O’zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining qarori 22. 08. 2009 y. N 245




Download 459.76 Kb.
bet2/8
Sana15.03.2017
Hajmi459.76 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8

II. ISTE’MOLCHILARNING ELEKTR QURILMALARINI

ULASH UCHUN TEXNIK SHARTLAR
18. Elektr energiyasi iste’molchilari, shu jumladan, xususiy uy-joylarda yashovchi iste’molchilar elektr qurilmalarining yangi va qo’shimcha quvvatlarini hududiy elektr tarmoqlari korxonalarining ishga tushirish vaqtida, elektr tarmoqlariga ulash uchun texnik shartlarni olishga majburdirlar.

Texnik shartlarsiz elektr qurilmalarining elektr ta’minotini loyihalashtirish, uskunalarni montaj qilish va ularni hududiy elektr tarmoqlari korxonalarining elektr tarmoqlariga ulash taqiqlanadi.

Ulanish uchun texnik shartlarning bajarilishi barcha iste’molchilar, loyihalash, qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash tashkilotlari uchun majburiy hisoblanadi.
19. Kuchlanishi 1000 Volt va undan yuqori bo’lgan transformatorlar yoki dvigatellarning yangi yoki qo’shimcha quvvatlarini ulash, hududiy elektr tarmoqlari korxonalarining tarmoq transformatorlariga ulanadigan past kuchlanishli qurilmalarning yangi quvvatini ulash yoki ularning ruxsat berilgan quvvatini oshirish uchun texnik shartlar iste’molchi-buyurtmachidan (quruvchidan) yoki uning topshirig’i bo’yicha bosh loyihalash tashkilotidan buyurtma olingandan so’ng bir oy muddatda hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan, belgilangan tartibda beriladi.

Tadbirkorlik subyektlarini elektr tarmoqlariga ulash uchun texnik shartlar tadbirkorlik subyektlarining buyurtmalari bo’yicha tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (bo’limi) tomonidan uch ish kunidan ko’p bo’lmagan muddatda beriladi.

Barcha iste’molchilar uchun texnik shartlar, shu jumladan, qo’shimcha shartlar to’lov undirmasdan beriladi.
20. Texnik shartlarni olish bo’yicha buyurtmanomada iste’molchi loyihalashtirilayotgan obyektni tavsiflovchi quyidagi ma’lumotlarni qisqacha shaklda ko’rsatadi: yuklama miqdori, iste’molchining elektr ta’minoti ishonchliligi bo’yicha toifasi, o’rnashgan joyi (aholi punkti bilan bog’liq kartografiya materiali), obyektni loyihalashtirish va qurish muddatlari, obyektga xizmat ko’rsatuvchi elektr qurilmalarining balans bo’yicha mansubliligi.

Quvvati 10 kVt.gacha bo’lgan elektr qurilmalariga ega bo’lgan xo’jalik yurituvchi subyektlar uchun texnik shartlar olish yuzasidan buyurtmanomalar tegishli elektr ta’minoti korxonalariga, 10 kVt va undan yuqori quvvatli bo’lganda esa - hududiy elektr tarmoqlari korxonalariga yuboriladi.


21. Elektr qurilmalarining, iste’mol qilinadigan quvvat oshirishiga sabab bo’lmaydigan, elektr ta’minoti ishonchliligi bo’yicha toifasi o’zgargan yoki iste’molchining tashqi elektr ta’minoti sxemasi o’zgargan taqdirda, iste’molchi buning uchun hududiy elektr tarmoqlari korxonasidan qo’shimcha texnik shartlar olishga majburdir.
22. Elektr qurilmalari iste’molchilarning elektr tarmoqlaridan quvvat oladigan subiste’molchilar texnik shartlarni, hududiy elektr tarmoqlari korxonasining ruxsati bilan, iste’molchilardan oladilar va loyiha hujjatlarini iste’molchi bilan kelishadilar.

Agar subiste’molchining yuklamasi ortishi sababli iste’molchining tashqi elektr ta’minoti sxemasini o’zgartirish yoki hududiy elektr tarmoqlari korxonasi bilan tuzilgan elektr ta’minoti shartnomasida qayd etilgan transformatorlar va yuqori voltli dvigatellar quvvatini ko’paytirish talab etilsa, iste’molchi yuklamani ko’paytirishga texnik shartlarni hududiy elektr tarmoqlari korxonasidan oladi.


