• 3). Og‘zaki metodlarga nimalar kiradi
  • 5). Qaysi suhbat turi yangi material о‘rganilgandan sо‘ng о‘tkaziladi
  • «Ta’lim tо‘g‘risida»gi
  • Mustahkamlash uchun savollar




    Download 2.4 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet22/120
    Sana25.02.2023
    Hajmi2.4 Mb.
    #43529
    TuriУчебное пособие
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   120
    Bog'liq
    Biologiya o\'qitish metodikasi o\'quv qollanma
    Amaliy mashg
    Mustahkamlash uchun savollar: 
    1. Jadidchilik xarakatini vujudga kelish sababi nimada edi? 
    2.Jadidchilar harakatining asosiy maqsadi nimadan iborat? 
    3.Jadidchilarning ta’lim va tarbiya haqida qanday qarashlari mavjud? 
    4.Yangi usul maktablarini ochilishida qaysi olimlar kо‘p ishlar qildilar? 
    5.Munavvar qorining ta’lim va tarbiya haqidagi qarashlari nimadan iborat? 


    39 
    TEST SAVOLLARI 
     
     
    1). Biologiya о‘qitish uslubiyatlari nechta? 
    A) 3 ta; B) 5 ta; S) 2 ta; D) 4 ta.
     2). Hikoya nima ? 
     
    A)О‘qituvchi va о‘quvchi orasidagi munosabat;
    B)Kо‘rgazmalardan foydalanish; 
    S) О‘qituvchining jonli sо‘zi; 
    D)О‘quvchilarning test tuzishi. 
    3). Og‘zaki metodlarga nimalar kiradi ? 
    A) Namoyish qilish, suhbat, tajriba;
    B) Kitob bilan ishlash, hikoya;
    S) Namoyish qilish,ekskursiya; 
    D) Hikoya, suhbat, savol-javob. 
    4). Hikoyaning xillirini kо‘rsating? 
    A) Aytib berish, kirish; 
    B) Yakunlovchi tushuntirish; 
    S) Aytib berish, ta’riflash, xarakterlash, tushuntirish, muhokama qilish;  
    D) Tushuntirish, muhokama qilish. 
    5). Qaysi suhbat turi yangi material о‘rganilgandan sо‘ng о‘tkaziladi? 
    A) Kirish suhbati; 
    B) Bayon qiluvchi suhbat; 
    S) Takrorlovchi suhbat; 
    D) Yakunlovchi suhbat. 


    40 
    II-BOB. BIOLOGIYANI O’QITISH SHAKILLARI MA 
    TAMOYILLARI 
    6-§ BIOLOGIK TA’LIM JARAYONINING YAXLITLILIGI,
     О‘QITISH PRINSIPLARI VA QONUNIYATLARI 
    О‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi, jahon hamjamiyatiga 
    yuz tutishi, rivojlangan mamlakatlar bilan iqtisodiy, madaniy - ma’rifiy, diplomatik 
    aloqalarning yо‘lga qо‘yilishi barcha jabhalar kabi ta’lim tizimini isloh qilishni 
    talab etdi. 
    Shu sababli О‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim tо‘g‘risida»gi qonunida
    ta’lim mamlakatimizning ijtimoiy taraqqiyot sohasida ustuvor yо‘nalish deb e’lon 
    qilingan. 
    Mazkur hujjatda mamlakatimizning ta’lim sohasidagi davlat siyosatining 
    asosiy prinsiplari etib, quyidagilar qayd etilgan: 
    1. ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi; 
    2. Ta’lim uzluksizligi va izchilligi; 
    3. Ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi; 
    4. Davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi; 
    5. Ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondoshuv; 
    6. Bilimli bо‘lish va iste’dodni rag‘batlantirish; 
    7. Ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg‘unlashtirish; 
    Ma’lumki, mamlakatimizning ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy 
    prinsiplari uzviy ravishda uzluksiz ta’lim tizimining faoliyat kо‘rsatish 
    prinsiplariga bevosita ta’sir kо‘rsatadi va ularni taqozo etadi. 
    О‘zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ta’lim tizimini 
    tubdan isloh qilish, zamon talablari asosida qayta qurish, uzluksiz ta’lim tizimining 
    turlari, ta’lim muassasalari oldidagi vazifalar, kadrlar tayyorlash milliy modelini 
    amaliyotga tatbiq etish masalalari bilan bir qatorda uzluksiz ta’lim tizimining 
    quyidagi faoliyat kо‘rsatish prinsiplari qayd etilgan. 
    Ta’limning ustuvorligi – ta’lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etilishi va 
    rivojlantirilishi jamiyatimizdagi ustuvor yо‘nalish sanaladi. Ta’limning ustuvorligi 


