• “ maktabi usuli jadida” yani “ yangi usul maktabiga”
  • “usuli jadid” maktabining qonun qoidalarini I.Gasprinskiy va uning muomalalaridan о‘rganadi. U “usuli jadid”
  • Mustahkamlash uchun savollar




    Download 2.4 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet18/120
    Sana25.02.2023
    Hajmi2.4 Mb.
    #43529
    TuriУчебное пособие
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   120
    Bog'liq
    Biologiya o\'qitish metodikasi o\'quv qollanma
    Amaliy mashg
     
    Mustahkamlash uchun savollar: 
    1.Biologiya о‘qitish metodikasining asosiy maqsadi vazifalari nimalardan 
    iborat? 
    2.Biologiya о‘qitish metodikasining о‘quv fani bilan fani boshqa fanlar orasida
    qanday tafovutlar mavjud? 
    3. Biologiya о‘qitish metodikasi fan sifatida nimalarni о‘rgatadi? 
    4. Biologiya о‘qitish metodikasi о‘quv fani sifatida qanday vazifani bajaradi? 
    5.Biologiya о‘qitish metodikasi bilan pedagogika fani о‘rtasida qanday 
    bog‘lanishlar bor? 


    33 
    5-§ TURKISTON JADIDCHILIK HARAKATIDA TA’LIM VA 
    TARBIYA 
    «Jadid» sо‘zi arabcha sо‘z bо‘lib, «yangi», «jadidchilik» esa yangilik 
    tarafdorlari degan ma’noni bildiradi. 19 asr oxiri 20 asrning boshlarida Turkistonda 
    chor mustamlakachiligining kuchayishi natijasida о‘lkada jadidchilik xarakatining 
    vujudga kelishiga sabab bо‘ldi. Jadidlar Misr, Turkiya, Kavkaz, Turkiston va 
    boshqa о‘lkalarda siyosiy oqim sifatida yuzaga keldi. Jadidlar о‘z davrining eng 
    ilg‘or kishilaridir.Bu kishilar jamiyatning qaysi tabaqasiga mansubligidan qat’iy 
    nazar, yangilik, taraqqiyot, ma’rifat va madaniyat tarafdori bо‘lib chiqdilar.
    Turkistonlik jadidlar ona Vatanlarini mustaqil, ozod holda kо‘rishni 
    о‘zlarining bosh maqsadlari deb bildilar. Milliy ozodlik kurashida qurol kuchi 
    bilan muvaffaqiyat qozonib bо‘lmasdi. Shu bois ular milliy istibdodga tushib 
    qolishlarining sabablarini tahlil qilib, bularning tub ildizlari yо‘q qilib tashlash 
    lozimligini anglab yetdilar. Natijada jadidlarining hamma narsadan oldin halqqa 
    ma’rifat berish lozim degan g‘oyasi yuzaga keldi. Jadidlar 1906 yildayoq 
    «Taraqqiyot» deb nomlangan gazeta nashr ettirib, о‘z g‘oyalarini tarata 
    boshladilar. Turkistonning turli shaharlarida jadid maktablari ochilib, ularda diniy 
    ilmlar bilan birgalikda dunyoviy bilimlar jumladan tabiat haqidagi bilimlar ham 
    targ‘ib qilina boshlandi. Jadidlar uchun ilm va ma’rifat yagona qurol bо‘lib, ular 
    shu qurol yordamida о‘lkada ijtimoiy – iqtisodiy va madaniy taraqqiyot uchun 
    kurashmochi bо‘ldilar. Jadidlar о‘z ezgu orzularini, faqat maktab, ma’orif va ta’lim 
    tarbiyani tо‘g‘ri yо‘lga qо‘yish, uni rivojlantirish bilangina amalga oshirish 
    mumkin, deb bildilar. 
    Jadidlar ma’rifati haqida gap ketganda dastlab qirimlik Ismoil Gaspirinskiyni 
    tilga olish kerak. U Rossiya musulmonlari orasida birinchi “ maktabi usuli jadida” 
    yani “ yangi usul maktabiga” asos soldi. Ismoil Gasprinskiy taklif etgan “Usuli 
    jadid” maktabining tuzilishi, darslarning tashkil qilinishi, о‘qitish metodikasi, 
    nazorat turlari kо‘p jihatdan Yevropa ta’lim tizimiga yaqin bо‘lgan. U 
    madrasalarni isloh qilish, dunyoviy fanlarni о‘qitish masalalarini kо‘tardi. 
    Jumladan, diniy fanlar va arab tili bilan birga tibbiyot, kimyo kabi fanlarni 


