• О‘quv faoliyatini individuallashtirish va guruhli о‘qitishni tashkil etish birligi va о‘zaro bog‘liqligi qonuni .
  • 5. О‘qitishda nazariya va amaliyotning birligi va uzviy bog‘liqligi qonuni.
  • O’zbekiston Respublikasi Xalq




    Download 2.4 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet24/120
    Sana25.02.2023
    Hajmi2.4 Mb.
    #43529
    TuriУчебное пособие
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   120
    Bog'liq
    Biologiya o\'qitish metodikasi o\'quv qollanma
    Amaliy mashg
    bog‘liqligi qonuni. Ta’lim - tarbiya jarayonini tashkil etish usuli va olinajak natija, 
    pedagogik boshqarish va tahsil oluvchilarning faolligini orttirish о‘rtasidagi uzviy 
    bog‘liqlikni aks ettiradi. 
    Mazkur qonun Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablari asosida ta’lim - 
    tarbiya jarayoniga ilg‘or pedagogik texnologiyalarni qо‘llash, shu asosda 
    zamonaviy о‘quv - uslubiy o’quv qo’llanmalarni yaratish va о‘quv - tarbiya 
    jarayonini didaktik jihatdan ta’minlashni, о‘kuvchilarning qobiliyatlari va 
    imkoniyatlariga muvofiq ravishda ta’limga tabaqalashtirilgan yondashuvni joriy 
    etish, о‘quvchilarni о‘z о‘quv - bilish faoliyatining tо‘la ongli subektiga 
    aylantirishni kо‘zda tutadi. Biologiyani о‘qitishda о‘qituvchi о‘quvchilarning 
    bilish faoliyatini faollashtiradigan texnologiyalar, jumladan, didaktik о‘yin, 
    muammoli, modulli ta’lim, hamkorlikda о‘qitish, loyihalash va axborot 
    texnologiyalaridan foydalangan holda samaradorlikni oshirishga erishishi lozim. 
    4. О‘quv faoliyatini individuallashtirish va guruhli о‘qitishni tashkil etish 
    birligi va о‘zaro bog‘liqligi qonuni. О‘qitish jarayonining maqsadi va vazifasiga 


    45 
    muvofiq tahsil oluvchilarning barchasi, shu jumladan har bir shaxsning tahsil 
    olishga bо‘lgan ehtiyojini qondirish, qiziqishini orttirishga asoslanadi. Bu 
    qonuniyat biologiyani о‘qitish jarayonini tabaqalashtirish asosida iqtidorli 
    yoshlarni aniqlash, ularning ehtiyoji va qiziqishiga yarasha bilim olishlariga imkon 
    yaratadi. Shuningdek, biologiyani о‘qitishda о‘qitishni individuallashtirish va 
    differensiallashtirish, shaxsga yо‘naltirilgan texnologiyalarni qо‘llash zaruratini 
    keltirib chiqaradi. 
    5. О‘qitishda nazariya va amaliyotning birligi va uzviy bog‘liqligi qonuni. 
    Tahsil oluvchilarning о‘qitish jarayonida bilimlar, tushunchalar, g‘oyalar, 
    nazariyalarni ongli va mustahkam о‘zlashtirishiga erishish, ularni amaliyotda 
    qо‘llash kо‘nikmalarini shakllantirishga asoslanadi. Ushbu qonuniyat fan, texnika, 
    ishlab chiqarish va amaliy tajribalarning о‘quv jarayoni bilan integrassiyasini, 
    uyg‘unligini amalga oshirishga imkon beradi. Mazkur qonun Kadrlar tayyorlash 
    milliy dasturining yuksak umumiy va kasb - hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy 
    faollikka, ijtimoiy – siyosiy hayotda mustaqil ravishda mо‘ljalni tо‘g‘ri ola bilish 
    mahoratiga ega bо‘lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir 
    kadrlarning yangi avlodini shakllantirish kabi vazifalarni amalga oshirishni 
    nazarda tutadi. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun biologiyani о‘qitishda о‘quv 
    dasturidan о‘rin olgan laboratoriya, amaliy mashg‘ulotlar va ekskursiyalarni о‘z 
    о‘rnida samarali о‘tkazish, о‘kuvchilarning bilish faoliyatini individual va kichik 
    guruhlarda tashkil etish va boshqarish orqali о‘quvchilarning о‘zlashtirgan 
    bilimlarini amaliyotda qо‘llash, amaliy va о‘quv mehnati kо‘nikmalarini tarkib 
    toptirishga e’tiborni qaratish lozim.

    Download 2.4 Mb.
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   120




    Download 2.4 Mb.
    Pdf ko'rish