O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi qashqadaryo viloyati xalq ta’limi boshqarmasi kitob tuman xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash




Download 60.01 Kb.
Sana24.03.2017
Hajmi60.01 Kb.



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI

QASHQADARYO VILOYATI XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI

KITOB TUMAN XALQ TA’LIMI MUASSASALARI

FAOLIYATINI METODIK TA’MINLASH VA TASHKIL

ETISH BO‘LIMI

Kitob tumani 17-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining geografiya fani o‘qituvchisi Toshev Oybek Maxmadoliyevichning 2015-2016 o‘quv yilida “Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi” ko‘rik – tanlovida

Jizzax viloyati” mavzusida tayyorlagan bir soatlik







Manzil:

Qashqadaryo viloyati Kitob tumani 17-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi

O‘qituvchi:

Toshev Oybek Maxmadoliyevich

Lavozimi:

II toifali geografiya fani o‘qituvchisi

Fan nomi:

Geografiya

Sinf:

8-sinf

Dars nomi:

Jizzax viloyati

O‘quvchi soni:

22 ta



Mavzu: Jizzax viloyati.
Jizzax viloyati - OʻzR tarkibidagi viloyat. Respublikaning markaziy qismida. 1973 y. 28 dek.da tashkil etilgan. Shim.-sharqda Qozogʻiston Respublikasi va Sirdaryo viloyati, jan.gʻarbda Samarqand, Navoiy viloyatlari, jan.


Darsning maqsadi:

ta’limiy: o‘quvchilarga Jizzax viloyatining geografik o‘rni, tabiiy boyliklari, aholisi, xo‘jaligi, sanoatining asosiy tarmoqlari, qishloq xo‘jaligi va shaharlari haqida umumiy ma’lumot berish.
Aholi - Yer yuzida yoki uning muayyan hududi, qitʼa, mamlakat, tuman, shaharida istiqomat qiluvchi odam (inson) lar majmui. Aholini tadqiq etish bilan maxsus fan - Demografiya shugʻullanadi.aholi oʻrtasida sodir boʻlayotgan jarayonlar biologik, geografik, ijtimoiy-iqtisodiy omillar taʼsirining natijasidir.


tarbiyaviy: o‘quvchilarda mustaqil fikr yurutishni, olgan bilimlarini hayot bilan bog‘lay olish, ilmiy dunyoqarashlarni shakillantirish, estetik did, axloqiy sifatlarni tarkib topdirish. Tabiatga mehr va muhabbat uyg‘otish, asosiy ekologik tushunchalarni kengaytirish.

rivojlantiruvchi: o‘quvchilarni Jizzax viloyati yuzasidan olgan bilimlarini mustahkamlash va fanga bo‘lgan qiziqisjlarini yanada oshirish. Mustaqil ishlashga, izlanish orqali bilim olish, xotirani mustahkamlash, tez fikrlashga o‘rgatish, nutqini o‘stirish.

Dars tipi: yangi mavzu bo‘yicha ma’lumotlar berish.

Dars o‘tish uslubi: noan’anaviy.

Dars o‘tish metodi: musobaqa, “BINGO” o‘yini, amaliy ish, aralash.

Dars jihozi: O‘zbekiston tabiiy xaritasi, mavzuga oid ko‘rgazmali rasmlar, 8-sinf o‘quv atlasi, yozuvsiz xaritasi.

Texnik vositalar: kompyuter, multimedia, slaydlar va elektron testlar.
Kompyuter (ing . computer - hisoblayman), EHM (Elektron Hisoblash Mashinasi) - oldindan berilgan dastur (programma) boʻyicha ishlaydigan avtomatik qurilma. Elektron hisoblash mashinasi (EHM) bilan bir xildagi atama.


Baholash: Rag‘batlantirish, 5-4-3 ballik tizim asosida baholash.

Darsning xronologik jadvali:

T/r

Darsning qismlari

Daqiqa

1

Tashkiliy qism

3

2

Asosiy qism

2

3

O‘tilgan mavzuni so‘rash va mustahkamlash

5

4

Yangi mavzu bayoni

20

5

Yangi mavzuni mustahkamlash

10

6

O‘quvchilar bilimini baholash va rag‘barlantirish

3

7

Uyga vazifa

2

Darsning borishi:

I.
Xronologiya (xrono... va ...logiyadan) - 1) tarixiy voqealarning davriy tadrijiyligi; 2) vaqt oʻlchovi haqidagi fan. Astronomik X. fazodagi hodisalarning qaytarilib turish qonuniyatlarini oʻrganadi va aniq astronomik vaqtni belgilaydi.
Tashkiliy qism.

a) Salomlashish. Davomatni aniqlash.



