• Qalmoqqir, Sariqcheku hamda Dalnoye
  • O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi




    Download 78.93 Kb.
    bet1/4
    Sana23.05.2022
    Hajmi78.93 Kb.
    #21704
      1   2   3   4
    Bog'liq
    O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi
    4444444 - lab UMTS tarmoqlarini qurish asoslari


    Reja:
    1.O‘zbekiston boyliklari
    2.O‘zbekiston foydali qazilma konlari
    3.O‘zbekistonda qancha foydali qazilmalar bor

    O‘zbekiston o‘z yerosti boyliklari bilan haqli suratda faxrlanadi – bu yerda mashhur Mendeleyev davriy jadvalining deyarli barcha elementlari topilgan. Hozirga qadar 2,7 mingdan ziyod turli foydali qazilma konlari va ma’dan namoyon bo‘lgan istiqbolli joylar aniqlangan. Ular 100 ga yaqin mineral-xomashyo turlarini o‘z ichiga oladi. Shundan 60 dan ortig‘i ishlab chiqarishga jalb etilgan. 900 dan ortiq kon qidirib topilgan bo‘lib, ularning tasdiqlangan zahiralari 970 milliard AQSH dollarini tashkil etadi.


    G‘oyat muhim strategik manbalar – neft va gaz kondensati, tabiiy gaz bo‘yicha 155 ta istiqbolli kon, qimmatbaho metallar bo‘yicha 40 dan ortiq, rangli, nodir va radioaktiv metallar bo‘yicha 40, konchilik-kimyo xomashyosi bo‘yicha 15 ta kon qidirib topilgan.
    Bir qator foydali qazilmalar (metall) bo‘yicha O‘zbekiston tasdiqlangan zaxiralar va istiqbolli rudalar jihatidan MDH mamlakatlaridagina emas, balki butun dunyoda ham yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Masalan, oltin zaxiralari bo‘yicha respublika dunyoda 4-o‘rinda, uni qazib olish bo‘yicha 7-o‘rinda, mis zaxiralari bo‘yicha 10–11-o‘rinda, uran zaxirasi bo‘yicha 7–8-o‘rinda turadi.
    O’zbekistonda rangli metallurgiya mahalliy mineral xom ashyo resurslari negizida XX asrning 30-yillaridan rivojlandi respublikada rangli, nodir va qimmatbaho metallar (oltin, mis, qo’rg’oshin, rux, volfram, molibden, simob va boshqalar) konlari, Qoramozor mis-qo’rg’oshin-rux koni, Obirahmat, Burchmulla, Oqtuz, Takob, Ingichka, Qoýtosh, Langar rangli metallar, Chodak, Zarmitan, Marjonbuloq, Kauldi, Ko’kratos, Qizilolmalisoy oltin, Qo’rg’oshinkon, Oltintopgan qo’rg’oshin-rux, Qalmoqqir mis konlari va boshqalar topilib sanoat miqyosida o’zlashtirilishi bilan respublikada rangli metallurgiya shakllandi.
    Ruda – tarkibida metall yoki uning birikmalari ko’p miqdorda bo’lgan tabiiy mineral hosiladir. Ba’zan nometall mineral xom ashyolar (asbest, barit, grafit, oltingugurt) ham ruda deb yuritiladi. Ruda tabiiy boy va kambag’al turlarga ajratiladi. Shunga qarab uni boyitish zarurligi belgilanadi. Ruda bir foydali mineralli – monomineral yoki ko’p foydali mineralli – polimineral, jumladan, tarkibida sanoat ahamiyatiga ega bo’lmagan (ya’ni kam miqdorli) minerallar ham bo’ladi. Tarkibida foydali yo’ldosh minerallar (komponentlar) bo’lganlari kompleks rudalar deb yuritiladi. Rudalarning tarkibida bo’lgan minerallar miqdoriga qarab silikatli, oksidli, sulfidli, karbonatli va aralash turlari farq qilinadi.
