“Zoologlar”, “Uslubchilar”




Download 2.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/120
Sana25.02.2023
Hajmi2.4 Mb.
#43529
TuriУчебное пособие
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   120
Bog'liq
Biologiya o\'qitish metodikasi o\'quv qollanma
Amaliy mashg
“Zoologlar”, “Uslubchilar” h.k etib belgilanadilar. 
 
Mustahkamlash uchun savollar: 
1. Zamonaviy ta’lim-tarbiya jarayonining о‘ziga xos xususiyatlarini
bilasizmi? 
2. Ta’lim sohasida davlat siyosatining asosiy prinsiplarini bilasizmi? 
3. Uzluksiz ta’lim tizimining faoliyat kо‘rsatish prinsiplarini bilasizmi?. 
4. Biologik ta’limda qо‘llaniladigan о‘qitish prinsipini bilasizmi? 
5. Biologiyani о‘qitishda foydalaniladigan qonuniyatlar va ularning mohiyatini 
bilasizmi? 
 
 
 
 
 


19 
3-§ BIOLOGIK TA’LIMNING ROLI 
Biologik ta’limning roli insoniyat hayotida katta ahamiyatga ega. Biologiya 
о‘qituvchi biologik bilimlarning har bir inson hayoti va mehnatidagi rolini chuqur 
anglashi, bunga ishonch hosil qilishi lozim, bu shunday ishonchni о‘quvchilarda 
tarbiyalash uchun zarurdir. Maktabda о‘qituvchining muvaffaqiyatli ish olib 
borishining birinchi sharti ana shudir, chunki tarbiyalovchi ta’lim jarayoni 
ishonchga asoslanadi.
 
Biologiya о‘qituvchisining kasbi, о‘quvchilarga nega har bir odam 
biologiyani о‘rganish zarurligini singdirishi uchun yuqori saviyadagi bilim va 
mustahkam idorani talab etadi. 
20-21 asrda fan va texnika rivojlanib ketdi, natijada insoniyat о‘zi 
yashayotgan muhit bilan qarama-qarshilikka duch kelmoqda, muhit uning 
sog‘ligiga va hayotiga havf solmoqda. Sababi ishlab chiqarish va transport 
chiqindilari, о‘rmonlarni kamayishi, azon qavatida teshiklar hosil bо‘lishidir. 
Butun dunyoda tabiatni muhofaza qilish, uning resurslarini qayta tiklash va 
ulardan unumli foydalanish, barcha insoniyat oldida turgan muhim vazifalardan 
bо‘lib kelmoqda. Har bir kishi, davlat va butun insoniyat uchun biologik 
bilimlarning keng yoyilishi va ahamiyati misli kо‘rilmagan darajada oshdi. 
Biologiya fanining yutuqlari ishonchli tarzda insoniyat yangi asrga, biologiya 
asriga kirib borganligi haqida dalolat bermoqda.
Biologiya fanining yutuqlari kо‘p jihatidan tabiiy fanlar fizika, kimyo, 
matematika, astronomiya sohasida erishilgan yutuqlardan foydalanish natijasida 
yuz bermoqda. Bu fanlarning yutuqlari va metodlari asosida elektron 
mikroskopiya, spektroskopiya, rentgenostruktura tahlili, hujayraning molekulyar 
va submolekulyar darajada о‘rganish imkonini beradi. Bioximiya va biofizika 
metodlari asosida tajribalar о‘tkazish natijasida moddalar almashinuvi ayniqsa 
oqsil biosintezining mexanizmi ochib berildi, fotosintez sirlari ochildi. Irsiyatning 
moddiy 
asosi 
DNK 
va 
RNK 
strukturasi, 
funksiyasi 
ayon 
bо‘ladi, 
aminokislotalarning genetik kodi ochib berildi. 