    41 
    yuksak ma’naviyatli, bilimli va salohiyatli barkamol shaxsning shakllanishiga 
    zamin yaratadi. 
    Ta’limning demokratlashuvi – ta’lim va tarbiya uslublarini tanlashda, ta’lim-
    tarbiya jarayonini tashkil etish va boshqarishda ustoz va tahsil oluvchining 
    hamkorligiga asoslanadi. 
    Ta’limning insonparvarlashuvi – inson qobiliyatlarini tо‘liq ochilishi va 
    bilim olishga bо‘lgan ehtiyojlarning qondirilishi, milliy va umuminsoniy 
    qadriyatlar ustuvorligining ta’minlanishi, inson, jamiyat va atrof-muhitning о‘zaro 
    munosabatlarini uyg‘unlashtirishga asoslanadi. Ta’limning ijtimoiylashuvi – ta’lim 
    oluvchilarda ongli intizom, insoniy qadr – qimmat tuyg‘usi, yuksak ma’naviyat, 
    ijtimoiy normalarga asoslangan xulq-atvor, estetik boy dunyoqarash, mantiqiy va 
    ijodiy fikrlashni tarkib toptirish nazarda tutiladi.
    Ta’limning milliy yо‘naltirilganligi – ta’limning milliy tariximiz, xalq 
    an’analari va urf-odatlari bilan uzviy uyg‘unligi, О‘zbekiston xalqlarining 
    madaniyatini saqlab qolish va boyitish, ta’limni milliy taraqqiyotning о‘ta muhim 
    omili sifatida e’tirof etish, boshqa xalqlarning tarixi va madaniyatini hurmatlashni 
    ta’minlaydi. 
    Ta’lim va tarbiyaning uzviy bog‘liqligi har tomonlama kamol topgan insonni 
    shakllantirishni nazarda tutadi. Iqtidorli yoshlarni aniqlash – ta’lim jarayonini 
    differensiallashtirish va individuallashtirish, iqtidorli yoshlarga ta’limning eng 
    yuqori darajasida, izchil ravishda fundamental va maxsus bilim olishlari uchun 
    shart-sharoitlar yaratishni kо‘zda tutadi. 
    Respublikamizda olib borilayotgan ta’lim sohasidagi islohotlarning 
    muvaffaqiyati uzluksiz ta’lim tizimining barcha turlarida ta’lim-tarbiya jarayoni 
    tashkil etiladigan о‘qitish prinsiplari ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy 
    prinsiplari va uzluksiz ta’lim tizimining faoliyat kо‘rsatish prinsiplariga qanchalik 
    mos kelishi va ularni amaliyotga joriy etishga safarbar etilganligiga bog‘liq. 
    Ma’lumki, о‘qitish prinsiplari - о‘qitish tizimining tuzilishi, mohiyati, uning 
    qonunlari va qonuniyatlari haqidagi, shuningdek, faoliyatni tashkil etadigan, 
    amaliyotni boshqarishda namoyon bо‘ladigan bilimlar o’quv qo’llanmasi sanaladi. 