    Barcha tub cho’kindi, magmatik va metamorfik tog’ jinslari tarkibida bo’lgan rudalar tub rudalar deyiladi.
    Daryo, ko’l, dengiz va okean cho’kindilaridan olinadiganlari sochma rudalar deb yuritiladi.
    Qazib olish va qayta ishlash uchun rudalarning qator xossalari ahamiyatga ega. Qattiqligi, darzliligi, hajmiy og’irligi, erish harorati, magnit va elektromagnitligi, elektr o’tkazuvchanligi, adioaktivligi, erish va sorbtsion xususiyatlari, granulometrik tarkibi va boshqalar.
    Bir joyda joylashib, atroflari esa boshqa tog’ jinslaridan iborat uyum ruda tanasi (jism) deb ataladi va u turli (yapaloq, shtokverk, tomirsimon) shakllarga ega.
    Yaqin joylashgan bir nechta ruda tanalari ruda maydoni yoki konini hosil qiladi. Ruda koni bitta ruda tanasidan iborat bo’lishi ham mumkin.
    Ruda konlari qora (temir, marganets, xrom, titan, vanadiy), rangli (mis, qo’rg’oshin, rux, nikel), yengil (alyuminiy), noyob (qalay, volfram, molibden, simob, berilliy, litiy, tantal, niobiy), asl (oltin, platina, kumush), radioaktiv (uran, toriy, radiy), tarqoq (aktiniy, gafniy, galliy, germaniy, indiy, kadmiy, protaktiniy, reniy, rubidiy, selen, skandiy, talliy, tellur, tseziy va boshqalar) va nodir metallar konlariga ajratiladi.
    Bir nechta ruda konlari katta masofaga cho’zilib joylashganda rudali mintaqa deb nomlanadi. Masalan, Amerikaning buyuk kumushli mintaqasi Meksikadan Peru va Boliviyagacha davom etgan, Markaziy Afrikaning misli mintaqasi Zambiya va Kongo Demokratik Respublikasida 450 km masofaga cho’zilib, 150 dan ortiq mis konlarini qamrab olgan. Janubiy Amerikaning misli mintaqasi 4 ming km ga cho’zilib, Kolumbiya, Ekvador, Peru, Argentina, Chili mamlakatlarida joylashgan ruda konlaridan iborat.
    Geografik va geologik jihatdan alohida ajralib tugan yakka yoki bir necha rudali formatsiyalarga ega bo’lgan mintaqa rudali rayon deb ataladi (masalan, Farg’ona surma-simob rudali rayoni, Angren-Olmaliq mis rudali rayoni, Qizilqum oltin rudali rayoni).
    O'rta Osiyo foydali qazilmalarga juda boy. Tog'-kon sanoati O'rta Osiyoda uzoq tarixga ega. Qadimgi konlar va metall eritish o'choqlari, konchilar manzilgohlarining izlari O'rta Osiyoning hamma joylarida aniqlangan. Faqat Olmaliq shahri atrofida XX asrning 30-yillarida 500 dan ortiq qadimgi konlar izlari va qoldiqlari aniqlangan. O'rta Osiyo hududida yoqilg'i, rudali va rudasiz foydali qazilmalar tarqalgan.
    Yoqilg'i foydali qazilmalar ko'mir, neft, gaz va yonuvchi slaneslardan iborat. Yuqori sifatli toshko'mirning yirik koni Markaziy Qozog'istonda joylashgan (Qarag'anda, Ekibastuz). Uncha katta bo'Imagan toshko'mir konlari Farg'ona vodiysini o'rab turgan tog'larda (Ko'kyong'oq, Qizilqiya, Toshko'mir), Surxondaryo vodiysining shimolida (Sharg'un, Boysun) joylashgan. Qo'ng'ir ko'mirning yirik koni Ohangaron vodiysida joylashgan. Farg'ona vodiysining sharqiy qismida ham qo'ng'ir ko'mir konlari bor.