20 
Olimlarning diqqat e’tibori hayot hodisalarining mohiyatini aniqlashga, 
moddalar almashinuvi, irsiyat va о‘zgaruvchanlikni boshqarishning turli usullarini 
ishlab chiqarishga qaratilgan. 
Hujayra va uning organoidlarida boradigan kо‘p jarayonlarining fizik-
kimyoviy va biologik mohiyatini ochib bergan fan yutuqlari hayotiy jarayonlari 
borishiga aktiv aralashishi imkoniyatlarini bermoqda. Biologiya fanining yutuqlari 
meditsina oldiga rak, virus, yurak, qon-tomir va boshqa kasalliklarni davolash kabi 
vazifalarini qо‘ymoqda va bu xastaliklar asta-sekinlik bilan о‘z davosini 
topmoqda. 
Hozirgi vaqtda tirik organizmlarni tuzilishi va unda boradigan jarayonlarga 
asoslangan texnika fani – kibernetika asosida tabiiyot fanlarida yangi yо‘nalish – 
botanika vujudga keldi, bu biologiyani fizika va texnika bilan bog‘laydigan fandir. 
Bionika 
organizmlarning 
morfologik 
va 
funksional moslanishlarini 
muxandislik masalalarini yechish doirasida aniqlaydi va tahlil qildi. Masalan, sezgi 
organlari juda kichik bо‘lgan hashoratlar, tez va kо‘p xarakatlanib energiyani kam 
sarflashi, tez ta’sirlanishi, tanlovchanligi va о‘z-о‘zini boshqara olishi kabilar 
olimlar fikrini jalb etadi va texnikaga qо‘llash usullari haqidagi fikrlarni tug‘diradi. 
Hozirgi vaqtda juda kо‘p qurilmalar hayvonot va о‘simlik olamining tuzilishiga 
asoslangan holda ishlab chiqilgan. 
Hayotiy jarayonlarni boshqarishda fiziologik faol moddalarni roli nihoyatda 
ortib bormoqda. Shuning uchun biologlar biologik faol moddalar gormonlar, 
vitaminlar, antibiotiklar, oqsillar hosil qiladigan mikroorganizm shtammlarini 
yaratib gen va hujayra muxandisligi usullarini qо‘llab insoniyat uchun zarur 
bо‘lgan moddalarni sintez qilib olmoqda. Bunga misol qilib hozirgi vaqtda ichak 
tayoqchasi bakteriyasi genotipiga insulin sintezini boshqaruvchi gen kiritish orqali 
insulinni sintez qilish yо‘lga qо‘yilgan. Bu jarayonlar biotexnologiyada keng 
qо‘llanilmoqda. 
Hozirgi vaqtda insoniyat, zamonaviy genetika va biotexnologiya yutuqlariga 
tayanib, xossalari oldindan ma’lum bо‘lgan mikroorganizmlarni shtammlarini 
yarata oladigan bо‘ladi. Mikroorganizmlardan va hayvonlar uchun zarur bо‘lgan 


21 
vitaminlar, antibiotiklar va boshqa gormonlari ishlab chiqaradilar. Bu 
biopreparatlarni sanoat usulida ishlab chiqish yо‘lga qо‘yilib, hayvonlar ozuqasiga 
qо‘shib berilmoqda. Mikroorganizmlar yordamida hayvonlar mahsuldorligini 
oshirish, о‘simliklarni о‘sish va rivojlanishini tezlashtirish, hosilni hamda 
о‘simliklarni kasalliklarga chidamligini oshirish usullari yо‘lga qо‘yilgan. Gen 
injeneriyasi usullari qо‘llanib kо‘sak qurtiga chidamli g‘о‘za va kolarado 
qо‘ng‘iziga chidamli kartoshka navi yetishtirilgan. 
Biologiya fanining yangi sohasi-kosmik biologiya hozirgi vaqtda vujudga 
kelgan. Undan koinotdagi hayotning shakllari, tarqalishi va uning xususiyatlari 
qanday, о‘zga sayyoralarda hayot nishonalari bor yoki yо‘qligi haqidagi 
olamshumul savollarga javob kutilmoqda. Biologiya fani erishgan yutuqlarini 
ishlab chiqarishga joriy qilingan sari odamlar uchun biologik ta’lim profetsional 
tayyorgarlik elementi bо‘lib qoladi. Umumiy texnika taraqqiyoti bilan birga 
ularning ixtisoslariga bо‘lgan talablari ham oshmoqda. Ular agronomiya va 
zootexnika bilimlarini egallash g‘oyat zarurligini sezmoqdalar va egallamoqdalar. 
Shundan kо‘rinib turibdiki, о‘rta maktabda biologiya ta’limi politexnik 
xarakterga ega bо‘lmog‘i va u yosh avlodning ijtimoiy foydali hamda unumli 
mehnatdagi ishtiroki bilan bog‘lanishi lozim. Bu aloqa fermer xо‘jaliklarida, 
kо‘kalamzorlashtirishda, yangi foydali qazilmalarni, о‘simliklarni qidirib topishda, 
dorivor о‘simliklar tо‘plashda va boshqa ijtimoiy foydali ishlarda amalga 
oshiriladi. Bu nazariy bilimlarni chuqurlashtirishga yordam qiladi va tabiat, qishloq 
xо‘jaligi bilan bog‘liq maktab о‘quvchilariga kasb tanlashlariga imkon beradi. 
Biologiyani о‘rganish mehnatga muhabbat va hurmatni, mehnatni 
insoniyatning barcha moddiy va ma’naviy boyliklarining manbai sifatida e’tirof 
etishni tarbiyalash uchun keng imkoniyatlar beradi. Maktabda biologiya kursini 
о‘rganishni tо‘g‘ri yо‘lga qо‘yilganda u maktabni tamomlab chiqqandan keyin 
ham mustaqil ravishda ma’lumot olish yо‘li bilan bilimlarni tinmay yangilab 
borish ehtiyojini tug‘diradi va rivojlantiradi. 
Hozirgi zamon kishisi hayotining tirik tabiat tо‘g‘risidagi ilmiy bilimlarsiz 
tasavvur etib bо‘lmaydi, chunki uning hayoti о‘simliklar va hayvonot olami bilan 