II. Asosiy qism. Kichik guruhlarga bo‘lish va guruhlarda ishlash tartib-qoidasi bilan tanishtirish.

1- guruh. “Jizzax”

2- guruh. “Zomin”

3- guruh. “Mirzach‘ol”

III. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash. O‘tilgan mavzu yuzasidan 10 ta elektron test 10 ballik reyting asosida olinadi. Har bir guruhlar jamoasi bilan bajaradilar.

1. Sirdaryo viloytida mamlakat aholisining necha foizi istiqomat qiladi?

A) 1,5 %i B) 2,5 %i C) 3,5 %i D) 5 %i

2. Sirdaryo viloyatining ma’muriy markazini aniqlang?

Sirdaryo viloyati - OʻzR tarkibidagi viloyat. 1963 y. 16 fev.da tashkil etilgan. Shim.dan Qozogʻiston Respublikasi, sharkdan Toshkent viloyati, jan.dan Tojikiston Respublikasi va gʻarbdan Jizzax viloyati bilan chegaradosh.

A) Guliston B)Yangiyer C) Boyovut D)Sirdaryo

3. Guliston va Xovos tumanlarida qanday ekinlar yetishtiriladi?

A) Paxta B) Donli ekinlar C) Sabzovot va poliz D) Bog‘dorchilik

4. Sirdaryo viloyatining qaysi shahrida qurulish materiallari va konstruksiyalari kombinati va viloyat paxta tozalash zavodlari yirik sanoat korxonalari joylashgan?

A) Guliston B) Yangiyer C) Boyovut D) Sirdaryo

5. Sirdaryo viloyatining ekin maydonlarining salkam 48 %i ga qanday ekin ekiladi?

A) paxta B) donli ekinlar C) sabzovot D) poliz

6. Sirdaryo viloyatida qanchadan ortiq sanoat korxonalari mavjud?

A) 50 dan B) 60 dan C) 70 dan D) 80 dan

7. Sirdaryo IES qaysi shaharda faoliyat korsatmoqda?

A) Sirdaryo B) Shirin C) Guliston D) Yangiyer

8. Sirdaryo viloyatining aholisini necha foizi sug'oriladigan hududlarda joylashgan?

A) 80 % dan ziyodi B) 85 %i C) 90 % dan ziyodi D) 50 %i

9. Yangiyer shahri nechanchi yilda bunyod bo‘lgan?

A) 1957-yil B) 1987 yil C) 1990 yil D) 1991 yil

10. Sirdaryo viloyatida jami nechta shahar bor?

A) 5 ta B) 6 ta C) 8 ta D) 10 ta

IV. Yangi mavzuni tushuntirish.

Yangi mavzu dars taqdimoti asosida tushuntirilib beriladi.

Prezentatsiya (lot. praesentatio - taqdim etish), taqdimot - yangidan yaratilgan, tuzilgan muayyan narsaning rasmiy taqdim etilishi (mas, yangi jurnalning P.si).
Darsda slayd va internet ma’lumotlari asosida olib boriladi.

Jizzax viloyati Mirzacho‘l iqtisodiy geografik rayonining janubi g‘arbida joylashgan. Viloyat hududi Sangzor daryosi hamda Janubiy Mirzacho‘l kanalining suvi bilan sug‘oriladi. Viloyat yer fondida obikor dehqonchilikka yaroqli, biroq hali o‘zlashtirilmagan yerlar ko‘p. Uning hududi shimol tomonga nishab bo‘lib, sun’iy sug‘orish qulay.

Viloyat 1973-yil 29-dekabrida tashkil topgan. Respublikaning markaziy qismida joylashgan. Shimolda Qozogʻiston, janubda Tojikiston, gʻarbda Samarqand va sharqda Sirdaryo viloyatlari bilan chegaralanadi. Maydoni 20,5 ming kvadrat kilometrga teng boʻlib, respublika maydonining 4,5 foiziga teng.

Maydon - ochiq, meʼmoriy jihatdan tartibga keltirilgan, atrofi bino, inshootlar yoki daraxtlar bilan toʻsilgan keng satq. Toʻrtburchakli, temperaturapetsiyasimon. doirasimon, tuxumsimon (oval) va boshqa shakllarda yopiq yoki ochiq holda boʻladi.
Tabiiy-geografik jihatdan viloyatning janub tomonlarida Turkiston togʻ tizmasining gʻarbiy tarmoqlari (Molguzar tizmasi), gʻarbiy qismida Nurota togʻ tizmasi tarmogʻi mavjud. Viloyat aholisi 1166,7 ming (2011)dan ortiq boʻlib, uning taxminan uchdan ikki qismi qishloq aholisi hisoblanadi. Jizzax viloyati hududida aholining oʻrtacha zichligi 57 kishi.



Salayd taqdimoti qo‘yiladi.

Zomin tog‘ – o‘rmon qo‘riqxonasi vediolavha qo‘yiladi.

