5.Odam va uning salomatligi.
Mazkur darslikning mualliflari professorlar B.Aminov, T.Tilovovlardir.
Darslik 68 soatga mо‘ljallangan о‘quv dasturi asosida yozilgan. U XVI bobdan, 55
paragrifdan tashkil topgan. Darslikda «Kirish» dan sо‘ng odam organizmi haqida
umumiy ma’lumot, tayanch xarakatlanish sistemasi, qon, qon aylanish sistemasi,
nafas olish, ovqat xazm qilish, moddalar va energiya almashuvi, ayirish, ichki
sekretsiya bezlari, nerv sistemasi, oliy nerv faoliyati, sezgi organlari, kо‘payish va
rivojlanish, odamning paydo bо‘lishi tо‘g‘risida ma’lumotlar bayon etilgan.
Darslikda hujayraning tuzilishi, tо‘qimalarga, suyaklarning tuzilishi, muskullarning
dinamik xarakati va funksiyasini kuzatishga, odam qonining shaklli elementlarini
о‘rganishga, qon ketganda birinchi yordam, kо‘krak qafasini, nafas olganda va
chiqarilganda karbonat angidridni aniqlashga siydik ayirish organlarining
tuzilishiga, markaziy nerv sistemasi tuzilishini о‘rganishga, kо‘rish о‘tkirligini
aniqlashga oid laboratoriya mashg‘ulotlarini о‘tkazish metodikasi yoritilgan.
Darslikda 92 rangli rasmlar, darslik sо‘ngida о‘quv fani bо‘yicha test savollari va
xotima berilgan. Darslikning ijobiy tomonlari haqida gapirib, uning о‘quv
dasturiga tо‘liq mos holda yozilgani, о‘tmishda va hozirgi davrda ijod qilayotgan
olimlarning fanga qо‘shgan xissalari, respublikadagi ob-havo sharoitini e’tiborga
olgan holda keng tarqaladigan kasalliklar haqida ma’lumot berilganligini qayd
qilish lozim. Darslikning salbiy tomoni haqida tо‘xtab darslikda odam anatomiya,
fiziologiyasiga nisbatan tibbiyot, xususan har xil kasalliklar, ularning kelib chiqish
sabablari va davolash haqidagi ma’lumotlarning ortiqcha berilganligini ta’kidlab
о‘tish kerak. Shu bilan birga ba’zi paragraflar (masalan 1, 33, 42§) dagi
ma’lumotlarni nihoyatda kamligi, boshqa paragrifdagi (2,5,24,27,24,38)
ma’lumotlarni kо‘pligini, ba’zi paragriflar mundarijada bо‘lib matnda uchramasligi
(24§) ham kо‘rsatib о‘tish zarur.
57
Ba’zi bir mavzular, masalan ichki sekretsiya bezlari juda murakkab qilib
berilgan. Unda keltirilgan gormonlar soni 25 tadan ortadi. Darslikda ilmiy
chalkashliklar anchagina. «Mehnat tufayli ibtidoiy odamlar avval tik yurishga,
sо‘ngra qо‘l barmoqlari bilan mehnat qurollarni ushlashga о‘rgangan (1§) .
|