22 
butkul bog‘langan. Lekin о‘simliklar – Yerda organik xom ashyo va energiya olish 
manbaidir. Hayvonot dunyosi о‘z navbatida turli xil oziq-ovqat va sanoat xom 
ashyosining manbai bо‘lib xizmat qiladi. Tabiiy boyliklardan mohirona 
foydalanish va ularni kо‘paytirish xalq va davlat farovonligini yuqoriga kо‘tarish 
uchun xizmat qiladi. 
Tо‘g‘ri yо‘lga qо‘yilgan biologik ta’lim, ilmiy dunyoqarashni tarbiyalashga 
imkon beradi. О‘quvchilar, biologik ta’lim olaturib, tabiat faktlari va hodisalarini 
о‘zaro bog‘lanishda, xarakat, о‘zgarish va rivojlanish holatida tushunishga 
о‘rganadilar. 
Biologik ta’lim kо‘p jihatdan yosh avlodni estetik tarbiyalashga yordam 
beradi. Ajoyib manzara yosh ruhning rivojlanishiga shu qadar ulkan darajada 
tarbiyaviy ta’sir kо‘rsatadiki, pedagogning ta’siri u bilan tenglasha olmaydi. 
Biologiyani о‘rganishda estetik tarbiyaga barcha о‘quv tarbiya jarayonining uzviy 
qismi sifatida qaraladi. Ilmiy idrok qilish estetik qabul qilish va xissiyotlarni о‘z 
ichiga oladi. 
Biologik ta’lim insonning qalbi va aqliga ijobiy ta’sir qilish uchun hamma 
imkoniyatlarga egadir. Tabiatni idrok qilish u bilan yaqinroq tanishayotgan kishiga 
juda katta huzur baxsh etadi. Tabiat vositalari bilan estetik tarbiya berish yosh 
avlodning umumiy estetik tarbiyasiga kо‘maklashadi. 
Tabiatni sevish – katta va murakkab tuyg‘udir. U yuksak qalb va aql 
doiralarini qamrab oladi va odamning ongli ma’naviy hayotining asosiy tomonini 
tashkil etadi. Bu tuyg‘u kо‘p jihatdan vatanparvarlik xislariga mos keladi. Jonajon 
tabiatga bо‘lgan muhabbat bilan birga yosh avlodga jonajon о‘lkaga, jonajon 
mamlakatga qо‘yilgan mehr о‘sadi. U bevosita bolalikda, maktab yillarida 
tug‘iladi. Ulg‘ayish va yetuklik mehru muhabbatni xis etib olishga olib keladi va 
uni mustahkamlaydi. Biologik ta’lim butun yosh avlodni tabiatga tо‘g‘ri 
munosabatda bо‘lishga olib keladi: unga nisbatan ta’sirchan muhabbatni 
tarbiyalaydi, tabiatning chiroyini idrok etishdan tashqari uni muhofaza qilish, 
asrash, tabiat boyliklarini о‘z qо‘llari bilan yaratish va kо‘paytirishga о‘rgatadi. 
Bularning barchasiga rak, virus, yurak, qon-tomir va boshqa kasalliklarni davolash 


