Fakultativ mashg‘ulotlarning didaktik maqsadi




Download 2.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/120
Sana25.02.2023
Hajmi2.4 Mb.
#43529
TuriУчебное пособие
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   120
Bog'liq
Biologiya o\'qitish metodikasi o\'quv qollanma
Amaliy mashg
Fakultativ mashg‘ulotlarning didaktik maqsadi
Biologiya fanining turli sohalari bо‘yicha о‘quvchilarning bilimlarini 
chuqurlashtirish va kengaytirish, biologiyani о‘rganishga bо‘lgan qiziqishlarini 
rivojlantirish, uzluksiz ta’lim tizimining keyingi turlarida о‘qishni davom ettirish 
uchun tanlashga yordam berish; 


207 
О‘quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish, tabiatning moddiy 
birligini uning yaxlitligini ilmiy tasavvur qilish, tabiatda sodir bо‘layotgan voqea 
va hodisalarning tabiiy-ilmiy sabablarini bilish, sabab-oqibat bog‘lanishlarini 
tushunishga imkon yaratish; 
О‘simliklarni parvarish qilish va hayvonlarni boqishning ilmiy asoslariga 
e’tiborni qaratish, о‘quvchilarni mavsumiy dala ishlariga, maktab tajriba yer 
maydonchalarida, bog‘ va poliz ekinlari maydonlaridagi ishlarga jalb etish orqali 
ularning kasb tanlashiga, jumladan, qishloq xо‘jalik, meditsina, veterinariya va h.k. 
kabi ixtisosliklar bilan tanishishiga sharoit yaratish; 
О‘quvchilarning ekologik madaniyatini takomillashtirish, tabiatga 
nisbatan ongli va omilkorona munosabatini tarkib toptirish; 
О‘quvchilarning о‘z organizmi, sog‘ligini asrash, profilaktika chora-
tadbirlari, vrach kelguncha birinchi yordam kо‘rsatish, sanoat korxonalari va 
qishloq xо‘jaligi ishlab chiqarishidagi xavfsizlik chora-tadbirlari, ishni ilmiy 
asosda tashkil etish haqidagi bilimlarini kengaytirish; 
О‘quvchilarning gigiyenik ta’lim-tarbiyasini amalga oshirish, gipodina-
miya (kam harakat qilish), chekish, alkogol, notо‘g‘ri ovqatlanish, kun tartibiga 
amal qilmaslikning zararini tushuntirishga yordam berish; 
О‘quvchilarda sharqona odob-ahloq, insoniy fazilatlarni shakllantirish, 
ular ongi va qalbiga milliy istiqlol g‘oyalarini singdirish, milliy va umuminsoniy 
qadriyatlarga hurmat, Ona-Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash sanaladi. 
Umumiy о‘rta ta’lim maktablarida biologiyadan quyidagi fakultativ 
mashg‘ulotlar tashkil etish tavsiya etiladi. 
17-jadval 

Fakultativ mashg‘ulotlar 
Soatlar 
Sinflar 
1

О‘simliklar hayoti 
34 
VI sinf 
2

Hayvonlar hayoti 
34 
VII sinf 
3
Odam fiziologiyasi 
68 
VIII sinf 


208 

4

Ekologiya 
asoslari 
va 
tabiatni 
muhofaza qilish 
34 
VIII sinf 
5

Oliy nerv faoliyati fiziologiyasi 
34 
VIII sinf 
6

Qishloq 
xо‘jaligi 
hayvonlari 
fiziologiyasi va zootexnika asoslari
34 
IX sinf 
7

Umumiy biologiya 
68 
IX sinf 
8

Genetika va seleksiya asoslari 
68 
IX sinf 
О‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida biologiyadan quyidagi 
fakultativ mashg‘ulotlar tashkil etish tavsiya etiladi. 

Fakultativ mashg‘ulotlar 
Soatlar 
Bosqichlar 
1

Organik olam evolyusiyasi 
68 
I-kurs 
2

Genetika va seleksiya asoslari 
68 
I-kurs 
3

Molekulyar biologiya 
68 
I-kurs 
4

Biotexnologiya asoslari 
68 
I-kurs 
Fakultativ mashg‘ulotlarning xilma-xilligi о‘quvchilarning qiziqish va 
ehtiyojlarini tо‘laroq qondirish, biologiya fanining eng istiqbolli yо‘nalishlari, 
biologiyaning ilmiy-tadqiqot metodlari bilan tanishtirish, biologiyaga doir 
bilimlarni amaliyotga qо‘llash va mahalliy sharoitning kadrlarga bо‘lgan 
ehtiyojlarini qoplash imkonini beradi. 


