• Kasbga yо‘naltiruvchi tushunchalarni uch guruhga ajratish mumkin
  • II. Gnoseologik tushunchalar ham ikki guruhga ajratiladi




    Download 2.4 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet103/120
    Sana25.02.2023
    Hajmi2.4 Mb.
    #43529
    TuriУчебное пособие
    1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   120
    Bog'liq
    Biologiya o\'qitish metodikasi o\'quv qollanma
    Amaliy mashg
    II. Gnoseologik tushunchalar ham ikki guruhga ajratiladi: 
    Biologik g‘oya, kashfiyot va nazariyalarning tarixi haqidagi tushunchalar. 
    Bu tushunchalar turkumiga evolyusion nazariya, evolyusiya dalillari,biogenetik 
    qonun, filembriogenez nazariyasi, hayotning paydo bо‘lishi va rivojlanishi 
    haqidagi nazariyalar, biosfera va uning evolyusiyasi nazariyalari, nuklein 
    kislotalar, transformatsiya, transduksiya, kо‘chib yuruvchi genetik elementlar, 
    rekombinat DNK, transgen о‘simliklar, hayvon gibridomalarining kashf etilishi,
    irsiyatning moddiy asosini о‘rganish tarixi, gen injeneriyasi va biotexnologiyaning 
    rivojlanishiga hissa qо‘shgan kashfiyotlar, О‘zbekistonda gen injeneriyasi sohasida 
    qо‘lga kiritilgan yutuqlar kiradi. 
    Metodologik ya’ni borliqni ilmiy bilish metodlari haqidagi tushunchalar. 
    Biologiya va ekologiyani о‘rganishda foydalaniladigan metodlar, о‘simlik va 
    hayvon irsiyatini о‘zgartirishda, DNK ni bо‘laklarga ajratish, rekombinat DNK, 
    transgen о‘simlik va gibridomalar olishda qо‘llanilgan metodlar shular 
    jumlasidandir. 
    Kasbga yо‘naltiruvchi tushunchalarni uch guruhga ajratish mumkin: 
    Texnologik tushunchalar. Bu guruhga hujayrada DNK, RNK sintezi, oqsillar 
    biosintezi, genetik injeneriya va biotexnologiyada amalga oshiriladigan jarayonlar, 
    transgen о‘simlik va gibridomalar olish, irsiy kasalliklarning gen injenerlik tashxisi 
    biotexnologiyasini ishlab chikilishi xaqidagi tushunchalar misol bо‘ladi.


    199 
    Iqtisodiy tushunchalar. Mazkur guruhga sun’iy tanlash yordamida yangi nav, 
    zot, shtammlarni yaratish, genlarni klonlash, transgen о‘simliklar va 
    gibridomalarning istiqbollari, ulardan xalq xо‘jaligida foydalanishdan kо‘riladigan 
    foyda asosida shakllantiriladigan tushunchalar kiradi. 
    Tabiatni muhofaza qilishga oid tushunchalar. Respublikamizda tabiatni 
    muhofaza qilish bо‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlar va meyoriy hujjatlar, 
    “Qizil kitob”, ekologik muhitning tirik organizmlarga kо‘rsatgan ta’siri, turli 
    kasalliklar va mutatsiyalarning kelib chiqish sabablarini tushuntirish orqali 
    о‘kuvchilarda tabiatga nisbatan ongli munosabat tarkib toptiriladi va tabiatni 
    muhofaza qilish tushunchalari shakllantiriladi. 
    Biologiyani о‘qitishda tushunchalarni shakllantirish barobarida kо‘nikmalar 
    ham tarkib toptiriladi. Ushbu kо‘nikmalarning eng asosiylari amaliy va о‘quv 
    mehnati kо‘nikmalari 15-jadvalda berilmoqda. 
    15-jadval
    Amaliy va о‘quv 
    Mehnati kо‘nikmalari
    Kо‘nikmalar tarkibiga kiradigan usullar 
    Laboratoriya jihozlari 
    va asboblari bilan ishlash 
    kо‘nikmalari 
    О‘simliklardan 
    gerbariy, 
    hasharotlardan 
    o’quv qo’llanma tayyorlash 
    kо‘nikmalari 
    О‘simliklar 
    ustida 
    kuzatish 
    va 
    tajribalar 
    о‘tkazish kо‘nikmalari 
    Obektlarni 
    tanish 
    kо‘nikmalari 
    Kattalashtiruvchi asboblar bilan ishlash, mik-
    ropreparatlarni 
    tayyorlash, 
    ularni 
    mikroskop 
    yordamida kо‘rish, bakteriyalar uchun oziq muhitini 
    tayyorlash, bakteriyalarni klonlash, laboratoriya 
    mashg‘uloti uchun kerakli jihozlarni tanlay olish va 
    asrash. 
    О‘simliklar va hasharotlarda yashash uchun 
    kurash, 
    moslashishlar, 
    tabiiy 
    tanlanish 
    va 
    idioadaptatsiyani о‘rganish bо‘yicha о‘tkazilgan 
    kuzatishlar 
    asosida 
    gerbariylar, 
    kolleksiyalar 
    tayyorlash, ularni talab darajasida rasmiy-lashtirish. 
    Hasharotlarda moslashish, yashash uchun kurashga 
    oid o’quv qo’llanmalar tayyorlash va uni jihozlash. 
    О‘simliklar va hayvonlarda yashash uchun 