    34 
    о‘rganish zarurligi haqida sо‘z yuritadi. I.Gasprinskiy yangi usulni targ‘ib qilish, 
    jadid maktablarini tashkil ettirish uchun turli joylarga safar qiladi. Turkistonda ham 
    2 marta bо‘lib, mahalliy halq yordamida, dastlabki yangi usul maktablari ochishga 
    muvaffaq bо‘ldi. 
    Jadidlar, eng avvalo, о‘qitishning eski usuli yaramasligini, yoshlarga 
    zamonaviy ilmlarni о‘rgatish zarurligini tushunishlari bilan birga, ta’lim tizimida 
    ona tilini chuqurroq о‘rgatish, ona tilidagi darslarni kо‘paytirish, boshqacha qilib 
    aytganda, о‘quv dasturida ona tilidagi darslarni oshirish orqali о‘quvchilarni ona 
    tilida о‘qitish oraliq yoshlarda vatanparvarlik, millatparvarlik tuyg‘usini 
    shakllantirish mumkin degan hulosaga kelish va bu yо‘ldagi dadil harakat 
    jadidlarning ma’rifat sohasidagi yangicha qarashlar, anirog‘i Konsepsiyasi edi. 
    Ana shu harakat zamirida jadidlarning pedagogik qarashlari ham shakllanib bordi. 
    Jadidlar “Taraqqiyot” gazetasida maktab dasturiga alohida e’tibor berdi. Ularning 
    ayrim dasturlariga kо‘ra, boshlang‘ich maktab 4-sinfdan tashkil topishi kerak. 
    Unga 7-yoshdan kichik bolalar qabul qilinmaydi. Dasturda nimalar о‘qitilishi bilan 
    birga maktabning tashkiliy tomonlari haqida ham aniq kо‘rsatmalar bor. Jumladan, 
    yilda tо‘qqiz oy taxsil, uch oy ta’til bо‘lishi haqida, о‘quvchilarni maktabga 
    avgustning 15sidan 1sentabrgacha qabul qilish, 15 mayda imtixon bо‘lishi haqida 
    qaror keltirilgan. Dasturda bayramlarda bir kun dam olish bо‘lishi, maktabda 
    darslar ketayotganda maktabga qabul qilish tо‘xtatilishi tо‘g‘risida qaror ham 
    mavjud. 
    Jadidlarning tarbiya haqida qarashlari ham ilg‘or fikrlar bilan boydir. 
    Jadidlarning tarbiya odob – ahloq haqidagi fikrlari, asosan qadimdan islom 
    olamida qaror topgan qarashlar negizida shakllangan. Jadidlar ajdodlardan bolalar, 
    umuman, inson tarbiyasida musulmonlarga xos diyonatli, sahovatli, xushmuomula 
    bо‘lishi singari muhim hislatlarni qabul qildilar. Ayni zamonda ularning pedagogik 
    qarashlarida yangi bir tushuncha paydo bо‘ldi. Bu tarbiyada muhit, zamon, 
    sharoitning о‘rni tо‘g‘risidagi qarashdir. Jadidlar pedagogikasi ijtimoiy hayot, 
    uning talablari, ehtiyojlarini hisobga olish bilan о‘zlarigacha bо‘lgan Sharq 
    pedagogikasidan bir qadam siljish bо‘lgan edi. 


    35 
    Jadidlar komil inson – bu, eng zamonaviy insondir. Zamonaviy inson esa, 
    millat va Vatan manfaatini barcha narsadan ustun qо‘yuvchi, ma’rifatli, diniy va 
    zamonaviy ilm-fanlarni egallagan hushxulq, tarbiyali kishidir deydi.
    Markaziy Osiyo jadidchiligi haqida gap ketganda buni Bexbudiy, Munavvar 
    qori, Shakuriy, Fitrat, A.Avloniy kabi о‘nlab ma’rifatparvar ilm darg‘alarning 
    faoliyatisiz tasavvur qilib bо‘lmaydi, aksincha ular haqida gap ketganda 
    jadidchilikni chetlab о‘tib bо‘lmaydi: 
    Mahmudxо‘ja Behbudiy, Turkistonda jadidlar xarakati asoschilaridan biri, 
    jahonga mashxur bо‘lgan geografiyashunos, atoli jamoat arbobi, buyuk 
    islomshunos, pedagog olimdir. 
    Bexbudiyning nomi Turkiston maktab maorifida keng о‘rin egallaydi. U 
    birinchi bо‘lib о‘lkada yangicha usuldagi maktablarning tashkil etilishini 
    targ‘ibotchilaridan va amaliyotchilaridan biridir. Bexbudiy “usuli jadid” 
    maktabining qonun qoidalarini I.Gasprinskiy va uning muomalalaridan о‘rganadi. 
    “usuli jadid” maktablari uchun bir qancha darsliklar yozdi. “Qisacha umumiy 

    Download 2.4 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   120




    Download 2.4 Mb.
    Pdf ko'rish