladigan bluzkalarning bel qismida vitochkalar tikilmaydi. Bunday bluzkalarning etagi yopiq qirqimli bo‘lib universal mashinada tikiladi.
    Bluzka yubka ustiga tushirilib kiyiladigan bo‘lsa etagi maxsus mashinada bukib tikilishi mumkin (28-rasm).
    Bluzka chizmasini chizish uchun quyidagi o‘lchovlar kerak bo‘ladi:
    BnYaA = 18 sm OrK = 17 sm
    KYaAI = 41 sm OlK = 18 sm
    KYaAII = 44 sm KM = 8 sm
    BlYaA = 35 sm KB = 25 sm

    28-rasm. Bluzka modellari.
    BkYaA = 48 sm OlbU = 43 sm
    YelK = 13 sm OrbU = 40 sm
    YeU = 35—58 sm
    YelA = 27 sm
    Hamma razmerlar uchun kerakli qo‘shimchalar:
    Qk = 5 sm: shundan QorK= 1,5 sm, QolK = 1 sm, Qyen.o‘m=2,5 sm.
    QyelA = 5 sm.
    Bluzka asosining to‘r qismi
    Тo‘r qismi bluzka loyihasining bo‘yi va eni bo‘ylab asosiy
    o‘lchamlarini belgilab beradi.
    Тo‘g‘ri burchak chizib unga Bn nuqta qo‘yiladi (29-rasm).
    1. BnBl = OrbU+1 = 40+1 = 41 sm (bel uzunligi).
    2. BnBn1 = KYaAII+QK = 44+5 = 49 sm (bluzka kengligi).
    3. BlBk = OrbU:2-1 = 40:2-1 = 19 sm (bo‘ksa chizig‘i).
    4. Bn, Bn1, Bk va Bk1 nuqtalar orqali to‘g‘ri to‘rtburchak chiziladi.
    5. BnK = (KYaAII + QK):2 = (44+5):2 = 24,5 sm (ko‘krak
    chizig‘i).
    6. Ko‘krak bel chizig‘idan gorizontal o‘tkaziladi kesishgan joylariga
    K1, Bl1 nuqtalar belgilab qo‘yiladi.
    7. BnBn2= OrK+QorK = 17,0+1,5=18,5 sm (orqa bo‘lak kengligi)
    8. Bn1Bn3=OlK+QolK = 18+1 = 19 sm (old bo‘lak kengligi).
    9. K2K3=YelA:3+Qyen. o‘m=27:3+2,5=11,5 sm (yeng o‘mizi
    kengligi).
    10. K2K4 = K2K3:2 = 11,5:2 = 5,7 sm (yon chiziq).
    11. K4 nuqtadan pastga bo‘ksa chizig‘i bilan kesishguncha vertikal
    chiziq o‘tkaziladi va kesishgan nuqta Bk2 bilan belgilanadi.
    12. K2 va K3 nuqtalardan yuqoriga bo‘yin chizig‘i bilan kesishguncha
    vertikal chiziqlar o‘tkaziladi va kesishgan nuqtalar mos
    ravishda Bn2 va Bn3 bilan belgilanadi.
    Orqa bo‘lak chizmasi (51-rasm)
    13. BnBn4=BnYaA:3+1 (hamma razmer uchun) =18:3+1=7 sm
    (bo‘yin o‘mizi kengligi).
    14. BnBn5 = BnBn4:3 = 7:3 = 2,3 sm (bo‘yin o‘mizi chuqurligi).
    15. Bn4, Bn5 nuqtalar ravon egri chiziq bilan tutashtiriladi.
    16. Yelka nuqtasi ikkita radiusning kesishishidan aniqlanadi: R1 = BlYe = OrbU+1 = 40+1+1,5(yelka yostiqchasi uchun) = 42,5 sm (yelka nuqtasining holatini aniqlash)
    R2 =Bn4Ye = YelK+vitochka kengligi = 13+(1,5-3) = 15 sm (yelka uzunligi).
    17. Bn4v = Bn4Ye:3 = 15:3 = 5 sm (vitochkaning boshlanish nuqtasi).
    18. v nuqtadan pastga bo‘ksa chizig‘i bilan kesishguncha vertikal chiziq o‘tkaziladi.
    19. vv1 = 8—10 sm (vitochka uzunligi).
    20. vv_ = 0,5 sm (yelka chizig‘ini to‘g‘riligini belgilash).
    21. vv2 = 1,5—3 (vitochka kengligi).
    22. v1v2 = v1v_ = 8,5—10,5 sm (vitochka tomonlari).
    23. Bn4v1 va v2Ye nuqtalar birlashtiriladi.
    24. K2b = K2Ye:3 (yordamchi nuqta).
    25. K2O = 0 2xK2K3+0,5 = 0,2x11,5 = 2,3 sm (bissektrissa).
    26. Ye, b, O, K4 nuqtalar ravon egri chiziq bilan tutashtiriladi.

    29-rasm. Ayollar bluzkasining chizmasi.

    Download 9.08 Mb.
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   71




    Download 9.08 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti

    Download 9.08 Mb.