23 
kabi vazifalarini qо‘ymoqda va bu xastaliklar asta-sekinlik bilan о‘z davosini 
topmoqda. 
Hozirgi vaqtda tirik organizmlarni tuzilishi va unda boradigan jarayonlarga 
asoslangan texnika fani – kibernetika asosida tabiiyot fanlarida yangi yо‘nalish – 
botanika vujudga keldi, bu biologiyani fizika va texnika bilan bog‘laydigan fandir. 
Bionika 
organizmlarning 
morfologik 
va 
funksional moslanishlarini 
muxandislik masalalarini yechish doirasida aniqlaydi va tahlil qildi. Masalan, sezgi 
organlari juda kichik bо‘lgan hashoratlar, tez va kо‘p xarakatlanib energiyani kam 
sarflashi, tez ta’sirlanishi, tanlovchanligi va о‘z-о‘zini boshqara olishi kabilar 
olimlar fikrini jalb etadi va texnikaga qо‘llash usullari haqidagi fikrlarni tug‘diradi. 
Hozirgi vaqtda juda kо‘p qurilmalar hayvonot va о‘simlik olamining tuzilishiga 
asoslangan holda ishlab chiqilgan. 
Hayotiy jarayonlarni boshqarishda fiziologik faol moddalarni roli nihoyatda 
ortib bormoqda. Shuning uchun biologlar biologik faol moddalar gormonlar, 
vitaminlar, antibiotiklar, oqsillar hosil qiladigan mikroorganizm shtammlarini 
yaratib gen va hujayra muxandisligi usullarini qо‘llab insoniyat uchun zarur 
bо‘lgan moddalarni sintez qilib olmoqda. Bunga misol qilib hozirgi vaqtda ichak 
tayoqchasi bakteriyasi genotipiga insulin sintezini boshqaruvchi gen kiritish orqali 
insulinni sintez qilish yо‘lga qо‘yilgan. Bu jarayonlar biotexnologiyada keng 
qо‘llanilmoqda. 
Hozirgi vaqtda insoniyat, zamonaviy genetika va biotexnologiya yutuqlariga 
tayanib, xossalari oldindan ma’lum bо‘lgan mikroorganizmlarni shtammlarini 
yarata oladigan bо‘ladi. Mikroorganizmlardan va hayvonlar uchun zarur bо‘lgan 
vitaminlar, antibiotiklar va boshqa gormonlari ishlab chiqaradilar. Bu 
biopreparatlarni sanoat usulida ishlab chiqish yо‘lga qо‘yilib, hayvonlar ozuqasiga 
qо‘shib berilmoqda. Mikroorganizmlar yordamida hayvonlar mahsuldorligini 
oshirish, о‘simliklarni о‘sish va rivojlanishini tezlashtirish, hosilni hamda 
о‘simliklarni kasalliklarga chidamligini oshirish usullari yо‘lga qо‘yilgan. Gen 
injeneriyasi usullari qо‘llanib kо‘sak qurtiga chidamli g‘о‘za va kolarado 
qо‘ng‘iziga chidamli kartoshka navi yetishtirilgan.Biologiya fanining yangi sohasi-