    O'rta Osiyo neft va gazga ham boy. Birinchi neft koni Farg'ona vodiysida (Chimyon koni) 1880-yilda ochilgan va 1904-yilda ishga tushirilgan. Keyinchalik, Farg'ona vodiysining sharqiy qismida yana bir qancha neft konlari ochilib, ishga tushirildi (Polvontosh, Xo'jaobod, Janubiy Olamushuk va h. k.).
    Yirik gaz va neft konlari, shuningdek, Qoraqumda, Qizilqumda, Kaspiy bo'yida, Ustyurtda, Qarshi cho'lida, Surxondaryo vodiysida ochildi va ishga tushirildi. Oxirgi paytlarda Qozog'istonda Tengiz, O'zbekistonda Ko'kdumaloq yirik neft konlari ochildi.
    Rudali foydali qazilmalardan rangli va qora metall konlari keng tarqalgan. Yirik temir ruda konlari Qozog'istonda ochilgan va ishga tushirilgan. Ulardan eng yirigi To'rg'ay supasimon o'lkasida joylashgan Sokolov-Sarbay konidir.
    O'zbekiston va Qirg'izistonda ham temir ruda konlari bor, ammo ular hali ishga tushirilganicha yo'q.
    Rangli metall konlari Qozog'iston past tog'larida. Tyanshan va Pomir tog'larida, Markaziy Qizilqum past tog'larida tarqalgan (Olmaliq. Jezqazg'an, Qo'ng'irot, Muruntog', Uchquloch va b.).
    Fosforit konlari Qoratog'da, Qizilqumda va boshqa joylarda topilgan. Zarafshon vodiysida, Qashqadaryo va Surxondaryo vodiylarida hamda Kaspiy bo'yida tosh tuz va osh tuzi konlari bor.
    Marmar konlarining eng yiriklari O'zbekistonda Nurota tog'ida (G'ozg'on), Omonqo'tonda, Oqtoshda joylashgan.
    Respublikada rangli, nodir va qimmatbaho metallar (oltin, mis, qo’rg’oshin, rux, volfram, molibden, simob va boshqalar) konlari, Qoramozor mis-qo’rg’oshinrux koni, Obirahmat, Burchmulla, Oqtuz, Takob, Ingichka, Qoýtosh, Langar rangli metallar, Chodak, Zarmitan, Marjonbuloq, Kauldi, Ko’kratos, Qizilolmalisoy oltin, Qo’rg’oshinkon, Oltintopgan qo’rg’oshin-rux, Qalmoqqir mis konlari va boshqalar topilib sanoat miqyosida o’zlashtirilishi bilan respublikada rangli metallurgiya shakllandi.
    O'zbekiston turli foydali qazilmalarga boydir. Olib borilgan ko'p yillik geologik-qidiruv ishlari natijasida respublika hududida kopdan ko'p mineral xomashyo turlari borligi aniqlangan va hozirda ularning ko'pchiligidan xalq xo'jaligida foydalanilmoqda.
    Rangli metallar – temirdan boshqa barcha metallarning sanoatdagi nomi. Besh guruhga bo’linadi. Yengil metallar, og’ir metallar, qiyin suyuqlanadigan metallar, asl metallar, nodir metallar.
    Yengil rangli metallarga alyuminiy, magniy, titan, natriy, berilliy, litiy, bariy, kaltsiy, stronsiy va kaliy (zichligi 0,53 – 5 g/sm3) kiradi.
    Og’ir rangli metallar mis, nikel, qo’rg’oshin, qalay, kadmiy, kobalt, rux, margimush, surma, vismut, simoblardan (zichligi 5 – 13,6 g/sm3) iborat.
    Qiyin suyuqlanadigan rangli metallar volfram, molibden, niobiy, tantal, xrom, tsirkoniy va boshqalar.
    Asl rangli metallarga oltin, kumush, platina, osmiy, iridiy, rodiy, ruteniy va palladiylar kiradi.
    Nodir rangli metallarga tarqoq metallar (talliy, galliy, germaniy, indiy, reniy, gafniy, rubidiy, tseziy), siyrak-yer metallari (skandiy, ittriy, lantan va lantanoidlar), radioaktiv metallar (texnetsiy, fransiy, poloniy, radiy, aktiniy, toriy, protaktiniy, uran va barcha transuran elementlar) kiradi.
