|
O’zbekiston respublikasi va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti
|
bet | 56/71 | Sana | 24.02.2023 | Hajmi | 9.08 Mb. | | #43395 |
Bog'liq a41f4405bf5212879f03b4e20f31e1c0 KIYIMLARNI LOYIHALASH VA MODELLASHTIRISH Методичка 1й курсAyollar kiyimi XIX asr oxirlariga kelib u ko‘ylak, lozim, nimcha va ro‘moldan iborat bo‘lgan. Ko‘ylak qizil rangli guldor shoyi matodan tikilgan, to‘g‘ri bichimli, keng va uzun, etagi biroz kengaygan, yenglari to‘g‘ri va uzun. Ko‘ylakning oldi qirqimli, tik yoqali (bu yoqa „no‘g‘ay yoqa“ yoki „it yoqa“ deb ham atalgan), old qirqimining yuqorisida bog‘ich bilan bog‘lanadi. Ustidan nimcha (peshmat) kiyilgan. Nimchaning uzunligi tizzadan pastroqqacha tushib turadi, astarli, avrasi kimxob yoki parcha matodan, astari iр gazlamadan tikilgan. Ro‘mol iрak tolali, to‘rtburchak shaklida, chetlari popukli — „farang ro‘mol“, dioganaliga buklab o‘ralgan va ustidan „tillaqosh“ taqilgan. Тillaqosh — peshona bezagi bo‘lib, yupqa tilla hal yuritilgan kumush plastinkadan yasalib, pastki ziylari
qosh shaklida bo‘lgan, pastida xuddi bargakniki singari osilchoqlari bo‘lgan, tillaqosh chiroyli naqshlar hamda feruza va boshqa ko‘plab rang-barang qimmatbaho toshlar („ko‘zlar“) bilan bezatilgan.
Erkaklar kiyimi. Erkaklar milliy kiyimi tarkibiga ko‘ra ichki va ustki kiyimlarga bo‘linadi. Ichki kiyimlar ko‘ylak va ishtondan iborat edi. Erkaklar ko‘ylagi asosan bir tusdagi oq matodan tikilgan, to‘g‘ri bichimli, etagiga qarab biroz kengaygan, uzunligi tizzagacha bo‘lgan. Yoqasi ikki turda bichilgan: oldi yopiq, kesimsiz, yelkadan yelkagacha ko‘ndalang o‘mizli — „mullacha ko‘ylak“, ba’zan
ularning yoqa o‘miziga jiyak ham tikilgan. Ikkinchi tur ko‘ylaklar tik yoqali, oldi qirqimli ko‘ylaklar bo‘lib, qirqimiga ikki buklangan planka tikilgan. Erkaklarning ustki kiyimlari bir necha xil bo‘lgan: paxtali qavima to‘n yoki chopon, qaviqsiz yaxtak yoki avra to‘n, movutdan to‘qilgan chakmon, avrasiz po‘stin, pocha po‘stin va h.k.z. Odatda ko‘ylak ustidan oldi ochiq chopon kiyib yurilgan. Choponlar
sidirg‘a gazlamadan, yo‘l-yo‘l beqasamdan, guldor nimshoyi gazlamadan va adrasdan tikilgan. Erkaklar kiyim-kechaklari tarkibida belbog‘ alohida ahamiyatga ega bo‘lgan. Mahalliy gazlamalardan tikilgan belbog‘, kashtalar bilan bezatilgan chorsilar juda rasm bo‘lgan. Bosh kiyimlari — do‘ppilar kishilarning yoshiga va mavqeiga qarab turlicha bo‘lgan: cho‘qqi, yarim qubba va to‘rtburchak shakldagi
do‘ppilar alohida yoki salla bilan birga kiyilgan. Sallalar iр gazlama, iр aralash jun matolar, doka, ba’zan qimmatbaho matolardan tayyorlangan. Aholining har bir ijtimoiy tabaqasi sallani o‘ziga xos o‘rashi bilan ajralib turgan. Keksa yoshdagi
kishilar odatda oppoq, o‘rta yoshdagilar — kulrang, yoshlar esa rangdor salla o‘raganlar. Erkaklar poyafzali maxsi-kavush, „amirkon“ etiklardan iborat bo‘lgan.
|
| |