23. Obyektni hududiy elektr tarmoqlariga ulashning texnik shartlarida quyidagilar ko’rsatiladi:

ulanish nuqtasi (podstansiya, elektr stansiyasi yoki elektr energiyasi uzatish liniyasi), obyektni ta’minlovchi havo va kabel liniyalari bajarilishi kerak bo’lgan kuchlanish, alohida holatlarda tashqi elektr energiyasi ta’minoti sxemasi variantlarini ishlab chiqish zaruriyati ko’rsatiladi;

yangi iste’molchi ulanishi tufayli mavjud tarmoqni kuchaytirish bo’yicha asoslangan talablar (simlar kesimlarini oshirish, transformatorlar quvvatini almashtirish yoki ko’paytirish, zaxira yacheykalari barpo etish va shu kabilar);

qisqa tutashish toklarining hisoblangan miqdori, releli himoya, avtomatika, aloqa, izolatsiya va o’ta kuchlanishdan himoyaga qo’yiladigan talablar;

reaktiv quvvat o’rnini to’ldirishga qo’yiladigan talablar;

elektr energiyasini hisobga olishga qo’yiladigan talablar;

davlat standartlariga muvofiq tok qabul qilgichlar yonida barqarorlashtiruvchi qurilmalar va elektr energiyasi sifatini nazorat qiluvchi priborlarning o’rnatilishiga qo’yiladigan talablar;

iste’molchi yuklamasining sutkalik jadvalini tartibga solish bo’yicha talablar;

elektr qurilmalarining namunaviy loyihalarini qo’llash bo’yicha tavsiyalar;

hududiy elektr tarmoqlarining ta’minlovchi liniyalariga ulanadigan iste’molchilar elektr qurilmalariga qo’yiladigan o’ziga xos talablar (zaxira energiya manbaining, kuchlanish beriladigan joylarni avtomatik himoya qilishning zarurligi, ta’minlovchi liniyalarning parallel ishlashiga yo’l qo’yilishi, yagona elektr energetika tizimida quvvat tanqisligi paydo bo’lganda bunday tok qabul qilgichlarning elektr ta’minotini saqlash maqsadida ayrim zaxiralanuvchi ta’minlovchi liniyalarga mas’ul yuklamalarni ajratish va shu kabilar);

korxona, bino, inshootlar loyihasida (ishchi loyihasida) elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishni tashkil etish bo’yicha loyiha yechimlarini ishlab chiqish to’g’risidagi talablar;

iste’molchi tarmog’iga ulanadigan subiste’molchilar ro’yxati (ularning yuklamalari va elektr energiyasi iste’moli to’g’risidagi asosiy istiqbol ma’lumotlarini ko’rsatgan holda);



texnik shartlarning, ishlarni loyihalash va bajarishning amaldagi me’yorlarini hisobga olgan holda belgilangan amal qilish muddati.
24. Korxonalar, binolar, inshootlar, ularning navbatlari yoki alohida ishlab chiqarishlarning texnik shartlarga muvofiq ishlab chiqilgan elektr ta’minoti loyihalari (ishchi loyihalari) hududiy elektr tarmoqlari korxonasi va "O’zdavenergonazorat" DI bilan kelishilishi kerak, iste’molchilarni 10 kVt.gacha quvvatli elektr ta’minoti loyihalari bundan mustasno.
25. Iste’molchilarning yuklamalarini ulash bilan bog’liq yangi elektr qurilmalarini va elektr tarmog’i xo’jaligining obyektlarini loyihalash va qurish, ishlab turganlarini kengaytirish va rekonstruksiya qilish iste’molchilarning mablag’lari hisobiga amalga oshiriladi.
26. Iste’molchi, unda texnik imkoniyat mavjud bo’lsa, hududiy elektr tarmoqlari korxonasining talabi bo’yicha o’z elektr tarmoqlariga boshqa elektr energiyasi iste’molchilarining elektr qurilmalarini ulashi shart.