    Rangli metallarning ko’pchiligi tabiatda sof holda uchraydi. Masalan, Alyuminiy o’z rudalarida Al2O3 va Al (OH)3 tarkibli birikmalar holida bo’ladi. Rudalardan gidrometallurgiya usulida avval Al2O3, undan esa elektroliz yo’li bilan alyuminiy olinadi.
    Mis tabiatda, asosan, tog’ jinslari tarkibida mis sulfidlari va oksidlari tarzida uchraydi. Mis rudasi boyitilgandan keyin uni suyuqlantirib shteynni bessemerlash usuli bilan xomaki mis, xomaki misni termik usulda tozalab yoki elektroliz qilib sof mis olinadi.
    Magniy tabiatda har xil birikmalar, minerallar, magniy rudalari tarkibida uchraydi. Magniy rudalari jumlasiga magnezit, dolomit, karnallit va boshqalar kiradi. Bu rudalar (masalan, magnezit) dan magniy oksid MgO olinadi, magniy oksiddan uglerod ishtirokida xlor o’tkazish yo’li bilan magniy xlorid MgCl2 hosil qilinadi, u elektroliz qilinib, xomaki magniy olinadi. Uni qayta suyuqlantirib yoki sublimatsiya yo’li bilan sof magniy olinadi. Boshqa rangli metallar ham tegishli usullarda shu metallarning rudalaridan ajatib olinadi.
    O'zbekiston hududida bir necha rudali (temir. titan, marganes, xrom), rangli (mis, qo'rg'oshin), nodir (volfram, molibden. qalay. vismut, simob, surma), qimmatbaho (oltin, kumush) metall konlari ham bor. Bulardan eng asosiylari Toshkent viloyatidagi Qalmoqqir, Sariqcheku hamda Dalnoye mis konlaridir. Qizilqumdagi Muruntog', Kakpatas va boshqa yerlarda oltinning katta zaxirasi ochilgan boiib, uzoq yillardan buyon keng doirada qazib olinmoqda.
    Rangli metallar va ularning qotishmalari xalq xo’jaligida, aviatsiya sanoatida, raketasozlik, elektrotexnika va radiotexnikada asosiy konstruktsion materiallar hisoblanadi.
    Rangli metallardan prokat, presslangan buyumlar, qattiq qotishmalar, metalli kukunlar, rangli, nodir va qimmatbaho metallarning turli xil tuz hamda birikmalari, shuningdek, kimyoviy o’g’itlar, qurilish materiallari kabi yo’ldosh mahsulotlar tayyorlanadi.
    Yengil rangli metallardan bo’lgan alyuminiy va magniy hamda ularning qotishmalari mashinasozlikning eng muhim tarmoqlaridan bo’lgan samolyotsozlik, kemasozlik, raketasozlik sanoatining eng ko’p ishlatiladigan materiallari hisoblanadi.
    Shuningdek butun jahonda elektr energiyasini istemolchilarga yetkazishda alyuminiy va mis kabi metall simlardan foydalaniladi.
    Qora metallurgiyada eng ko’p ishlab chiqariladigan temir qotishmalari – po’lat va cho’yandan tayyorlangan mahsulotlarning korroziyabardoshligi va zanglamasligi uchun ham ularning sirti rangli metallar (rux, nikel va boshqalar) bilan qoplanadi.
    O’zbekistonda tarqalgan va qazib olinayotgan rangli metallar bir qancha guruhlarga bo’linadi.


    1. Download 78.93 Kb.
      1   2   3   4




    Download 78.93 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi

    Download 78.93 Kb.