Rastr tasvirlarni saqlash uchun fayllar formati




Download 15 Mb.
bet12/75
Sana14.05.2024
Hajmi15 Mb.
#232154
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   75
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi xalq ta’lim vazirligi farg’ona viloyat

Rastr tasvirlarni saqlash uchun fayllar formati.
Hozirgi paytda rastr tasvirlari uchun ko’plab fayllar formatlari ma’lum.
BMP faylning sarlavhasi BITMAPFILEHEADER deb ataladi. Undan faylning umumiy tasnifi (holatining bayoni) joylashtiriladi. Sarlavha quyidagi maydonlarga ega:
WORD bf Type – “BM” simvollarini saqlaydi. Bu format kodidir.
DWORD bf Size – faylning baytlardagi umumiy o’lchami.
WORD bfReserved1 – rezervlangan, hozircha 0 ga teng.
WORD bfReserved2 – rezervlangan, hozircha 0 ga teng.
DWORD bfOffBits – ushbu fayldagi bitlar massivining adresi.
Shundan keyin faylda yana bir sarlavha – BITMAPINFOHEADER keladi.
Unda rastrning o’lchamlarini va piksellarning rang formatlarini tasnifi saqlanadi. Ushbu sarlavha quyidagi maydonlarga ega:
DWORD biSize – sarlavha o’lchami, 40 ga teng.
LONG biWidth- piksellardagi rastr kengligi.
LONG bi Height – piksellardagi rastr balandligi.
WORD biPlanes – 1 ga teng bo’lishi kerak.
WORD biBitCount – bir pikselga to’g’ri keluvchi bit, 1,4,8,16,24 yoki 32 bo’lishi mumkin.
DWORD biCompression – nolga teng.
DWORD biSizeImege – rastr bit massivining baytlardagi o’lchami.
LONG biXPelsPerMeter – x bo’yicha 1 lietrdagi piksellar sonida ifodalanuvchi razreshenie.
LONG biYPelsPerMeter –U bo’yicha
DWORD biClrUsed – agar 0 ga teng bo’lsa, ranglarning maksimal miqdori foydalaniladi.
DWORD biClrImportant – agar biClrUsed=0 bo’lsa, 0 ga teng shundan keyin faylda RGBQUAD ko’rinishida yozuv ko’rinishidagi palitra joylashadi. Har bir yozuv o’zida to’rt qatorni saqlaydi.
BYTE rgbBlue – B rang tashkil etuvchisi, 0 dan 255 gacha.
BYTE rgbGreen -G tashkil etuvchisi.
BYTE rgbRed – R tashkil etuvchisi
BYTE rgbResevred – foydalanilmaydi, 0 ga teng.
RGB QAUD yozuvlarining soni foydalanilgan ranglar soniga teng bo’ladi. Bir pikselga 24 bit to’g’ri kelsa, palitra bo’lmaydi. SHuningdek bir pikselga 16 va 32 bit to’g’ri keladigan ba’zi rang formatlari uchun ham palitra kerak emas.
Qator tiplari uchun bu yerda shunday belgilashlar qabul qilinadi.
BYTE – belgisiz bir baytli butun son.
WORD – belgisiz ikki batli butun son.
DWORD – belgisiz to’rt baytli butun son.
LONG – belgiga ega bo’lgan to’rt baytli butun son.
Palitradan keyin (agar u bor bo’lsa) BMP faylida bit (aniqrog’i, bayt massivi) ko’rinishidagi rastr yoziladi. Bit massivida ketma-ket rastr qatorining baytlari yoziladi. Qatordagi baytlar soni to’rtga karrali bo’lishi lozim, shuning uchun agar gorizantal bo’yicha piksellar soni bu shartga to’g’ri kelmasa, unda o’ng tomondan har bir qatorga ba’zi bitlar soni qo’shimcha yozilib qo’yiladi (qator ikkilangan so’z chegarasiga tekislanadi).
BMP fayllarida tasvirni siqish mavjud emas, ammo rastr tasvirining ifodalashning bunday formati (Device Independent Bitmap) RLE (Run Length Encoding) oddiy siqish algoritmi qo’llaniladigan D|Btipidagi fayllar uchun ham foydalaniladi. RLE algoritmi shuningdek boshqa omillashgan rastrli grafik formatalarida, masalan, RSX da ham qo’llaniladi.
Boshqa grafik formatlar bayonini adabiyot manbalaridan, masalan, Internet tarmog’idan topish mumkin.

Download 15 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   75




Download 15 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Rastr tasvirlarni saqlash uchun fayllar formati

Download 15 Mb.