muallimlarning «diatlariga suyangan, vijdonlariga yuklangan muqaddas bir




Download 2.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/120
Sana25.02.2023
Hajmi2.4 Mb.
#43529
TuriУчебное пособие
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   120
Bog'liq
Biologiya o\'qitish metodikasi o\'quv qollanma
Amaliy mashg
muallimlarning «diatlariga suyangan, vijdonlariga yuklangan muqaddas bir 
vazifadir. Negaki fikrning quvvati, ziynati, kengligi, muallimning tarbiyasiga 
bog‘liqdir». 
A.Avloniy ilmning jamiyat taraqqiyotidagi rolini tushunardi. Shuning uchun 
yoshlarni ilm sirlarini bо‘lishga, ayniqsa tabiiy fanlarni bо‘lishga chaqiradi. 
Chunki bu fanlar tabiatda bо‘lgan xodisalarni mohiyatini yechishga imkon beradi. 
Yoshlarni kitob mutoala qilishga chaqiradi. Uning fikricha, ilm agar jamiyat 
manfatiga xizmat qilmasa, halq farovonligi yо‘lida qо‘llanmasa, u о‘likdir. 
A.Avloniy о‘z ilmini amalda qо‘llay oladigan kishilarga yuksak baho beradi, ularni 
dono insonlar, deb biladi.


38 
Abdurauf Fitrat XX-asr boshlarida Vatan mustaqilligi va millat farovonligi 
uchun kurashgan jadidchilik xarakati namoyondalaridan biri, u yirik olim, davlat 
va siyosat arbobi, mohir pedagog va buyuk ma’rifatparvardir. Fitrat о‘zbek 
olimlari ichida birinchi bо‘lib, о‘sha davrda professor unvoniga ega bо‘lgan 
olimdir. Fitrat о‘z asarlarida ta’lim tarbiya va uning maqsadlari maktab-maorif 
ishlari, bilim berish usullarini va vositalari haqida, ma’rifatli insonlarni 
tarbiyalash yо‘llari haqida tо‘xtalgan. Fitrat yoshlarni chet tillarni о‘rganishga 
da’vat etgan. U mamlakatni rivojlanishi uchun chet ellar fani, madaniyatidan 
xabardor bо‘lishi lozim deb bilardi. U halq maorifi noziri bо‘lgan davrda 
talabalarni Germaniya, Turkiyaga u yerdagi ilg‘or Yevropa ilm-fan, tabobat, 
texnika sirlarini о‘rganish uchun yuborish tashabbuskorlaridan biri bо‘ldi. Fitrat 
insonning kamolotga yetishish uchun badan tarbiya muhim ahamiyatga ega 
ekanligini aytib, insonning butun a’zosi salomat va quvvatga ega bо‘lmasa, unday 
inson uzoq yashamasligini qayd qiladi. Bolalarning ilm olishi bilan birga ularning 
badan tarbiyasiga ahamiyat berilishi lozim. Fitrat bolalarning sog‘lom bо‘lib, 
kamol topishi haqida gapirar ekan, ularni yoshligidan sof havodan bahramand 
qilishni tavsiya etadi. Fitratning ahloqiy tarbiya haqidagi fikrlari ham muhim 
ahamiyatga ega. Fitratning uqtirishicha, bolalar suvga о‘xshaydilar. Suv qaysi 
rangdagi idishda bо‘lsa, о‘sha rangda tovlangan kabi bolalar ham qanday muhitda 
bо‘lsalar, о‘sha muhitning har qanday ahloq va odatni qabul qiladilar. Madaniyatli 
millat bо‘lish uchun bolalarning ahlok tarbiyasiga katta ahamiyat berish kerakligi 
qayd etadi. Fitrat ahloqiy tarbiyada, avvalo, ota-ona va muallimlarning о‘zlari 
gо‘zal ahloli bо‘lishlari zarurligini aytadi. Fitrat vatanning ravnaq topishi uchun 
dunyoviy ilmlarni egallashga da’vat etadi. 

Download 2.4 Mb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   120




Download 2.4 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



muallimlarning «diatlariga suyangan, vijdonlariga yuklangan muqaddas bir

Download 2.4 Mb.
Pdf ko'rish