Biologiyani о‘qitishda kasbga yо‘naltirish




Download 2.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/120
Sana25.02.2023
Hajmi2.4 Mb.
#43529
TuriУчебное пособие
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   120
Bog'liq
Biologiya o\'qitish metodikasi o\'quv qollanma
Amaliy mashg
Biologiyani о‘qitishda kasbga yо‘naltirish. 
DTSning tо‘rtinchi qо‘shimcha tarkibiy qismi biologiya ta’limining kasbga 
yо‘naltirilishini nazarda tutuvchi qismi hisoblanadi. 
Respublikamizda о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi quyidagi 8-ta bilim 
sohalari va akademik litseylar bо‘yicha tashkil etilgan bо‘lib, ularda biologiya 
yagona dastur asosida о‘qitiladi. Biologiya о‘qituvchisi ta’lim muassasasining 
yо‘nalishini hisobga olgan holda ta’lim mazmunining qо‘shimcha tarkibiy qismiga 
e’tiborni qaratishi, ya’ni biologik ta’limni kasbiy yо‘naltirishi lozim. 
16-jadval
Ta’lim sohasi 
Biologiyani о‘qitishda e’tiborni qaratish zarur
bо‘lgan masalalar 
Ta’lim 
Gumanitar fanlar 
va san’at 
О‘quvchilarni aqliy, ahloqiy, estetik, mehnat, jinsiy, 
ekologik, iqtisodiy, gigiyenik va jismoniy jihatdan yetuk 
qilib tarbiyalashda, ularning ilmiy dunyoqarashini 
kengaytirish, shaxs kamolotining tabiat bilan uyg‘unligi, 
tabiatga nisbatan mehr-muhabbat tuyg‘usi va ongli 
munosabatni tarkib toptirishda tabiatning tutgan о‘rnini
Tabiatni muhofaza qilish bо‘yicha ma’naviy–ma’ri-
fiy ishlarni olib borish, tabiat barcha san’at turlarini 
rivojlantiruvchi manba ekanligi 


202 
Ijtimoiy fanlar, 
biznes va huquq 
Fan
Muhandislik,ishl
ov berish va qurilish 
tarmoqlari. 
Shaxs kamolotining tabiat bilan uyg‘unligi, ishlab 
chiqarish va agrosanoatni rivojlantirish, xom ashyo-dan 
olinadigan tovarlar, ularni ishlab chiqarishda 
mikrobiologiya usullaridan foydalanish, gen 
daktiloskopiyasi va genlar spektri yordamida shaxsni 
aniqlash texnologiyasining yaratilganligi 
Ekologik muammolar, suv, havo, tuproq, qishloq 
xо‘jaligi, odam ekologiyasi, ularni muhofaza qilish 
bо‘yicha olib borilayotgan tadbirlar, tabiiy boylik-lar va 
ulardan unumli foydalanish yо‘llari va chiqindisiz 
texnologiyalarni joriy etish muammo-lari. 
Biosferada modda va energiyaning davra bо‘ylab 
aylanishi, ekologik toza manbalar energiyasidan 
foydalanish, bionika asoslari, tabiiy va sun’iy xom 
ashyolardan foydalanish, atrof-muhitni muhofaza qilish, 
Yer usti va osti tabiiy boyliklari va ulardan unumli 
foydalanish yо‘llari, chiqindisiz texnologiyalarni joriy 
etish muammolari. Sun’iy tanlash asosida о‘simlik navlari 
hosildorligi, hayvon zotlari mahsuldorligini oshirish 
yо‘llari, mikrobiologiya va biotexnologiya asoslaridan 
qishloq xо‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlashda 
foydalanish, ikkilamchi suv va ichimlik suvini tozalashda 
suv о‘tlaridan foydalanish, biologik bilimlarning 
о‘simlikshunoslik, chorvachilik, asal-arichilik, 
о‘rmonchilik, mо‘ynachilik va baliqchilikni rivojlantirish, 
bog‘, parklarni barpo etish, kо‘kalamzorlashtirish, 
о‘simliklarni himoya qilishdagi ahamiyati, qurilish, yо‘llar 
barpo etish, qurilish materiallarini tayyorlashda tabiat 
muvozanatini asrash.
Biologik qonuniyatlar qishloq xо‘jaligining ilmiy-


