O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
Jizzax viloyat Jizzax shahar H.Nosirov nomli
16 – umumta’lim maktabining mehnat ta’limi fani o’qituvchisi Rahimov Uyg’unning bir soatlik
DARS ISHLANMASI
Mavzu: Tayyorlanmaning eskizi va texnologik xaritasini tuzish, tanlash, rejalash va tayyorlash
Jizzax shahri 2014 йил
Mavzu: Tayyorlanmaning eskizi va texnologik xaritasini tuzish, tanlash, rejalash va tayyorlash
Darsning ta'limiy maqsadi:
O’quvchilarga texnologik xaritalar tuzish va ular bilan ishlashni o’rgatish. Texnolik xarita asosida buyumlar tayyorlash ko’nikmalarini xosil qilish.
Darsning tarbiyaviy maqsad:
O’quvchilarni o’rganganlarini hayotga tadbiq etishga, tejamkorlikga, texnika xavfsizligi qoidalari va gigiena qoidalariga rioya qilishga o’rgatish.
Darsning rivojlantiruvchi maqsad:
O’quvchilarning ijodiy faolliklarini oshirish, texnik tafakkurini rivojlantirib mustaqil ishlashga o’rgatish.
Darsni jihozlash:
“Sabzi taxta” uchun texnologik xarita, darsga oid slaydlar, buyum maketlari, xom-ashyo, asboblar va stanoklar.
Darsda foydalaniladigan texnologiya:
Hamkorlikda o’qitish texnologiyasi.
Dars metodi:
Suhbat, ko’rgazmalilik, amaliy, klaster, “toza doska” metodlari
Darsning borishi:
Tashkiliy qism: O’quvchilar bilan salomlashih, davomatni aniqlash, o’quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish;
O’tilgan mavzuni mustahkamlash: O’quvchilar kichik guruhlarga bo’linadilar. Guruh a’zolari kelishishgan holda nom tanlaydilar. Har bir guruhga tarqatma materiallar asosida savollar beriladi. Savol ustida guruh a’zolari hamjihatlikda ishlaydilar. Faol ishtirok etgan va to’g’ri javob bergan guruh a’zolari baholanadilar.
To’liq berilmagan javoblar o’qituvchi tomonidan to’ldiriladi (1–ilova).
Yangi mavzuni o’rganish. O’qituvchining kishik ma’ruzasi:
Bilamizki, har qanday kattayu-kichik inshoatlar, loyiha asosida quriladi, avtomobillar ham loyiha asosida ishlab chiqariladi. Shuningdek, duradgorlikda yasaladigan har qanday buyum ham o’z loyihasiga egadir.
Zero xalqimiz “Yetti o’lchab bir kes” degan maqolni bejiz keltirishmaganki, rejali ish samarali va tejamli bo’ladi.
|