49
yо‘nalishi bо‘yicha biologiya ta’lim standartida о‘quvchilar о‘zlashtirishi lozim
bо‘lgan majburiy minimal bilimlar o’quv qo’llanmasi keltirilgan.
Biologiya ta’lim standartida bilimning minimal talablarini о‘quvchilar
qanday о‘zlashtirganligini aniqlash maqsadida har bir о‘quv
fanida test
topshiriqlar berilgan..
3.О‘quv dasturi haqida tushuncha
Maktablarda о‘tilgan har bir о‘quv fanining mazmuni о‘quvchilar bilishi
lozim bо‘lgan
bilimlar, о‘zlashtirishi kerak bо‘lgan о‘quv kо‘nikmalar,
malakalar
yig‘indisini ifoda qiluvchi xujjat – о‘quv dasturi hisoblanadi. Unda о‘quv fanini
о‘qitishdan maqsad, vazifalar, о‘quvchilar о‘zlashtirish kerak bо‘lgan bilimlar,
kо‘nikmalar kompleksi о‘z ifodasini topadi.
4.Biologiya о‘quv dasturining tuzilishi.
Biologiya kursining о‘quv dasturini boshida utirish xati berilgan. Unda
biologiya kursining qanday fan ekanligi, u qanday о‘kuv fanlardan tashkil
topganligi ana shu о‘kuv fanlar mazmunidagi о‘zgarishlar qisqacha bayon etilgan.
Xususan botanika V-VII sinflarda, zoologiya VII sinfda odam va uning salomatligi
VIII sinfda, umumiy biologiya о‘kuv fani IX-XI sinfda о‘qitilishi qayd ilingan.
Biologiya kursining о‘qitishga oid metodik kо‘rsatmalarda «darsda va
sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda dalillar,
hodisalar bilan cheklanmay, asosiy
g‘oyalar, tushunchalarning о‘quvchilar tomonidan puxta va ongli о‘zlashtirilishiga
e’tiborni qaratish lozimligi qayd qilingan. Biologiya о‘qitishda asosiy g‘oyalar
bо‘lib
«Organik olam evolyusiyasi», «Tirik tabiat tuzilishining turli darajalari»,