qonunlari», «Ash-Shifo», «Al-qonun», «An-Najot», «Donishnoma»




Download 2.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/120
Sana25.02.2023
Hajmi2.4 Mb.
#43529
TuriУчебное пособие
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   120
Bog'liq
Biologiya o\'qitish metodikasi o\'quv qollanma
Amaliy mashg
qonunlari», «Ash-Shifo», «Al-qonun», «An-Najot», «Donishnoma» va 
boshqalar. 


31 
Ibn Sino о‘zining ta’lim-tarbiyaga oid qarashlarini ijtimoiy-falsafiy 
qarashlari bilan bog‘liq holda ifodalangan va maxsus risolalarda talqin qilgan. 
Shuningdek fanlarni tasnif etadi. Bunda u birinchi о‘ringa tibbiyot fanlarini 
qо‘yadi. 
Ibn Sino bilim olishda bolalarni maktabda о‘qitish zarurligini qayd etar 
ekan, ta’limda quyidagi tomonlarga rioya qilish zarurligini ta’kidlqaydi: 
1. Bolaga bilim berishda birdaniga kitobga band qilib qо‘ymaslik; 
2.Ta’limda yengildan og‘irga borish oraliq bilim berish: 
3.О‘qitishda jamoa bо‘lib maktabda о‘qitishga e’tibor berish; 
4.Bilim berishda bolalarning qiziqishi va qobiliyatini hisobga olish; 
5.О‘qitishni jismoniy mashqlar bilan qо‘shib olib borish; 
Bu talablar hozirgi davr tamoyillariga ham mos kelishi bilan 
qimmatlidir. 
Ibn Sino о‘qituvchining qanday bо‘lishi kerakligi tо‘g‘risida qator fikrlarni 
bayon etadi. Ular quyidagilardir: 
1.Bolalar bilan muomulada bosiq, jiddiy bо‘lish; 
2.Berilayotgan bilimni talabalar qanday о‘zlashtirib olayotganiga e’tibor 
berish; 
3.Ta’limda turli metod va shakllardan foydalanish; 
4.Talabaning xotirasi, bilimlarini egallash qobiliyati, shaxsiy xususiyatlarini 
bilishi; 
5.Fanga qiziqtira olish; 
6.Berilayotgan bilimlarni eng muhimlarini ajratib bera olish; 
7.Bilimlarni talablarga tushunarli, uning yoshi, aqliy darajasiga mos ravishda 
berish; 
8.Har bir sо‘zning bolalar hissiyotini uyg‘otish darajasida bо‘lishiga erishish 
zarur, deydi olim. 
Ibn Sino ta’limotida bilishda qaysi metodlardan foydalanilmasin u og‘zaki 
ifodalash, tajribalarini baribir talabada haqiqiy bilim hosil qilish mustaqil, mantiqiy 
fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, olgan bilimlarini amaliyotga tadbiq eta olish 


32 
qobiliyatini tarkib toptirish asosiy maqsad bо‘lgan.
Ibn Sino aqliy, axloqiy 
tarbiya bilan bir qatorda inson kamolotida jismoniy tarbiyaning muhim ahamiyatini 
ham nazariy, ham amaliy jihatidan tahlil qiladi. Ibn Sinogacha insonning kamolga 
yetishida jismoniy tarbiyaning ta’siri haqida bizlarda bir yaxlit ta’limot 
yaratilmagan edi. Jismoniy mashqlar, tо‘g‘ri ovqatlanish, uyqu, badanni toza 
tutish, tartibga rioya etish, inson sog‘lig‘ini saqlashda muhim omillardan ekanini 
ham ilmiy ham amaliy jihatidan asosladi. 
Xulosa qilib aytganda, Ibn Sinoning ta’lim-tarbiyaviy qarashlarida insonning 
ham aqliy, ham ahloqiy estetik hamda jismoniy tomondan rivojlanishi uning 
kamolga yetishining asosiy mezoni sifatida talqin etiladi. 

Download 2.4 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   120




Download 2.4 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



qonunlari», «Ash-Shifo», «Al-qonun», «An-Najot», «Donishnoma»

Download 2.4 Mb.
Pdf ko'rish