    42 
    Respublikamizdagi ijtimoiy - iqtisodiy, ma’naviy - ma’rifiy о‘zgarishlar 
    biologik ta’lim jarayonida ilmiylik, sistemalilik, fundamentallik, izchillik
    kо‘rgazmalilik, onglilik, mustaqillik, ijtimoiy - iqtisodiy rivojlanishning 
    metodologik prinsipi, nazariyani amaliyot bilan bog‘lash, samaradorlik, 
    tushunarlilik, mantiqiy ketma-ketlik, uzviylik, ta’limni differensiallashtirish va 
    individuallashtirish, individual va guruhlarda о‘qitishni uyg‘unlashtirish, о‘qitish 
    maqsadi, mazmuni, vositalari va shakllarining ijtimoiy muhitga bog‘liqligi, 
    о‘qitish maqsadi, vositalari va natijalar birligi, baholash va о‘z -о‘zini baholash 
    prinsipi bilan bir qatorda, ta’limni demokratlashtirish va insonparvarlashtirish kabi
    prinsiplarga ham amal qilinishi zarurligini kо‘rsatdi. 
    Ta’limni differenstiallashtirish va individuallashtirish esa о‘qitish
    jarayonida individual va guruhli yondashish prinstipini talab yetadi. О‘qitish 
    prinsiplari negizida о‘qitish qonunlari va qonuniyatlari yotadi. О‘qitish qonunlari 
    va qonuniyatlari о‘qitish prinsipining nazariy asoslarini ishlab chiqishga va 
    pedagogik faoliyat amaliyotiga qо‘llashga zamin tayyorlaydi.
    Shuni qayd etish lozimki, о‘qitish qonunlari va qonuniyatlari uzluksiz ta’lim 
    tizimining oldiga qо‘yilgan davlat va ijtimoiy buyurtmalar, jamiyatning ijtimoiy 
    hayotidagi ma’naviy - ma’rifiy о‘zgarishlar, ta’lim - tarbiya jarayonining maqsadi 
    va vazifalari, fanning rivojlanish darajasiga bevosita bog‘liq holda о‘zgarib, 
    yangilanib turadi. 
    О‘qitish prinsiplari avvalo muayyan davlatning ta’lim sohasidagi davlat 
    siyosatining asosiy prinsiplari, uzluksiz ta’lim tizimining faoliyat kо‘rsatish 
    prinsiplari, sо‘ngra ta’lim tizimi oldidagi buyurtmalariga mos kelishi, shuningdek, 
    jamiyatda sodir bо‘layotgan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ma’naviy - 
    ma’rifiy о‘zgarishlarni о‘zida aks ettirib yangilanib, о‘zgarib, rivojlanib, о‘zgacha 
    ahamiyat kasb etadigan jarayondir.О‘qitish prinsiplari biologiyani о‘qitishning 
    maqsadi va vazifalariga bog‘liq holda ta’lim-tarbiya jarayonining yо‘nalishi va 
    pedagogik faoliyatning mazmunini belgilaydi. 
    О‘qitish prinspi - didaktik kategoriya bо‘lib, u ta’lim-tarbiya jarayonining 
    maqsadi va vazifalariga bog‘liq holda о‘qitish qonunlari va qonuniyatlarining 


    43 
    amaliyotga qо‘llanish usulini belgilaydi. 
    Agar о‘qitish prinsiplari о‘qituvchi va 
    tahsil oluvchilarning hamkorlikda о‘qitish maqsadlariga erishish yо‘nalishini 
    belgilasa, о‘qitish qonunlari pedagogik jarayonning xarakterini о‘zida aks ettiradi. 
    Barcha jabhalarda qonunlarning maqsadi va istiqboldagi kо‘zlangan natijasi 
    bо‘lgani kabi о‘qitish qonunlari ham metodika fanining mantiqiy tarkibiy qismi 
    sanalib, pedagogik jarayonning obektiv, tashqi, ichki, muayyan va nisbiy 
    bog‘lanishlarini aks ettirib, ta’lim-tarbiya jarayonining mazmuni, metodlari, 
    vositalari va shakllarining uzviyligini, mazkur jarayonning ilmiy asosda tashkil 
    etilishi va boshqarilishi, olinajak natijalar va samaradorlikni orttirish yо‘llarini 
    belgilaydi. 
    Respublikamizda ta’lim jarayonini isloh qilish va uzluksiz ta’lim tizimini 

    Download 2.4 Mb.
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   120




    Download 2.4 Mb.
    Pdf ko'rish