    200 
    О‘quv 
    mehnati 
    kо‘nikmalari
    kurash, tabiiy tanlanish va irsiyat qonunlarini 
    о‘rganish bо‘yicha kuzatish va tajribalar о‘tkazish. 
    Evolyusiya dalillari, oziq zanjirini tashkil 
    etuvchi organizmlar, organizmlardagi moslanish 
    turlari, transgen о‘simliklar va gibridomalarni ajrata 
    olish. 
    Darslikda 
    va 
    boshka 
    qо‘shimcha 
    о‘quv 
    adabiyotlardagi matnni mustaqil о‘zlashtirish, asosiy 
    g‘oya va tushunchalarni ajrata olish, rasm, jadval, 
    sxemalarni izohlash, savollarga javob topish, о‘z 
    fikrini qisqa va lо‘nda bayon etish, asoslash, misollar 
    yordamida dalilay olish, о‘quv materialini qayta 
    ishlash, qisqa matn tuzish, ma’ruza, referat 
    tayyorlash va ularni talab darajasida rasmiylashtirish.
    DTS ning ikkinchi kengaytiruvchi tarkibiy qismi о‘kuvchilarda ijodiy 
    faoliyat tajribalarini shakllantirishga mо‘ljallangan bо‘lib, mustaqil va ijodiy fikr 
    yuritishga asos bо‘lib xizmat qiladi. 
    О‘qituvchi yangi mavzu bо‘yicha о‘quv topshiriklarini tuzganda 
    о‘quvchilarning о‘rganilayotgan obektni avval о‘rganilgan obektlar bilan 
    taqqoslashi, о‘xshashlik va farqlari, о‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashi, mazkur 
    obektlar о‘rtasidagi umumiylik, о‘rganilayotgan obektning о‘ziga xos tomonlari, 
    eng muhim jihatlarini topishi buning uchun avval о‘zlashtirgan bilimlari va 
    kо‘nikmalarini yangi kutilmagan vaziyatlarda qо‘llab yangi mavzu mazmunini 
    о‘zlashtirish imkoniyatini nazarda tutmog‘i lozim. 
    DTS ning uchinchi tarkibiy yordamchi qismi о‘kuvchilarning biologiya 
    о‘quv faniga bо‘lgan qiziqishlari va ehtiyojlari asosida о‘qituvchi tomonidan olib 
    boriladigan darsdan va sinfdan tashqari mashg‘ulotlar hamda о‘kuvchilarning 
    mustaqil ta’limini о‘z ichiga oladi. 


    201 
    О‘quvchilarning mustaqil ta’limi qо‘shimcha о‘quv adabiyotlari, internet, 
    multimedialar vositasida muayyan mavzularda izlanishlar olib borishi, ma’ruza va 
    referatlar tayyorlashi, о‘simliklar, hayvonlar va mikroorganizmlar ustida kuzatish 
    va tajribalar о‘tkazishi, ularning natijalarini izohlash va rasmiylashtirishlari, 
    respublikamizda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish borasida va ekologik 
    muammolarni hal etishga oid tashkil etiladigan turli tanlovlar uchun materiallar 
    tayyorlash, olimpiadalarga tayyorgarlik kо‘rish kabilarni о‘z ichiga oladi. 
    DTSning bu tarkibiy qismining samaradorligi о‘quv muassasasining 
    yо‘nalishi, о‘kuvchilarning kelgusida egallaydigan mutaxassisligi va ularning 
    ehtiyoji, qiziqishi, о‘kituvchining pedagogik bilim, mahoratiga bog‘liq bо‘ladi. 

    Download 2.4 Mb.
    1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   120




    Download 2.4 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    II. Gnoseologik tushunchalar ham ikki guruhga ajratiladi

    Download 2.4 Mb.
    Pdf ko'rish