24 
kosmik biologiya hozirgi vaqtda vujudga kelgan. Undan koinotdagi hayotning 
shakllari, tarqalishi va uning xususiyatlari qanday, о‘zga sayyoralarda hayot 
nishonalari bor yoki yо‘qligi haqidagi olamshumul savollarga javob kutilmoqda. 
Biologiya fani erishgan yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy qilingan sari odamlar 
uchun biologik ta’lim profetsional tayyorgarlik elementi bо‘lib qoladi. Umumiy 
texnika taraqqiyoti bilan birga ularning ixtisoslariga bо‘lgan talablari ham 
oshmoqda. Ular agronomiya va zootexnika bilimlarini egallash g‘oyat zarurligini 
sezmoqdalar va egallamoqdalar. 
Shundan kо‘rinib turibdiki, о‘rta maktabda biologiya ta’limi politexnik 
xarakterga ega bо‘lmog‘i va u yosh avlodning ijtimoiy foydali hamda unumli 
mehnatdagi ishtiroki bilan bog‘lanishi lozim. Bu aloqa fermer xо‘jaliklarida, 
kо‘kalamzorlashtirishda, yangi foydali qazilmalarni, о‘simliklarni qidirib topishda, 
dorivor о‘simliklar tо‘plashda va boshqa ijtimoiy foydali ishlarda amalga 
oshiriladi. Bu nazariy bilimlarni chuqurlashtirishga yordam qiladi va tabiat, qishloq 
xо‘jaligi bilan bog‘liq maktab о‘quvchilariga kasb tanlashlariga imkon 
beradi.Biologiyani о‘rganish mehnatga muhabbat va hurmatni, mehnatni 
insoniyatning barcha moddiy va ma’naviy boyliklarining manbai sifatida e’tirof 
etishni tarbiyalash uchun keng imkoniyatlar beradi.
Maktabda biologiya kursini о‘rganishni tо‘g‘ri yо‘lga qо‘yilganda u maktabni 
tamomlab chiqqandan keyin ham mustaqil ravishda ma’lumot olish yо‘li bilan 
bilimlarni tinmay yangilab borish ehtiyojini tug‘diradi va rivojlantiradi. 
Hozirgi zamon kishisi hayotining tirik tabiat tо‘g‘risidagi ilmiy bilimlarsiz 
tasavvur etib bо‘lmaydi, chunki uning hayoti о‘simliklar va hayvonot olami bilan 
butkul bog‘langan. Lekin о‘simliklar – Yerda organik xom ashyo va energiya olish 
manbaidir. Hayvonot dunyosi о‘z navbatida turli xil oziq-ovqat va sanoat xom 
ashyosining manbai bо‘lib xizmat qiladi. Tabiiy boyliklardan mohirona 
foydalanish va ularni kо‘paytirish xalq va davlat farovonligini yuqoriga kо‘tarish 
uchun xizmat qiladi.Tо‘g‘ri yо‘lga qо‘yilgan biologik ta’lim, ilmiy dunyoqarashni 
tarbiyalashga imkon beradi. О‘quvchilar, biologik ta’lim olaturib, tabiat faktlari va 


25 
hodisalarini о‘zaro bog‘lanishda, xarakat, о‘zgarish va rivojlanish holatida 
tushunishga о‘rganadilar. 
Biologik ta’lim kо‘p jihatdan yosh avlodni estetik tarbiyalashga yordam 
beradi. Ajoyib manzara yosh ruhning rivojlanishiga shu qadar ulkan darajada 
tarbiyaviy ta’sir kо‘rsatadiki, pedagogning ta’siri u bilan tenglasha olmaydi. 
Biologiyani о‘rganishda estetik tarbiyaga barcha о‘quv tarbiya jarayonining uzviy 
qismi sifatida qaraladi. Ilmiy idrok qilish estetik qabul qilish va xissiyotlarni о‘z 
ichiga oladi. 
Biologik ta’lim insonning qalbi va aqliga ijobiy ta’sir qilish uchun hamma 
imkoniyatlarga egadir. Tabiatni idrok qilish u bilan yaqinroq tanishayotgan kishiga 
juda katta huzur baxsh etadi. Tabiat vositalari bilan estetik tarbiya berish yosh 
avlodning umumiy estetik tarbiyasiga kо‘maklashadi. 
Tabiatni sevish – katta va murakkab tuyg‘udir. U yuksak qalb va aql 
doiralarini qamrab oladi va odamning ongli ma’naviy hayotining asosiy tomonini 
tashkil etadi. Bu tuyg‘u kо‘p jihatdan vatanparvarlik xislariga mos keladi. Jonajon 
tabiatga bо‘lgan muhabbat bilan birga yosh avlodga jonajon о‘lkaga, jonajon 
mamlakatga qо‘yilgan mehr о‘sadi. U bevosita bolalikda, maktab yillarida 
tug‘iladi. Ulg‘ayish va yetuklik mehru muhabbatni xis etib olishga olib keladi va 
uni mustahkamlaydi. 
Biologik ta’lim butun yosh avlodni tabiatga tо‘g‘ri munosabatda bо‘lishga 
olib keladi: unga nisbatan ta’sirchan muhabbatni tarbiyalaydi, tabiatning chiroyini 
idrok etishdan tashqari uni muhofaza qilish, asrash, tabiat boyliklarini о‘z qо‘llari 
bilan yaratish va kо‘paytirishga о‘rgatadi.
Bularning barchasiga biologik qonuniyatlarni chuqur va ongli ravishda 
о‘zlashtirgandagina erishish mumkin.Talabalarni 4 ta kichik guruhlarga ajratish 
hamda о‘quv topshiriqlarni mustaqil ravishda sifatli bajarishga erishish. О‘qituvchi 
talabalarni guruhlarga ajratib, ularning faoliyatini quyidagi topshiriqlarni mustaqil 
bajarishga yо‘llaydi. 

Download 2.4 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   120




Download 2.4 Mb.
Pdf ko'rish