50
estetik, ekologik, gigiyenik, iqtisodiy va jinsiy
tarbiyasiga ahamiyat berish
lozimligi ta’kidlangan.
О‘quv dasturining metodik tavsiyalarida yana biologiyaning muammoli
mavzularini о‘qitishda xur fikrlik an’analariga rioya qilish lozimligi, har bir
dunyoqarashining о‘ziga xos ijobiy tomonlari, kamchiliklari о‘quvchilar ongiga
yetkazqilishi kerakligi aytib о‘tilgan.
Biologik о‘quv mavzularga о‘quvchilarning
qiziquvchanligini oshirish
uchun tabiiy-tasviriy, dinamik, sxematik kо‘rgazmali va audio, video vositalardan
ta’lim berish jarayonida samarali foydalanish va о‘quvchilar faoliyatini
faollashtirish
hamda
mustaqil
bilim
olishini
tashkil
etish
maqsadida
faollashtiruvchi metodlaridan zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalardan
keng foydalanish tavsiya etilgan. О‘quv dasturning metodik tavsiyalarida nazariya
bilan amaliyotni bog‘lash uchun masalalar yechishga ham e’tibor qaratilgan.
Shuningdek о‘quvchilarning bilimlarini, kо‘nikmalarini baholashda reyting
usulidan foydalanish tо‘g‘risida ham ma’lumot berilgan.
О‘quv dasturida botanika о‘quv fani uchun 102 soat vaqt ajratilganligi va u
V-VI sinfda zoologiya о‘quv faniga 68 soat vat ajratilganligi va u VII- sinfda
о‘qitilishi, odam va uning salomatligiga 68 soat vat ajratilganligi va u VIII-sinfda
о‘qitilishi va nihoyat, IX-XI sinflarda umumiy biologiya о‘tilishi ta’kidlanadi.
О‘quv dasturida har bir о‘quv fani bо‘yicha о‘qitiladigan
asosiy mavzular
mazmuni, ularni о‘tish uchun kerakli jihozlar keltirilgan. О‘quv dasturida ana shu
mavzularning qanday dars tiplaridan foylanib о‘qitish kerakligi haqida ham
ma’lumotalr berilgan. Bunda oddiy darslardan tashqari qaysi mavzular bо‘yicha
laboratoriya mashg‘ulotlarida amaliy ishlab ekskursiyalar tashkil etish kо‘zda
tutilgan. Masalan, maktab botanika о‘quv dastur bо‘limida gulli о‘simliklar bilan
umumiy tanishish, hujayra, ildiz, poya, barg, о‘simliklarning vegetativ kо‘payishi,
gul, mevalar, urug‘lar, о‘simlik yaxlit organizm, о‘simliklarning asosiy bо‘limlari,
gulli о‘simliklarning asosiy oilalari, о‘simliklar qoplami, manzarali о‘simliklar,
Yerda о‘simliklar dunyosining paydo bо‘lishi kabi asosiy mavzular о‘tiladi.
51
Zoologiya о‘quv fanida esa hayvonot dunyosi tо‘g‘risida umumiy ma’lumot,
sodda xayvonlar, kovakichlilar, yassi chuvalchanglar,
yumaloq chuvalchanglar,
xalqali chuvalchanglar, mollyuskalar, bо‘g‘imoyoqlilar, xordali xayvonlar, tuban
xordalilar, baliqlar,
suvda va quruqda yashovchilar, sudralib yuruvchilar, qushlar,
sut emizuvchilar, yerda hayvonot dunyosining paydo bо‘lishi va rivojlanishi kabi
mavzular о‘qitiladi.
Odam va uning salomatligi о‘quv fanida esa kirish, odam
organizmining umumiy obzori, tayanch xarakatlanish sistemasi, qon, qonning
aylanish sistemasi, nafas olish sistemasi, ovqat xazm qilish sistemasi, moddalar va
energiya
almashinuvi, ayirish sistemasi – ichki sekretsiya bezlari, nerv sistemasi,
oliy nerv faoliyati, sezgi organlari, odam organizmining kо‘payishi va rivojlanishi,
odamning paydo bо‘lishi kabi mavzular diqqat markazida bо‘ladi.
Umumiy biologiya о‘quv fanida kirish, organik olamning-turli tumanligi,
stitologiya asoslari, hayotiy jarayonlarning
kimyoviy asoslari, organizmlarning
kо‘payishi va individual rivojlanishi, genetika va seleksiya asoslari, genetik
injeneriya va biotexnologiya, evolyusion ta’limot, evolyusiya dalillari,
organik
olamning paydo bо‘lishi va rivojlanishi, ekologiya asoslari, biosfera va uning
evolyusiyasi kabi mavzularni о‘tish kо‘zda tutilgan.О‘quv dasturi har bir mavzuni
о‘tish uchun soatlar ajratilgan, jihozlar, dars shakillari kо‘rsatilgan.