O’zbekiston respublikasi va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti




Download 9.08 Mb.
bet57/71
Sana24.02.2023
Hajmi9.08 Mb.
#43395
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   71
Bog'liq
a41f4405bf5212879f03b4e20f31e1c0 KIYIMLARNI LOYIHALASH VA MODELLASHTIRISH
Методичка 1й курс, Besh tashabbus, ish reja yangi matematika tug\'risi, Mexatronika fani haiqda umumiy ma’lumot. Mexatronikaning maqsad -fayllar.org, 2-Mavzu. Mexatronika va robototexnika asoslari haqida tushunchal, Mexatronika va mikrokontrollerlar haqida, Mexatronika va robotlarn-kompy.info, X. N. Nazarov robotlar va robototexnik tizimlar, Amaliy mashg’ulot №1 avtomatlashtirilgan zamonaviy mexatronika v, 1-Doiraviy elastik sterjenning buralma tebranishi masalasi, Parametric Random Excitation of a Damped Mathieu Oscillator, 5-son aniq-2021 (2)
2). Zamonaviy milliy liboslar.
XX asrning ikkinchi yarmiga kelib o‘zbek ayollari kostyumi zamonga, yangicha turmush tarziga, zamonaviy modaga muvofiq rivojlanishda davom etdi. Uzun yaxlit, koketkali ko‘ylak milliy mansublik simvoli bo‘lgani uchungina emas, balki, asosan xalq kostyumida iqlim xususiyatlariga, tevarak-atrofdagi tabiatga va turmush tarziga to‘g‘ri keladigan rasional shakllar, bichimlar bir necha asrlardan beri saralanib kelgani uchun saqlanib qoldi. Ayollar ko‘ylagidagi yorqin ranglar mutanosibligi o‘lkamiz tabiatiga monand tushgan bo‘lib, shaklning bemalol tushib turishi jazirama quruq iqlim sharoitiga mos keladi (bunda kiyim tagi qatlamidagi tabiiy ventilyasiyasi yaxshi bo‘ladi). Moda „shabadasi“ ayollarning an’anaviy ko‘ylagiga hech ayamay zamona o‘zgarishlarini kiritib boradi.
Koketkalarning uzunligi va shakli (oval, to‘g‘ri to‘rtburchak, burchak), ko‘ylakdagi uzunlik va shakl (to‘g‘ri to‘rtburchak, trapesiyasimon) va shakl hosil qilish prinsiрlari (burmalar, taxlamalar, plisse, gofre, qiya bichiq, klyosh, qiyiq bo‘laklar), yeng uzunligi, shakli va bichimi (o‘tqazma, reglan, yaxlit bichilgan) o‘zgarib bormoqda; yoqa turlarining (inglizcha klassik, sholsimon, tik, qaytarma, yaxlit bichilgan va hokazo) va yoqa o‘mizining („u“- simon, oval, kare, „qayiqcha“ va boshqalar nihoyatda ko‘p xilmaxilligi ko‘zga tashlanadi. Ishlatiladigan dekorativ bezak turlari ham turli-tuman: kashta, qo‘yma burma, kant va boshqalar. Qiziqarli yangiliklardan biri — taxlama burma sifatida ko‘ylak pastki
tomonining yuqori qirqimini ozroq-ozroq terib qo‘yilishi (40-rasm).

40-rasm. O’zbekcha ko’ylak modellari.
Ishlatiladigan materiallar turi, ulardagi rang boyligi va naqshlar yechimi butunlay moda yo‘nalishiga qarab hal qilinadi. Lekin an’anaviy xonatlas hamisha bir xilda mashhur bo‘lib keladi. Uning naqsh motivi ham zamon, voqelik, davr ta’sirida o‘zgarib turadi. Xonatlasdan tikilgan liboslarning ustida o‘tkazilgan tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, undagi rapportning kattaligi, rasmlarning
aniq-ravshanligi va qat'iyligi bu kiyimni ko‘p bo‘laklardan tikishga imkon bermaydi, uning shakli aniq, to‘g‘ri to‘rtburchakka yaqin bo‘lishi kerak.
Rang tuslarining turlari va naqsh-gul echimlari boy bo‘lgani sababli ko‘ylak kompozisiyasiga bezak tariqasida boshqa materiallar, kashta gullar, hatto lyureks (yaltiroq qoplamali ingichka iрlar) aralashtirish tavsiya etilmaydi. Xonatlas ko‘ylaklarni modellashga material rasmidan qiziqarli qilib foydalanish, detallarning shakli aniqligi, mutanosibligi va yoqalarning xilma-xilligi hisobiga erishiladi.

Download 9.08 Mb.
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   71




Download 9.08 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti

Download 9.08 Mb.