V. Yangi mavzuni mustahkamlash.

Mavzuni mustahkamlashda o‘quvchilar bilim, ko‘nikma va malakasini oshirish uchun “BINGO” uslubidan foydalaniladi. O‘qituvchi mavzuga oid savollarni o‘qiydi, o‘quvchilar savollar javobini tarqatilgan belitlar orqali belgilab boradi.



Savollar.

1. Jizzax viloyatida dam olish maskani ………sanatoriyasi qurilgan. (Zomin)

2. Viloyatda tabiiy gaz asosan ………viloyatidan keltiriladi. (Buxoro)

3. Viloyatning ma’muriy markazi bu…….shahri. (Jizzax)

4. Jizzax shahri ………daryosi bo‘yida qad ko‘targan. (Sangzor)

5. Jizzax viloyatining ………tumanida gilam to‘qish fabrikasi barpo etilmoqda. (Baxmal)

6. Jizzax viloyatining……..konidan polimetall rudasi qazib olinadi. (Uchquloch)

7. Viloyat hududida qishloq xo‘jaligi ekinlari ekiladigan ……mln gektar yer bor. (1,2)

8. Viloyatning ……..konidan oltin qazib olinadi. (Marjonbuloq)

9. Jizzax viloyatiga elektr quvvati esa …………viloyatidan keltiriladi. (Sirdaryo)

10. Viloyatda xorijiy firma bilan …..ga yaqin qo‘shma korxonalar tashkil topgan. (20 )

11. Jizzax shahri dendiz sathidan …..metr balanda joylashgan. (450 )

12. Viloyat aholisining …..foizidan ko‘prog‘ini o‘zbeklar tashkil etadi. (81)

13. Jizzax viloyati janubdan …….davlati bilan chegaradosh. (Tojikiston)

14. Jizzax viloyati endilikda paxtani …..ming tonnasini yetkazish imkoniyatiga ega. (225 )

15. Jizzaxning ……….ko‘lida shifobaxsh balchiq ko‘p uchraydi. (Baliqchi)

001


Zomin

Uzun

Sirdaryo

Uchquloch

Sangzor

4

225

Buxoro

Toshkent

002



Zomin

Baliqchi

Sangzor

Toshkent

Sirdaryo

Uchquloch

Uzun

Buxoro

4

003



Baliqchi

Qo‘ytosh

1,2

Baxmal

210

420

Toshkent

Mirzacho‘l

Uchquloch

004

Jizzax

Uzun

Sirdaryo

Uchquloch

Sangzor

81

450

Buxoro

Toshkent


Amaliy ish. 8-sinf o‘quv atlasidan foydalangan xolda Jizzax viloyatining hududiy bo‘linishi, tumanlari va markazlarini belgilang.



T/r

Tuman nomlari

Tuman markazlari

1

Arnasoy tumani

Gʻoliblar

2

Baxmal tumani

Usmat

3

Doʻstlik tumani

Doʻstlik (shahar)

4

Forish tumani

Yangiqishloq

5

Gʻallaorol tumani

Gʻallaorol

6

Jizzax tumani

Uchtepa (qishloq)

7

Mirzachoʻl tumani

Gagarin

8

Paxtakor tumani

Paxtakor (shahar)

9

Yangiobod tumani

Balandchaqir

10

Zomin tumani

Zomin

11

Zafarobod tumani

Zafarobod

12

Zarbdor tumani

Zarbdor

Aydar-Arnasoy suv havzasi vedio lavha.

VI. Umumiy ballarni e’lon qilish va g‘olib guruhni aniqlash.

G‘olib bo‘lgan guruhni va darsga yaxshi qatnashgan o‘quvchilarni baholash. Faol o‘quvchilarni rag‘batlantirish va guruhlarni “Eng ahil guruh”, “Eng chaqqon”, “Eng zukko” nominatsiyalari bilan taqdirlash. Darsda qatnashmagan o‘quvchilarga uyga vazifa berish va ogohlantirish.



VII. Uyga vazifa. Mavzuni o‘qish, 8-sinf o‘quv atlasining 44 bet dagi Jizzax viloyatini yozuvsiz xaritaga tushirish, keyingi darsga tayyorgarlik ko‘rish.

Foydalangan adabiyotlar.
Adabiyot (arab. - adab so‘zining ko‘pligi) - 1. Fan va amaliyotning biror sohasidagi yutuqlarni umumlashtiruvchi asarlar majmui (texnikaviy A., qishloq xo‘jaligi A.i, siyosiy A. va boshqalar). 2. San’atning bir turi (badiiy A. deb ham ataladi)


  1. O‘zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi. 8-sinf. Darslik. Payoz Musayef, Jahongir Musayev. Toshkent – 2014.

Internet resurslari

  1. Geografiya.uz

  2. www.ziyonet.uz


Download 60.01 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa


O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi qashqadaryo viloyati xalq ta’limi boshqarmasi kitob tuman xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash

Download 60.01 Kb.