203 
Qishloq xо‘jaligi 
Sog‘likni saqlash 
Xizmatlar 
nazariy asosi ekanligi, qishloq xо‘jaligi mahsulot-larini 
yetishtirish, saqlash va qayta ishlash, о‘simliklarni himoya 
qilish, zootexnika va veterina-riya, о‘rmonchilikni 
rivojlantirishda biologik bilimlarning ahamiyati, tuprok va 
yer osti suvlari-dagi pestitsidlarni parchalovchi va 
zararsizlantiruv-chi transgen о‘simlik yaratish, paxta tolasi 
sifatini yaxshilashga yо‘naltirilgan biotexnologiya, 
hayvonlar-ni klonlash, gibridomalar olish istiqbollari. 
Gen, hujayra injenerligi usullarini qо‘llab qator 
yuqumli va irsiy kasalliklarning gen injenerligi tashxisi 
biotexnologiyasi, irsiylanish qonuniyatla-rini о‘rganish va 
oldini olish borasida olib bori-layotgan izlanishlar, “asos” 
hujayralardan “yangi” organlar yaratish texnologiyasi, 
“Sog‘lom avlod uchun” Davlat dasturi, onalik va bolalikni 
asrash va tibbiy yordam kо‘rsatishni yaxshilash bо‘yicha 
davlat qarorlari. 
Turizm, sport, serviz, ommaviy bayramlar о‘tkazish, 
xalq og‘zaki ijodini rivojlantirishda tabiiyot fanlarining 
rolini kо‘rsatish lozim.
Yuqorida qayd etilgan vazifalarni hal etish va an’anaviy ta’lim tizimidagi 
kamchiliklarga barham berish, ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish 
uchun о‘quvchilarning bilish faoliyatini yalpi о‘qitish bilan bir qatorda, individual 
va kichik guruhlarda о‘qitishni tashkil etish maqsadga muvofiq. 


204 
О‘quvchilarning bilish faoliyati individual tarzda tashkil etilganda 
о‘quvchilar о‘quv materialini mustaqil о‘zlashtiradilar, ularning aqliy rivojlanishi, 
qiziqishi, ehtiyoji, iqtidori, bilimlarni о‘zlashtirish darajasi hisobga olingan holda 
tuzilgan о‘quv topshiriqlarini mustaqil bajaradi va о‘z bilish faoliyatining 
subektiga aylanadi. 
О‘quv topshiriqlarini individual bajarish jarayonida о‘quvchilarning aqliy 
faoliyati jalb etiladi, о‘z bilimi, kuchi va qobiliyatiga bо‘lgan ishonch ortadi va har 
bir shaxs о‘z imkoniyati darajasida rivojlanadi. Shu tarzda tashkil etilgan bilish 
faoliyati orqali vaqtdan unumli foydalaniladi, samaradorlik ortadi. 
Biologiyaning о‘qitishda о‘kuvchilarning bilish faoliyatini indi-vidual tarzda 
tashkil etish asosan dars bilan birgalikda darsdan va sinfdan tashqari ishlarda ham 
foydalaniladi. Masalan, о‘quvchilarning uy vazifasini bajarishida ularga tavofutlab 
yondashish imkoniyatlari mavjud. О‘quvchilarga muayyan mavzular bо‘yicha 
krossvordlar tuzish, kuzatish va tajribalar о‘tkazish, ma’ruza va referatlar, turli 
mavzularda о‘tkaziladigan tanlovlar uchun materiallar tayyorlash shular 
jumlasidandir. 
О‘quvchilarning bilish faoliyati kichik guruhlarda tashkil etilganda guruhdagi 
har bir о‘quvchi iqtidori, qiziqishi, bilim saviyasi, bilimlarni о‘zlashtirish 
darajasini aniqlash, о‘quvchilar о‘rtasida hamkorlik, о‘quv muloqoti, bahsi, 
munozara, о‘zaro yordamni amalga oshirish kо‘zda tutiladi.Biologiya darslarida 
о‘quvchilarning bilish faoliyati yalpi о‘qitishni individual va kichik guruhlarda 
ishlash shakllari bilan uyg‘unlashtirilganda juda yuqori samara beradi.
Ma’lumki, biologiyani о‘qitish dars, darsdan tashqari ishlar, sinfdan tashqari 
ishlar va ekskursiyalar shaklida tashkil etiladi. 
О‘rta maxsus, kasb ta’limi muassasalarida biologiya о‘quv fanini о‘kitishning 
samaradorligini oshirishning muhim sharti ta’lim-tarbiya jarayoniga tizimli 
yondoshuv sanaladi, shu sababli о‘quv dasturidan о‘rin olgan har bir mavzuning 
ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi maqsadi hisobga olingan holda biologiyani 
о‘qitishda quyidagi dars turlaridan foydalanish tavsiya etiladi: 
va о‘qituvchilarga quyidagi dars turlari tavsiya etiladi: 


205 
Ma’ruza (kirish ma’ruzasi, mavzuli ma’ruza, umumlashtiruvchi ma’ruza) 
darslari. 
Seminar (bilimlarni mustahkamlovchi, yangi bilimlarni mustaqil egallashga 
mо‘ljallangan) darslari. 
Modulli dars. 
Muammoli (aqliy xujum) darslar. 
Munozarali darslar. 
Didaktik-о‘yinli (syujetli-rolli, ijodiy, ishbilarmonlar, konferensiyalar, о‘yin 
mashqlar) darslar. 

Download 2.4 Mb.
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   120




Download 2.4 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Biologiyani о‘qitishda kasbga yо‘naltirish

Download 2.4 Mb.
Pdf ko'rish