209 
Quyida VI-sinflar uchun mо‘ljallangan “О‘simliklar hayoti” fakultativ 
mashg‘ulotining mazmuni beriladi. 
“О‘simliklar hayoti” fakultativ mashg‘uloti kursini о‘rganish о‘quvchilarni 
о‘simliklarning hayotiy jarayonlari, yovvoyi va madaniy vakillarining xilma-
xilligi, inson hayoti va tabiatdagi ahamiyati bilan tanishtirish, tabiiy 
biogeotsenozlardagi о‘zaro aloqalar haqidagi bilimlarni chuqurlashtirishga imkon 
beradi. 
О‘simliklarning tarixiy rivojlanishi, о‘simlik organizmining hujayraviy 
tuzilishi va hayotiy jarayonlarning moddiy asoslari haqidagi bilimlar 
о‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish uchun asos bо‘lib xizmat 
qiladi. 
О‘simliklarning tabiatdagi va inson hayotidagi ahamiyati, inson faoliyatining 
о‘simliklarning alohida turlariga va tabiiy guruhlarning yashash muhitiga ta’sirini 
о‘rganish о‘quvchilarni tabiatga ma’suliyat bilan munosabatda bо‘lish, ularga 
ekologik, iqtisodiy, estetik, axloqiy tarbiya berish imkonini yaratadi. 
О‘simliklarni ekish, parvarish qilish va kо‘paytirishning ilmiy asoslari 
haqidagi bilimlarni kengaytirish о‘quvchilarning kasb ta’limiga, mehnat va 
iqtisodiy tarbiyasini amalga oshirishga yordam beradi. 
Kurs davomida olib borilgan mashg‘ulotlar о‘quvchilarning nafaqat biologik 
bilim, kо‘nikma va malakalari, balki kuzatish va tajriba о‘tkazish, amaliy va о‘quv 
mehnati kо‘nikmalarining rivojlantirishga zamin yaratadi. 
Kursning mazmuni о‘qitishning turli shakl va metodlari: ma’ruza, 
laboratoriya mashg‘ulotlari, ekskursiya, kuzatish о‘tkazish, tajriba qо‘yish, amaliy 
ishlar, о‘quv tajriba yer maydonida ijtimoiy-foydali mehnatdan о‘z о‘rnida 
samarali foydalanishni talab etadi. 
Shuningdek, ushbu kursni о‘tkazishda о‘quvchilarning tabiatshunoslik, 
geografiya va 5-sinfda botanikadan olingan bilimlari asos bо‘lib xizmat qilishi
fanlararo va mavzulararo bog‘lanishlarni amalga oshirish о‘qituvchining diqqat 
markazida bо‘lmog‘i lozim. 


210 
Umumiy о‘rta ta’lim maktablarining 6-sinf о‘quvchilari uchun mо‘ljallangan 
“О‘simliklar hayoti” fakultativ mashg‘ulotini о‘tkazish 34 soatga mо‘ljallangan 
bо‘lib, shundan “Kirish” mavzusiga 2 soat, “О‘simliklarning tuzilishi va hayot 
faoliyati” mavzusi о‘simlik hujayrasi va tо‘qimalarining tuzilishi va hayot 
faoliyati, oziqlanish, о‘simliklarning nafas olishi, о‘simliklarda moddalarning 
harakatlanishi, о‘simliklarning о‘sishi, rivojlanishi va kо‘payishi kabi masalalarni 
qamrab olgan bо‘lib, ularni о‘rganishga 20 soat, “О‘simliklarning xilma-xilligi. 
Ularning yashash muhitiga moslashganligi” mavzusi о‘simliklar olamining xilma-
xilligi, tabiiy guruhlarda о‘simliklarning hayoti kabi masalalarni mujassamlashtirib 
uni о‘rganishga 12 soat vaqt ajratilgan. 

Download 2.4 Mb.
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   120




Download 2.4 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Fakultativ mashg‘ulotlarning didaktik maqsadi

Download 2.4 Mb.
Pdf ko'rish