III. ELEKTR QURILMALARINI EKSPLUATATSIYA

QILISHGA IJOZAT OLISH VA KUCHLANISHNI

ISTE’MOLCHILARGA UZATISH TARTIBI
27. Iste’molchilarning (oldindan foydalanilayotgan uy-joylarda ulanayotganlaridan tashqari) barcha yangidan ulanayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan elektr qurilmalari Elektr qurilmalarining tuzilishi qoidalariga, shahar qurilishi me’yorlari va qoidalariga, berilgan texnik shartlarga muvofiq bajarilishi va belgilangan tartibda kelishilgan loyiha hujjatlari hamda texnik qabul qilish-topshirish hujjatlari bilan ta’minlangan bo’lishi lozim.
28. "O’zdavenergonazorat" DI o’z nazoratidagi obyektlarda ishlab chiqarish xavfsizligini ta’minlash bo’yicha xorijiy texnologiyalarni qo’llash imkoniyati to’g’risida belgilangan tartibda ekspert xulosasi beradi.
29. Yangidan montaj va rekonstruksiya qilingan elektr qurilmalarini mazkur Qoidalarga muvofiq, ularni montaj qilish tugatilishi, ishga tushirish-sozlash ishlari bajarilishidan so’ng, iste’molchida elektr xo’jaligi uchun mas’ul shaxs va tegishli elektrotexnik xodimlar mavjud bo’lganda, elektr qurilmalari Iste’molchilarning elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish Qoidalari va Iste’molchilarning elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi Qoidalariga muvofiq xavfsizlik texnikasi va yong’in o’chirish bo’yicha himoya vositalari bilan butlanganda hamda belgilangan tartibda qiyoslashdan o’tkazilgan hisobga olish priborlari o’rnatilganda, shuningdek elektr ta’minoti shartnomasi tuzilganda ekspluatatsiya qilishga topshirish mumkin bo’ladi.
30. Elektr qurilmalarini ekspluatatsiyaga topshirishdan oldin iste’molchi montaj tashkilotidan ularni dalolatnoma bo’yicha qabul qilishi va ularning majburiy sertifikatlari mavjud bo’lganda "O’zdavenergonazorat" DIga loyiha, ekspluatatsiya, texnik qabul qilish-topshirish hujjatlarini hamda ishga tushirish mumkinligini aniqlash uchun elektr qurilmasini ko’rikdan o’tkazishga taqdim etishi kerak.

Iste’molchilarning rekonstruksiya qilinayotgan elektr qurilmalari ham ekspluatatsiyaga topshirishdan oldin ko’rikdan o’tkazish uchun "O’zdavenergonazorat" DI inspektoriga ko’rsatilishi kerak.

Elektr qurilmalari ekspluatatsiyasiga ijozat berish tartibi subiste’molchilarning yangidan montaj va rekonstruksiya qilingan elektr qurilmalariga tatbiq etiladi.

Iste’molchilarning elektr qurilmalarini montaj qilishda kamchiliklar, ulash uchun berilgan texnik shartlardan chekinishlar aniqlanganda, shuningdek texnik hujjatlar va elektr qurilmalariga xizmat ko’rsatish uchun tayyorgarlik ko’rgan xodimlar mavjud bo’lmagan taqdirda, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar ularga ijozat berish taqiqlanadi.


31. Yangi yoki rekonstruksiya qilingan elektr qurilmalariga kuchlanish berish, hisobga olish priborlari qiyoslashdan o’tkazilishi va o’rnatilishidan keyin ularni ekspluatatsiya qilishga ijozat berish to’g’risida "O’zdavenergonazorat" DIning dalolatnomasi mavjud bo’lgan taqdirda, shuningdek elektr ta’minoti shartnomasi tuzilganidan keyin amalga oshiriladi.

Bunda, iste’molchilarning quvvati 10 kVtgacha bo’lgan, tadbirkorlik faoliyati subyektlari, shu jumladan kichik biznes subyektlari uchun esa quvvati 50 kVt va undan past bo’lgan elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga ulash qonun hujjatlariga muvofiq soddalashtirilgan tartibda amalga oshiriladi. (O’zR VM 05.04.2011 y. 103-son Qarori tahriridagi xatboshi) (Oldingi tahririga qarang)


32. "O’zdavenergonazorat" DI elektr qurilmani texnik ko’rikdan o’tkazish va ekspluatatsiya qilishga ijozat berish yuzasidan javob beradi.

