• Yangi mavzu yuzasidan o’quvchilar bilimini mustahkamlash
  • Amaliy mashg’ulot
  • O’tgan mavzuni mustahkamlash yuzasidan savollar
  • Mehnat xavfsizligiga rioya qilish




    Download 0.54 Mb.
    bet3/4
    Sana02.11.2022
    Hajmi0.54 Mb.
    #28856
    1   2   3   4
    Bog'liq
    dars-ishlanmasi-texnologik-xarita-tayyorlash
    DARS JADVALI 1-CHORAK
    Mehnat xavfsizligiga rioya qilish


    1. Xom-ashyoni arralash va randalash vaqtida ehtiyot bo’lish kerak.

    2. Qo’l arra bilan ishlash vaqtida ehtiyotkorlik bilan ishlash lozim.

    3. Faqat soz asboblar bilan ishlash kerak.

    4. Ish vaqtida asboblarni dastgohning chetiga qo’ymaslik lozim.

    5. Yog’ochni bo’ylamasiga, ko’ndalangiga arralash vaqtida qo’lga ehtiyot bo’lish kerak.

    Yangi mavzu yuzasidan o’quvchilar bilimini mustahkamlash

    Guruh a’zolariga hamjihatlikda, kelishishgan holda tanlangan buyumlarining texnoligik xaritasini tuzish topshirig’I beriladi. Shu payti o’qituvchi “toza doska” metodini qo’llab, doskaga mavzu yuzasidan savollarni yoyilgan holda yozib qo’yadi.


    So’ngra tayyorlangan texnologik xaritalar tekshirilib izohlangan holda baholanadi.
    Doskadagi savollarga javoblarni aytishni so’raladi. Guruhlarning vazifasi imkon qadar ko’proq savolning javobini topishdan iborat bo’ladi. Javobi topilgan savollar o’chiriladi. Qolib ketgan savol uyga vazifa qilib belgilanadi (4-ilova).
    Mavzu yuzasidan asosiy atamalarning chet tillaridagi tarjimalari slayddagi jadval asosida o’rganiladi. Bu o’quvchilarning chet tillarini o’rganishdagi lug’aviy bilimlarini oshirishda yordam beradi (5-ilova).


    Amaliy mashg’ulot
    Shundan so’ng har bir o’quvchi o’zlariga ajratilgan tayyorlanma bilan slaydda yoritib berilgan texnologik xarita asosida mustaqil ravishda bosqichma-bosqich o’qituvchi bilan birgalikda “sabzi taxtasi” tayyorlashadi.

    Uyga vazifa berish, darsni yakunlash
    O’qituvchi o’quvchilarga kelgusi darsda o’zlari yasamoqchi bo’lgan buyumlarining texnologik xaritasini chizib kelishni topshiradi. Kelgusi darsda shu tuzib kelingan texnologik xaritalar asosida o’quvchilar mustaqil ravishda buyumlar yasaydilar.
    1-ilova
    O’tgan mavzuni mustahkamlash yuzasidan savollar:

    1. Yog’ochlarga ishlov berishda qanday texnika xafvsizligi qoidalariga amal qilish zarur?


    2. Yog’ochga ishlov berish asboblari necha xil turga bo’linadi?


    3. Yog’ochlar qanday xususiyatlarga ega?


    4. Detallarni biriktirishning qanday usullari mavjud?





    Download 0.54 Mb.
    1   2   3   4




    Download 0.54 Mb.