Mavzu: Qiyiqchni bichish , naqsh tushurish, choklarini tikishni o`rgatish




Download 2.16 Mb.
bet3/7
Sana24.03.2017
Hajmi2.16 Mb.
#1970
1   2   3   4   5   6   7
Mavzu: Qiyiqchni bichish , naqsh tushurish, choklarini tikishni o`rgatish
To’garak nomi va guruh:  Mohir qo’llar to’garagi.

Mashg’ulot sanasi: _________

Mohir qo’llar to’garagi xonasi:__________
To’garak rahbari : Dusiyorova Vazira

Mashg’ulot maqsadi:

a) ta’limiy maqsad : o`quvchilarga kashtachilik san’ati haqida chuqurroq tushuncha berish.

b) tarbiyaviy: to’garak a’zolariga estetik tarbiya berish, tabiat go’zalligi, tabiatda hamda barcha moddiy narsalarni buyumga aylantirish haqida tushuntirish.
v) rivojlantiruvchi: o’quvchi-yoshlarni ommaviy hayotga tayyorlash va ularning fikrlash doirasini kengaytirish hamda mustaqil ishlarga o’rgatish.
g) kasbga yo’naltiruvchi: o’quvchilarning o’z kasbining ustasi bo’lishga o’rgatish, estetik tarbiyasini oshirish, kasanachilikka bo’lgan qiziqishlarini oshirish.
Vazifalari :

- o`quvchilarni qiyiqcha –belbog’ni tikish jarayoni bilan tanishtirish;

- qiyiqchaga naqsh tushurishni o’rgatish;

- qiyiqcha tikishda ishlatiladigan choklarni tikishni o’rgatish.
Mashg’ulot tipi: o’rgangan bilim, ko’nikma va malakalarni tahlil hamda nazorat qilish.

Mashg’ulotning turi:  nazariy va amaliy.

Mashg’ulotda foydalanilgan metod: savol-javob, suhbat, ko’rgazma, charxpalak va moychechak guli metodlari.

Mashg’ulotning jihozi: kashta buyumlari, gazlama , har xil mulina iplari, igna –ip, qaychi , nusxa ko’chiruvchi qog’oz , qalam.

Mashg’ulotning shiori: “Hunar-hunardan rizqing unar”
Mashg’ulot vaqti: 45 daqiqa
Mashg’ulotning borishi:

Tashkiliy qism

a) salomlashish;
b) o’quvchilar davomatini aniqlash;
v) o’quvchilarni mashg’ulotga tayyorlash;
g) xavfsizlik texnikasi qoidalarini eslatish;
d) kundalik yangiliklar bilan tanishtirish (5 daqiqa)
Mashg’ulotning oltin qoidalari bilan tanishtirish:
1. Tinchlikni saqla!
2. Faollik
3. Vaqtni teja!
4. Bir-birimizni hurmat qilish
5. Ijodkor bo’lish.
II. O’tilgan mavzuni mustahkamlash
(Bunda to’garak rahbari “Charxpalak” metodini qo’llashi mumkin)
“Charxpalak” metodining tuzilmasi:
1. Mashg’ulot boshlanishidan oldin o’quvchilarni qobiliyatiga qarab ikki guruhga bo’lib o’tkaziladi. Qobiliyati sust o’quvchilarni qobiliyatli o’quvchilar bilan birga o’tkaziladi.
Birinchi guruh
Ikkinchi guruh
2. Savollarni ishlab chiqish;
3. To’garak a’zolariga savollar berish va javobini baholash;
4. To’garak a’zolarining “to’garak rahbarlari” yonidan o’tishi va ularning savollariga javob berishi.
5. Baholarni umumlashtirish va e’lon qilish.
“Charxpalak” metodi qo’llanilganda to’garak a’zolari 2 ta kichik guruhga ajratiladi. To’garak a’zolarini guruhlarga har xil usulda ajratish mumkin: to’garak rahbari yoki to’garak a’zolarining ixtiyoriga ko’ra, bilimlariga qarab, qur’a tashlab, aytaylik, guruhda 10 nafar to’garak a’zosi bor. Ular 1,2; 1,2 deb ketma-ket sanashadi. Bir degan to’garak a’zolari birinchi, ikki degan to’garak a’zolari ikkinchi guruhga ajraladilar. Birinchi guruh to’garak a’zolari, ikkinchi guruh esa “to’garak rahbari” rolida ishtirok etishadi. To’garak a’zolari rolida ishtirok etganlar ko’kragiga 1, 2, 3, 4, 5 raqamlari yozilgan nishon taqishadi va aylana shaklida qo’yilgan stollar atrofida davra qurib o’tirishadi. Uning ichki tomonidan 6 nafar “to’garak rahbari” rolidagilar joy oladi.
Bunda har bir to’garak a’zosi stol atrofida soat strelkasi yo’nalishida birin-ketin “to’garak rahbarlari” yonidan o’tadi va ularning savollariga javob beradi.


Download 2.16 Mb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 2.16 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Qiyiqchni bichish , naqsh tushurish, choklarini tikishni o`rgatish

Download 2.16 Mb.