Iste’molchining ekspluatatsiya qilinayotgan elektr qurilmalarini texnik ko’rikdan o’tkazish davriyligi o’rnatilgan tartibda "O’zdavenergonazorat" DI tomonidan belgilanadi.


33. Ishlari mavsumiy xususiyatga ega bo’lgan iste’molchilar har yili, elektr qurilmalarini ishga tushirishdan oldin ularning ko’rikdan o’tkazilishi va ekspluatatsiya qilishga ijozat berilishi uchun "O’zdavenergonazorat" DI yoki uning hududiy bo’limiga yozma ravishda murojaat qilishlari kerak.

IV. ELEKTR QURILMALARI VA ELEKTR TARMOQLARINING

TEXNIK HOLATI YUZASIDAN TOMONLARNING

JAVOBGARLIGI
34. Elektr uskunalarining holati, foydalanilishi va ularga xizmat ko’rsatilishi yuzasidan iste’molchilar bilan hududiy elektr tarmoqlari korxonasi o’rtasidagi javobgarlik chegarasi elektr uskunalarining balans bo’yicha mansubligi bilan belgilanadi va bu elektr ta’minoti shartnomasiga ilova qilinadigan elektr tarmoqlarining balans bo’yicha mansubligini va tomonlarning ekspluatatsiya qilish bo’yicha javobgarligini chegaralash dalolatnomasida qayd etiladi.

Elektr tarmoqlari va uskunalariga xizmat ko’rsatish chegaralarini va ularning holati uchun javobgarlikni belgilash yuzasidan dalolatnoma hududiy elektr tarmoqlari korxonasining va iste’molchining vakillari tomonidan imzolanadi.

1000 Volt va undan yuqori kuchlanishli elektr qurilmalarining holati va ularga xizmat ko’rsatish yuzasidan javobgarlik chegaralari:

yopiq taqsimlash qurilmalarining tashqi tomonidan elektr uzatish havo liniyasining o’tish izolatori ulanmasida va simning ochiq taqsimlash qurilmalari izolatorlari portal tortiladigan shodasining taranglovchi qisqichidan chiqishda;

elektr uzatishning ta’minlovchi yoki chiquvchi liniyalarining kabelli yoki havodagi kirish simlari ulanish uchliklarida belgilanadi. Bunda oldingi jumlada keltirilgan ulanmalarning holati uchun podstansiyani ekspluatatsiya qiluvchi korxona javob beradi.

Turli tashkilotlarga tegishli, (yopiq yoki ajratgichlar orqali) tarmoqlangan simlarga ega bo’lgan 1000 Volt va undan yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyalarining holati va ularga xizmat ko’rsatish yuzasidan javobgarlik chegarasi asosiy liniyaning tarmoqlanish qilingan tayanchida belgilanadi. Asosiy elektr uzatish liniyasi tasarrufida bo’lgan korxona tarmoqlangan simlarni ulovchi qisqichlarning holati uchun javob beradi.

1000 Voltgacha kuchlanishli elektr qurilmalarining holati va ularga xizmat ko’rsatish uchun iste’molchi va hududiy elektr tarmoqlari korxonasi o’rtasidagi javobgarlik chegarasi:

havodagi tarmoqlanishda - bino yoki quvur tayanchida o’rnatilgan birinchi izolatorlarda;

kabel bilan kiritishda - binoga kirish joyida ta’minlovchi kabelning ulanish uchliklarida belgilanadi.

Bunda xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlariga, muassasalarga va boshqa noishlab chiqarish iste’molchilariga tegishli uylardagi elektr tarmog’ining balans bo’yicha mansublik chegarasidagi ulanmalarning holati uchun hududiy elektr tarmoqlari korxonasi javob beradi.

Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilish xususiyatlariga ko’ra javobgarlikning boshqa asoslangan chegaralari ham belgilanishi mumkin.
35. Iste’molchi elektr qurilmalarning texnik holati va Iste’molchilarning elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya etilishi, elektr energiyasining oqilona sarflanishi, elektr energiyasi iste’molining belgilangan rejimlari bajarilishi, elektr energiyasi sifatining ta’minlanishi, shuningdek "O’zdavenergonazorat" DI ko’rsatmalarining o’z vaqtida bajarilishi uchun javob beradi.
36. Iste’molchi yuridik shaxs sifatida tugatilgan taqdirda uning elektr qurilmasiga hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan elektr energiyasi yetkazib berish taqiqlanadi.

