|
O’zbekiston respublikasi va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti
|
bet | 62/71 | Sana | 24.02.2023 | Hajmi | 9.08 Mb. | | #43395 |
Bog'liq a41f4405bf5212879f03b4e20f31e1c0 KIYIMLARNI LOYIHALASH VA MODELLASHTIRISH Методичка 1й курсOrqa bo‘lak chizmasi
1. Old bo‘lak chizmasini qog‘ozga tushirib chizib olinadi va unda bel, bo‘ksa, qadam, tizza, pocha chiziqlaridagi nuqtalar belgilab olinadi.
2. Q1Q5 = 1 sm (yordamchi nuqta).
3. Bl1b = Bl1Bl3:2 (chizmadan olinadi).
4. b, Q5 nuqtalar chizg‘ich bilan tutashtiriladi va yuqoriga davom ettiriladi.
5. bBl6=BkYaA:10-(1-1,5)=52:10-(1-1,5)=4,2 sm (bel nuqtasi).
6. Bl6Q5 chiziqning bo‘ksa chiziq bilan kesishgan nuqtasini Bk3 bilan belgilaymiz.
7. Bk3Bk4 = bBl6 = 4,2 sm (bo‘ksa nuqtasi).
8. Q5Q6 = 0,2x(BkYaA+QBk) = 0,2x(52+1) = 10,6 sm (qadam chizig‘ining kengayishi).
9. Q5Q7 = Q1Q3 = 2,6 sm (Bk3Q5Q6 burchak bissektrissasi).
10. Т2Т4 = Т3Т5 = 2—2,5 sm (tizza chizig‘ining kengayishi).
11. Т5 nuqtani Q6 nuqta bilan chizg‘ichda tutashtiriladi.
12. Q8Т5 = Т3Q2-(0,5-0,8) (old bo‘lak chizmasidan o‘lchab olinadi).
13. Bk4, Q7, Q8 nuqtalar ravon egri chiziq bilan tutashtiriladi.
14. Bk4Bk5=(BkYaA+ QBk)-QQ1=(52+1)—26,6= 26,5 sm (bo‘ksa chizig‘idagi kenglik).
15. Belning yon yuqori nuqtasi ikkita radiusning kesishishidan topiladi: R1=Bl 6Bl 7=(BkYaA+QBk):2+3 =(38+1):2+3 = 22,5 sm (bel chizig‘idagi kenglik) R2=Bk5Bl7=BkBl5 (chizmadan olinadi).
16. Bl7Bl6 nuqtalar chizg‘ich bilan tutashtiriladi.
17. Bl7v1=Bl7Bl6:2 (vitochka o‘rni, chizmadan o‘lchanadi).
18. v1 nuqtadan Bl7Bl6 chiziqqa perpendikulyar o‘tkaziladi.
19. v1v2=9—10 sm (vitochka uzunligi).
20. 3 sm vitochka miqdori v1v2 chiziqdan o‘ng va chap tomonga ikkiga bo‘lib qo‘yiladi.
21. Beldagi vitochka uzunliklari 0,5 smga yana uzaytiriladi.
22. P2P4 = P3P5 =2 sm (pocha chizig‘idagi kenglik).
23. P4, Т4 nuqta bilan, P5 Т5 nuqta bilan chizg‘ich yordamida
tutashtiriladi.
Shim chizmasi.
24. Yon chiziqning qolgan qismi old bo‘lakka parallel qilib, ravon egri chiziq bilan tutashtiriladi.
Mashg’ulot bo’yicha nazorat savollari:
1). Ayollar belli kiyimlarining qanday turlari mavjud?
2). To’g’ri bichimli yubka chizmasini tushuntiring.
3). Bo’lakli yubkalar qanday loyihalanadi.
4). Ayollar shimini loyihalashni tushuntiring.
5). Ayollar shimining old bo’lak chizmasini tushuntiring.
6). Ayollar shimining ort bo’lak chizmasini tushuntiring.
|
| |