Figuraning yuqorisida joylashgan qismlar tahlili




Download 308.66 Kb.
bet14/52
Sana15.05.2023
Hajmi308.66 Kb.
#59817
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   52
Bog'liq
1 4 sinf oʻquvchilari bilan oʻtkaziladigan psixologik tadbirlar
2012-iyul-sentyabr, Fizika fanidan mustaqil ish, 9-lekciya CifrlıinfXızmeti, anatatsiya, HUSANOV S SLAYD, Ofis dasturlari va ularning yangi imkoniyatlari. Ofis dasturlar , 6-test english, mehmonxona xujaligida xizmatlar sifatini boshqarish, Авр, 1 Ma\'ruzalar 1-qism, Taza Jаqtılаndırıw qurılmаlаrı, lаmpаlаrdıń túri hám tаrmаqqа jаlǵаnıw sхеmаlаrı, 15, Ижара учун (электр), АМАЛ-14...
Figuraning yuqorisida joylashgan qismlar tahlili
Qanotlar. qisqichlar, pat, jingalak soch, bantik kabilar oʻziga ishonch, qiziquvchanlik, atrofdagilarning ishlarida iloji boricha koʻproq ishtirok etish, oʻz faoliyatiga berilib ketish belgisi. Bezovchi detallar - namoyishkorlik, atrofdagilar e’tiborini oʻziga qaratishga moyillikdan darak beradi.
Dumlar sinaluvchining oʻz xatti-harakati, qaror va xulosalariga munosabatini bildiradi.
Agar dum qogʻozda oʻngga qarata chizilsa, bu sinaluvchining oʻz harakati va xulq-atvoriga munosabat, chapga qaragan boʻlsa, bu oʻz fikr? qarorlari, boy berilgan imkoniyaglariga, qat’iyatsizligiga munosabatni aks ettiradi. Bu munosabatning ijobiy yoki salbiy xarakteri dumning yuqoriga (ishonch va tetiklik) yoki pastga (oʻzidan qoniqmaslik, oʻzining haqligidan shubhalanish, aytgan gaplari, qilgan ishlaridan afsuslanish) qaratilishida ifodalanadi. Bunda bir nechta. ba’zan takrorlanuvchi boʻgʻinlardan tashkil topuvchi, ayniksa, haddan ziyod qalin, uzun va tarvaqaylab ketgan dumga e’tibor berish lozim.
Figura konturlari, boʻrtib chiqishlar (arqon, igna tipidagi), kontur chiziqlarining bosib, qalin chizilishi mavjudligi yoki yoʻqligiga qarab tahlil qilinadi, u atrofdagilardan himoyalanish belgisi hisoblanadi. Agar boʻrtib chiqishlar oʻtkir burchaklar bilan bajarilsa tajovuzkor himoya; agar kontur chizigʻi “boʻyab”, qora qilib chizilsa - qoʻrqinch va tashvishlanish; agar qalqon qoʻyilsa va chiziqlar ikkitadan boʻlsa (xavotirlanish) choʻchish va shubhalanish sifatida tahlil qilinadi.
Fazoviy joylashuviga qarab bunday himoyaniig yoʻnalishi aniqlanadi: figuraning yuqori konturi - oʻziga nisbatan yoshi kattalar, ota-onalar, oʻqituvchilar, boshliqlar, rahbarlar, ya’ni taqiq, zoʻrliklarni amalga oshiruvchi shaxslarga nisbatan; pastki kontur - oʻzidan yosh jihatdai kichkinalar, qoʻl ostidagilarning masxaralashi, qabul qilmaslik, ular oʻrtasida obroʻsining yoʻqligi; yon tarafdagi konturlar - aniq boʻlmagan xavotir, xar qanday vaziyatda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan turli xavfga nisbatan oʻzini himoya qilishga tayyorlik deb baholanadi. Agar “himoya” elementlari kontur ichida joylashsa, ya’ni chizilgan hayvon korpusida boʻlsa va ular oʻng tarafga yaqin tursa, bu real faoliyat jarayonidagi hamda chap tarafda boʻlsa koʻproq oʻz fikr, e’tiqod, didiga nisbatan himoya sifatida talqin qilinadi.

Download 308.66 Kb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   52




Download 308.66 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Figuraning yuqorisida joylashgan qismlar tahlili

Download 308.66 Kb.