Agar elektr energiyasi yetkazib berish to’xtatilmagan bo’lsa, u holda buning oqibati uchun hududiy elektr tarmoqlari korxonasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.


37. Elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalarida va Iste’molchilarning elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarida hisobga olinmagan ishlab chiqarishning va elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishning o’ziga xos (yer osti, portlash xavfi bo’lgan ishlab chiqarishlar, elektr tortish kuchi va boshqa) shartlari mavjud bo’lganda, iste’molchilar ushbu elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilish va ularga xizmat ko’rsatish bo’yicha maxsus yo’riqnomalarga ega bo’lishlari shart.
38. Iste’molchi elektr tarmoqlarining texnik holatini ta’minlash bo’yicha ekspluatatsion xarajatlar uchun subiste’molchilar, iste’molchi bilan subiste’molchi o’rtasida tuzilgan alohida shartnoma bo’yicha elektr energiyasining umumiy hajmidan olinadigan ulushga mutanosib ravishda haq to’laydilar.

Ekspluatatsion xarajatlarni subiste’molchiga beriladigan elektr energiyasi tarifiga qo’shishga ruxsat etilmaydi.



V. ELEKTR ENERGIYASINI HISOBGA OLISH

PRIBORLARINI O’RNATISH VA ULARNI

EKSPLUATATSIYA QILISH
39. Elektr energiyasi uchun hududiy elektr tarmoqlari korxonasi bilan hisob-kitob qilish uchun iste’molchilar majburiy tartibda Elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi bilan birga ishlay oladigan elektron hisobga olish priborlari bilan, 750 kVA va undan yuqori quvvatga ulangan iste’molchilar esa - Elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi bilan birga ishlay oladigan ko’p funksiyali elektron hisobga olish priborlari bilan ta’minlangan bo’lishlari kerak.
40. Elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimlari ko’rsatkichlarning buzilishidan, inson omilining ta’sirini mumkin qadar kamaytirgan holda axborotlardan ruxsatsiz foydalanilishidan kompleks himoya bilan ta’minlangan bo’lishi lozim.
41. Elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi bilan birga ishlay oladigan elektron hisobga olish priborlari bo’lmaganda hududiy elektr tarmoqlari korxonalarining elektr tarmoqlariga hamda iste’molchilar va subiste’molchilarning elektr tarmoqlariga ulanish taqiqlanadi.
42. Turli tarif guruhlaridagi bir nechta iste’molchilar elektr ta’minotining bitta manbaidan ta’minlanganda tegishli hisobga olish priborlari har bir tarif guruhi uchun alohida o’rnatilishi lozim.
43. Hisobga olish priborlari (shu jumladan, aktiv va reaktiv quvvat va energiyani o’lchash vositalari, shuningdek jamlovchi qurilmalar hamda Iste’molni hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan hisobga olish tizimlari) mazkur Qoidalarga muvofiq o’rnatiladi va Elektr uskunalarining tuzilishi qoidalari talablariga javob berishi kerak.

Hisobga olish priborlari, o’lchov transformatorlari, ikkilamchi zanjirlar, shu jumladan, aloqa liniyalari, Iste’molni hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimlarining saqlanishi va ularning texnik holati uchun hisobga olish priborlari va tizimlari o’z balansida bo’lgan korxona javob beradi.

Elektr energiyasini texnik hisobga olish (elektr energiyasi sarfining belgilangan me’yorlari bajarilishini nazorat qilish) uchun hisobga olish priborlari alohida sexlarda, ko’p energiya sarflaydigan agregatlarda, texnologiya liniyalarida, binolarda, alohida obyektlarda o’rnatiladi.
44. Ko’p xonadonli uy-joylarda elektr energiyasi uchun hisob-kitob qilish maqsadida hisobga olish priborlari har bir xonadon uchun maxsus ajratilgan joylarda o’rnatiladi.

