• Biologiya о‘qitish metodikasi
  • O’zbekiston Respublikasi Xalq




    Download 2.4 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/120
    Sana25.02.2023
    Hajmi2.4 Mb.
    #43529
    TuriУчебное пособие
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   120
    Bog'liq
    Biologiya o\'qitish metodikasi o\'quv qollanma
    Amaliy mashg
    Taqrizchilar:
    Qarshi davlat universiteti 
    Biologiya kafedrasi dotsenti, b.f.n SH.A.Samadova 
     Termiz davlat universiteti 
     Botanika kafedrasi dotsenti, D.N.Qodirova 
     
     
     
     



    KIRISH 
    О‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi halqimiz 
    uchun juda katta tarixiy ahami yatga ega bо‘lgan voqiylikdir. Mustaqillik 
    deganda davlatning о‘zi tarixiy va madaniy an’analariga suyangan holda 
    rivojlanishning konkret sharoitlaridan kelib chiqib, о‘zining yaqin 
    kelajagini rivojlantirishga yо‘llarini belgilaydi. Ana shunday yо‘llardan biri 
    ta’lim sohasining barcha jabxalarida islohatlar о‘tkazishdan iborat. Bu 
    isloxatlar ta’lim tо‘g‘risidagi qonunda о‘z ifodasini topgan. 
    Mamlakatimizda mustaqillik yillarida barcha sohalarda keng qamrovli 
    ishlar amalga oshirilmoqda. Davlatimizni ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirishning 
    2017 – 2021 yillarga mo’ljallangan beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha qabul 
    qilingan “Harakatlar strategiyasining to’rtinchi ustuvor yo’nalishi – ijtimoiy 
    sohani rivojlantirishga bag’ishlangan". Huddi shu yo’nalishning to’rtinchi 
    bandida ta’lim va ilm fanga alohida e’tibor berilgan bo’lib, ta’lim tizimida jahon 
    andozalariga mos ta’lim shakllarini tashkil etish, bilim berishning ustuvor 
    metodlaridan foydalanishni yanada takomillashtirishga qaratilgan.
    Oliy ta’lim tizimida bu borada bir qator amaliy ishlarga, jumladan moddiy-
    texnika asosini tubdan yaxshilashga qaratilgan tadbirlar olib borilmoqda. 
    Shulardan biri oliy ta’lim tizimida о‘qitiladigan barcha fanlar bо‘yicha 
    ma’ruzalar matni kurslarini tayyorlashdir. 
    Biologiya о‘qitish metodikasi fani bо‘yicha tayyorlangan ushbu kurs ham 
    yuqorida yuritilgan muloxazalarga asoslangan. O’quv qo’llanmada VI bob 
    asosida tuzilgan 29 ta ma’ruzadan iborat. Matnlarni tayyorlashda о‘zbek tilida 
    chop etilgan darslik va qо‘llanmalar asos qilib olindi. Malaka talablari bilan birga 
    ma’ruzalarda rus tilida chop etilgan darslik va qо‘llanmalar, shuningdek keyingi 
    yillarda fan sohasida erishilgan yutuqlar ham matnda о‘z о‘rnini topgan. 
    Ma’ruzalar matni о‘quv qо‘llanmalarga nisbatan ancha qisqa, ammo masalalar 
    lо‘nda qilib keltirilgan. U yoki bu masala yuzasidan kengroq ma’lumot olish 
    uchun albatta darsliklarga murojaat qilish shart.



    Buning uchun har bir ma’ruza oxirida mustaqil о‘qish uchun savollar 
    keltirilgan. Ma’ruzalar ketma-ketligi о‘qituvchining xoxishiga kо‘ra 
    almashtirishi mumkin. Ma’ruzalar matnida talabalar Biologiya о‘qitish 
    metodikasi bо‘yicha hozirda ma’lum bо‘lgan qonun va qonuniyatlar, qoidalar va 
    tadqiqotlar natijalari bilan tanishib qolmay, balki hali yechilmagan, hal qilinishi 
    zarur bо‘lgan muammolar bilan ham tanishadilar va bu о‘z navbatida ushbu 
    sohaga yangi, yosh talantlarni kirib kelishiga yо‘l ochadi. Bizning kelajagimiz 
    xalqimiz va davlatimiz kelajagi esa yoshlarimizning qо‘lidadir. 
     
    Maskur o’quv qo’llanma 2018-yilda ishlab chiqilgan 5140100-biologiya 
    ta’lim yo’nalishi bakalaviriat talabalari uchun malaka talablari va o’quv rejasi, 
    dasturi asosida yozilgan. Qo’llanma kadrlar tayyorlash milliy dasturi, ta’lim 
    to’g’risidagi qonunlarga asoslanib yozilgan darsliklar o’quv qo’llanmalar, 
    monografiyalar, ilmiy-ommobop kitoblar, ilmiy jurnallarda chop etilgan 
    maqolalardan foydalanildi.

    Download 2.4 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   120




    Download 2.4 Mb.
    Pdf ko'rish