Har bir xonadonga o’rnatishdan tashqari, uy-joylarda uyning umumiy ehtiyojlari (zinapoyalarni yoritish, liftlar, nasoslarning ishlashi va hokazolar) uchun sarflanadigan elektr energiyasi bo’yicha hisob-kitob qilish uchun hisobga olish priborlari o’rnatiladi.


45. Hisobga olish priborlari, shuningdek hududiy elektr tarmoqlari korxonasi bilan iste’molchilarning hisob-kitob qilishiga mo’ljallangan elektr energiyasi va quvvatini hisobga olishning boshqa vositalari hududiy elektr tarmoqlari korxonasining mablag’lari hisobiga sotib olinadi, davlat qiyoslashidan o’tkaziladi, ro’yxatdan o’tkaziladi, plombalanadi va o’rnatiladi. (O’zR VM 01.11.2013 y. 295-son Qarori tahriridagi band) (Oldingi tahririga qarang)
46. Hisobga olish (tok va kuchlanishni o’lchash transformatorlarining ishdan chiqishi, shuningdek ikkilamchi kommutatsiya, hisobga olish priborlarining shikastlanishi va ularning yo’qolishi) iste’molchining aybi bilan buzilgan taqdirda hisobga olishni nazorat qilish priborlarini va ularga tegishli asbob-uskunalarni almashtirish, ta’mirlash, davlat qiyoslashidan o’tkazish va o’rnatish ular qiymati va ko’rsatilgan xizmatlar uchun iste’molchi tomonidan haq to’langan holda, hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan amalga oshiriladi. (O’zR VM 01.11.2013 y. 295-son Qarori tahriridagi band) (Oldingi tahririga qarang)
47. Hisobga olishni nazorat qilish priborlarining, shu jumladan ularga o’rnatilgan plombalarning saqlanishi va butunligi uchun javobgarlik ko’rsatib o’tilgan hisobga olish priborlari binosida o’rnatilgan tashkilotga yuklanadi.

Elektr energiyasi iste’molini nazorat qilish va hisobga olish avtomatlashtirilgan tizimining o’lchov transformatorlari, ikkilamchi xalqalari va aloqa liniyalarining saqlanishi va texnik holati uchun elektr qurilmasi balansida bo’lgan tashkilot javob beradi.

Shartnoma bo’yicha elektr energiyasidan maishiy iste’mol uchun foydalanuvchi iste’molchi sifatida jismoniy shaxs ish ko’rgan taqdirda, elektr tarmoqlarining, shuningdek elektr energiyasi iste’molini hisobga olish priborlarining zarur texnik holatini va xavfsizligini ta’minlash majburiyati hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga yuklanadi, ushbu Qoidalarda belgilangan holatlar bundan mustasno.

(O’zR VM 01.11.2013 y. 295-son Qarori tahriridagi band) (Oldingi tahririga qarang)


48. Hisobga olish priborlarida:

kojuxlar mahkamlangan joyida, to’lov hisoblagichlari bilan birgalikda foydalaniladigan o’lchov transformatorlarida esa - alohida ajratilgan joylarda "O’zstandart" agentligining yoki uning hududiy bo’linmasining belgilangan namunadagi plombasi bo’lishi kerak;

hisobga olish priborining klemmnik qopqoqlarida, shuningdek sinov bloklarida, o’tuvchi klemmniklar qopqoqlarida, kuchlanishning ajratuvchi o’lchov transformatorlari simlarida - hududiy elektr tarmoqlari korxonasining (yoki uning vakolatli xizmatlarining) belgilangan namunadagi plombasi bo’lishi kerak.

Hisobga olishni nazorat qilish priborlari va o’lchov transformatorlarini birlamchi qiyoslashdan o’tkazish ular o’rnatilgunga qadar hududiy elektr tarmoqlari korxonasi mablag’lari hisobiga "O’zstandart" agentligi tomonidan amalga oshiriladi. (O’zR VM 01.11.2013 y. 295-son Qaroriga muvofiq kiritilgan xatboshi)


O’zR VM 01.11.2013 y. 295-son Qaroriga muvofiq to’rtinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin
Hisobga olish priborlarini va o’lchash transformatorlarini vaqti-vaqti bilan qiyoslashdan o’tkazish ko’rsatilgan xizmatlar qiymati iste’molchi tomonidan to’langan holda "O’zstandart" agentligi tomonidan belgilangan muddatlarda hududiy elektr tarmoqlari korxonasi hisobiga amalga oshiriladi. (O’zR VM 01.11.2013 y. 295-son Qarori tahriridagi xatboshi) (Oldingi tahririga qarang)
49. Hududiy elektr tarmoqlari korxonasining vakili o’zida tegishli amal qilish muddati ko’rsatilgan, o’z nomi yozilgan guvohnomasi bo’lgan taqdirda, sutkaning istalgan vaqtida, priborning ko’rsatkichlarini yozib olish va ko’rikdan o’tkazish uchun iste’molchilarning (maishiy iste’molchilardan tashqari) elektr energiyasini hisobga olish priborlari va sxemalarini to’sqinliksiz borib ko’rish huquqiga ega. (O’zR VM 01.11.2013 y. 295-son Qarori tahriridagi xatboshi) (Oldingi tahririga qarang)

Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi vakilining elektr energiyasini hisobga olish priborlariga qo’yilmasligi belgilangan namunadagi dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi, u hududiy elektr tarmoqlari korxonasining vakillari, iste’molchi yoki o’zga jalb etilgan shaxslar tomonidan imzolanadi. O’zga jalb etilgan shaxslar bo’lmaganda va iste’molchi imzolashni rad etganda dalolatnomaga iste’molchi tanishganligi to’g’risida belgi qo’yiladi va elektr tarmoqlaridan uzib qo’yiladi. (O’zR VM 01.11.2013 y. 295-son Qaroriga muvofiq kiritilgan xatboshi)


50. Hisobga olishni nazorat qilish priborlarini va hisobga olishni nazorat qilish priborlari bilan birgalikda foydalaniladigan o’lchov transformatorlarini boshqa joyga o’rnatish va almashtirish, xizmatlarga iste’molchilar tomonidan haq to’langan holda, hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan amalga oshiriladi.

Hisobga olishni nazorat qilish priborlarini o’lchov transformatorlarini o’zboshimchalik bilan boshqa joyga o’rnatish va (yoki) almashtirish holatlari aniqlangan taqdirda hududiy elektr tarmoqlari korxonasi iste’molchini elektr tarmog’idan uzib qo’yadi va ushbu Qoidalarning 63 yoki 120-bandlariga muvofiq qayta hisob-kitob qiladi.

(O’zR VM 01.11.2013 y. 295-son Qarori tahriridagi band) (Oldingi tahririga qarang)
51. Elektr energiyasini hisobga olish sxemasini o’zgartirish yoki uning buzilishi bilan bog’liq bo’lgan har qanday ishlar faqat iste’molchining vakili ishtirokida yoki ishlar boshlangunga qadar bajariladigan ishlar to’g’risida uning yozma bildirishnomasidan so’ng hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan amalga oshiriladi. Ishlarni bajarish davrida elektr energiyasi hisobi hududiy elektr tarmoqlari korxonasi bilan kelishilgan vaqtinchalik sxemalar yoki hisob-kitoblar bo’yicha amalga oshirilishi mumkin. (O’zR VM 01.11.2013 y. 295-son Qarori tahriridagi band) (Oldingi tahririga qarang)

VI. ELEKTR ENERGIYASI UCHUN HISOB-KITOB

QILISH TARTIBI
1-§. Elektr energiyasi uchun hisob-kitob qilishning umumiy qoidalari

2-§. Elektr energiyasi uchun ikki stavkali tarif

iste’molchilari bilan hisob-kitoblar qilish

3-§. Elektr energiyasi uchun bir stavkali tarif

iste’molchilari bilan hisob-kitoblar qilish

4-§. Elektr energiyasi uchun xususiy uy-joy mulkdorlari

shirkatlari, turar joylar va aholi punktlarining

kommunal-ekspluatatsiya tashkilotlari hamda turar

joy va noturar joy fondi binolarining

egalari bilan hisob-kitoblar

5-§. Elektr energiyasi uchun maishiy iste’molchilar

(aholi) bilan hisob-kitob qilish


1   2   3   4   5   6   7   8


Download 459.76 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa


O’zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining qarori 22. 08. 2009 y. N 245

Download 459.76 Kb.